=== Taqdimot 1 ===
Mustaqillikka erishish arafasida respublikadagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va O‘zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi
=== Taqdimot 2 ===
01
02
03
04
Reja:
O‘zbekistonda XX asr
80-yillari o‘rtalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat.
O‘zbekistonda
1989-1991-yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlar.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining e’lon qilinishi.
I.A.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti.
=== Taqdimot 3 ===
O‘zbekistonda XX asr 80-yillari o‘rtalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat
XX asrda 70 yildan ko‘proq vaqt hukmron bo‘lgan, dunyo xaritasida “Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi” degan nom bilan katta hududni egallagan, soxta kommunistik mafkuraga, ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan yirik mamlakatdagi noto‘g‘ri, samarasiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosat 80-yillarning oxiriga kelib barcha ittifoqdosh respublikalar qatorida O‘zbekiston aholisining ham yashash sharoitlarini og‘irlashtirib, uni ko‘plab muammolar iskanjasiga solib qo‘ydi.
=== Taqdimot 4 ===
Bu muammolarning barchasi 80-yillarning oxiri, 90-yillarning boshlarida ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga olib keldi. Shuningdek, O‘zbekistonda o‘ta keskin va jiddiy muammolar yuzaga keldi: Respublikada demografik vaziyatning murakkabligi Statistik ma’lumotlar tahlili aholi ro‘yxatga olingan davr oralig‘ida, ya’ni 1979-1989-yillar davomida respublikada jami aholi soni 15379,4 ming kishidan 19810,0 ming kishiga yoki 28,8 foizga ko‘payganini ko‘rsatadi. Bu davrda aholining o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 2,8 foizni tashkil qilgan. 1991-yilga kelib mamlakatda aholi soni 20,7 million kishidan ortib, 1990-yilga nisbatan 386,0 ming kishiga o‘sgan.
=== Taqdimot 5 ===
O‘zbekistonda aholining o‘sish sur’atlari Ittifoq sur’atlariga qaraganda uch barobardan ziyod yuqori bo‘lganini ko‘rsatadi. Aholining bunday o‘sishi uzoq yillar davomida sanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ish joylarini ko‘paytirish hamda aholining hayot ta’minoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan mustahkamlab borilmadi.
=== Taqdimot 6 ===
Cancun night review
Aholi jon boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha ittifoqdosh respublikalar orasida 12-o‘rinni, daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish jihatidan eng oxirgi o‘rinlardan birini egallab keldi. Aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bo‘yicha Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan 2 barobar, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish bo‘yicha 2,5 barobar, sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan 2,5 barobar, qishloq xo‘jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa 2 barobar, aholining o‘rta hisobda go‘sht mahsulotlari, tuxum, sut va sut mahsulotlari iste’moli bo‘yicha 2 barobar orqada qolgan.
=== Taqdimot 7 ===
Ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning pasayishi o‘z navbatida aholining turmush darajasiga ham ta’sir ko‘rsatib, yashash sharoitlarining og‘irlashuviga sabab bo‘ldi. O‘sha davrda kun kechirish uchun oyiga o‘rta hisobda kamida 85 so‘m zarur bo‘lgani holda, 75 so‘mdan kamroq yalpi daromad oladigan aholining ulushi Ittifoq bo‘yicha 12 foizdan sal ko‘proq bo‘lsa, O‘zbekistonda 45 foizga yetgan, ya’ni 8 million 800 ming kishini tashkil etgan. Bir millionga yaqin kishi ijtimoiy ishlab chiqarishda o‘zining qo‘lidan keladigan ishni topa olmagan, ya’ni ishsiz bo‘lgan.
=== Taqdimot 8 ===
Ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari: sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha bolalar muassasalari juda og‘ir ahvolda bo‘lib, maktab va kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylashtirilgan. Bu esa o‘sha davrda insonning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, uning shaxs sifatida ma’naviy rivojlanishi u yoqda tursin, ko‘pincha yashash uchun kerak bo‘lgan eng oddiy narsalar ham yetishmaganini ko‘rsatadi.
=== Taqdimot 9 ===
KPSS Markaziy Qo‘mitasining 1985-yil aprelida bo‘lgan plenumi noxush tendensiyalar yig‘ilib, SSSR tanglik vaziyatiga tushib qolganligini ilk bor e’tirof etdi. Mazkur plenum jamiyatni “qayta qurish” orqali iqtisodiyotni ko‘tarish, xalqning turmushini yaxshilash siyosatini belgiladi. 1985–1986-yillarda Markazdagi rahbariyat tomonidan jiddiy o‘zgarishlar qilish zarurligi anglandi. Markazdagi rahbarlar hamon sotsializm “afzalliklari”dan foydalanib jamiyatni “qayta qurish”ga, sotsializmni yaxshilashga umid bog‘lar edi.
=== Taqdimot 10 ===
O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yanada murakkablashib bordi. Bu o‘z xalqining or-nomusi, qadr-qimmatini himoya qilishga qodir bo‘lmagan, siyosiy irodasi bo‘sh kishilarning respublika rahbariyatiga kelib qolishi bilan bog‘liq edi. Ularning ojizligi orqasida respublika partiya va davlat rahbarlik lavozimlariga Markaz tomonidan ko‘plab kadrlar yuborildi. “Kadrlar to‘dasi” deb nom olgan 400 ga yaqin “desantchilar” O‘zbekistonni o‘z bilganlaricha boshqara boshladilar. O‘zbekiston Kompartiyasi va O‘zbekiston Ministrlar Kengashi amalda ular tomonidan boshqarildi.
=== Taqdimot 11 ===
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasida Moskva vakillari – Mogilnichenko, Bessarabov, Ponomaryovlar “uya qurib olgan edilar”. O‘sha yillarda tez-tez bo‘lib turadigan plenumlar va yig‘ilishlar O‘zbekistonda doimiy ishlash uchun yuborilgan “kadrlar to‘dasi”ning boshliqlari – Anishchev, Ogaryok, Satin va ularning hamtovoqlari nazorati ostiga olingan edi.. Sovet rejimining ko‘zbo‘yamachilik, “ulug‘” millatchilik, shovinistik siyosati va uni amalga oshiruvchilar oldida bu qo‘g‘irchoq rahbarlarning ojizligi, itoatkorligi xalqqa qimmatga tushdi.
=== Taqdimot 12 ===
Paxta ishi-qatag‘onlikning yangi to‘lqini
Qatag‘onlikning navbatdagi yangi bosqichi 80-yillarga to‘g‘ri keldi. Bu qatag‘onlik sovetlar hukumatining yana bir navbatdagi nayrangi bo‘lib, “O‘zbek ishi”, “paxta ishi”, “O‘zbek mafiyasi”, “qo‘shib yozish” kabi izohli lug‘atimizga mustamlakachilar tomonidan kiritilgan yangi so‘zlar bilan bog‘liq. O‘zbek ishi,- deb yozadi O‘tkir Hoshimov,-30-va 50-yillardagi qatag‘onlikning mantiqiy davomidir. Sovet siyosati har 10-15 yilda kalla olib turmasa ko‘ngli joyiga tushmagan. To‘g‘ri, o‘sha paytlar O‘zbekistonda qo‘shib yozishlar, poraxo‘rliklar bo‘lgan. Buni inkor qilmaymiz. Ammo bunday harakatlar butun sobiq Ittifoqda avj olgan edi.
=== Taqdimot 13 ===
O‘zbekistonda “o‘zbeklar ishi”, “paxta ishi” deb atalgan jinoiy ishlar to‘qib chiqarildi. Moskvadan yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi O‘zbekistonning boshiga tushgan kulfat bo‘ldi. Guruh a’zolari hech kim bilan hisoblashib o‘tirmay odamlarni qamash bilan shug‘ullandilar. Oddiy dehqondan tortib O‘zKP MQ kotiblari va hukumat a’zolarigacha bo‘lgan xodimlarni qamash uchun birovlardan zo‘rlab yozdirib olingan bir parcha qog‘ozning o‘zi kifoya edi.
=== Taqdimot 14 ===
Qishloq xo‘jaligining ekstensiv rivojlanishi natijasida ko‘plab suv omborlarining qurilishi, umuman, suv isrofgarchiligi tufayli Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolaridan Orol dengiziga quyiladigan suv nihoyatda kamayib ketdi. Oqibatda dengiz 1960-yildagi holatiga nisbatan 1990-yilda 14,5 metrga pasaydi, suvining hajmi 54 foizga qisqardi. Suv qirg‘oqdan 70-100 km.ga chekingan joylarda bo‘ronlar natijasida yiliga 50-70 ming tonnagacha tuz atmosferaga ko‘tarilgani kuzatilgan.
Orol fojesi
=== Taqdimot 15 ===
Orol bo‘yida ekologik ahvolning yomonlashuvi, jumladan, ichimlik suvi bilan ta’minlanishning yomonlashuvi, suvdagi minerallashuvning oshishi natijasida qishloq aholisining 87 foizi har xil kasalliklarga chalingani aniqlangan. Masalan, Qoraqalpog‘istonda ichterlama yuqumli kasalligi bilan kasallanganlar Sobiq Ittifoq darajasidan 23 barobar ko‘p bo‘lgan. Agar Yaponiyada har 1000 nafar tug‘ilgan chaqaloqdan bir yoshgacha 5 tasi yoki Kanadada 7 tasi o‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatgich O‘zbekistonda 39 tani, Qoraqalpog‘istonda esa 60 tani (1989-yilgi ko‘rsatkich) tashkil etgan.
=== Taqdimot 16 ===
XX asrning 50-yillari o‘rtalarida dengizdan 244,4 ming sentner baliq ovlangan bo‘lsa, 80-yilning o‘rtalarida bu ko‘rsatkich 24,6 ming sentnerga tushib ketdi.
=== Taqdimot 17 ===
1944-yili Gruziyaning janubi — g‘arbiy Mesxetiya o‘lkasidan O‘zbekistonga zo‘rlab ko‘chirib keltirilgan mesxeti turklarining umumiy soni o‘sha vaqtda 110 ming kishini tashkil etgan. Ular, asosan respublikaning Farg‘ona viloyati, Qo‘qon, Quvasoy, Marg‘ilon kabi shaharlarga, Toshkent viloyatining ba’zi tumanlariga joylashtirilgan. 1989-yilning may-iyun oylarida Farg‘onada fojiali voqealar sodir bo‘ldi. Stalin bedodligi natijasida o‘z yeridan badarg‘a qilingan mesxeti turklarini o‘zbek xalqi o‘z bag‘riga olgan, ularga mehribonlik qilgan edi.
Farg‘ona voqealari
=== Taqdimot 18 ===
Tub yerli aholi bilan mesxeti turklari qardoshlik aloqalarini bog‘lab, o‘n yillar davomida inoqlashib yashadilar. Biroq, 1989-yil 20-mayda Quvasoyda tub yerli aholi bilan mesxeti turklari guruhlari o‘rtasida mushtlashish sodir bo‘ldi. Respublika siyosiy rahbariyatining voqeani to‘g‘ri baholay olmaganligi hamda tezkorlik bilan zarur choralarni ko‘rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to‘kilishiga olib keldi. 3-iyun kuni kechqurun Toshloq posyolkasida, song Marg‘ilon shahrining mesxeti turklari zich yashaydigan qasabasida ur-yiqit, uylarga o‘t qo‘yish, qotillik, tahqirlash, talonchilik, vahshiyliklar sodir bo‘ldi.
=== Taqdimot 19 ===
O‘zbekistonda 1989-1991-yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlar
1989-yil 23-iyunda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining XIV plenumida Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘z KP MQning birinchi kotibi etib saylandi. I.A.Karimov boshliq O‘zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan o‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglashi kuchayib borayotganligiga e’tibor qaratildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo‘l tutildi.
=== Taqdimot 20 ===
1990-yil 23-martida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Plenumi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston SSRning siyosiy suvereniteti masalalariga oid muammolarni tahlil etishga va konsepsiyalarini ishlab chiqishga jiddiy e’tibor berildi. Plenum yangilanayotgan siyosiy tizimda respublika Kompartiyasining o‘rni va mavqeyi, uning davlat hokimiyati idoralari va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro munosabati prinsiplari to‘g‘risidagi masalalarini muhokama qilib, buyruqbozlikdan, ma’muriyatchilikdan voz kechish lozimligini uqtirdi.
=== Taqdimot 21 ===
Ana shu obyektiv holatni hisobga olib, 1990-yil 24-martida XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo‘ldi. Sessiya O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 1991-yil 19-21-avgustida Moskvada davlat to‘ntarishi qilishga urinib ko’rildi. Ularning maqsadlari Ittifoq hududida yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikni qo‘lga kiritishlariga, o‘z taqdirlarini o‘zlari hal qilishlariga yo‘l qo‘ymaslik edi.
=== Taqdimot 22 ===
1990–yil 20–iyun kuni “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni qabul qildi. Deklaratsiyada har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib O‘zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’lon qilindi. Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat. O‘zbekiston mustaqilligi to‘g‘risidagi Deklaratsiya muhim tarixiy hujjat bo‘lib, mamlakatimizning o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritish yo‘lida yana bir yangi qadam bo‘ldi.
=== Taqdimot 23 ===
1991-yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belorus, O‘zbekiston, Qo‘zog‘iston Respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo‘llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo‘ldi. 1991-yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘ldi.
=== Taqdimot 24 ===
Ishtirokchilar tomonidan “Markazdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo‘lmaydigan choralar to‘g‘risida qo‘shma Bayonot” imzolandi. Bu hujjat “9+1” (9 respublika + markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni Markazning yon berganini, Kiyevda bildirilgan fikr-mulohazalarga rozi bo‘lganini ko‘rsatadi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to‘g‘risida keskin munozara bo‘ldi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosan inobatga olingan “Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida shartnoma” loyihasi ishlab chiqildi.
=== Taqdimot 25 ===
Loyiha barcha respublikalar Oliy Kengashlariga muhokama uchun jo‘natildi. Mazkur shartnoma loyihasi O‘zbekiston Oliy Kengashida 1991-yil 14-iyunda muhokama qilindi. 1991-yil iyul oyining oxirlarida Novo-Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini uzil-kesil tayyorlash uchun Markaz vakillari va respublikalar rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Markazni ham, respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan “Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma”ni imzolash 1991-yil 20-avgust kuniga qoldirildi.
=== Taqdimot 26 ===
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining e’lon qilinishi
1991-yil 19-avgustda O‘zbekiston Prezidenti I.K.Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifidan qaytib keldi va 20-avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi rayosati va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokama qilib Bayonot qabul qildi.
=== Taqdimot 27 ===
1991-yil 21-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z farmoni bilan O‘zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so‘zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo‘yildi.
=== Taqdimot 28 ===
1991-yil 25-avgustda O‘zbekiston Prezidentining maxsus farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qo‘mitasi O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston Prezidentiga bo‘ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi, prokuratura va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo‘shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo‘shilmalari partiyadan butunlay holi qilindi.
=== Taqdimot 29 ===
1991-yil 28-avgustda respublika Oliy Kengashining rayosati “O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasini 1991-yil 31-avgust kuni chaqirish haqida qaror” qabul qildi va sessiyada O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi haqidagi masalani muhokama qilish belgilab qo‘yildi. 1991-yil 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti” qabul qilindi.
=== Taqdimot 30 ===
Oliy Kengash “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” Qonun qabul qildi. Bu qonun 17 moddadan iborat bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunning birinchi moddasida: “O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir”, – deb qonunlashtirib qo‘yildi. Qonunda O‘zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat hokimiyatining birdan-bir sohibidir.
=== Taqdimot 31 ===
“O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun 1991-yil
18-noyabrda
VIII-sessiyasida qabul qilindi.
“O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda
X-sessiyasida qabul qilindi.
“O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonun 1992-yil 10-dekabrda XI-sessiyasida qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o‘zining davlat ramzlarini yaratishga alohida e’tibor bilan qaradi. Oliy Kengash Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va Davlat madhiyasi haqida qonun loyihalarini tayyorlash, Oliy Kengash sessiyalari muhokamasiga taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
=== Taqdimot 32 ===
I.A.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti
Davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti 1938-yilda Samarqandda tug‘ilgan. O‘rta Osiyo politexnika instituti va Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tugatgan. I. Karimov 1991-yil 29-dekabrda birinchi bor muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
=== Taqdimot 33 ===
I. Karimov O‘zbekiston Qahramoni unvoni (1994-y.), “Mustaqillik” (1996-y.)., “Amur Temur” (1998-y.) ordenlari sohibi. I. Karimov xalqaro munosabatlarni rivojlantirishdagi salmoqli hissasi uchun bir qator xorijiy davlatlarning va nufuzli xalqaro tashkilotlarning orden va medallari bilan mukofotlangan. U O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi (1994-y.), nufuzli xalqaro akademiyalarning faxriy a’zosi. Birinchi Prezidentimiz og‘ir xastalik natijasida 2016-yilda vafot etdilar.Muxtasar qilib aytganda, I. Karimov O‘zbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratdi.
=== Taqdimot 34 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.