Mevalarning tuzilishi va guruhlarini o’rganish
4000 so'm

=== Taqdimot: Mevalarning tuzilishi va guruhlarini o’rganish.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Mevalarning tuzilishi va guruhlarini o’rganish
=== Slayd 2 ===
Reja:
Meva va Rezavor mevalarning umumiy xususiyati.
O‘zbekiston sharoitida eng ko‘p yetishtiriladigan rezavor mevalar.
Rezavor mevalarning inson organizmiga foydasi.
Rezavor mevalarni ko‘paytirishda mineral o‘g‘itlardan foydalanish .
Rezavor mevalarni ko‘paytirish usullari va vaqtlari.
=== Slayd 3 ===
Meva (fruct) — yopiq urug‘li o‘simliklarning urug‘li organi; odatda, urug‘lanish natijasida hosil bo‘ladi. Ammo, partenogenez yo‘li bilan ko‘payadigan o‘simliklar mevasi (partenokarp meva) urug‘lanishsiz yuzaga keladi va urug‘siz bo‘ladi. Mevalarning shakli, kattaligi va rangi har xil. Meva bitta tugunchadan hosil bo‘lsa (o‘rik, gilos, olcha, mosh, jag‘jag‘ va boshqalar) oddiy yoki asl meva, bir guldagi bir necha tugunchadan yuzaga kelsa (malina, maymunjon, ayiqtovon va boshqalar) murakkab meva, tuguncha va guldagi boshqa qismlarning ishtirokida shakllanadigan bo‘lsa (qulupnay, malina, pomidor, tut, olma va boshqalar) soxta meva deb ataladi.
=== Slayd 4 ===
Rezavor mevalar
Rezavor mevalar tuzilishiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi oddiy, murakkab va soxta rezavor mevalar. Oddiy rezavor mevalar donalardan iborat bo‘lib, sersuv etli, mevasi ichida urug‘i bo‘ladi (uzum, smarodina, krijovnik, klyukva va boshqalar).Murakkab rezavor mevalarning mayda-mayda mevachalari bitta gulkosada to‘plangan bo‘ladi (malina, yejevika).
=== Slayd 5 ===
Soxta rezavor mevalarning o‘sib ketgan gulkosasi yuzasida mayda urug‘lari buladi (yertut, qulupnay).O‘zbekistonda qulupnay, malina (buldurg‘un), qora smorodina (qoraqat) va krijovnik ekiladi. Bular orasida asosan: qulupnay ko‘proq tarqalgan, malina va qora smorodina kamroq, krijo rezavor-meva o‘simliklari meva daraxtlardan keskin farq qiladi. Ular ekilgandan keyin barvaqt, 2-3 yili hosilga kiradi va ekish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni tezda qoplaydi.
=== Slayd 6 ===
Meva ekinlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi ko‘p jihatdan tashqi muhit omillariga bog‘liq. Ayniqsa, iqlim va tuproq omillari meva ekinlarini o‘sishiga va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu talab o‘simlik yoshining har xil davrlarida o‘sish va tinim fazalarida turli xil bo‘ladi.
=== Slayd 7 ===
Rezavor mevali oʻsimliklar
Rezavor mevali o‘simliklar — sershira rezavor meva beruvchi ko‘p yillik buta, chala o‘tsimon o‘simliklarning katta guruhi. Mevali o‘simliklar guruhiga kiradi, yovvoyi va ekma quritilgan holda iste’mol qilinadi, ulardan qiyom, sharbat, murabbo, vino va boshqa tayyorlanadi. Rezavor mevalar, Mas, krijovnik, maymunjon, qulupnay, smorodina, malina va chakanda (oblepixa)lar tarkibida inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan organik kislotalar, qand, mineral tuzlar, vitaminlar, xushbo‘y moddalar ko‘p; ba’zilari (Mas, zirk, malina, chernika, qora mevali reyabina) dorivorlik ahamiyatiga ega. Mevalari iste’mol qilinadigan yovvoyi va ekma turlari yer yuzining hamma joyida, ayniqsa, iqlimi mo‘tadil mamlakatlarda ko‘p o‘stiriladi.
=== Slayd 8 ===
O’zbekiston sharoitida eng ko’p yetishtiriladigan rezavor mevalar
=== Slayd 9 ===
O‘zbekistonda qulupnay, malina, smorodina ko‘p ekiladi. Rezavor mevali o‘simliklar vegetativ yo‘l bilan (qalamchasidan, parxish qilib, bachkisidan va gajakchasidan) ko‘paytiriladi. Ko‘chati bahorda va kuzda ekiladi. Tuproq yumshatilgan, begona o‘tlardan toza holda tutiladi, o‘g‘itlanadi, vaqti-vaqti bilan sug‘oriladi. Rezavor mevali o‘simliklar hosilga erta (qulupnay 2 yili; malina 3 yili; smorodina, krijovnik 3-4 yili) kiradi va har yili hosil beradi.
=== Slayd 10 ===
Issiqxonada qulupnay yetishtirish jarayoni
=== Slayd 11 ===
Meva va rezavorlarning ma’lum vaqt davomida oziq-ovqat va ozuqaviy xususiyatlarini saqlab qolish qobiliyati saqlash sifati deb ataladi. Bu turli xil va saqlash sharoitlariga bog‘liq. Masalan, xomlarning ranglanishiga asosan saqlash harorati ta’sir qiladi: ko‘payish xlorofillning hujayralardagi tez parchalanishiga va mahsulot sarg‘ayishiga olib keladi, past – mevalar va mevalarning rangini yomonlashtirishi mumkin. Shunday qilib, ba’zi olma navlarida, go‘sht taxminan 0° C haroratda qorayadi. Tegishli saqlash sifati turlar va xilma-xillik xususiyatlarini hisobga olgan holda faqat to‘g‘ri yig‘ish va saqlash sharoitida namoyon bo‘ladi.
=== Slayd 12 ===
Meva va rezavor meva o’simliklarni o’sishi va rivojlanishida 5 ta omil asosiy rol o’ynaydi:
Ozuqa modda
Issiqlik
Yorug’lik
Havo tarkibi
1
3
2
4
5
Namlik
=== Slayd 13 ===
Rezavor-mevalarda sarkashlik bo‘lmaydi, ular yuqori agrotexnika asosida parvarish qilinsa har yili mo‘l va sifatli hosil olish mumkin. Rezavor-meva o‘simliklari meva daraxtlariga nisbatan oson va qulay – vegetativ yo‘l bilan (payvand qilmasdan) ko‘paytiriladi.Qulupnay – ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik, sug‘oriladigan yerlarda 2-4 yil davomida yaxshi hosil beradi. U aholini erta bahorda vitaminlarga boy meva bilan ta’minlashda, shuningdek konserva hamda konditer sanoati uchun qimmatbaho xom ashyo sifatida katta ahamiyatga ega. Uning mevasi qand, organik kislotalar, tuz, temir, fosfor, kalsiy, A, V, S vitaminlarga, barglari esa askorbin kislotaga boy. Qulupnay mevalari shifobaxsh xususiyatlarga ega.
=== Slayd 14 ===
Meva va rezavor mevalarni qachon iste’mol qilish kerak?
=== Slayd 15 ===
Odamlar, meva va rezavorlarni ko‘pincha taomdan so‘ng iste’mol qilishga odatlanishgan, — deydi endokrinolog shifokor M.Bogomolov — bu noto‘g‘ri. Ularni salatlar kabi ovqatlanishdan avval iste’mol qilish organizm uchun foydali. Yengil tamaddi uchun suzma-tvorog yoki qatiq mahsulotlari bilan qo‘shib yeyish yanada foydali. Negaki, birinchidan, rezavor mevalar pektin moddasiga boy. Agar taomdan avval iste’mol qilinsa, u xolesterin, yog‘lar va ayrim zararli moddalarning organizmga taom bilan birga singishiga to‘sqinlik qiladi. Ikkinchidan, ko‘pgina rezavor mevalar tarkibida qand va uglevodlar organizmga singishini me’yorga soluvchi moddalar mavjud. Agar ular taomdan so‘ng iste’mol qilinsa, xolesterin va uglevodlarning qonga so‘rilishini to‘xtatishga ulgurmaydi.
=== Slayd 16 ===
Rezavor mevalarning inson organizmiga foydasi
Qorag‘at, xo‘jag‘at (malina), yer tut, chernika kabi rezavor mevalar ayni inson organizmiga zarur bo‘lgan mevalar. Bu kabi rezavor mevalar tabiat yaratgan eng foydali ne’matdir. Ularda turli biologik faol moddalar ko‘p va tig‘iz. Foydasiz moddalar esa, deyarli yo‘q hisobi. Shuning uchun bu turdagi mevalar G‘arbda “superfud”, ya’ni ideal ne’mat sifatida qadrlanadi.
=== Slayd 17 ===
Olimlar bunday mevalarni tibbiy dori-darmonlarga teng qo‘yishadi. Chunki ular xolesterinni kamaytiradi, qon tomirlarni aterosklerozdan himoyalaydi, qand xastaligida shifo beradi, saraton rivoj olishiga to‘sqinlik qiladi, ayrim turdagi o‘sma hujayralariga qiron keltiradi. Xullas, rezavor mevalarning afzalliklari ilmiy tadqiqotlarda tasdig‘ini topgan.
=== Slayd 18 ===
Har xil o‘g‘itlar hosilning sifatiga va saqlanadigan sifatiga teng darajada ta’sir qilmaydi. Shunday qilib, mineral o‘g‘itlar meva va rezavorlarning kimyoviy tarkibini, ularning o‘sishi va saqlash qobiliyatini ma’lum darajada aniqlaydi. Tuproqqa ba’zi o‘g‘itlarning kiritilishi odatda ushbu moddalarning mahsulotda tegishli ravishda to‘planishiga olib keladi. Ortiqcha azot zararli, chunki meva va rezavorlar zichligi pasayadi, rangi va o‘tkazuvchanligi yomonlashadi.
=== Slayd 19 ===
Mineral o‘g‘itlar saqlash paytida ma’lum fiziologik kasalliklarning paydo bo‘lishiga ta’sir qiladi. Bunday holda, kaltsiy hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Olma tarkibidagi bu miqdorning etarli emasligi fiziologik kasalliklarning paydo bo‘lishiga (achchiq yorilish, pulpani qizartirish) yordam beradi va bu homila tez qarishiga olib keladi. Bunday kasalliklarga qarshi samarali vosita daraxtlarni o‘rim-yig‘imdan oldin ishlov berishdan iborat bo‘lib, ularni 0,3-0,7% kaltsiy xlorid eritmasi yoki mevalarni ushbu tuzning 4% eritmasiga botirish kerak. Kaliy, azotdan farqli o‘laroq, meva va rezavorlarning rangi va zichligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mineral o‘g‘itlar ta’sirida mevalarning ta’mi o‘zgarishi mumkin. Masalan, fosforning ortiqcha miqdori bilan mevalar qattiq mustahkamlikka ega bo‘ladi.
=== Slayd 20 ===
Eng yaxshi ko‘chat o‘tkazish muddati – 1 iyuldan 15 avgustgacha, bundan kech ekilsa, hosil pasayadi, lekin issiq kunlar davom etganda sug‘orib turilsa, kuzda ekilganda ham ko‘chatlar yaxshi tutib ketadi.Qulupnay ko‘chatlari 70-80-90 sm qator oralariga, shag‘al qatlam yaqin joylashgan yerlarda 60 sm.li qator oralariga ekiladi. O‘simliklar orasi 20-25 sm. Ko‘chatlar shu tartibda o‘tkazilganda gektariga 44,4 dan 71,4 mingtagacha o‘simlik joylashtiriladi. Egatlar olishda va qator oralariga ishlov berishda DT-26, T-28 m (KON-2,8P) traktorlaridan foydalaniladi. Qulupnay ko‘chatlarini o‘tkazishdan oldin egatlarga 15-18 soat davomida suv oqizib quyiladi. Sof navli standart sog‘lom qulupnay ko‘chati – ildiz sistemasi yaxshi rivojlangan, uzunligi kamida 4-5 sm va 2-3 bargli jingalak.
=== Slayd 21 ===
Ko‘chat ildiz bo‘g‘zi balandlikda o‘tkaziladi, ildizi yuqoriga yoki yon tomonga bukilmasligi kerak, o‘sish nuqtasi tuproq bilan ko‘milishi zarur, chunki bu o‘simlikning tutib ketishiga ta’sir qiladi. Agar ko‘chat o‘tkazishda ildizlar ochilib qolsa, o‘simlik qurib qoladi, chuqur o‘tkazilganda jingalak chirib ketishi mumkin.
Meva saqlash muddati stokga bog‘liq. Mitti agatlarda o‘sadigan daraxtlar meva berishning boshida va katta meva beradi. Ammo bunday mevalar tezroq pishadi va kuchli ildizpoyada o‘sadigan mevalarga qaraganda yomonroq saqlanadi. Shuning uchun ular avvalroq saqlash joyidan olib tashlanishi kerak qulupnay ekish uchun unumdor, tekis, bir oz nishab suv bilan yaxshi ta’minlangan yerlar tanlanadi.
=== Slayd 22 ===
Eng yaxshi o‘tmishdoshlar – don-dukkakli, sabzavot va poliz ekinlari. Tuproq unumdorligiga ko‘ra haydash oldidan gektariga 40-60 tonna chirigan ot tezagi yoki qo‘y qiyi 600-1000 kg superfosfatga aralashtirib solinadi. Qulupnay ekish uchun unumdor, tekis, bir oz nishab suv bilan yaxshi ta’minlangan yerlar tanlanadi. Eng yaxshi o‘tmishdoshlar – don-dukkakli, sabzavot va poliz ekinlari. Tuproq unumdorligiga ko‘ra haydash oldidan gektariga 40-60 tonna chirigan ot tezagi yoki qo‘y qiyi 600-1000 kg superfosfatga aralashtirib solinadi.
=== Slayd 23 ===
Tuproqda yetarli miqdordagi kaliy va fosfor mevalarda shakar, rang beruvchi va xushbo‘y moddalar to‘planishiga yordam beradi. Mineral o‘g‘itlar saqlash paytida ma’lum fiziologik kasalliklarning paydo bo‘lishiga ta’sir qiladi.
Bunday holda, kaltsiy hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Olma tarkibidagi bu miqdorning yetarli emasligi fiziologik kasalliklarning paydo bo‘lishiga (achchiq yorilish, pulpani qizartirish) yordam beradi.
=== Slayd 24 ===
Bugungi kunda dunyo miqyosida rezavor mevalar yetishtirish hajmi 7-8 mln tonna bo‘lib, shundan 4 mln tonnaga yaqini qulupnay tashkil qiladi. Qulupnay (Fragarla spp) yetishtirish bo‘yicha jahonda AQSH yetakchilik qilib, 825 ming tonna hosil olinadi. Ispaniya 305 ming tonna, Yaponiya 209 ming tonna, Janubiy Koreya 203 ming tonna qulupnay yetishtiradi. Yevropada esa Polsha va Fransiya yetakchilik qilib, ular har yili 180-100 ming tonna mahsulot oladi. Ayrim mamlakatlarda qulupnay yetishtirish hajmining bugungi kun talabiga mos kelmasligi bu – serhosil, turli muddatlarda pishadigan rempntant, istiqbolli navlarning kamligi hisoblanadi
=== Slayd 25 ===
O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining 3-ustuvor yo‘nalishida belgilangan “…yuqori mahsuldorlikka ega, kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy tuproq, iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini yaratish va ishlab chiqishga joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish” vazifasi bilan qishloq xo‘jaligini, ayniqsa, mevachilik va uzumchilikni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan. Ichki bozorni o‘zimizda yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, meva-rezavor mevalarning serhosil navlarini joriy etish, past rentabelli paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish hisobiga oshirish masalasi qo‘yilgan.
=== Slayd 26 ===
O’zbekistonda yetishtiriladigan rezavor mevalar
=== Slayd 27 ===
Respublikamizdagi mevali va rezavor o‘simliklar ichida qulupnay, qoraqat va malina yuqori hosil berishi, shuningdek, mevasi o‘ta mazaliligi, dorivorligi bilan ajralib turadi.. Bu o‘simliklar juda erta uyg‘onishi bois, erta bahordanoq ularning qator oralari yumshatilib, mineral o‘g‘itlar hamda organiklar bilan oziqlantiriladi. Qulupnay hosildorligi tuproqni ko‘klamgi yumshatish vaqtiga bog‘liq bo‘lib, tuproq qanchalik erta yumshatilsa, hosil ham yuqori bo‘ladi.
=== Slayd 28 ===
Qulupnay juda nozik va zararkunandalarga moyil ekin hisoblanadi. Hatto o‘simliklarni kasallik va hasharotlardan o‘z vaqtida parvarish qilish va davolash ham mo‘l hosil olishingizga to‘liq kafolat bermaydi. Bu ekin zararkunandalari qatoriga eng avval hasharotlardan ildiz kemiruvchi tunlamlar, quyruqli buzoq boshi, gamma tunlami, ildiz shiralari, shuningdek, shilliq qurtni kiritish mumkin. Ammo bu reza meva o‘simligining o‘ziga moslashgan zararkunandalari ham bor. Bularga qulupnay bargxo‘ri va qulupnay uzunburuni misol bo‘ladi.
=== Slayd 29 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.