Matyusuf Xarratov hayoti va ijodi
3000 so'm

Slayd 1
Matyusuf Xarratov hayoti va ijodi
Slayd 2
Reja:
1. M. Xarratovning yoshlik va talabalik yillari.
2. M. Xarratovning 1920-35 yillar ish va ijodiy faoliyati.
3. M. Xarratovning 1935-40 yillar ish va ijodiy faoliyati.
• 4 M. Xarratov yaratgan kuy va qo‘shiqlar.
Slayd 3
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, maqom bilimdoni, sozanda va bastakor Matyusuf Xarratov XX asrning birinchi yarmida, o‘zbek musiqa madaniyatining rivojlanishiga tamal toshini qo‘ygan ustoz san’atkorlardan. U butun umrini Xorazm xalq musiqa merosini, tarixini, ulug‘ ustozlarning hayoti va ijodiy faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlab ularni targ‘ib qildi, o‘zi ham san’atkor sifatida shakllandi, yoshlarga ustozlik qildi va musiqa bastaladi. 1928 yildan 1932 yilga qadar Samarqandda tashkil etilgan musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot institutida Xorazm maqomlarini talabalarga o‘rgatdi. Bu ko‘p qirrali iste’dod sohibi, radio, filarmoniya va musiqali teatrlarda faoliyat ko‘rsatib, zamonaviy o‘zbek musiqasining rivojlanish jarayoniga ulkan hissa ko‘shdi. O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi a’zolarining safiga 1940 yilda qabul qilingan.
Slayd 4
Matyusuf (Chokar) Xarratov o‘zi bosib o‘tgan hayot va ijod yo‘lini quyidagichadir: U Xiva shahrining yonidagi Shayxlar qishlog‘ida 1889 yili dunyoga keladi. Otasi Matyoqub Xarratov va bobosi Hojiniyoz oddiy dehqon, tikuvchi – kosib bo‘lsalarda, lekin ular mashhur tanburchi, maqom san’atining bilimdoni edilar. Ular tarixni, adabiyotni, ayniqsa, she’riyatni va musiqani benihoya sevishardi. Bobosining Matyoqubdan tashqari ikki qizlari bor bo‘lsada, uni juda ham kichiqligidan to voyaga yetgunicha qadar asosan bobosi tarbiyalab o‘stiradi. U olti yoshidan boshlab qishloq maktabida va ayrim vaqtlarda Xiva madrasasida o‘qiydi. Bu oliy o‘quv dargohida arab, fors, turk tillarini, she’riyat konunlarini, shakllarini o‘rganadi. Ayniqsa, shoir Komil Xorazmiyning o‘g‘li shoir va tanburchi Matrasul Mirzaboshi (taxallusi Mirzo)dan juda ko‘p narsalarni o‘rganadi va o‘zi ham Chokar taxallusi bilan she’r yozib mashq qiladi. Bobosining xonadonida shoir va san’atkorlardan Avaz O‘tar, Muhammad Yusuf (taxallusi Bayoniy), Matrasul Mirzaboshi, Matyoqub Pozachi, Qalandar Do‘nmas, Masharif Qambar, Qurbon sozchi va boshqalar musiqali kechalar o‘tkazishar edi.
Slayd 5
O‘zbekiston Respublikasining avvalgi poytaxti Samarqand shahrida 1928 yili musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot instituti tashkil topdi. Uning direktori N. N. Mironov Matyusupni Xorazm maqomidan dars berishga taklif qildi. Shu yildan boshlab uning hayot va ijod taqdirida o‘zgarishlar ro‘y berdi. Mazkur institutda 1932 yilga qadar ishlaydi. Ilmiy ish bilan ham shug‘ullanar edi. 1928 yildan boshlab Samarqand radiosining musiqa bo‘limi mudiri va san’atkor ijrochi bo‘lib 8 yil xizmat qiladi. Tojikiston Respublikasining radio eshittirish komitetida musiqa bo‘limini ochishda ko‘maklashadi. 1935 yili O‘zbekiston radiosida ishlash uchun Toshkentga taklif qilishdi. Toshkent radiosining Musiqa bo‘limida ishlaydi. O‘zbek filarmoniyasining ijrochi jamoalari bilan 1937 yilda Moskva shahrida o‘tgan O‘zbek adabiyoti va san’atining 10 kunligida ijrochi sifatida faol qatnashadi. Dekadadan qaytgach, 1937 yili Toshkent davlat konservatoriyasi kompozitorlik fakultetining tayyorlov bo‘limiga o‘qishga kiradi. Yevropa nota yozuvini o‘rganadi. Musiqa nazariyasi, tarixi va klassik kompozitorlarning hayoti va ijodiy faoliyatlari bilan tanishadi. Uch yil konservatoriyada o‘qiydi. 1935 – 49 yillarda O‘zbekiston radio komitetida sozanda va xonanda lavozimida ishlab, qo‘shiq va kuylar yaratadi. 1938 yilda O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi tashkil qilish ta’sis komissiyasiga a’zo bo‘ladi. 1940 yili Bastakorlar uyushmasiga qabul qilinadi.
Slayd 6
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 7
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
LITERARY GENRES mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
O‘ZGA GAPLI QURILMA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
O‘ZBEK TILI LEKSIKASIDA ESKIRISH VA YANGILANISH JARAYONLARI. O‘ZBEK TILI LEKSIKASINING EMOTSIONAL-EKSPRESSIV JIHATDAN QATLAMLANISHI. SO‘ZNING USLUBIY BO‘YOG‘I mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 39 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
OLMOSH SO‘Z TURKUMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
LEKSIKOGRAFIYA. LUG‘ATCHILIK, LUG‘AT TIPLARI VA TURLARI TASNIFI. O‘ZBEK LUG‘ATCHILIGI, UNING TARIXIY BOSQICHLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
XX ASR BOSHLARIDAGI O‘ZBEK ADABIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
XAZOYIN UL MAONIY – LIRIK QOMUS SIFATIDA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ALISHER NAVOIY MEROSI VA UNING O‘RGANILISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
LISON UT TAYR – FALSAFIY MAJOZIY DOSTON mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
QUL UBAYDIY G‘AZALLARINI IFODALI O‘QISH VA SHARHLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 19 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
USLUBIYAT VA USLUBSHUNOSLIK mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
MATN HAQIDA MA’LUMOT mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 27 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.