MUSKULLAR SISTEMASI. OVQAT HAZM QILISH A’ZOLARINING TUZILISHI
6000 so'm

Slayd 1
Muskullar sistemasi. Ovqat hazm qilish a’zolarining tuzilishi
Slayd 2
Reja:
Muskullar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar.
Muskullarning tuzilishi.
Ovqat hazm qilinishining mohiyati.
Ovqat o‘tish yo‘llari va hazim qilish sistemasi
01
02
03
04
Slayd 3
Skelet muskullari, silliq muskullar, yurak muskullari, miotsitlar, mezoderma, segment, miotomlar, sklerotomlar. Og‘iz bo‘shlig‘i, qizilo‘ngach, me’da, osti bezi, fermentlar, mexanik hazmlanish, kimyoviy hazmlanish, so‘rilish jarayoni.
Tayanch iboralar
Slayd 4
Miologiya – muskullar sistemasi
01
Muskullar organizm hayotida muhim rol tutadi. Katta odamlarda muskullar butun tanasi og‘irligining 30 – 35% ni yaqinini tashkil qilsa, chaqaloqlarda 20 – 22%, yoshi katta va qari odamlarda 25 – 25% ni tashkil etadi. Jismoniy mashg‘ulot bilan muntazam shug‘ullanib turuvchi sportchilarda skelet muskullarining og‘irligi gavda og‘irligining qariyb yarimini 45 – 50% tashkil qilishi mumkin.
Slayd 5
Muskullarning asosiy vazifasi – mexanik ish bajarishdir. Markaziy nerv sistemasi yuboradigan ta’sirotlar ta’sirida gavdadagi muskullar qisqaradi, buning natijasida skelet harakatga keladi. Ongli ravishda qisqaradigan muskullarni soni 400 dan ortiq. Gavda muskullari ichki a’zolarni, ularni tarkibiga kiruvchi qon tomirlar va nervlarni tashqi muhit ta’sirotlaridan himoyalaydi.
Slayd 6
Muskullarni qisqarishi natijasida issiqlik energiya ajraladi, demak muskullar tana haroratini idora etishda ishtirok etadi. Mimik muskullarining qisqarishi orqali odamning ichki dunyosi, kayfiyati, emotsiyalari aks ettiriladi.
Slayd 7
Muskul to‘qimasini takomili.
Dam olish vaqtida, ya’ni muskullar tinch turganda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan zararli mahsulotlar qon orqali undan chiqib ketadi va muskulning ishlash qobiliyati qaytadan tiklanadi.
Muskul to‘qimasi mezodermadan takomil etadi. Eng muhim somitlardan miotomlar, sklerotomlar va dermotomlar hisoblanadi.
Slayd 8
Muskullarning tuzilishi
Skelet muskullari ko‘ndalang targ‘il muskul to‘qimasidan tashkil topgan. Ma’lumki, muskullarning tayanch apparati “futlyar ichida futlyar” prinsipida tuzilgan bo‘lib, har xil hajmli muskul tutamlari endomiziy, peremiziy va epimiziy pardalari bilan bir-biridan ajralib turadi.
Slayd 9
Muskullarining yordamchi apparati
muskullarni biriktiruvchi to‘qimadan iborat bo‘lgan parda chexol kabi o‘rab turadi, u fastsiya deb ataladi.
har bir muskulning suyakka kelib birikuvchi mustahkam payi bo‘ladi. Pay muskulning go‘shtdor qismidan o‘zining yaltiroqligi, oq yoki sarg‘ish rangi bilan ajralib turadi.
Paylar
Fastsiyalar
Slayd 10
Sinovial qinlar
Muskullarining yordamchi apparati
G‘altaklar
Sinovial xaltalar
harakatlanadigan paylarni harakatsiz fibroz qin devorlaridan ajratib turadi.
suyaklarda tog‘aydan yoki zich biriktiruvchi to‘qimadan iborat do‘nglar bo‘ladi.
ko‘proq bo‘g‘im sohasida yoki payni suyakdan aylanib o‘tgan joylarda uchraydi.
Slayd 11
Muskullar shakli. Gavda muskulari
gavda muskullari joylashishiga qarab ko‘krak qafasi, qorin va orqa muskullariga bo‘linadi.
2 gruppaga bo‘linadi. yelka kamarini va qo‘l harakati.
ikkiga bo‘linadi miya qutisining muskullariga va yuz muskullariga bo’linadi.
Gavda muskullari
Ko‘krak muskullari
Bosh va bo‘yin muskullari
Slayd 12
Gavda muskullari, tanani harakatga keltiruvchi muskullar
Qorin
Nafas
Bosh
Son
Ahil
Bel
Ko‘krak
Bo‘yin
Boldir
Barmoqlar
Slayd 13
Slayd 14
Ovqat hazm qilish a’zolarining tuzilishi
Ovqat hazm qilishning mohiyatini tashqi muhitdan qabul qilinadigan ozuqa moddalarning mexanik, kimyoviy yo‘l bilan parchalanishi va ichki muhitga so‘rilishi tashkil qiladi.
Slayd 15
Og‘iz bo‘shlig‘i, til tuzilishi. Doimiy va sut tishlari tuzilishi. So‘lak bezlari tuzilishi
Og‘iz bo‘shlig‘i ovqat hazm qilish kanalining boshlang‘ich qismidir. Og‘iz bo‘shlig‘i dahlizga va haqiqiy bo‘shlig‘iga ajraladi. Og‘iz dahlizi tashqi tomondan lunj va lablar bilan, ichki tomondan milk va tishlar bilan chegaralanib turadigan tor yoriq shaklida bo‘ladi.
Slayd 16
Halqum konussimon shaklga ega bo‘lgan muskulli organ bo‘lib ovqat yutish va nafas olishda ishtirok etadi. Halqumda 3 qism: burun, og‘iz va kekirdak qismlari ajratiladi.
Qizilo‘ngach halqumning davomi bo‘lib yuqori chegarasi 6 bo‘yin umurtqasiga to‘g‘ri keladi, pastki chegarasi esa 11 ko‘krak umurtqa ro‘parasida joylashadi.
Halqum tuzilishi. Qizilo‘ngach tuzilishi
Slayd 17
Me’da tuzilishi
Me’da embrion hayotining to‘rtinchi haftasida paydo bo‘ladi, ikkinchi oyiga borib me’daning asosiy bo‘limlari shakllanadi. Me’da devorini tashkil etuvchi pardalar turli embrional varaqlardan rivojlanadi: shilliq pardasi – entodermadan, muskul pardasi esa – mezodermadan rivojlanadi.
Slayd 18
Ingichka ichak
Ingichka ichak – odam meʼda bilan yoʻgʻon ichak oraligʻida joylashgan. Ingichka ichak hazm yoʻlining eng uzun qismi; u meʼdaning oxirgi chiqish qismidan boshlanib, yoʻgʻon ichakning boshlangʻich qismigacha davom etadi; uz. 5–6 m. Ingichka ichak oʻn ikki barmoq ichak, och ichak va yonbosh ichakdan iborat.
Slayd 19
Yo‘g‘on ichak tuzilishi
Slayd 20
Jigar tuzilishi, o‘t pufagi va me’da osti bezi
Jigar qorin bo‘shlig‘ining o‘ng qovurg‘a osti sohasida, diafragmaning o‘ng gumbazi ostida joylashgan. Og‘irligi taxminan 1500 – 2000 g, qizg‘ish – qo‘ng‘ir tusda, yumshoq bo‘ladi. Jigarning ko‘pchilik qismi qorin parda bilan o‘ralgan bo‘lib, faqat orqa tomoni diafragmaga tegib turadi.
Slayd 21
O‘t pufagi
O‘t pufagi jigarning osti yuzasida o‘t pufagi chuqurchasida joylashgan. O‘t pufagi qopcha shaklida bo‘lib, uzunligi 8-10 sm, eni 4-5 sm teng. Uning ichida 40-60 ml o‘t saqlanadi. O‘t pufagining tubi, tanasi va bo‘yni bor. O‘t pufagining kengaygan qismi tubini hosil qiladi, toraygan qismi – bo‘yinchani.
Slayd 22
Meʼda osti bezi
Meʼda osti bezi -odam va hayvonlardagi
yirik bez. Tashqi (ekzokrin) va ichki (endokrin) sekretsiya bezi; pankreatik shira hamda insulin va glyukagon gormonlariniajratadi; ular bevosita qonga oʻtib, uglevod hamda yogʻlar almashinishini boshqaradi; ovqat hazm qilishda ishtirok etadi. Meʼda osti bezi murakkab tuzilgan aralash bezlar turkumiga kiradi.
Slayd 23
Xulosa
Xulosa qilib aytganda muskul sistemasi. Tana muskullar tuzilishi. Qo‘l va oyoq muskullarining tuzilishi hamda ularning suyakka birikishi. Bosh muskullarining tuzilishi va suyaklarga birikishi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ldilaringiz.
Bu mavzuda odamni muskullarning suyakka birikishi va ovqat hazim qilish jarayonlarini ko‘rdik.
Slayd 24
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 25
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.