- Savatga boshqa "AHOLI MIGRATSIYASI MIGRATSION JARAYONLARNING YUZAGA KELISH OMILLARI" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining jismoniy tarbiya tizimida
5000 so'm

=== Taqdimot: Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining jismoniy tarbiya tizimida.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining jismoniy tarbiya tizimida tutgan o‘rni
=== Slayd 2 ===
Reja:
1) O‘quvchilarni jismoniy tarbiyalashda milliy xalq o‘yinlaridan foydalanish.2) Bolalar jismoniy tarbiyasida milliy harakatli o‘yinlardan foydalanish zaruriyatlari.
=== Slayd 3 ===
Yosh avlodni sog‘lom va barkamol, jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, ularning jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan jismoniy tarbiyani milliylashtirish zarur. Bu xalqning unutilib borayotgan milliy xalq o‘yinlarini to‘plash, hayotga – maktabga tatbiq etish, rivojlantirish yo‘llari va usullarini tadqiq etish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
O‘zbek xalqining ming yillar davomida yaratgan, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy xalq o‘yinlarini to‘plash, o‘rganish, ular asosida yosh avlodni ma’naviy boy, axloqiy pok, jismoniy barkamol qilib tarbiyalash bugungi kunda pedagogika fani oldidagi muhim masalalaridan biridir. Buning ustiga o‘zbek xalq milliy o‘yinlari vositasida yosh avlodning jismoniy sifatlarini rivojlantirish juda qulay.
=== Slayd 4 ===
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to‘g‘risida kadrlar tayyorlashdagi oqilona tizim g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Shu bois jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari hukumat hamda respublika jismoniy madaniyat va sport davlat qo‘mitasining qarorlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
=== Slayd 5 ===
Yurtimizda amalga oshirilayotgan jismoniy tarbiyaning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi sog‘lom, ruhan tetik va bunyodkor insonni hayotga tayyorlashdan iborat. Bu maqsad O‘zbekistonda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchi barcha muassasa tashkilotlar uchun zaruriy vazifadir.Inson o‘zini jismonan tarbiyalashi uchun jismoniy tarbiya va sportning zarurligini tushunib yetishi va qunt bilan o‘ziga yoqqan ma’lum bir jismoniy mashg‘ulotlar tizimi asosida salomatligini shakllantirishi kerak. Yosh avlodning jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish tarbiyaning ajralmas qismi bo‘lgan jismoniy tarbiya jarayonida amalga oshiriladi.
=== Slayd 6 ===
Jismoniy tarbiyaning maqsadi jamiyatning sog‘lom, xushchaqchaq, har tomonlama jismoniy rivojlangan, mehnat va Vatan himoyasiga tayyor turgan himoyachilarini tarbiyalashdan iborat uzoq muddatli, uyushtirilgan pedagogik jarayondir. Yoshlarni har tomonlama jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, o‘quvchilar jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan bu muammoni umumta’lim maktab o‘quvchilari jismoniy tarbiyasini tashkiliy va pedagogik jarayonlar bilan birga bir-biriga bog‘lab kelgan uzviylikda ko‘rib chiqish lozimligini keltirib chiqaradi. Bunda milliy xalq o‘yinlarining roli katta ekanligini qayta- qayta ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Shuning uchun xalqimizning asrlardan asrlarga o‘tib kelayotgan milliy xalq o‘yinlarini avaylab – asrab keyingi avlodga yetkazish yo‘llarini izlash, ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish bizning maqsadimizdir.
=== Slayd 7 ===
Milliy xalq harakatli o‘yinlari o‘quvchilarda xalqning qadim an’analari haqidagi tasavvurlarini ma’lum darajada kengaytiradi, ularni hozirgi hayotga singdirishga yordam beradi. Chunki milliy xalq o‘yinlar jismoniy tarbiyaning eng ta’sirchan usullaridan bo‘lib, o‘quvchilarda aqliy, axloqiy va nafosat tarbiyasini birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim vositadir. Shuning uchun bolalar o‘yinlarining ruhi, tabiati, xarakteri, ishtirokchilarning xatti-harakatlari kabi jihatlariga ham e’tibor berish zarur. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jismoniy tarbiyasini qiziqarli o‘tkazish uchun biz tavsiya etayotgan ba’zi milliy o‘yinlardan foydalanishda ham xuddi shu xususiyatlarga e’tibor berish kerak. Bolalar jismoniy tarbiyasida milliy xalq o‘yinlardan foydalanish zaruriyatlari hamda buning maqsadi va vazifalari. Istiqlol davrida, ayniqsa, sport va jismoniy tarbiyaga e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda
=== Slayd 8 ===
Jismoniy tarbiya oldida sportni xalqimizning hayotiga ko‘proq singdirish; yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning barcha turli-tuman shakllaridan, jumladan, xalq milliy o‘yinlaridan keng foydalanish, yoshlarning sog‘ligini yaxshilash, ularni ona-Vatan mudofaasiga tayyorlash singari katta vazifalar turibdi.
=== Slayd 9 ===
Xalqimizning milliy o‘yinlari esa ana shu maqsadda juda keng qo‘llanilib kelinayotgan jismoniy tarbiya va sport vositalaridan biridir. Shuning uchun xalq milliy o‘yinlariga e’tiborni kuchaytirish zaruriyati yanada yaqqol ko‘rinmoqda. Xalq milliy o‘yinlari bolalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘yin bolaning qiziqishini oshiradi, unga zavq bag‘ishlaydi, ish qobiliyatining tezroq tiklanishini ta’minlaydi. O‘yin tufayli bolalar charchashni unutadilar, mashqlarni diqqat bilan bajarishga harakat qiladilar.
=== Slayd 10 ===
Xalq milliy o‘yinlarining barchasi bolalarning organizmlariga yaxlit ta’sir ko‘rsatish kuchiga ega. Shuning uchun ham o‘yinlarga umumiy jismoniy ta’sir ko‘rsatuvchi mashq sifatida qarash lozim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga jismoniy tarbiya bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan bilimlar (o‘yinlarning foydali tomoni, jismoniy mashg‘ulotlarning ahamiyati va texnikaviy ijrosi, ularni bajarish usullari, xalq milliy o‘yinlarining kelib chiqishi va qoidalari va h.k.) haqida ma’lumot berish katta ahamiyatga ega.
=== Slayd 11 ===
Xalq milliy o‘yinlarining barchasi bolalarning organizmlariga yaxlit ta’sir ko‘rsatish kuchiga ega. Shuning uchun ham o‘yinlarga umumiy jismoniy ta’sir ko‘rsatuvchi mashq sifatida qarash lozim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga jismoniy tarbiya bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan bilimlar (o‘yinlarning foydali tomoni, jismoniy mashg‘ulotlarning ahamiyati va texnikaviy ijrosi, ularni bajarish usullari, xalq milliy o‘yinlarining kelib chiqishi va qoidalari va h.k.) haqida ma’lumot berish katta ahamiyatga ega.
=== Slayd 12 ===
Milliy xalq o‘yinlarini o‘rgatish jarayonida axloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Milliy xalq o‘yinlarini bajarish chog‘ida bolalar harakatida ijobiy (hamjihatlik, intizomlilik, kamtarinlik, mehribonlik) va ma’naviy fazilatlar (halollik, odillik, do‘stlik tuyg‘usi, hamkorlik, zamon bilan hamnafas bo‘lib ishlay olish qobiliyati, topshiriqlarni mas’uliyat bilan bajarish)ni tarbiyalash, shuningdek, irodaviy xususiyatlar (jasorat, qat’iylik, o‘z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni sobitlik bilan yengish, chidamlilik va hokazolar)ni namoyon qilish uchun eng yaxshi sharoit va imkoniyatlar vujudga keladi. Jismoniy tarbiya darslarida xalqning qadimiy o‘yinlari orqali bolalarni tarbiyalashga, uning turli shakl va usullarini izlab topishga o‘qituvchilar katta e’tibor qaratishlari lozim. Maktabda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlar, ba’zida sinfdan tashqari ishlarda xalq o‘yinlarining to‘g‘ri tashkil etilishi o‘quvchining jismoniy rivojlanishi, uning qaddi-qomati va ishchanlik qobiliyatini o‘stiradi
=== Slayd 13 ===
Shu bilan birga sezgi organlari, murakkab xulq – atvor shakllari intizomlilik, qat’iylilik, mehnatsevarlik va boshqa insoniy fazilatlarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Bunda qiziquvchanlik, kuzatuvchanlik, biror maqsadga qaratilganlik, xotiraning mantiqiyligini esda tutish ahamiyat kasb etgan milliy xalq o‘yinlar asosida rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Xulq-atvorning alohida fazilati sifatida ixtiyoriylikni rivojlantirish tarbiyaning shu bilan birga jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalaridan biridir. Ixtiyoriylik harakat maqsadini ongli ravishda belgilash, unga erishish vositalarini topish, maqsad yo‘lidagi qiyinchilik va to‘siqlarni yengishda ifodalanadi.
=== Slayd 14 ===
Xalq milliy o‘yinlari bir necha yo‘nalishlarga ega bo‘lib, ularning tarkibida raqslar, laparlar, aytishuvlar, askiyalar va juda ko‘p janrlardagi san’at ancha ustun turadi. Shuningdek, ular qatorida ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan qator harakatli o‘yinlar va sportga xos o‘yinlar ham juda ko‘p. Ularni quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin, ya’ni:
=== Slayd 15 ===
1. Kurash
2. Ot o‘yinlari (ko‘pkari-uloq, poyga, otdan ag‘darish va h.k).
3. Dorboz (dor ustida mashqlar, hazil va aytishuvlar).
4. Tosh (gir) ko‘tarish.
5. Arqon tortinish.
6. Bilak kuchini sinash.
7. Milliy xalq o‘yinlari (quloq cho‘zma, eshak mindi, yelkada kurash, xo‘rozlar jangi, chillik va h.k).
=== Slayd 16 ===
Bunday o‘yinlarning deyarli barchasi hozirgi davrdagi ommaviy bayramlar, musobaqalar va to‘ylarda keng qo‘llanmoqda. Ularning mazmunlari xalqqa ma’lum. Shuningdek, ular ko‘plab o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, monografiyalar ilmiy ommabop risolalarga ham kiritilgan. Ba’zi bir tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan harakatli o‘yinlar umumta’lim maktablarning milliy o‘quv dasturiga ham kiritilib, ular o‘quvchi yoshlar orasida ommalashmoqda. Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Toshkent va boshqa viloyatlarning tog‘li hududlari va yangi o‘zlashtirilgan joylarida bo‘layotgan katta to‘ylarda kurash, ko‘pkari-uloq, poyga va turli xil harakatli o‘yinlar doimiy ravishda qo‘llanilmoqda. Bu o‘yinlar to‘ylarga fayz, baraka kiritish bilan birgalikda tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lmoqda, ayniqsa, o‘quvchi yoshlarning milliy o‘yinlar, zamonaviy sport turiga qiziqishini tobora oshirmoqda.
=== Slayd 17 ===
Prezidentimiz Sh.Mirziyayev yosh avlod tarbiyasiga katta ahamiyat berib, Shunday degan edi; “yosh avlodni tarbiyalash biz uchun eng asosiy vazifadir”. Shundan kelib chiqib, hozirgi vaqtda O‘zbekiston pedagogik jamiyati tarbiyaning odatiy bo‘lgan shakllari va usullarini izlab topish, o‘sib borayotgan avlodda mustahkam umuminsoniy ishonch va qarashlarini shakllantirish; shaxsda milliy madaniyat va milliy qadriyatlarni hurmat qilish, avaylab asrash tuyg‘ularini o‘stirishga diqqatini qaratmog‘imiz lozim.
Bolalar jismoniy tarbiyasida milliy harakatli o‘yinlardan foydalanish zaruriyatlari
=== Slayd 18 ===
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, o‘sib borayotgan avlodning tarbiya tizimida xalq pedagogikasi tajribalari, jumladan, milliy xalq o‘yinlari yoshlarning xarakteri va ongini boshqaruvchi vosita, asosiy kuch deb hisoblash mumkin. Milliy harakatli o‘yinlardan foydalanish jarayonida boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak.
1. Bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o‘zaro muomalasiga, munosabatiga qiziqadi.
2. Bolalar xalq o‘yinlarida atrofdagi voqelikning eng tashqi ifodali jo‘shqin his-tuyg‘uli jihatlarini aks ettiradi.
=== Slayd 19 ===
3. Milliy o‘yinlarda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o‘z istagini amaliyotga tatbiq qiladi.
4. Kattalarning hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo‘lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o‘chmas iz qoldiradi.
=== Slayd 20 ===
To‘g‘ri tashkil qilingan milliy xalq o‘yinlari bolalar aqlining rivojlanishiga qulay imkoniyatlar yaratadi, zero, bunday vaziyatda asab tizimining ham, boshqa barcha a’zolar tizimlarning ham faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay sharoitlar paydo bo‘lishi, shubhasiz.
Xalq milliy o‘yinlarini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilar an’analariga sodiq holda yaxshi tarbiya ko‘radi, o‘rgangan narsalarini puxta eslab qoladi. Bolalarda ruhiy jarayonlar (tarbiya, tafakkur, xotira, tasavvur va boshqalar) ning, shuningdek, fikrlash faoliyatlari (kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, sintezlash, umumlashtirish va hokozolar), barchasi rivojlana boshlaydi.
=== Slayd 21 ===
Milliy o‘yinlar jarayonida erishilgan ilm va malakalardan ijodiy foydalanish layoqatini bolalarda tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim, chunki bunday layoqatga bolalar o‘zlaridagi ishchanlik, mustaqillik, ziyraklik, topqirlik, kabi ezgu fazilatlari tufayli erishadilar. Bolalarda ijobiy hissiyotlarni, odamlar bilan samimiy va quvnoq munosabatda bo‘lish tuyg‘ularini tarbiyalash, shuningdek, yuz bergan salbiy ruhiy holatlarni tez bartaraf qila olish layoqatini rivojlantirish nihoyatda muhim ahamiyatga ega.
=== Slayd 22 ===
Xulosa qilib aytish mumkinki, milliy xalq o‘yinlaridan foydalanishda, ularni qo‘llashda shuni hisobga olish kerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab etadigan mayda harakatlarga qaraganda keng, kuchli harakatlarga ancha moyil bo‘ladilar. Buni bolalar yosh davrlarini ishlab chiqqan buyuk pedagog YA.N.Komenskiy ham o‘z vaqtida ta’kidlagan edi.
=== Slayd 23 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.