O’lkashunoslik turlari va Vatanni sevish

4000 so'm


O'lkashunoslik turlari va Vatanni sevish

 

 

Slayd 1

O‘lkashunoslikning rivojlanish tarixi va tadqiqot usullari

Slayd 2

Reja:
O‘zbekistondagi o‘lkashunoslikning turlari
O‘zbekistonda o‘lkashunoslikning fan sifatida rivojlanishi
Rrus olimlarining o‘lkashunoslikka qo‘shgan hissasi
1917 – yildan boshlab tarixiy o‘lkashunoslik va uning rivojlanish bosqichlari

Slayd 3

Ilmiy, ya’ni davlat o’lkashunosligi;
Tarixga nazar tashlasak, o’z o’lkasini sevmagan va uning tuprog’ini ardoqlamagan biron ham zotni uchrata olmaymiz. Shuning uchun ham Vatanni sevmoq iymondandir, deymiz. Zotan, ona yurt farzandlari uchun Vatanni sevish, uning tarixini o’rganish, dilga jo etish muqaddas burchdir. O’lkashunoslikning turlari o’lkashunoslik uch turga bo’linadi:
Jamoat o’lkashunosligi;
Maktab o’lkashunosligi

Slayd 4

Davlat o’lkashunosligi bilan respublika tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish qo’mitasi, muzeylar, Respublika fanlar akademiyasi qoshidagi tarih arxeologiya ilmiy-tadqiqot institutlari shug’ullanadi.
Ilmiy, ya’ni davlat o’lkashunosligi

Slayd 5

Jamoat o’lkashunosligi;
Jamoat o’lkashunosligi qishloq, ovul, qo’rg’on, tuman, shahar, viloyat hududidagi tarixiy obidalarni saqlash va asrash ishlariga boshchilik qilish bilan birga joylarda istiqomat qilib turgan xalqlarning kelib chiqishlari (etnogenezi), urf-odatlarini o’rganadi hamda ilg’or mehnatkashlar, Mehnat qahramonlari xotirasini abadiylashtirish uchun haykallar, mangu olovlar, hurmat taxtalari tashkil qiladi.

Slayd 6

Maktab o’lkashunosligi esa maktablarda tarih inson va jamiyat fani o’qituvchilarining bevosita rahbarligida tashkil qilinadi. Maktab o’lkashunosligining a’zolari V-X (XI) sinflarning eng intizomli va a’lochi o’quvchilaridan tuzilib, ular o’lka materiallarini to’rt guruhga bo’lingan holda to’playdilar.
To’plangan arxeologik, etnografik, toponimik va arxiv hujjatlari maktab o’lkashunoslik va tarix muzeylarida namoyish qilinadi. Maktab o’lkashunosligi ta’lim-tarbiyani turmush, ishlab chiqarish, yangi jamiyat qurish tajribasi bilan uzviy bog’liq holda o’rganadi.

Slayd 7

O’lkashunoslik tarixi
O’lkashunoslikning rivojlanishi. 1917 Yilga qadar o’lkani o’rganish masalasi. Rus olimi M. V. Lomonosov o’z o’lkasini mukammal o’rganish maqsadida 1761 yili 30 savoldan iborat javob varaqasi tuzib, aholi o’rtasida tarqatgan edi. Ayni vaqtda bu bilan o’lkashunoslik faniga asos solingandi. O’lkani o’nganish masalasi O’rta Osiyo, shu jumladan O’zbekiston hududida Rossiyadan anchagina keyinroq, ya’mi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi.

Slayd 8

X—XV asrlardagi mahalliy tarixchilar
Asarlari o’zining mazmundorligi, faktik materialga boyligi bilan bu davrda yozilgan tarixiy asarlardan sezilarli darajada ajralib turadi,
Muhammad Narshaxiy,
Tabariy,
Nizomiddin Jomiy,
Abulg’ozixon.

Slayd 9

XIX asrning 30-yillarida Buxoro saroy tarixchisi Muhammad Yoqub yozgan «Gulshan ulmuluk» nomli asar o’sha davr tarixiy manbalaridan biri hisoblanadi. Bu asar fors-tojik tilida yozilgan bo’lib, unda qadimgi zamonlardan to XIX asrning 30 – yillarigacha bo’lgan Buxoro amirligidagi siyosiy voqealar bayoni beriladi.
Xiva xonligida
Buxoro amiri
Qo’qon xonligi

Slayd 10

XIX asrning birinchi yarmida mahalliy tarixchilar tomonidan yaratilgan tarixiy asarlar mamlakatning xo’jaligi, iqtisodiy munosabatlar, sinfiy kurash, xalq xarakatlari va siyosiy voqealarning ijtimoiy-iqtisodiy ildizlarini ochib bera olmagan bo’lsa ham, tarixchilarimiz o’lkani o’rganishda, solnomalar tuzishda, etnografik va toponimik materiallar to’plashda bu nodir asarlardan, tanqidiy nuqtai nazardan qarab foydalanishlari mumkin.
Bu asarlar shuning uchun ham 1917 yilga qadar o’lka tarixini o’rganishda juda qo’l keladi. Chunki ularning mualliflari bevosita o’sha davrda yashatan, ro’y berayotgan voqea va xodisalarpi o’z ko’zlari bilan ko’rgan, shuningdek ularni oldingi davr voqealari bilan qiyoslagan.

Slayd 11

1870 yilda Toshkentda ochilgan Turkiston xalq kutubxonasi (hozirgi Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi) o’lkani o’rganish bilan shug’ullanuvchi barcha tadqiqotchilar, ayniqsa mahalliy xodimlar uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi. Kutubxona tashabbuskor bibliofillar (kitob muxbirlari) va bibliograflarning ko’rsatgan faoliyati asosida o’lkani o’rganishga doir qimmatli asar va materiallar bilan boyib bordi. Kutubxona ochilishi vaqtida faqat 1700 jild kitob bor edi, 1917 yilga kelib undagi kitoblar soni 80 ming jildga etdi.

Slayd 12

Rus olimlarining o’lkashunoslikka qo’shgan hissasi
O’rta Osiyo tarixini o’rganishda rus sharqshunoslarining roli XIX asrning ikkinchi yarmida o’rta Osiyo Chor askarlari tarafidan bosib olingach, bu erga rus olimlari kelib ko’plab tadqiqot ishlarini olib bordilar. Shunday murakkab va og’ir sharoitda ham o’lkashunoslar o’z fikr va mulohazalarini erkin bayon etishga harakat qilganlar.
O’rta Osiyoning yangi-yangi hududlarida Rossiya hukmronligining o’rnatilishi, ularning Umumrossiya iqtisodiy taraqqiyoti yo’liga qo’shib yuborilganligi munosabati bilan turmushning o’zi ilmiy tadqiqotlar o’tkazish zarurligini taqozo qilardi.

Slayd 13

Rus olimlari
Tabiiy boyliklari, madaniy merosi g’oyat boy bo’lgan va kam tekshirilgan ushbu o’lka rus ziyolilarining taraqqiyparvar qismini juda qiziqtirardi. Mashhur rus zoologi, zoogeografi va sayyohi, darvinizmning e’tiqodli tarafdorlaridan bo’lgan N.A. Severtsov (1827 — 1886) Turkistonning ko’p joylarini fizik-geografik jihatdan o’rganishda, jumladan, Pomir tizma tog’larining orografiyasini o’rganishda ko’p mehnat va kuch sarf qildi.

Slayd 14

Mashhur rus geografi P.P.Semyonov-Tyan’shanskiy (1827—1914) O’rta Osiyo, ayniqsa Tyanshan’ tizma tog’larining geografik o’rganilishiga asos soldi. Uning to’plagan ma’lumotlari asosida Tyanshanda Al’p muzliklari mavjudligi masalasi ijobiy hal qilindi, nemis geografi Gumbol’dtning Tyanshandagi vulqon hodisalari h,aqidagi fikrlari rad qilindi.
Rus tabiatshunosi va sayyohi A. P. Fedchenqo (1844—1873) Turkiston tabiatini o’rganishda katta rol o’ynadi. U Farg’ona vodiysi bilan Oloyni birinchi marta tekshirib chiqdi; Oloy orqasidagi tizma tog’lar va uning eng baland cho’qqioini ochish sharafi ham unga nasib bo’lgan, u Zarafshon vodiysi bilan Qizilqumni ham tekshirib chiqqan“.

Slayd 15

1877—1879 yillarda Mushketov geologik tekshirish ishlarini bajarish maqsyadida Olo, Pomir, Buxoro, Hisorga, Amudaryo bo’ylab va Qizilqumga sayohat qildi. 1880 Yilda esa Zarafshon muzligiga ilmiy safar uyushtirdi. Mushketov 1881 yilda (G. D. Romanovskiy bilan birgalikda) Turkistonning birinchi geologiya xaritasini tuzdi.

Slayd 16

1917 yilga qadar o’lkammzda har xil fanlarning rivojiga o’z hissalarini qo’shib kelgan anchagina mahalliy kishilar foydali qazilmalar topish va ularni ta’riflash, qadimgi zamon yodgorliklarini, osori-atiqalarni o’rganish kabi ishlarni amalga oshirganlar.

Slayd 17

1917- Yildan so’ng
1917 yildan so’ng to hozirgi kunimizgacha o’lkashunoslik fani o’lkamiz tarixini davrma-davr o’rganishdan iborat o’z vazifasini bajarmay, ko’proq Rossiyaning Evropa qismidagi o’lkalarni o’rganish bilan mashg’ul bo’lib kelaveradi. Biz esa indamadik. O’rta Osiyo xalqlaridan boshqa deyarli barcha xalqlar o’z tarixini ozmi-Ko’pmi biladilar.

Slayd 18

O’lkashunoslikning asosiy manbalari O’lkashunoslik besh asosiy manbaga: arxeologiya, etnografiya, toponimika va arxiv hujjatlari xamda muzey materiallariga tayanib ish tutadi. Qishloq, rayon, shahar yoki viloyat hududining tarixini o’rganishda shu manbalardan birontasi ham diqqat-e’tibordan chetda qolmasligi lozim, busiz o’lka tarixini mukammal o’rganib bo’lmaydi. O’sha besh manbadan biri bo’lgan arxeologiya to’g’risida gap borganda, avvalo maktab tarixi kursining qaysi qismida, qaysi sinfda va qanday qilib, qachon arxeologiyaga oid materiallardan foydalanish mumkin degan savolga javob berish kerak bo’ladi.
O’lkashunoslikning asosiy manbalari

Slayd 19

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 20

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“O’lkashunoslik turlari va Vatanni sevish” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar