Mustaqillik davri she’riyati fard va janrlar

4000 so'm


Mustaqillik davri she'riyati fard va janrlar

 

 

Slayd 1

Mustaqillik davri she’riyati

Slayd 2

She’riyat, mustaqillik, shakl va mazmun.

Erkin she’r, oq she’r, falsafiylik, ijodkor.

Qarama-qarshilik, modernizm, ruhiyat.

Erkin she‘r namunalari bilan tanishish

Reja:

Slayd 3

Fard

Musallas

Tuyuq

G’azal

Marsiya

Lirikaning kichik va o’rta janrlari:

Slayd 4

arabcha so’z bo’lib, yakka, yolg’iz, toq ma’nolarini beradi.

Fard haqida

Slayd 5

Fard haqida:

Shoir tomonidan ma’lum mavzu va g’oyaviy maqsadda ijod qilingan mustaqil she’riy baytdir. Fard bir bayt hajmidagi, shaklidagi she’riy asardir. Unga berilgan janr atamasi ham baytning yakkaligiga asoslanadi.

Xalq og’zaki ijodida bu shakl “maqol”, “matal”, “hikmat”, “otalar so’zi” nomlari bilan yuritilgan:

Dunyo chamanining bulbulisen,

Gul shoxida oshiyon etib ket.

(Nodira)

Fard

Slayd 6

Bilib oling!

Ikki nafarning ovqati uch nafarga yetadi.

Yaxshi odamning mehmoni ko’p bo’ladi.

(“Otalar so’zi”)

Esda saqlang!

Bo’lar odam yoshida bosh bo’lar,

Bo’lmas odam qirqida ham yosh bo’lar

(“Amir Temur o’gitlari”)

To’g’rimi?

Bilagi zo’r birni yiqar,

Bilimi zo’r mingni yiqar.

(Maqol)

Sabrli bo’ling!

Sabrning tagi sariq oltin.

(Maqol)

Fard haqida:

Slayd 7

Javob bering

Fard qanday ma’noni anglatadi?

Fardga misol ayting?

Zahiriddin Muhammad Bobur ning fardlaridan misol ayting.

Xalq og’zaki ijodida bu janr qanday nomlar bilan ataladi?

Savollar????

Slayd 8

Arabcha so’z, ma’nosi uchlama, uchlik.

Musallas

Slayd 9

Bu shaklning kam qo’llanilganining sababi 1-2 juft misradan keyingi 3- misraning qofiya jihatidan toq bo’lishidir. (aab).

Musallas Yevropa adabiyotida «tersina» ( uchlik) , bugungi poeziyamizda «uch chanoq» deb yuritiladi.

Mumtoz poeziyamizda kam yaratilgan.

Bu holat esa she’rda notamomlikka , fikriy uzilishga sabab bo’lishi mumkin deb asoslash noo‘rindir

Musallas

Slayd 10

Bugungi tezkor zamonda kishilarning murakkab, ziddiyatlarga to’la, shiddatkor, betakror ruhiy dunyolarni borlig’icha namoyon etishga qodir kuch–mo’jiza bor.

Rauf Parfi O’zturkning bu asaridagi poetik falsafani faqatgina uchlik real ifodalay oladi, uni boshqacha (ruboiy, to’rtlik, muxammas…va h.) janrlar kashf eta olmaydi. Bu fikrning isbotini Rauf Parfi, Vosit Sa’dulla, Anvar Obidjon kabi shoirlarning yetuk uchliklarida ko’rsa bo’ladi.

Unda olam mohiyatining, tuyg’ular mag’zining falsafasi ifodasi, bu ifodaning eng nozik va judayam ixcham jonli surati mujassam:

Hyech bir inson anglamas bizni, Itdek tepib o’tar kiborlar, Eh, naqadar baxtsizdir ular.

Musallas

Slayd 11

Tuslash, tuymoq– lirikaning o’ynoqi, shoirning so’z san’atini yaqqol ko’rsatuvchi janrdir.

Garchi bitta vaznda yozilishi shartligi – uning imkoniyatlarini cheklasa-da, shoirning omonimlardan foydalanish mahoratini to’liq namoyon etishi bilan ardoqlidir.

Tuyuqlar tajnis san’atining ishtirok etishi yoki etmasligiga ko’ra 1) tajnisli va 2) tajnissiz tuyuqlarga bo’linadilar.

Tuyuq

Slayd 12

G’am yuki to qomatim yo qilmadi, Ohim o’tig’a falak yoqilmadi, Qilmadi rahmi mango, xud o’zgaga

Bilmadimkim, qildimu yo qilmadi.

Tuyuq

Slayd 13

Ogahiyning tuyug’idagi qofiya shaklan bir xil, mazmunan uch ma’noga ega bo’lgan “yo qilmadi” so’zi asosiga qurilgan, birinchi misrada-qomatni egmadi, g’am yukida qomatim bukilmadi ma’nosida, ikkinchi misrada – ohim o’tidan falak yonmadi ma’nosida, to’rtinchi misrada – qilmadi ma’nosida qo’llanilgan.

Slayd 14

G’azal (arabcha so’z, ma’nosi “Ayollarga sevgi va munosabat izhor qilish”) asosan ishq – muhabbatni kuylovchi, muhabbat kabi judayam qadimiy, doimo yangi bo’lgan lirik she’rdir.

