Nerv to’qimasi va reseptorlar haqida tushuncha

8000 so'm


Nerv to'qimasi va reseptorlar haqida tushuncha

 

 

Slayd 1

Nerv to’qimasi

Slayd 2

Reja
Reseptorlar haqida tushuncha
Nerv hujayrasining tuzilishi va ahamiyati
Unipolyar, biopolyar, multipolyar neyronlar haqida tushuncha
Nerv hujayrasining morfologik tuzilishi

Slayd 3

Nerv to’qimalari jami bir butun bo’lib, organizmda yuqori darajada ixtisoslashgan va takomillashgan murakkab nerv sistemasini tashkil etadi. bu sistema har qanday tashqi va ichki ta’sirni qabul qilib, markaziy nerv sistemasiga etkazib berish va u erda analiz-sintez jarayonida hosil bo’lgan javob impulsini (reaksiyasini) harakat organlariga etkazib berish kabi o’ta murakkab vazifani bajaradi. Demak, nerv sistemasi orqali organizmda doimo tashqi va ichki muhit bilan uzluksiz bolanish bo’lib turadi.
Reseptorlar haqida tushuncha

Slayd 4

Ma’lumki, organizmning tashqi va ichki organlarida har xil ta’sirni qabul qiluvchi appartlar-reseptorlar joylashgan. tashqi ta’-sirni qabul qiluvchi reseptorlar eksteroreseptorlar, ichki ta’sirni qabul qiluvchi reseptorlar interoreseptorlar deyiladi. Yuqorida aytib o’tilganidek, tashqi va ichki reseptorlar qabul qilgan ta’sir impuls tariqasida markazga intiluvchi nerv (afferent) hujayralari (neyronlar) orqali tezda markaziy nerv sistemasiga (MNS) etkazila-di. U erda analiz-sintez qilinib, javob impulsi harakat neyronlari, ya’ni markazdan qochuvchi (efferent) neyronlar orqali harakat organlariga (muskul yoki bezlarga) etkaziladi.

Slayd 5

Nerv to’qimasi tarkibida faqat sezuvchi (markazga intiluvchi) va harakat (markazdan qochuvchi) nervlari uchrab qolmay, balki uchinchi guruh-oraliq (assositiv) neyronlar ham uchraydi. Ular bir neyrondan ikkinchi neyronga impuls o’tkazish vazifasini bajaradi. Masalan, impulsni ular afferent neyrondan efferent neyronga o’tkazishi mumkin.

Slayd 6

Umuman olganda, nerv to’qimasi ikkita katta tarkibdan: o’ziga xos vazifani bajaruvchi nerv hujayralaridan (1) va to’qimada tayanch, trofik, sekretor, himoya vazifalarini bajaruvchi bir necha xil neyrogliyadan (2) tashkil topgan. Bular hammasi bir butun holda organizmda morfologik va funksional jihatdan yaxlit nerv sistemasini tashkil etadi.

Slayd 7

Nerv hujayrasi (neyrosit yoki neyron) nihoyatda ixtisoslashgan murakkab morfologik tuzilishga ega bo’lib, har xil tashqi va ichki ta’sirni qabul qilib, uni impulsga aylantirish va hujayra o’simtalari orqali uzatib berish xususiyatiga ega. Neyron sitoplazma va yadro qismlarini tashkil etuvchi tanasi, ya’ni perikariondan hamda bir nechta o’simtalardan tarkib topgan. Ayniqsa uning o’simtalari juda ko’p bo’lib, ulardan bittasi uzun bo’ladi, mana shu uzuni akson yoki neyrit deyiladi. Neyrit orqali hujayra tanasidan boshqa nerv o’simtasiga yoki harakat organlariga impuls o’tkaziladi.

Slayd 8

Aksonning uzunligi bir nechp mikrondan 1-1,5 metrgacha bo’lishi mumkin. Uning yo’on-ingichkaligi butun uzunligi bo’ylab bir xil. ayrim vaqtlarda u yon tomonlarga o’simtalar chiqaradi, ularga yon kollateral o’simtalar deyiladi. Neyronning qolgan qsimtalari kalta bo’lib, ular dendritlar deyiladi. Dendritlr, odatda, hujayra tanasidan yo’on bo’lib chiqib, uchiga tomon ingichkalashib boradi. Ular ikkinchi nerv hujayrasi o’simtalari bilan tutashib, sinapslar hosil qiladi. Sinaps ikkita neyron o’simtalarining bir-biri bilan tutashgan qismidir. Ular impulsni bir neyrondan ikkinchi neyronga o’tkazish funksiyasini bajaradi.

Slayd 9

Tana a’zolaridagi nerv markazlari va tugunlari

Slayd 10

Nerv markazlari funksiyalari

Slayd 11

Slayd 12

Slayd 13

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 14

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Nerv to’qimasi va reseptorlar haqida tushuncha” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar