Maktabgacha yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqaning o’rni

4000 so'm


Maktabgacha yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqaning o’rni

 

 

Slayd 1

Maktabgacha yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqaning o’rni

Slayd 2

Reja:
Maktabgachayoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqaning o’rni.
Estetiktarbiyaning maqsadi.
Musiqabolalarning estetik idrokini shakllantiruvchi vosita sifatida.
Musiqa tinglash hamda idrok etishda bolalar namoyon qilgan ko’nikma,
malaka va bilimlar.

Slayd 3

Musiqa san’ati estetik tarbiyaning muhim omili bo’lib, garmonik rivojlangan shaxsning kamolotga erishishi uchun unga muhim ta’sir etuvchi jarayondir. MTMda, oilada musiqa mashg’ulotlarini qoniqarli uyushtirish, yosh avlodning ichki dunyosini boyitish va san’atni to’g’ri tushunishidagi yagona yo’ldir. Musiqa ayni bir vaqtning o’zida ham fan ham san’atdir.
Musiqaviy estetik tarbiya masalalari bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Bola shaxsining shakllanishi jarayonida uning estetik madaniyat asosidagi har tomonlama badiiy rivojlanishi tarbiyachidan jiddiy mas’uliyat talab qiladi.Chunki maktabgacha yoshdagi bolalardagi musiqa tarbiyasi bolaning mehnatga, Vatanga va burchga muhabbatni shakllantiradi, tarbiyalaydi, hamda uning butun hayoti mobaynida unga hamroh bo’lib boradi.

Slayd 4

Hozirgi kun talabi maktabgacha ta’lim muassasalari oldiga musiqiy- estetik tarbiya berish borasida aniq vazifalarni qo’yadi:
bolalarni tabiat go’zalliklarini, badiiy asarlarni idrok etish;
estetik did va hissiyotni shakllantirish;
hayotda go’zallik tushunchasini to’liqligicha anglashni o’rgatish;
bolalarga badiiy ijodkorlikni shakllantirish;
bolalarda go’zallikni o’z hayotlariga, o’z faoliyatlariga olib kirishni o’rgatish va
hokazo.

Slayd 5

Estetik tarbiyaning maqsadi
Bolalarda estetik his-tuyg’u va fikrlarni rivojlantirish, go’zallikni ko’ra bilish va ulardan zavqlana olishdan iborat, deb tushuniladi.
Aslida estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari bu bilan chegaralanib qolmaydi, tarbiyalanuvchilarni go’zallik va xunuklikni, yuksaklik va tubanlikni, shodlik, kulfatni anglash va ko’ra bilishga o’rgatadi. Estetik tarbiya umuminsoniy va milliy qadriyatlar qaror topishiga xizmat qiladi. Ayonki, tarbiya inson ongiga, his-tuyg’ulariga, tasavvuriga, e’tiqodiga, dunyoqarashiga, xatti-harakatlariga, xulq-atvoriga ta’sir o’tkazadi.

Slayd 6

3-7 Yoshgacha bo‘lgan davr bog‘cha yoshi davri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari bo‘lishini inobatga olgan holda 3 davrga:
3-4yosh kichik maktabgacha davri;
4-5yosh kichik bog‘cha yoshi o‘rta maktabgacha davr( o‘rta bog‘cha yoshi);
6-7yosh va katta maktabgacha davr katta bog‘cha yoshlariga ajratish mumkin.

Slayd 7

Bunda predmetlar olamini, hamda ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o‘sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog‘i kerak. Asosan, mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Bog‘cha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya ularning murakkab harakatlarini takomillashtirish, elementar gigiena, madaniy va mehnat malakalari hosil qilish, nutqini o‘stirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didning dastlabki kurtaklarini yuzaga keltirish davridir.

Slayd 8

Kattalar va tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabat orqali bola axloq normalari, kishilarni anglash, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Bog‘cha yoshidagi bola endi o‘z gavdasini juda yaxshi boshqara boshlaydi. Uning harakati muvofiqlashtirilgan holda bo‘ladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. U yangiliklarni yegallashga nisbatan o‘zi bilganlarini mustahkamlashga extiyoj sezadi. O‘zi bilgan ertagini qayta-qayta eshitish va bundan zerikmaslik shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir.

Slayd 9

Bog‘cha yoshdagi bolalar ixtiyoji va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. Bu avvalo keng doyraga chiqish yextiyoji, munosabatda bo‘lish, o‘ynash yextiyojlarinig mavjudligidir. Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqni bir muncha to‘la o’zlashtirganlari va xaddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda o‘zlariga yaqin bo‘lgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosabatda bo‘lish yehtiyoji tug‘iladi. Ular tor doyradan kengroq doyradagi munosabatlarga intila boshladilar. Bog‘cha yoshdagi bolalar hayotida va ularning psixik jihatidan o‘sishida qiziqishning roli ham kattadir. Qiziqish xuddi yehtiyoj kabi bolaning biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab psixik xodisa desa bo‘ladi. Musiqiy ta’lim–tarbiyaning muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun uning psixologik asoslarini o‘rganish o‘ta muhimdir.

Slayd 10

Musiqani to‘la to‘kis idrok etish uchun diqqat, xotira va musiqiy tafakkur zarur va muhimdir. Ana shundagina insonning tasavvuri yordamga keladi va estetik hissiyot shakllanadi. Aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, musiqiy asarni to‘liq idrok yetish uchun inson psixikasining faoliyati xilma-xil bo‘lmog‘i lozim. Musiqiy bilimlarni o’zlashtirishdan maqsad bolalarning musiqiy asarning lad, o‘lchov, sur’at, registrini aytib berishlari emas, balki musiqaning yuqoridagi ifoda vositalari orqali ularda shaxsga xos bo‘lgan xususiyatlarni: ijodiy qobiliyat, erkin yo‘naltirilgan diqqat, musiqiy xotira, tasavvur, faollikni, tashabbuskorlikni shakllantirishdir. Bolalar hissiyotining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri uning muayyan sharoit bilan bog‘liqligidir, ya’ni bolalarda sodir bo‘ladigan hissiy kechinmalar aniq bir sharoitdagina vujudga keladi.

Slayd 11

Musiqiy ohangdorlik inson nutqi ohangiga o‘xshab ketadi. Odam o‘zining his-tuyg‘u holatini boshqalarga nutqi ohangi orqali bildiradi, nutq ohangi ovozning balandligi, pastligi, tebranishi, vazni orqali namoyon bo‘ladi. Aytish mumkinki, inson nutqi ohangining ulkan ifoda imkoniyatlari musiqiy ohangga tabiiy shart-sharoit yaratadi, unda ohang butunlay yangi badiiy sifat oladi. Inson nutqi ohangi musiqa badiiy tilining asosi bo‘lib, bastakorning voqelikka munosabatini musiqada aks yettirishda vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘p asrlik tajriba nutq ohangi imkoniyatlari insonning musiqiy sezgirligi va idrokliligini, musiqani idrok yetish qobiliyatini vujudga keltirdi.

Slayd 12

Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy rivojlanishning muhim xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Ularningyeshitish sezgisi, musiqiy yeshitish qobiliyati rivojlanib boradi;
Harxil xarakterdagi musiqaga yemotsional ta’sirchanlikning sifati va darajasi ortadi;
Qo‘shiq kuylash musiqiy-ritmik ijrochilikda qo‘llaniladigan sodda ko‘nikma va malakalar shakllanadi.

Slayd 13

Bolaning musiqiy rivoji bu to‘g‘ri va uzluksiz ravishda yo‘lga qo‘yilgan faol musiqiy jarayondir. Bu rivojlanish quyidagicha kechadi:
Hissiy munosabat. Oddiy musiqiy tasavvurdan murakkab va ko‘ptomonlama rivojlangan musiqiy asarlarni tushuna olish;
Musiqani yeshitish qobiliyati — musiqaning tembri, tovush balandligi, musiqa ifoda vositalari.
Ijrochilikning ilk shakllanishi. Bola o‘zining bilim va ko‘nikmalariga tayanib, unga tanish bo‘lgan musiqaga matn yoki raqs yelementlarini ijro yetish.

Slayd 14

Ayrim bolalarga tanbeh berish bilan kifoyalansa, ayrim bolalarga tanbeh salbiy ta’sir ko‘rsatib, ular o‘z faoliyatlarini ko‘rsatmay yanada qisilib qolishadi.
Bolalarning shaxs sifatida tarbiyalash uchun ta’lim jismoniy va ongli tarbiya uyg‘unlikda olib borilishi kerak. Bu maqsadga yerishish uchun bolalarda to‘g‘ri tashkillashtirilgan musiqiy mashg‘ulotlar tashkil yetiladi. Estetik tarbiya maktabgacha yoshdagi bolalarda go‘zallikni tushunish, uni his qilish, yaxshi va yomonni, badiiy san’at turlarini farqlay olish va ularga ijodkorona yondashishga yo‘naltirilgandir. Estetik tarbiyaning yeng ko‘zga ko‘ringan omillaridan biri bu — musiqadir. Bu maqsaddarga yerishish uchun maktabgacha yoshdagi bolalarning umumiy musiqiyligini rivojlantirish kerak.

Slayd 15

Musiqiy omillar 3 tamoyilga bo‘linadi:
Musiqaning xarakteri, kayfiyatini his yetish, musiqaga emotsional munosabat bildirish (musiqaning ifodaviyligi va tasviriyligi). Bolada musiqani tinglaganda uning xarakteriga mos kayfiyatda bo‘lishiga erishish kerak.
Eng yorqin musiqiy obrazli asarni tinglash, taqqoslash va baho berish. Bunda musiqa ifoda vositalari, musiqiy asboblar tembrlari, eshitish madaniyati talab etiladi. Masalan, cholg‘u asboblarning yuqori va past tembrlari (skripka — alt, konstrabas — violonchel va boshqa asboblar).
Musiqaga ijodkorlik munosabatini bildirish. Har bir bola biror musiqiy asarni eshitib o‘zicha badiiy tasavvur qiladi va qo‘shiqda, o‘yinlarda, raqs elementlari bilan hissiy munosabat bildirishi mumkin.

Slayd 16

Musiqiy omillar
Bu bolalarda ijrochilikning ilk namoyishlari, ya’ni ilk urug‘lari bo‘lishi mumkin.
Musiqa — bolalarning aqliy faoliyatining faollashtiruvchi omildir.
Musiqa — axloqiy olim bo‘lib, ma’naviyatning ajralmas qismini tarkib toptiradi. Musiqadan an’analarga hurmat, Vatanni sevish va boshqa tarbiyaviy axloqiy muammolarni tarbiyalaydi.
Musiqa — jismoniy tarbiya omili hamdir.

Slayd 17

Musiqani idrok etish ilk bolalardan shakllanadi. To’plangan emotsional musiqaviy taassurotlar qo’shiq aytishga, musiqa asboblarini chalishga, badiiy xalq qo’shiqlarini aytishga olib keladi. Hissiyot, eshitish, idrokning rivojlanishi asosida bolalarda musiqaviy taasurotlar to’plana boshlaydi. 7 Yoshli bola musiqaning mazmuniga qarab qayg’uradi va fikr yuritadi. Biz bola oldiga musiqani idrok etishninng payida bo’lishi vazifasini qo’yamiz. Keyin esa tashqi ta’sir etish orqali musiqaviy taasurotlarni yig’indisi vazifasini.
Estetik idrok – bu 2 asosiy komponentlar yig’indisidir: emotsionallik va tushunarlilik. Lekin bunga yana hayol va harakat momenti – ritm ham qo’shiladi.

Slayd 18

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 19

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Maktabgacha yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqaning o’rni” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

15 − thirteen =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar