NUTQ O‘STIRISH METODIKASI FANINING TASHKIL TOPISHI VA RIVOJLANISHI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
“Nutq o‘stirish metodikasi” fanining tashkil topishi va rivojlanishi
=== Taqdimot 2 ===
Nutq o‘stirish metodikasi-o‘quv fani sifatida.
Bolalar nutqini o‘stirishning nazariy asoslari.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning ilmiy-pedagogik shart-sharoitlari.
REJA:
=== Taqdimot 3 ===
Nutqni rivojlantirish metodikasi – maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan.
=== Taqdimot 4 ===
=== Taqdimot 5 ===
Bola nutqini rivojlantirishda e’tibor qaratiladigan jihatlar:
Maktabgacha yoshdagi bolalarning tovush madaniyatini shakllantirish.
Bolalar lug‘atini boyitish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning grammatik ko‘nikmalarini shakllantirish.
Bolalarning ravon nutqini o‘stirish.
Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish.
Bolalarni savodga o‘rgatish.
=== Taqdimot 6 ===
Nutq o‘stirish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi:
Umumiy pedagogika
Nutq madaniyati
Bolalar psixologiyasi
Maktabgacha pedagogika
Etika va estetika
Fiziologiya
Gigiyena
Falsafa
Bolalar adabiyoti
Ijtimoiy pedagogika
=== Taqdimot 7 ===
Bolalar nutqini o‘stirishga oid nazariy ishlar:
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish metodikasini fan sifatida shakllantirishga K.D.Ushinskiy, Ye.I.Tixeyeva, Ye.A.Flyorina, O.I.Solovyov, A.N.Gvozdev, E.M.Razbayeva, A.V.Nikolskaya, S.O.G‘oziyeva, F.R.Qodirova, R.M.Qodirova, G.H.Jumasheva, D.R.Babayeva, L.R.Mirjalilova, N.Sh.Nurmuhammedova  va boshqalar katta hissa qo‘shgan.
=== Taqdimot 8 ===
Ye.I.Tixeyevaning “Nutq o‘stirish metodikasi” fanining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishda MTTning vazifalari haqidagi fikrlari:
Bolalarning barcha qobiliyatlarini, shu jumladan nutqni egallash qobiliyatini jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Bolalar nutqining shakli, uning, kichkintoy atrofdagilardan o‘zlashtirib oladigan narsalar tuzilmasi ustida ishlashidan iborat.
Bolalar nutqini rivojlantirishning eng yangi metodlarini o‘zlashtirilishi, nafaqat metodik usullarni bilishi, balki ularni bolalar bilan muloqot chog‘ida qo‘llay olishdan iborat.
=== Taqdimot 9 ===
Ye.I.Tixeyevaning ishlab chiqqan metodikasi:
Bolalarni maktabda ta’lim olishga tayyorlovchi uyushtirilgan dasturiy mashg‘ulotlarni o‘tkazish metodikasi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini, fikrlashini rivojlantirish.
Didaktik material tizimi va undan maktabgacha ta’lim tizimida foydalanish metodikasi.
Maktabgacha ta’limda ona tilini o‘qitish va uni rivojlantirish yo‘llari.
=== Taqdimot 10 ===
“Maktabgacha yoshdagi bola nutqini rivojlantirish” kitobida nutq o‘stirishga doir amaliy tavsiyalar berilgan.
“Maktabgacha ta’lim muassasalarida jonli so‘z” kitobida og‘zaki nutq, suhbat, badiiy o‘qish, hikoya qilib berish metodikalari berilgan.
Ona tilini o‘qitishga doir fikrlari, tavsiyalari, metodikalari hozirgi davrda ham maktabgacha ta’lim tizimida qo‘llanib kelinmoqda va maktabgacha ta’limda ona tilini o‘qitish tizimi shakllandi.
Ye.A.Flyorinaning nutqni rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishga qo‘shgan hissasi:
=== Taqdimot 11 ===
“Nutq o‘stirish metodikasi “ fanining rivojlanishiga hissa qo‘shgan o‘zbek olimlari:
S.O.G‘oziyeva
“Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o‘zbek xalq og‘zaki ijodidan foydalanish asosida atrofdagilarga adolatli munosabatda bo‘lishni shakllantirish” ustida ish olib borgan.
F.R.Qodirova
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ona tilini o‘qitish metodikasi va o‘zga tilga o‘rgatish muammosini o‘rgangan.
D.R.Babayeva
OTM va kasb-hunar kollejlari uchun nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi sohasi bo‘yicha amaliy tavsiyalar bergan.
=== Taqdimot 12 ===
Nutqni o‘qitishning nazariy va empirik muammolarini tadqiq etish quyidagi nazariy qoidalardan kelib chiquvchi umumiy boshlang‘ich pozitsiyalarga ega:
Ta’lim maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda, ayniqsa, zamonaviy noqulay nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega;
Nutqni o‘rgatish – “…dan to …gacha” kabi qattiq qoliplar to‘g‘ri kelmaydigan hamda nutqni rivojlantirishning yosh qonuniyatlari va bolaning individual xususiyatlari bilan belgilanadigan ijodiy jarayondir,
Nutqni rivojlantirish asosida kommunikativ yondashuv bo‘lishi kerak, xususan: ona tilini o‘zlashtirish nutqiy muloqot faoliyatiga qo‘shilishi, o‘quv sharoiti tabiiy muloqot sharoitlariga yaqinlashtirilishi lozim;
=== Taqdimot 13 ===
4. O‘qitish vaziyatida katta yoshli odamning bola bilan o‘zaro hamkorligining xususiyati ushbu bola uchun yetakchi bo‘lgan muloqot shakli bilan belgilanishi lozim;
5. Til ustida nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida hamda uning barcha komponentlarini: undov-motivatsiya, yo‘naltirish-tadqiqot, ijro komponentlarini hisobga olgan holda ish olib borish zarur;
6. Nutqni o‘qitish bolalarning tilni o‘rganish bo‘yicha mustaqil faoliyatiga asoslanishi va bolalar faolligining boshqa turlari bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirish muammosini ishlab chiqish mazkur metodologik holatlardan kelib chiqqan holda olib borilmoqda.
=== Taqdimot 14 ===
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi psixologik, pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi:
Nutqni rivojlantirish bolaning individual psixik rivojlanishida markaziy o‘rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirishining murakkab, ko‘p omilli jarayondir.
Bola nutqini rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi pedagog bu jarayonning turli yosh bosqichlaridagi qonuniyatlari, mexanizmlari, o‘ziga xosliklarini bilishi, nutqiy rivojlantirishning o‘ziga xosliklarini ko‘ra olishi va bolaning individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘llarini tanlashi lozim.
Nutqni rivojlantirish – bu malakali pedagogik rahbarlikni nazarda tutuvchi ijodiy jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas.
=== Taqdimot 15 ===
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning  ilmiy-pedagogik shart-sharoitlari.
=== Taqdimot 16 ===
L.P.Fedorenko
“Bolani nutqqa o‘rgatish – unga til materiyasini, til belgilari leksik va grammatik belgilar ma’nosini osonlashtirish, borliqni baholashni, ifodalashni o‘rgatish, adabiy me’yorlarni eslashni osonlashtirishga ko‘mak berish demakdir ”
=== Taqdimot 17 ===
Tilning adabiy me’yorlari va qoidalaridan xabardorlik;
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning yuqori darajasiga quyidagilar evaziga erishilishi mumkin ekan:
Suhbatdoshni tinglay bilish, so‘rash (savollarni to‘g‘ri bera olish), javob berish, e’tiroz bildirish, zarur bo‘lganda esa tushuntirish, izohlash;
O‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon eta olish;
Tovushlarni to‘gri talaffuz qilish.
Diologik va monologik nutqni rivojlantirish;
muloqotga kira bilish, kattalar va tengdoshlar bilan muomala qila olish;
=== Taqdimot 18 ===
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni shakllantirishga oid vazifalarni hal etishda
Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish;
So‘zni talaffuz qilganda urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish ustida ishlash;
Nutqning orfoepik jihatdan to‘g‘riligi ustida ishlash;
Nutq sur’atini rivojlantirish;
Nutqning ifodaliligini shakllantirish;
Nutqiy aloqa ko‘nikmalarini tarbiyalash;
Nutqiy eshitish ko‘nikmalarini shakllantirish;
Nutqiy nafas olishni shakllantirish;
O‘z fikrini erkin va izchil bayon etish malakasini shakllantirish zarur.
=== Taqdimot 19 ===
Bolalar nutqi ustida ishlash jarayonida:
=== Taqdimot 20 ===
Bolalar nutqini to‘g‘ri rivojlantirish uchun
=== Taqdimot 21 ===
Bolalarning eslab qolishi
Nutq o‘stirishga doir tevarak-atrof obyektlari bilan tanishtirish
01
02
To‘g‘ri talaffuz etishi
03
Bolalarning faol lug‘ati
06
Nutqning ifodaliligi
05
Nutqning ravonligi
04
=== Taqdimot 22 ===
Nutq o‘stirishni ta’minlaydigan omillar
Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari
So‘z zaxirasi
Nutiqni rivojlantirishning o‘sib boruvchi xususiyati
=== Taqdimot 23 ===
Hissiy organlar bilan tashqi olamni bevosita idrok etish;
Bolalar tevarak-atrofdagilar haqida bevosita ma’lumot oladilar.
Bolalarni borliq bilan tanishtirishning ikkita yo‘li bor (A.M.Borodich):
=== Taqdimot 24 ===
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish faoliyatning har xil turlarida amalga oshiriladi:
Tabiat obyektlari bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida;
Badiiy asarlar bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida;
Savod o‘rgatishda;
O‘yin faoliyatida;
Ijtimoiy foydali mehnat jarayonida turli ishlarning bajarilishida.
=== Taqdimot 25 ===
Xulosa
Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so‘zli shaklda umumlashtirilgan, uni bayon etish va o‘zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Nutq bolaga inson madaniyatining barcha yutuqlariga yo‘l ochadi.
Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishni ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi.
Nutqni egallab olishning eng muhim bosqichlari maktabgacha yoshga to‘g‘ri keladi.
=== Taqdimot 26 ===
Maktabgacha yoshdagi bola eshitadigan, ma’nosini tushunadigan, eslab qoladigan hamda qo‘llaydigan so‘zlarni asta-sekin tevarak-atrof bilan tanishish jarayonida ota-onalari, tengdoshlari axborotlari orqali, shuningdek, o‘zining uncha ko‘p bo‘lmagan so‘z zaxirasiga tayanib bilib oladi.
Bola nutqini rivojlantirish hodisasining o‘zini va uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari zarur.
=== Taqdimot 27 ===
Foydalanilgan adabiyotlar:
D. R. Babayeva “Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi” Darslik. Barkamol fayzmedia. 2018-yil.
D. R. Babayeva “Nutq o‘stirish metodikasi” T.:Darslik. Shafoat nur fayz. 2020-yil.
X.A.Meliyev, O.Jamoliddinova, “Tarbiyachining kasbiy komponenti va mahorati” T.Zarvaraq » nashriyoti, 2021-yil.
F. Qodirova, “Maktabgacha pedagogika”. T. “Ma’naviyat”. 2019-yil.
Qodirova F . R. Qodirova R. M. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. – T. Istiqlol, 2006-yil.
M. Usmonova, E. Hamroyeva “Nutq o‘stirish metodikasi” uslubiy qo‘llanma. 2024-yil.
=== Taqdimot 28 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“NUTQ O‘STIRISH METODIKASI FANINING TASHKIL TOPISHI VA RIVOJLANISHI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar