- Savatga boshqa "FORS TILIDA SIFATDOSH" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
Milliy va harakatli o’yinlarni o’qitish metodikasi
8000 so'm

Slayd 1
Jismoniy tarbiya darslari va sport mashg’ulotlari mazmuniga mos holda milliy va harakatli o’yinlarni rejalashtirish hamda o’tkazish.
Slayd 2
Reja:
Milliy o’yinlar va ularning ahamiyati.
Milliy xarakatli o’yinlarni tashkil qilish
O’yinlarni o’tkazishning o’ziga xos tomonlari.
Slayd 3
Milliy o‘yinlarda millat ruhi mujassam
O‘zbek xalq milliy o‘yinlari o‘zining uzoq o‘tmishi, boy tarixiga ega bo‘lgan, ajdodlardan avlodlarga meros sifatida o‘tib kelayotgan, ma’naviy boyligimiz, qadriyatlarimizdan sanaladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab, milliy qadriyatlarimiz, an’ana-yu udumlarimiz, shu jumladan, xalq o‘yinlarini qayta tiklashga katta e’tibor qaratildi.
Slayd 4
Milliy o‘yinlarda millat ruhi mujassam
Milliy sport turlari bilan bir qatorda xalq o‘yinlari ham aksariyat yoshlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bu o‘yinlar, ayniqsa, bolalar orasida keng yoyilgan. Xususan, mahallalarda o‘tkazilayotgan turli tadbirlarda aksariyat bolalar «Quloq cho‘zma», «Oq terakmi, ko‘k terak», «Podachi», «Charxpalak», «O‘rda to‘p» kabi o‘yinlarda o‘zaro bellashib, kim epchilu, kim chaqqonligini aniqlab oladilar.
Slayd 5
O‘yinlarning mohiyati nimadan iborat?
O‘yin nima?
O‘yin motiv natijasida emas, balki shu jarayonning o‘zidan iborat faoliyat turi. Kishilik jamiyati tarixida o‘yin sehigarlik, diniy marosim va boshqalar bilan qo‘shilib ketgan: sport, harbiy va boshqa mashqlar, san’at (ayniqsa, uning ijro shakllari) bilan uzviy bog’langan. Bolalar tarbiyasi, ta’limi ham rivojlanishda, ularni kelgusi hayotga psixologik jihatdan tayyorlash vositasi sifatida muhim ahamiyatga ega.
Slayd 6
O‘yinlarning mohiyati nimadan iborat?
Harakat faoliyati – yugurish, sakrash, uloqtirish, tortishish kabi jismoniy harakatlarga asoslanadi. Tarbiyaviy mazmun – jasurlik, epchillik, halollik, jamoaviylik va intizomni shakllantiradi. Madaniy meros – xalqning tarixiy hayoti, dunyoqarashi va an’analarini aks ettiradi. Ijtimoiy ahamiyat – bolalar va yoshlarni jamoaga moslashishga, muloqotga o‘rgatadi
Slayd 7
O‘zbek xalq harakatli o‘yinlari
Hayotiy zarur harakat malakalarini shakllantiruvchi o’yinlar.
«Maymunchalar», «Oq ayiqlar»; yurish,
Yugurish: «Quvlashmachoq», «Mokki»; o‘tirish, turish:
«Tovuq va tulkilar»; to’xtash, sakrash: «Qarmoqcha», «Do‘ngdan
Do‘nga», «Qarichma-qarich», «Mokisimon sakrashlar».
Jismoniy sifatlami rivojlantimvchi oyinlar:
Hisob-kitob va tadbirkorlik qobiliyatlarini shakllantiruvchi
O’yinlar.
«Besh tosh», «Lanka», «Qirqtosh», «Soqqa»
Slayd 8
O‘zbek xalq harakatli o‘yinlari
Kuch: «Tortish-machoq»; tezkorlik: «Kun va tun»; epchillik: «To‘p uchun kurash»,
«Lapta», «Qirq tosh»; chidamkorlik: «Quvib yet»; egiluvchanlik:
«Ko‘prik va mushuk», «Otib qochar».
Slayd 9
Milliy o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati
Milliy o‘yinlar yoshlarni intizomli, qat’iyatli va sabr-toqatli bo‘lishga o‘rgatadi. O‘yin jarayonida qoidalarga rioya qilish, raqibga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, g‘alaba va mag‘lubiyatni to‘g‘ri qabul qilish kabi fazilatlar shakllanadi. Shuningdek, milliy o‘yinlar orqali bolalarda milliy qadriyatlarga hurmat, tarixiy an’analarga sadoqat tuyg‘usi kuchayadi.
Milliy o‘yinlarning sog‘lomlashtiruvchi ahamiyati.
Slayd 10
Milliy o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati
Milliy o‘yinlar organizmning sog‘lom rivojlanishiga xizmat qiladi. Ular yurak-qon tomir tizimi, nafas olish, mushak va bo‘g‘imlari faoliyatini mustahkamlaydi. Harakatli o‘yinlar orqali bolalarda va yoshlarda harakatchanlik oshadi, kamharakatlikdan kelib chiqadigan salbiy holatlar kamayadi.
Slayd 11
Chavgon fors tilidan «uchi egri tayoq» otda o‘ynaladigan jamoaviy sport oʻyini hisoblanadi. Qadimgi Sharqda Chavgon chorvadorlar oʻyini sifatida paydo boʻlgan. Keyinroq otliq askarlarning mashgʻulotiga aylangan. Sharq xalqlari Chavgon toʻpini «goʻy», egri tayogʻini «chavgon» deyishgan.
Slayd 12
1871-Yilda Buyuk Britaniyada Chavgon (polo) musobaqasi tashkil qilingan. Shu tariqa Chavgon oldin Yevropa, keyin Amerika davlatlariga tarqalgan. 1900, 1904, 1920, 1924 Va 1936-yillarda boʻlgan olimpiada oʻyinlari dasturidan ham joy olgan. Zamonaviy Chavgon oʻyini (hozir koʻplab davlatlarda «polo» deb ataladi) maydonning oʻlchami 274×182 m, yogʻochdan tayyorlanadigan toʻpining diametri 8 sm, ogʻirligi 120–135 g, ikki yondagi darvozalarining eni 8 m dan, oʻyin vaqti 56 min. (7 Min. Dan 8 boʻlim). Musobaqalashayotgan ikki jamoadagi 4 tadan otliq oʻyinchi qoʻllaridagi uchi egri tayoq (klyushka) yordamida toʻpni raqib darvozasiga kiritishga harakat qiladi. Oʻyinchilarga uchrashuv davomida otlarini oʻzgartirishlariga ruxsat etiladi.
Slayd 13
Milliy halq o’yinlari haqida sharq mutaffakirlarining qarashlari
Ibn Sino (980–1037) o‘zining «Tib qonunlari» asarida harakat va o‘yinlarning inson salomatligidagi o‘rni haqida chuqur fikr bildirgan. O‘yinlar qon aylanishini yaxshilaydi, tanani chiniqtiradi Harakatli o‘yinlar bolalarda chaqqonlik va epchillikni rivojlantiradi O‘yin — sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi, milliy o‘yinlar bolani ruhiy va jismoniy jihatdan muvozanatli etib tarbiyalaydi.
Slayd 14
Milliy halq o’yinlari haqida sharq mutaffakirlarining qarashlari
Alisher Navoiy (1441–1501) asarlarida xalq urf-odatlari, o‘yinlari va musobaqalari tez-tez tilga olinadi. O‘yinlar yoshlarni jasorat va mardlikka o‘rgatadiMilliy o‘yinlar — xalq ma’naviy merosi. O‘yinlar orqali do‘stlik va birlik mustahkamlanadi.
Slayd 15
Milliy harakatli o‘yinlarni tashkil qilishning maqsadi
Milliy harakatli o‘yinlarni tashkil qilish
Milliy harakatli o‘yinlar xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, urf-odatlari, an’analari va hayot tarzini o‘zida mujassam etgan bebaho madaniy merosdir. Ushbu o‘yinlar yosh avlodni jismonan sog‘lom, ruhan bardam, chaqqon, jasur va jamoaviylik ruhida tarbiyalashda muhim vosita hisoblanadi. Milliy harakatli o‘yinlarni to‘g‘ri tashkil etish jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiradi
O‘quvchilarning sog‘ligini mustahkamlash;
Jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish;
Milliy madaniyatga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish;
Bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish.
Milliy harakatli o‘yinlarni tashkil qilishda e’tibor beriladigan jihatlar.
Slayd 16
Milliy harakatli o‘yinlarni tashkil qilishning maqsadi
Yoshva jismoniy imkoniyatni hisobga olish. O‘yinlar ishtirokchilarning yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarlik darajasiga mos bo‘lishi kerak.
O‘yinqoidalarini aniq tushuntirish. O‘yin boshlanishidan oldin qoidalar sodda, tushunarli va aniq izohlanadi.
Xavfsizliknita’minlash. Maydon tekis, xavfsiz bo‘lishi, o‘yin jarayonida jarohatlanish xavfi oldi olinishi lozim.
Faollikva qiziqishni oshirish. O‘yin davomida barcha ishtirokchilar faol qatnashishi ta’minlanadi.
Slayd 17
Milliy harakatli o‘yinlarni o‘tkazish bosqichlari
Tayyorgarlik bosqichi maydon va jihozlarni tayyorlash; o‘yin turini tanlash; ishtirokchilarni guruhlarga bo‘lish.
Asosiy bosqich o‘yin qoidalarini tushuntirish; o‘yinni boshlash va boshqarish; faol ishtirokni ta’minlash.
Yakuniy bosqich natijalarni baholash; g‘oliblarni aniqlash; qisqa xulosa va rag‘batlantirish.
Slayd 18
Milliy harakatli o‘yinlarga misollar
Oq terakmi, ko‘k terak» —o‘zbek xalqining eng ommabop va qadimiy milliy harakatli o‘yinlaridan biri bo‘lib, asosan bolalar va o‘smirlar ishtirokida o‘ynaladi. O‘yin jamoaviylik, chaqqonlik, tezkorlik va jasoratni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu o‘yin quvnoq ruhda, raqobat va hamkorlik uyg‘unligida o‘tkaziladi.
Slayd 19
Milliy harakatli o‘yinlarga misollar
Arqon tortish o‘zbek xalqining qadimiy va keng tarqalgan milliy harakatli o‘yinlaridan biri bo‘lib, kuch, jamoaviylik va irodani sinovdan o‘tkazishga asoslangan. Ushbu o‘yin asosan ochiq maydonda, bayramlar, sport musobaqalari va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.
O‘yin ishtirokchilari ikki jamoaga bo‘linib, arqonni qarama-qarshi tomonga tortish orqali g‘alabaga erishishga intiladilar.
Slayd 20
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 21
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Harakat faoliyatining shakllari va turlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.