Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida
4000 so'm

=== Taqdimot: Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan o‘zgarishlar
=== Slayd 2 ===
Reja:
1. Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi: Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning o‘rni va roli.
2. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi.
3. Oliy ta’lim sohasida qabul qilingan Qonunlar va ularda belgilangan vazifalar.
=== Slayd 3 ===
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining muhim tarmog‘i hisoblanadi. Ta’lim asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun bilan kafolatlangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 2-iyuldagi qaroriga asosan “Ta’lim to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.
=== Slayd 4 ===
Oliy Majlisning 1997-yil 29-avgust kuni bo‘lib o‘tgan IX sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni yangi tahrirda va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilindi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida oliy ta’lim sohasida ham qator yangi o‘quv yurtlari ochildi. 1992-yil 28-fevraldagi Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi.
=== Slayd 5 ===
Eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo‘yicha yangi oliy o‘quv yurtlari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti, Navoiy konchilik instituti, Samarqand davlat chet tillari instituti, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti, Jizzax politexnika instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda viloyatlarda yirik universitetlarning filiallari tashkil etildi. Toshkentda 2002-yil iyulda Xalqaro Vestminster universiteti, 2006-yilda Moskva davlat universitetining filiali, 2007-yilda Moskva neft-gaz universitetining filiali, 2007-yili Toshkentdagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish instituti, 2009-yilda Italiyaning Turin politexnika universiteti, 2014-yilda tashkil Koreya Respublikasidagi INHA universitetining filiali tashkil etildi.
=== Slayd 6 ===
1997-yil boshlarida Respublika Oliy ta’lim tizimida 58 ta oliy o‘quv yurti, shu jumladan, 16 ta universitet va 42 ta institut faoliyat ko‘rsatdi. Ayni vaqtda mamlakatimizda 159 ta oliy taʼlim muassasalari mavjud bo‘lib, shulardan 28 tasi xorijiy universitetlar filiallari bo‘lib, ular oʻzlaridagi ta’lim sifati, o‘qish uchun qulay shart-sharoitlari hamda yuqori reytingi bilan yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda.
=== Slayd 7 ===
Mamlakatimizda keyingi yillarda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, buning uchun zarur shart-sharoit yaratishga e’tibor yanada kuchaytirilmoqda. Prezidentimizning 2019-yil 20-fevraldagi “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi “Prezident maktablari to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorning qabul qilinishi orqali yosh iste’dodlarni aniqlash, iqtidorlilarni tanlash va o‘qitish, intellektual imkoniyatini namoyon etishga yordam beruvchi ko‘p tarmoqli ta’lim muhitini yaratuvchi prezident maktablari tashkil etildi. Ularda o‘quvchilar intellektual salohiyati va kreativ fikrlashiga ko‘ra qabul qilingani, o‘quv-tarbiya jarayoni to‘g‘ri tashkil etilgani, eng yaxshi pedagog xodimlar, shu jumladan yuqori malakali xorijiy mutaxassislar jalb etilib, mehnatiga munosib haq to‘lanayotgani qisqa vaqtda o‘z samarasini ko‘rsata boshladi.
=== Slayd 8 ===
Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo‘lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko‘plab ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug‘iladi. Shunday ekan, Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o‘ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi” deb aytgan fikrlari ta’limga qaratilayotgan e’tibor deb aytsa bo‘ladi.
=== Slayd 9 ===
O‘zbekistonda so‘nggi yillar davomida Harakatlar strategiyasi va uning mantiqiy davomi sanalmish Taraqqiyot strategiyasi doirasida, rivojlangan davlatlar kabi uzluksiz ta’lim tizimini muntazam takomillashtirib borish, sifatli ta’lim-tarbiya berish, malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha sezilarli islohotlar amalga oshirildi.
Ta’lim tizimida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bu – “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 23-sentyabrda tasdiqlangan. Ushbu qonun 11 ta bob, 75 ta moddani o‘z ichiga oladi.
=== Slayd 10 ===
Mazkur qonunga asosan ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar, ta’lim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qo‘yildi. Shuningdek, qonunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki hukumat qarorlari bilan tashkil etiladigan bo‘ldi. Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladigan bo‘ldi.
=== Slayd 11 ===
Maktabgacha ta’lim va tarbiya. Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
8-modda
=== Slayd 12 ===
9-modda
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan. Umumiy o‘rta ta’lim (1-11-sinflar) o‘z ichiga olib o‘z navbatida yana 3 bosqichda amalga oshiriladi:
Boshlang‘ich ta’lim (1-4-sinflar);
Tayanch o‘rta ta’lim (5-9-sinflar);
O‘rta ta’lim (10-11-sinflar) dan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.
=== Slayd 13 ===
Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi. Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. Oliy ta’lim ikki bosqichga – bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish huquqiga ega.
=== Slayd 14 ===
Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir. Magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.
=== Slayd 15 ===
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi.
=== Slayd 16 ===
PhD – Tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi. DSc – Doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi. Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
=== Slayd 17 ===
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta’minlab beradi.
=== Slayd 18 ===
Bolalarning ehtiyojlarini qanoatlantirish, bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport yo‘nalishidagi maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin. Maktabdan tashqari ta’lim bolalarga uzluksiz ta’lim berishning tarkibiy qismi sifatida ularning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirishga, ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari jumlasiga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablari, studiyalar, axborot-kutubxona hamda sog‘lomlashtirish muassasalari kiradi.
Maktabdan tashqari ta’lim
=== Slayd 19 ===
Masofaviy ta’lim o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi.
=== Slayd 20 ===
Bugungi kunda jahondagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari ilm-fanning yirik o‘choqlari hisoblanadi. Hozir vaqtda yangi-yangi oliy o‘quv yurtlari, dunyodagi yetakchi universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. So‘nggi 5 yilda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o‘quv yurtlarining soni 125 taga etdi.
=== Slayd 21 ===
Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Aholi fikrini o‘rgangan holda, sirtqi va kechki ta’lim shakllari qayta tiklandi, qabul kvotalari oshirilmoqda. Maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga qamrab olish darajasi 2016-yilgi 9 foizdan 2020-yilda 25 foizga etdi. Professor-o‘qituvchilarning xorijdagi oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot maskanlarida malaka oshirishi va stajirovka o‘tashini ta’minlaydigan mexanizm yaratildi. Ularning oylik ish haqi miqdori 2018-yilga nisbatan o‘rtacha 2,5 barobar oshirildi. Bu yildan boshlab 10 ta oliy ta’lim muassasasi o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazildi. Oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshirilganligi, oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko‘paytirib, 2 mingtaga yetkazilishi oliy ta’limga qamrab olish ko’lamini yanada kengaytirdi.
=== Slayd 22 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.