Maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatda oddiy tajribalarni o‘tkazishga o‘rgatish

4000 so'm


Maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatda oddiy tajribalarni o‘tkazishga o‘rgatish

 

 

Slayd 1

Maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatda oddiy tajribalarni o‘tkazishga o‘rgatish

Slayd 2

Reja:
Oddiy tajribalar, ularning mazmuni, bolalarda izlanuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish
Tabiatda bolalardav oddiy tadqiqotchilik izlanuvchanlik qobiliyatlarini shakllantirish
Turli yosh guruhlarda oddiy tajribalarni tashkil etish
Oddiy tajribalarni o‘tkazish metodikasi.

Slayd 3

Bola predmet va hodisa o‘rtasidagi aloqa hamda munosabat sabablarini aniqlash uchun oddiy tajribadan foydalaniladi. Tajriba tarbiyachi tomonidan maxsus tashkil etilgan sharoitda o‘tkaziladigan kuzatishdir. Tajribada o‘yin, mehnat yoki maxsus mashgulot jarayonida paydo bo‘lgan bilim va vazifalarni hal qilish usuli sifatida foydalaniladi. Tajriba shartining muhokamasi tarbiyachi rahbarligi ostida o‘tadi. Tajribaning hamma shartlari tenglashtirilishi va faqat ulardan bittasi tajribaning natijasiga ta’sir etadigani alohida ajratilishi, bolaga ko’rsatilishi hamda ular tomonidan tushunilishi lozim. Tajriba uzoq muddatli qiyoslanadigan yoki qisqa muddatli kuzatish tarzida o‘tkazilishi mumkin.

Slayd 4

Uzoq muddatli qiyoslanadigan kuzatishda natijalar kechiktirilganligi tufayli tajribaning ayrim alohida xarakterli bosqichlarini rasmiy jadvallarda qayd qilish lozim. Tajribalarni tashkil etish jarayonida tirik ob’ektlarni halok bo‘lishiga olib kelmaslik, ularning hayotiy muhim ko‘rinishlarini buzmaslik kerak. Shuning uchun ham sezilarli o‘zgarishlar paydo bo‘lishi bilanoq sharoitni darhol o‘zgartirish kerak.

Slayd 5

Bolalarda oddiy izlanuvchanlik qobiliyatini oshirish ularning tabiat bilan tanishishidagi mustaqilligini, fikr doirasini oshiradi va o‘ta faol bo‘lishni ta’minlaydi. Bunday qobiliyat bolalarda tabiat hodisalarini tushunishga, uning sodir bo‘lish sabablarini bilishga imkon beradi. Bolalarda izlanuvchanlik qobiliyatini hosil qilish ma’lum tizim asosida amalga oshiriladi. U bolalarni tabiatda bo‘ladigan voqea va hodisalarni ko‘rish, tahlil qilish asosida turli faoliyatlari davridan boshlanadi. Shundan keyin bolalarda fikrlash qobiliyati shakllanadi, turli muammolar paydo bo‘ladi. Bolalar buni fikr qilib, tabiatda sodir bo‘ladigan o‘zgarish, uning sababi va bir-biri bilan bog‘liq ekanligini yechishga intiladi.

Slayd 6

Ular ko‘rib, kuzatib, u yoki bu voqeani sodir bo‘lish sabablari haqida xulosa chiqaradi. Izlanuvchanlik qobiliyatini oshirishning navbatdagi yo‘LI bola chiqargan taxminiy xulosani to‘g‘ri muhokama qilish va uni tekshirish usullarini tanlashdan iborat. Shuni aytish kerakki, izlanuvchanlik qobiliyatini oshirishni o‘rganishda xulosalarni tekshirish katta rol o‘ynaydi. Buni to‘g‘ri xulosa chiqarish bilan yakunlash kerak. «Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturi»da belgilangan bilimni bolalarga singdirish uchun bolaning bilishga bo‘lgan aktivligini va amaliy faoliyatini oshirish zarur.

Slayd 7

Buning uchun tarbiyachi dasturdan izlanuvchanlik faoliyati yo‘LI bilan o‘rganiladigan tabiat haqidagi bilimlarni ajratib olmog‘i kerak. Shu asosda bolalarda bilishi mumkin bo‘lgan hayotiy muammolar hosil qilinadi. Bolalar bu muammolarni yechish uchun o‘zlari tasavvur qilgan, o‘ylagan fikrlar bilan uni solishtiradi. Izlanuvchanlik faoliyati ulardan qaysi to‘g‘ri-yu, qaysi xato ekanligini aniqlashga yordam beradi. Masalan: bolalar tabiat burchagida navbatchilik qilib turganda dam olish kunidan keyin xina va koleus barglarini so‘lib qolganini, kaktus va aloe esa juda yashnab turganini sezadilar.

Slayd 8

Tarbiyachi bu vaziyatdan foydalanib bolalar oldiga muammoli savol qo‘yadi: «Nima sababdan shunday bo‘ladi? Hamma o‘simliklarga ham bir xilda suv kerakmi?» Bu hayotiy munozarali muammoni bolalar bilan birga muhokama qilib, tarbiyachi rahbarligida kuzatilayotgan hodisaning sodir bo‘lish sababini tushunib oladi. Bolalar tomonidan bildirilgan birorta ham fikr e’tibordan chetda qolmasligi, bolalariing hamma farazlari to‘liq muhokama qilinishi kerak. Bolalarda muhokama paytida yoki kuzatgan ob’ektiga baho berishda tug‘ilgan qiziqishidan tarbyachi foydalanib izlanuvchanlik faoliyatining ikkinchi davri tekshirish yo‘llarini tanlash va o‘zini tekshirishga o‘tadi.

Slayd 9

Tarbiyachi tekshirishning har xil yo‘llaridan, hatto bolalar tavsiya etgan tekshirish yo‘llaridan ham foydalanishi mumkin. Izlanuvchanlik faoliyatini kuzatish, tajriba, sayr, tabiat burchagida, mashg‘ulotlarda kamol toptirish mumkin. Qisqa muddatli kuzatish tabiat ob’ektining har xil sifati, xususiyatini aniqlash uchun foydalaniladi. Masalan, bolalar gullarga suv quyish zarurati haqidagi fikrlari to‘g‘riligini aniqlash va isbotlash uchun o‘simlikning suvga chanqoqlik belgilarini izlashadi, tuproqning quruq yoki namligi, rangi, barglar holatining o‘zgarishini aniqlash uchun harakat qilishadi.

Slayd 10

Uzoq muddatli taqqoslab kuzatish tajribalar tayyor modellarni ko‘rsatish (masalan, hasharotlar xususiyati), tabiat hodisalarining sababi, o‘zaro aloqasi va munosabatini aniqlash uchun foydalaniladi. Tarbiyachi bolalarga hayvonlar harakatidagi o‘zaro aloqani aniqlash uchun (tipratikan, quyon, qurbaqa) ularning yurishini va orqa oyoqlar harakatini kuzatishni hamda taqqoslashni topshiradi. Tayyor modellarni ko‘rsatib, hayvonlarning himoyalanish mexanizmini tuzilishi bilan tanishtirish mumkin. Bolalar karam kapalagining g‘umbagini kuzatib, ularni karam bargidan ajratish qiyin ekanligini kuzatadi.

Slayd 11

Tarbiyachi karam bargini nima uchun bunday tuzilganini o‘ylab ko‘rishni aytadi va o‘zi uning sababini tushuntirib beradi. Bolalarning ko‘rgazmali-amaliy metodlar asosida tabiat bilan tanishib orttirgan boy tajribalariga tayanib, tarbiyachi bolalar bilimini tekshirish va bilish qobiliyatlarini aniqlash uchun qiziqarli suhbatdan foydalanishi mumkin. Bu suhbat fikrlash asosida tabiatda bo‘ladigan voqea-hodisaning sababini bilishga yordam beradi. Tarbiyachi bolalarning fikrlashini boshqaradi va uni aniq maqsadga yo‘naltiradi. Buni sayrlarda amalga oshirish mumkin. Izlanuvchanlik faoliyati kuzatish, tajribalar, modellarni namoyish etishdan olingan xulosalar asosida yakunlanadi.

Slayd 12

Tarbiyachi bolalarga o‘zlari mustaqil xulosa chiqarishlarini topshiradi. U o‘zi xulosa chiqarishga shoshilmasdan bolaning fikrlarini yoritishi, qo‘shimcha savollar berishi kerak. Bordi-yu, bola noto‘g‘ri yoki noaniq xulosa chiqarsa, tarbiyachi uni to‘g‘rilab, tushuntirib berishi zarur. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish vositasida izlanuvchanlik faoliyatini keng amalga oshirish, asosan, katta guruhlarda olib boriladi.

Slayd 13

Lekin buni kichik va o‘rta guruhlarda ham amalga oshirish mumkin. Bola tabiatga doir har qanday muammoni dastlab kattalar ko‘magida, so‘ngra o‘zi mustaqil yecha oladigan bo‘ladi. Izlanuvchanlik faoliyati natijasida bolani mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Mustaqil yechilgan muammolar bolaga quvonch bag‘ishlaydi. Bu quvonch uning tabiatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi va rivojlantiradi. Izlanuvchanlik faoliyati bolaning shakllanishida, fikr doirasining kengayishida katta ahamiyatga ega ekanligini bilgan holda har bir tarbiyachi uni doimo tashkil qilishi va buning uchun zarur shart-sharoitni yaratishi kerak.

Slayd 14

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 15

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatda oddiy tajribalarni o‘tkazishga o‘rgatish” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

4 × 3 =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar