Murakkab psixik jaroyonlar.Xotira va tafakkur
4000 so'm

Murakkab psixik jaroyonlar.Xotira va tafakkur.
=== Taqdimot: Murakkab psixik jaroyonlar.Xotira va tafakkur..pptx ===
=== Slayd 1 ===
Murakkab psixik jaroyonlar.Xotira va tafakkur
=== Slayd 2 ===
Reja:
Xotira haqida tushuncha.
Xotiraning nerv-fiziologik asosi.
Xotira turlari va jarayonlari.
Tafakkur haqida tushuncha.
Tafakkurning nerv-fiziologik asosi.
Tafakkur operatsiyalari va shakllari.
Tafakkur turlari va sifatlari.
=== Slayd 3 ===
Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir.
=== Slayd 4 ===
«Muvaqqat nerv bog‘lanishlari – deb yozadi
I.P. Pavlov hayvonot olamida va bizning o‘zimizda ham bo‘ladigan eng umumiy fiziologik hodisadir.
Shu bilan birga u psixik hodisa hamdir, turli-tuman harakat, taassurot bo‘lmasa harflar, so‘zlar va fikrlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan bog‘lanishlar-ki, bu bog‘lanishlarni psixologlar assotsiatsiyalar deb ataydilar“.
=== Slayd 5 ===
01
Yondoshlik assotsiatsiyasi
02
O‘xshashlik assotsiatsiyasi
03
Qarama-qarshilik assotsiatsiyasi
Inson xotirasidagi assotsiatsiyalar 3 turga ajratiladi:
=== Slayd 6 ===
Psixik aktivlik faoliyatiga ko‘ra
Harakat
Xotira turlari:
Obrazli
Emotsional
So‘z mantiq
=== Slayd 7 ===
Turli harakatlar va ularning bajarilishi tartibi, tezligi, sur’ati, izchilligi va boshqalarni esda qoldirish, mustahkamlash, esga tushirishdan iborat xotira turi harakat xotirasi deb ataladi.
Harakat xotirasi
=== Slayd 8 ===
His-tuyg‘u yoki hissiyot xotirasi
Voqelikdagi narsa va hodisalardan, o‘z-o‘zimizga bo‘lgan munosabatlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalarni esda qoldirish, esda saqlash, esga tushirishdan iborat xotira turi hissiy xotira turi deb ataladi.
=== Slayd 9 ===
So‘z-mantiq xotirasi
So‘z-mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil etadi.
So‘z-mantiq xotirasining vujudga kelishida birinchi signal bilan bir qatorda ikkinchi signallar tizimi asosiy hisoblanadi.
=== Slayd 10 ===
Faoliyat maqsadiga ko‘ra xotira2 ga bo‘linadi:
Ixtiyorsiz
Ixtiyoriy
=== Slayd 11 ===
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira turi
Ixtiyoriy
Ixtiyorsiz
Ma’lum maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun muayyan davrlarda aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirilishidan iborat xotira.
Maqsadsiz aqliy, asabiy, irodaviy zo‘r berishsiz hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan keng ko‘lamdagi ma’lumot, xabar, axborot, ta’sirotlarning ko‘pchilik qismini aks ettirishdir.
=== Slayd 12 ===
01
Qisqa muddatli
02
Uzoq muddatli
03
Operativ xotira
Materialning davomiyligiga ko‘ra 3 turga ajratiladi:
=== Slayd 13 ===
Operativ xotira
Inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holat operativ xotira deb ataladi.
=== Slayd 14 ===
Xotira jarayonlari
Xotira faoliyati esda qoldirishdan boshlanadi. Esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarni miya po‘stida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya po‘stida muvaqqat nerv bog‘lanishining vujudga kelishidir.
=== Slayd 15 ===
Esda saqlash deganda ilgari tug‘ilgan taassurot, fikr, his-tuyg‘u va ish-harakatlarning takrorlanishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi tushuniladi. Bunga sabab asab tizimining egiluvchanligidir. Shuning uchun asab tizimi ilgari bo‘lib o‘tgan taassurotlarni takrorlashga tayyor turadi. Faqat esga tushirish uchun qulay sharoit bo‘lsagina esga tushadi. Bunday sharoit bo‘lmaganda zarur materialni ixtiyoriy eslash jarayoni qiyinlashadi.
=== Slayd 16 ===
O‘tmishda idrok qilingan narsalar, his-tuyg‘u, fikr va ish-harakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning nervfiziologik asoslari bosh miya po‘stida ilgari hosil bo‘lgan nerv bog‘lanishlarning qo‘zg‘alishidir.
=== Slayd 17 ===
Tafakkur deb narsa va hodisalar o‘rtasidagi eng muhim bog‘lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.
=== Slayd 18 ===
I.P.Pavlov ta’kidlashicha ikkinchi signal tizimining ishi hamisha birinchi signal tizimi bilan o‘zaro o‘tkazish jarayonida hozir bo‘ladi, deb ta’kidlagan. Ikkinchi signal tizimi asosida birinchi signal bilan o‘zaro ta’sir qilish jarayonida dastlab umuminsoniy empirizmni va nihoyat odamning o‘z tevaragidagi olamni va uning o‘zini bilish uchun oliy qurol bo‘lgan oliy tafakkur voqe bo‘ladi.
=== Slayd 19 ===
Analiz
Sintez
Tafakkur operatsiyalari:
Abstraktsiya
Umumlashtirish
Taqqoslash
Tasniflash
=== Slayd 20 ===
Hukm
Xulosa
Tushuncha
Tafakkur shakllari:
=== Slayd 21 ===
Hukm
Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi.
=== Slayd 22 ===
Tushuncha
Narsa va hodisalarning eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishdir.
=== Slayd 23 ===
Xulosa
Shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz.
=== Slayd 24 ===
Tafakkur turlari:
Shakliga ko‘ra
Fikr yoyiqligiga ko‘ra
Fikrning originallik darajasiga ko‘ra
Topshiriq xarakteriga ko‘ra
01
02
04
03
=== Slayd 25 ===
Shakliga ko‘ra xotira turi
Ko‘rgazmali-harakat
Ko‘rgazmali-obrazli
Tarixiy taraqqiyot davomida odamlar o‘z oldlarida turgan maqsadlarni dastlab amaliy faoliyat nuqtayi nazaridan yechganlar, keyinchalik undan nazariy faoliyat ajralib chiqqan.
Bevosita idrok qilinayotgan predmetlar emas, balki faqat tasavvur qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat tafakkur turi.
=== Slayd 26 ===
Ixtiyorsiz va ixtiyoriy tafakkur turi
Intuitsiya deb mantiqiy tafakkur yordamida ko‘p vaqtlar davomida hal qilinmagan aqliy vazifalarning to‘satdan, kutilmaganda hal qilinib qolishi jarayoniga aytiladi.
ixtiyoriy tafakkur jarayoni mulohaza, muhokama, isbotlash, gipoteza kabi shakllarda namoyon bo’ladi. Masalan, matematika, fizika, kimyo, psixologiya va boshqa fanlardagi misol va muammolarni yechish jarayoni.
Ixtiyorsiz (intuitiv)
Ixtiyoriy (analitik)
=== Slayd 27 ===
Topshiriq xarakteriga ko‘ra tafakkur turlari degani — inson turli vazifa yoki masalaga qarab, qaysi turda fikr yuritishini bildiradi. Ya’ni, har bir topshiriq — tafakkurning muayyan shaklini talab qiladi.
=== Slayd 28 ===
Topshiriq xarakteriga ko‘ra 4 turga bo‘linadi:
Amaliy tafakkur
Tanqidiy tafakkur
Mantiqiy tafakkur
Nazariy tafakkur
Ijodiy tafakkur
=== Slayd 29 ===
Tafakkur mazmundorligi
Tafakkurning chuqurligi
Tafakkur sifatlari:
Tafakkurning mustaqilligi
Tafakkur ixchamligi
Tafakkurning kengligi
Tafakkurning tezligi
=== Slayd 30 ===
Tafakkur mazmundorligi — bu inson fikrlash faoliyatining mazmun va sifat jihatdan boyligi, ya’ni fikrlarning chuqur, mantiqiy, asosli va maqsadga muvofiq bo‘lishi demakdir
=== Slayd 31 ===
Tafakkurning chuqurligi — bu insonning masalalarga yuzaki emas, balki iloji boricha chuqur va har tomonlama yondashish qobiliyatidir. Ya’ni, faqat faktlarni qayd etish emas, balki:
Sabab va oqibatlarini tahlil qilish,
Turli nuqtai nazarlardan qarash,
Masalaning ichki mohiyatini tushunish,
Yashirin ma’nolarni anglash kabi jarayonlarni qamrab oladi.
=== Slayd 32 ===
Tafakkurning kengligi — bu insonning turli sohalar, nuqtai nazarlar va g‘oyalar doirasida erkin va erkin ravishda fikr yuritish qobiliyatidir, ya’ni tafakkur kengligi fikrlashning cheklanmaganligidir.
=== Slayd 33 ===
Tafakkurning mustaqilligi — bu insonning o‘z fikriga ega bo‘lishi, boshqalarning ta’siriga ko‘r-ko‘rona ergashmasligi va har qanday masalada shaxsiy xulosa chiqara olish qobiliyatidir.
=== Slayd 34 ===
Tafakkur ixchamligi — bu insonning o‘z fikrini ortiqcha so‘zlarsiz, aniq, qisqa va mazmunli ifoda eta olish qobiliyati bo’lsa, tezligi — bu insonning tez va samarali fikr yuritish, masalalarga yechim topish yoki muammoga reaksiya bildirish qobiliyati.
=== Slayd 35 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.