Mirtemir hayoti va ijodi
4000 so'm

Slayd 1
Mirtemir hayoti va ijodi
Slayd 2
Reja:
• 1.Mirtemirning hayot yo‘li.
• 2.Mirtemir she’riyati.
• 3.Mirtemir dostonlari.
Slayd 3
Mirtemir hozirgi zamon o‘zbek she’riyatining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan ardoqli lirik shoirdir. Komil Yashin ta’kidlaganidek, Mirtemir XX asr o‘zbek she’riyatining tamal toshini qo‘ygan ustoz, oqsoqol shoirlarimizdan. U g‘oyatda mehnatkash, jafokash, xassos, bilimdon, kamtar so‘z san’atkoridir. Vatanparvar shoir klassik adabiyotimizning barhayot an’analarini, xalq og‘zaki ijodini chuqur o‘rganib, hozirgi o‘zbek adabiyotini boyitdi, yuksaklikka ko‘tarishda zo‘r kuch sarf etdi.
Slayd 4
Mirtemir Tursun o‘g‘li 1910-yili Qozog‘iston Respublikasi Turkiston shahrining Iqon qishloqida tug‘ildi. U ibtidoiy eski maktabni bitirgach, 1921-1923 yillarda Toshkentdagi “Almaiy” nomidagi bolalar namuna ish maktabida tarbiyalandi. Mirtemir 1925 yili Erlar bilim yurtiga o‘qishga kirib, uni 1929 yilda tamomladi. So‘ngra O‘zbekiston Davlat Pedagogika akademiyasida tahsil oldi. Mirtemir adabiyotga 20-yillarning o‘rtalarida kirib keldi. Uning birinchi she’ri “Tanburim tovushi” 1926 yilda “Yosh leninchi” gazetasida bosilib chiqdi. Shundan so‘ng shoirning qalami yarim asrdan ziyodroq vaqt mobaynida bir nafas ham yozishdan to‘xtamadi.
Slayd 5
Mirtemir oz muddat oliy maktablarda dars beradi, muharririyatlarda xodim, teatrlarda adabiy emakdosh, Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, nashriyotlarda muharrir bo‘lib ishlaydi. Shoirning birinchi she’rlar to‘plami “Shu’lalar qo‘ynida” nomi bilan 1928 yilda chop etilgan. Unda Vatan madhi, mehnat gashti, yosh zamondoshlarning ma’naviy dunyosi asosiy mavzu sifatida tarannum etiladi. Bu to‘plam o‘z davrida she’riyatimizda quvonchli voqea bo‘ldi. Qo‘limizdagi to‘plam, – degan edi Sotti Husayn mazkur kitobga yozgan so‘zboshisida, – o‘zbek adabiyotiga Yangi qo‘zg‘olon, Yangi umidlar bag‘ishlaydi. “Shu’lalar qo‘ynida”gi sochmalardan haqiqatan kurash, isyon, zafar taronalarini tinglab olarsiz“…
Slayd 6
Mirtemirning “Zafar” (1929), “Qaynashlarim” (1932), “Bong” (1932), “Ochlar o‘lkasida” (1936), “Poytaxt” (1936), “O‘ch” (1943), “Tanlangan she’rlar” (1947), “Tanlangan asarlar” (1958), “She’rlar” (1961, 1964), “Yangi she’rlar” (1967), “Qush tili” (1970), “Tingla hayot” (1974), “Kipriklarim” (1976), “Izlayman” (1976), “Yodgorlik” (1978) kabi to‘plamlari adibning sermahsul ijodkor ekanidan dalolat beradi.
Mirtemir ijodining dastlabki davridanoq izlanuvchan shoir sifatida tanildi. U davrimizning mohiyati keng ko‘lamli ekanini, uni ifodalash uchun esa yangi-yangi poetik shakllar zarurligini yaxshi tushundi. Shuning uchun ham u ko‘proq sochma she’rlarga murojaat qildi. Ularda qalbini to‘ldirgan, tinchlik bermagan hislarni ifodalashga urindi
Slayd 7
Tun singari asta bosib keladi,
Suv singari sarin jilib keladi.
Tog‘ eliday shoshqin esib keladi.
Ko‘l mavji singari tinib keladi.
Naqadar mung yotar bu pardalarda,
O‘tgan umrning ohi zorimi?
Qushlar chirqillamas tol panalarda,
Usta barmoqlarning ko‘ring korini…
Slayd 8
Shoir ijodiy kamoloti uning “O‘ylar”, “Qizqaldoq”, “Qoya”, “Mening bolaligim”, “Bog‘imning chechaklari” , “Lolazordan o‘tganda”, “Quyoshning zabti” kabi lirik she’rlarida yanada aniq ko‘rinadi. Bu she’rlar shiraga to‘lgan, chuqur umumlashmalarga boy bo‘lib, 30-yillarning ikkinchi yarmidagi o‘zbek lirikasi rivojiga qo‘shilgan katta hissa hisoblanadi.
Mirtemirning urush yillarida yaratilgan “Vabo”, “O‘ch”, “Bu – mening Vatanim”, “Ona shahar”, “Dengiz bo‘yida”, “Mard yigit yoring bo‘lay”, “Tillo”, “Ko‘zlarim yo‘lingda” kabi she’rlarida dushmanga nafrat hislari jangovar ruhda ifodalangan.
Slayd 9
Hayot haqiqatini teran, ta’sirchan va nafis obrazlarda ifodalashi tufayli Mirtemirning “Kuylar yigirma yoshim”, “Yali-yali”, “Bir go‘zal”, “Men seni”, “O‘ynasin”, “Bitta o‘zim bilaman”, “Meni yod et”, “Jonon o‘ynasin”, “Barno qo‘shig‘i”, “Ona orzusi”, “El qo‘shig‘i”, “Qarqaralik”, “Bog‘ ko‘cha” singari qo‘shiqlari shoirning o‘nlab she’riy kitoblari, dostonlari va dramalari kabi madaniy turmushimizda sezilarli voqea bo‘lib qoldi. Ular san’atimiz xazinasidan o‘rin olishining yana bir sababi shundaki, bu qo‘shiqlarga G‘anijon Toshmatov, Faxriddin Sodiqov, Muhammadjon Mirzayev, Imomjon Ikromov, Mutal Burhonov singari yetuk san’atkorlar kuy bastaladilar va Faxriddin Umarov, Mahbuba Hasanova, Kommuna Ismoilova, Hadya Yusupova kabi xushovoz xonandalar ijro etdilar.
Slayd 10
Mirtemir dostonchilikda ham samarali ijod qilgan. Chunonchi, “Bong”, “Barot”, “Agronom”, “Jang”, “Xidir”, “Nomus”, “Ajdar”, “Ochlar o‘lkasida”, “Suv qizi”, “Dilkusho”, “Oysanamning to‘yida”, “Qo‘zi”, “Farg‘ona” singari katta-kichik dostonlar Mirtemir qalamiga mansubdir. Afsuski, hukmron mafkuraning kuchli tazyiqi ostida yaratilganligi va badiiy jihatdan nomukammalligi sababli bu dostonlarning aksariyati adabiyotda sezilarli hodisa darajasiga ko‘tarilmadi.
Slayd 11
Urushdan keyingi yillar Mirtemir uchun yanada samaraliroq ijod davri bo‘ldi. Xuddi shu yillarda uning tarjimonlik san’ati butun borlig‘i bilan o‘zligini namoyish qildi. O‘zbek kitobxoni shoirning katta mehnati tufayli A.S.Pushkinning ertaklari, M.Y.Lermontovning she’rlari, N.A.Nekrasovning “Rusiyada kim yaxshi yashaydi?”, M.Gorkiyning “Bo‘ron qushi haqida qo‘shiq” kabi o‘lmas asarlarni o‘z ona tilida o‘qishga muyassar bo‘ldi. Bulardan tashqari Mirtemir qirg‘iz eposi “Manas”ni, Uyg‘un bilan hamkorlikda qoraqalpoq eposi “Qirq qiz”ni, Maqsud Shayxzoda bilan hamkorlikda gruzin shoiri Shota Rustavelining “Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon” dostonini o‘zbek tiliga o‘girdi.
Slayd 12
Bugina emas, u Genrix Geyne, Ejen Pote, Abay, Berdaq, Nozim Hikmat, A.Tvardovskiy, Pablo Neruda kabi shoirlarning asarlarini ham o‘zbek tiliga tarjima qildi. Bu tarjimalarda asl nusxaning asosiy xususiyatlari, milliy ruh saqlanib qolgan. Mirtemirning she’riyat sohasidagi tinimsiz mehnatlari natijasida “Qoraqalpoq daftari” (1956-1957) turkumi yuzaga keldi. Turkumda ko‘zga tashlanib turadigan asosiy xususiyat – bu shoirni mohir haykaltaroshday bir-ikki xarakterli chizgi, o‘ta o‘rinli topilgan poetik detallar bilan salmoqli va mag‘rur obrazlar yaratish qobiliyatidir.
Slayd 13
Mirtemir bir umr hayot haqiqatiga, go‘zalligiga ishondi va ularga talpinib yashadi. Shoir 1978-yilda Toshkentda olamdan o‘tdi.
Adib Uyg‘un ta’kidlaganidek, “Mirtemir she’riyatimizning haqiqiy ma’nodagi bobodehqoni, zahmatkash, ulkan shoirlaridan biri” bo‘lib qoldi.
Slayd 14
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 15
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
LISON UT TAYR – FALSAFIY MAJOZIY DOSTON mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ALISHER NAVOIY MEROSI VA UNING O‘RGANILISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
CHOLIQUSHI VA IZTIROB ROMANLARI TAHLILI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ОБЗОРНАЯ ЛЕКЦИЯ ПО СИНТАКСИСУ ВИДЕОЗАНЯТИЕ mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
MUMTOZ ADABIYOTNI SHARHLAB O‘RGANISH. BOBUR ASARLARI MISOLIDA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
LITERARY ANALYSIS ANDLITERARY ANALYSIS STUDYING AND ANALYZING WORKS OF LITERATURE FROM DIFFERENT TIME PERIODS, GENRES, AND CULTURES mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
XAZOYIN UL MAONIY – LIRIK QOMUS SIFATIDA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
O‘ZGA GAPLI QURILMA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
XX ASR BOSHLARIDAGI O‘ZBEK ADABIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
LITERARY GENRES mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
GRAFIKA. ORFOGRAFIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
TILSHUNOSLIK FANINING PAYDO BOʻLISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 49 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.