G’azal

Slayd 15

Ushbu ta’kiddan ko’rinadiki, g’azal mumtoz adabiyotimizda janrlarning sardori bo’lib kelgan.

Jumladan, Alisher Navoiyning “Xazoinul maoniy” devonidagi 3244 asardan 2600 tasi g’azal bo’lib, ularning 1774 tasi 7 baytlidir.

G’azal 3 baytdan 19 baytgacha bo’lishi mumkin.

Uning mumtoz shakli 7baytdir.

G’azal

Slayd 16

1-2 baytlar

Dunyoga kelib loyiga bilmay bota qoldim,

Darmon yo’qidin zahri balosin yuta qoldim.

Ko’rdim men oni dushmani ruhu tan ekandur,

3-4 baytlar

Lo o’qi bilan ikki ko’ziga ota qoldim.

Mayxonaga kirdim, bila qoldim kuyarimni,

Masjidga kirib zohidi yaxdek qota qoldim.

5-6 baytlar

Zohid, menga bir shishada may, senga namozing

Ming taqvini bir kosai mayga sota qoldim.

Vahdat mayini piri mug’on ilgidin ichtim,

Mansur kabi boshimi dorg’a tuta qoldim.

To telbalig’im shuhrati olamni tutubdir,

7-bayt

Bir jilvasig’a ikki jahondin o’ta qoldim.

Ayb etmangiz bu Mashrabi bexudni yoronlar,

Naylayki, bu g’urbat ko’chasidin o’ta qoldim.

Slayd 17

Marsiya (arabcha so’z, ma’nosi “Biror shaxsning vafoti munosabati bilan uning xotirasiga bag’ishlab yozilgan motam she’ri”

Marsiya

Slayd 18

U xalq og’zaki ijodida “yig’i” deb yuritilgan va unda o’limdan, bevafo dunyodan shikoyat qilingan. Bugungi marsiyalarda esa vafot qilgan buyuk shaxsning e’zozli ishlari ulug’lanadi, xalqning yo’qotishdan topgan alamli iztirobi kuylanadi; marhumning bajarishga ulgurmagan ishlarini davom ettirishga chorlaydi. Birgina jumla bilan aytganda, odamiylik o’lmasligini, uni boyitish har bir insonning vazifasi ekanligini – pafos darajasiga ko’taradi.

Marsiya

Slayd 19

Evoh, o’tar Muhammad,

Oshiq ko’ngil tul qolur,

O’rtab ketar Muhammad.

Erka kiyikni endi

Kimsuyadi erkalab

Hayron ko’zi g’am to’la

Jayron ketar Muhammad?

Yurtim deya kuyganni

Kuyib-yonib suyganni,

Xirad to’nin kiyganni

Kim unutar Muhammad?

Slayd 20

Erkin Vohidov

«O‘zbegim».

«Nido».

Slayd 21

Tarixingdir ming asrlar Ichra pinhon, o‘zbegim,

Senga tengdosh Pomiru Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.

So‘ylasin Afrosiyobu So‘ylasin O’rxun xati,

Ko‘hna tarix shodasida Bitta marjon, o‘zbegim.

Al Beruniy, Al Xorazmiy, Al Forob avlodidan,

Asli nasli balki O’zluq, Balki Tarxon, o‘zbegim.

O’tdilar sho‘rlik boshingdan O’ynatib shamshirlarin

Necha qon, necha sulton, Necha ming xon, o‘zbegim.

Tog‘laring tegrangda go‘yo Bo‘g‘ma ajdar bo‘ldi-yu,

Ikki daryo – ikki chashming, Chashmi giryon, o‘zbegim.

Qaysari Rum nayzasidan Bag‘rida dog‘ uzra dog‘,

Chingizu Botu tig‘iga Ko‘ksi qalqon, o‘zbegim.

Qasida

Slayd 22

Hayqiraman, Tog‘lar bag‘ridan Gumburlagan sado keladi, Ona Yerning otash qa’ridan «O‘g‘lim!» degan nido keladi. «O‘g‘lim!» Vujudimni chulg‘ar alanga, Bo‘g‘zimga tiqilar hayajon. – Mana men, o‘g‘lingiz, Dardli olamga Sizdan tanho yodgor, So‘ylang, otajon! So‘ylang, bir daqiqa quloq solayin, Ovozingiz tinglab to‘yolmaganman. Bir marta yo‘qotib topolmaganman, Xayolimda tiklab olayin. Otajon! Men axir qutlug‘ bu so‘zni Yigirma yil olmadim tilga, Yigirma yil saqladim dilda. Armonli o‘g‘lingiz tinglaydi sizni, So‘ylang, eshitaman. Vujudim tilka, Yuragimni yoqar o‘tli iztirob, Ammo ko‘zlarimda bir tomchi yosh yo‘q. Bag‘rim o‘yib, Bu kun menga bermoqda azob Sizning ko‘ksingizni teshgan qora o‘q. Silqib oqayotir Ko‘kragimdan qon. Qalbim o‘rtamoqda so‘ngsiz armonim… Yurak qonim bilan bitgan dostonim Sizga bag‘ishladim, Otajon!

Erkin Vohidov «Nido»

Slayd 23

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 24

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Mustaqillik davri she’riyati fard va janrlar” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar