Maktabgacha ta’lim tashkilotida qisqa muddatli guruhlarni tashkil

5000 so'm


Maktabgacha ta’lim tashkilotida qisqa muddatli guruhlarni tashkil

=== Taqdimot: Maktabgacha ta’lim tashkilotida qisqa muddatli guruhlarni tashkil.pptx ===

=== Slayd 1 ===
Maktabgacha ta’lim tashkilotida qisqa muddatli guruhlarni tashkil qilish

=== Slayd 2 ===
Reja:
02
03
Qisqa muddatli guruhlar maqsad va vazifalari.
Qisqa muddatli guruhda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish.
Qisqa muddatli guruhda bolalarni maktabga tayyorlash.
01

=== Slayd 3 ===
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, 2019-yil 13-maydagi 391-sonli “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 2-ilovasi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risidagi nizom hisoblanadi. Ushbu nizom maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi maktabgacha yoshdagi bolalar qisqa muddatli guruhlari maqsadlari, vazifalar va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. Qisqa muddatli guruhlar faoliyati MTT ustavi bilan tartibga solinadi. Shuningdek, qarorga muvofiq, bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamol topishini saqlash va mustahkamlash, bolaning shaxsini shakllantirish, har tomonlama kamol topishini ta’minlashi belgilangan.

=== Slayd 4 ===
Qisqa muddatli guruhlar maqsad va vazifalari
01

=== Slayd 5 ===
Qisqa muddatli guruhlar maqsadlari bolalarning maktabgacha ta’limiga to‘liq jalb etilishini va MTT ga bormaydigan bolalar maktabgacha ta’lim olishda teng imkoniyatlardan foydalanishini ta’minlashdan iborat. Qisqa muddatli guruhlar – maktabgacha ta’limning o‘zgaruvchan shakli bo‘lib, u maktabgacha ta’lim dasturlarini amalga oshiradigan MTT ning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Ushbu guruhlar erta va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ularning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash va ular uchun maktab ta’limi asoslarini shakllantirish, ota-onalarga bolalarni tarbiyalash va o‘qitishni tashkil etishda maslahat va uslubiy yordam maqsadida tashkil etiladi.
Qisqa muddatli guruhlar maqsadlari

=== Slayd 6 ===
Qisqa muddatli guruhlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
qobiliyatlari va ehtiyojlariga qarab har tomonlama kamol topishini ta’minlash, bolani shakllantirishda, tarbiyalashda va o‘qitishda oilaga har tomonlama yordam berish; bolalarning bilim orttirishini, ijtimoiy-shaxsiy, badiiy-estetik va jismoniy kamol topishini ta’minlash. MTT ga bormaydigan bolalarning to‘laqonli kamol topishini ta’minlash, ularni tengdoshlari va kattalar davrasiga moslashtirishdir.
Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamol topishini saqlash va mustahkamlash; bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, uning ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash; bolaning yosh va o‘ziga xos imkoniyatlarini hisobga olgan holda;

=== Slayd 7 ===
Qisqa muddatli guruhlar faoliyati
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda bolalarning bo‘lishi uchun to‘lov qonunchilikda belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda bolalarning bo‘lishi uchun to‘lov muassis tomonidan belgilanadigan narxlar va tariflar bo‘yicha belgilanadi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.

=== Slayd 8 ===
Qisqa muddatli guruhlar tashkil etish, ularga qabul qilish va ularni to‘ldirish tartibi
Qisqa muddatli guruhlar o‘z faoliyatini MTT rahbarining buyrug‘i asosida amalga oshiradi. Nodavlat MTT dagi qisqa muddatli guruhlar o‘z faoliyatini bolaning qonuniy vakillari bilan shartnoma asosida amalga oshiradi.
Qisqa muddatli guruhlar MTT da foydalanilmaydigan xonalar bo‘lganda tashkil etiladi. Nodavlat MTT dagi qisqa muddatli guruhlarga bolalar ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasi va tibbiy xulosa asosida qabul qilinadi.

=== Slayd 9 ===
Davlat MTT laridagi qisqa muddatli guruhlarga bolalar quyidagilar asosida qabul qilinadi:
bolaning qonuniy vakili arizasi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yo‘llanma;
bola sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma.
Bitta xonada ko‘pi bilan 3 ta qisqa muddatli guruh faoliyatini uchta smenada tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi. Qisqa muddatli guruhlar MTT larining sanitariya-gigiyena talablariga va yong‘in xavfsizligi qoidalariga javob beradigan xonalarida tashkil etiladi. Davlat MTT lardagi qisqa muddatli guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi.

=== Slayd 10 ===
Nodavlat MTT lardagi qisqa muddatli guruhlarga 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Qisqa muddatli guruhlar ham bir xil yoshdagi, ham turli yoshdagi bolalar bilan to‘ldirilishi mumkin. Bolalarni qisqa muddatli guruhlardan chiqarib yuborish MTT rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi va bola qonuniy vakilining arizasi bo‘yicha hamda tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha yoki bola MTT ning to‘liq kunli guruhiga joylashtirilganda amalga oshiriladi. Bu haqda qisqa muddatli guruhga boradigan bolaning qonuniy vakillari maktabgacha ta’lim tashkilotiga yo‘llanma olgan kundan boshlab 14 kun ichida MTT ning rahbarini xabardor qilishi shart.

=== Slayd 11 ===
Qisqa muddatli guruhlar turlari
Rivojlantirish guruhi;
Inklyuziv guruh;
Kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh.
Rivojlantirish guruhi 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun har tomonlama kamol toptirish,tengdoshlari va kattalar davrasiga moslashtirish maqsadida tashkil etiladi. Guruh kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 30 nafar bola bilan to‘ldiriladi. Inklyuziv guruh 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun o‘ziga xos ehtiyojlari bor bolani jamiyatga moslashtirishni ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.

=== Slayd 12 ===
Qisqa muddatli guruhlar faoliyati tashkil etilgan MTT quyidagilar uchun javob beradi:
bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lgan vaqtida ularning hayoti himoya qilinishini va sog‘lig‘i mustahkamlanishini tashkil etish;
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda qo‘llaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, ruhiy va fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga muvofiqligi va hokazo.

=== Slayd 13 ===
Qisqa muddatli guruhda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish
02

=== Slayd 14 ===
Qisqa muddatli guruhlardagi ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv dasturida belgilab beriladi. Guruhdagi ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni moslashuvchan xususiyatga ega, shuningdek, bolaning o‘ziga xos, shaxsga yo‘naltirilgan kamol topishini ta’minlaydigan innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Guruhdagi ta’lim-tarbiya jarayoni yakka tartibdagi va birgalikdagi faoliyatning har xil shakllarini — ham katta yoshdagilarning bolalar bilan, ham bolalarning o‘zlari ishtirokidagi shakllarini o‘z ichiga oladi.

=== Slayd 15 ===
Qisqa muddatli guruhlarni moliyalashtirish.
Davlat MTT laridagi qisqa muddatli guruhlarning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan ota-onalar to‘lovi, jismoniy va yuridik shaxslarning xayr-ehsonlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. Ta’lim faoliyatini olib boruvchi qisqa muddati guruhlarning pedagog xodimlari mehnatiga qonunchilikda belgilangan tartibda haq to‘lanadi.

=== Slayd 16 ===
Namunaviy kun tartibi

=== Slayd 17 ===
Hafta kunlari va mashg‘ulotlar

Dushanba
1. Atrof olam
2. Qurish-yasash
3. Jismoniy tarbiya
Seshanba
1. Matematika
2. Rasm
3. Musiqa
Chorshanba
1. Nutq o‘stirish
2. Applikatsiya
3. Atrof olam
Payshanba
1. Matematika
2. Jismoniy tarbiya.
3. Tabiat
Juma
1. Savodga tayyorlash
2. Rasm
3. Musiqa

Jami: 15 ta mashg‘ulot

=== Slayd 18 ===
Qisqa muddatli guruhlarga ega MTT ning ishlashini ta’minlaydigan hujjatlarning taxminiy ro‘yxati:
Qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risidagi nizom;
Muassisning aniq maktabgacha ta’lim tashkiloti negizida qisqa muddatli guruhlarni ochish to‘g‘risidagi buyrug‘i;
Maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavida “Ta’lim faoliyati” bo‘limida tashkilot tomonidan ko‘rsatiladigan o‘ziga xos ta’lim xizmatlari ko‘rsatilgan;
Guruh xizmatlaridan foydalanishni istagan ota-onalar bilan shartnoma;
Qisqa muddatli guruhni saqlash uchun taxminiy xarajatlar;
Xodimlar jadvali;
Ish ko‘rsatmalari.

=== Slayd 19 ===
Ta’lim jarayoni bolalarning erkin mustaqil faoliyati va kattalarning bolalar bilan birgalikdagi faoliyati muvozanatiga asoslanadi.
Voyaga etgan kishi bolalarni mashg‘ulotlarga psixologik majburlovsiz jalb qiladi, ularning faoliyat mazmuni va shakliga bo‘lgan qiziqishiga tayanadi va uni sherik ishtirokida faollashtiradi. O‘quv jarayonida tabaqalashtirilgan va individual yondashuv bir necha yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
erkin mustaqil faoliyat uchun funksional muhitni tashkil etish (turli darajadagi rivojlanish darajasiga ega bo‘lgan bolalarning o‘zini o‘zi anglashini ta’minlash);
bolalarni tashkil etishning moslashuvchan shakllari, bolalar faoliyati mazmunini bola qiziqishlari va imkoniyatlariga mos keladigan muloqot shakllari bilan boyitish.
Qisqa muddatli guruhlarning ishlash tamoyillari:

=== Slayd 20 ===
Qisqa muddatli guruhda bolalarni maktabga tayyorlash
03

=== Slayd 21 ===
Bolalarni maktabga tayyorlash uchun maktab taʼlimining shakl va metodlarini qoʻllamaslik kerak. Bolalarning yoshga bogʻliq psixofiziologiyasi, ushbu yoshdagi bolalarning intellektual rivojlanishi uchun maqbul sharoitlar yaratish, maktabgacha taʼlimga oid ish shakllari, didaktik oʻyinlardan, koʻrgazmali predmetli mashgʻulotlardan, bolalarning amaliy va tasviriy faoliyatining turli shakllaridan tarbiyaviy ishlar usullari qoʻllagan holda amalga oshirilish zarur. Bunday shakllar va usullar yosh bolaning fikrlash va faoliyatining oʻziga xos xususiyatlariga mos keladi, uning bilim faoliyatini ragʻbatlantiradi va intellektual rivojlanishiga hissa qoʻshadi.
Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash shakllari

=== Slayd 22 ===
Bolalarni maktabga tayyorlash muammosi ta’limning rivojlanishi jarayonida paydo bo‘ldi. Bunda esa hayot tajribalarining ko‘rsatishicha, insonlar o‘rtasida yosh va individual farq darajalari sezildi. MTT dagi bolaning o‘sishidagi psixologik va etnopsixologik xususiyatlarga asoslanib, ta’lim-tarbiya tizimida odob estetik, musiqiy-badiiy, jismoniy tarbiyani birinchi o‘ringa chiqarish, grammatikani bu qadar majburiy o‘rgatmaslik lozim bo‘ladi. Bulardan ko‘zlangan maqsad yoki davlatimizga kerakli bo‘lgan yetuk, har tomonlama kamol topgan barkamol shaxsni tarbiyalash va ularni jamiyatda o‘z o‘rnini topishga imkoniyatlar yaratib berishdan iborat qilib qo‘yilgan.

=== Slayd 23 ===
“Ilm yo’li” dasturi bugungi kunda MTT ga jalb etilmagan milliondan ortiq bolani ham rivojlantirish va yagona davlat talablari asosida maktabga tayyorlash imkonini beradi. Ta’lim-tarbiya jarayoni yakunida mustaqil fikrlaydigan, erkin, bilimli, bir so’z bilan aytganda barkamol shaxsni voyaga yetkazish asosiy maqsad qilib belgilandi. Bola atrofdagi narsalar, ularning vazifasi, sifati, xossalari haqida, qaysi materiallardan foydalanganligi, tayyorlanganligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Bilimga doir nutqni rivojlantirish aqliy tarbiyaning erkin vazifasidir.

=== Slayd 24 ===
Bolalarning maktabga tayyorligi nafaqat ularning intellektual, balki psixologik va ijtimoiy rivojlanishini ham qamrab oladi.
Ijtimoiy va psixologiyaviy tayyorgarlik: Bola maktabga kelganda, u na faqat bilim, balki ijtimoiy va psixologiyaviy jihatdan ham tayyor bo‘lishi kerak. Buning uchun, bola o‘zini boshqalar bilan muomala qilish, tobe bo‘lish va hodisalarga munosabat bildirish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishi kerak.
Intellektual tayyorgarlik: Maktabda o‘qishni boshlash uchun bola baʼzi asosiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak, masalan, savodxonlik, hisoblash, va maʼnaviy tushunchalarni anglash. Intellektual tayyorgarlik bolaning kognitiv rivojlanishiga asoslangan bo‘lib, kelajakdagi o‘qish jarayoniga muhim taʼsir ko‘rsatadi.

=== Slayd 25 ===
Bolalarni maktabga samarali tayyorlashda turli pedagogik usullari mavjud bo‘lib, bu usullar bolalarning taʼlimga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning bilimlarini samarali va tushunarli shaklda o‘zlashtirishga yordam beradi. Asosiy usullardan biri — interaktiv o‘qitish usulidir. Interaktiv o‘qitish usullari bolalarga o‘yinli taʼlimiy faoliyat jarayonida faol ishtirok etishga imkoniyat beradi. Interaktiv o‘qitish bolalarning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi, bolalarning ijtimoiy ko‘nikmalarini, guruhda ishlash va bir-biriga yordam berish qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Maktabga tayyorlashda bolalarning psixoemotsional holati, o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqlari va psixologik masalalarini hisobga olish muhimdir. Emotsional barqarorlik va mustaqillikning rivojlanishi bolalarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi va ularning psixologik holatini mustahkamlaydi.

=== Slayd 26 ===
Maktabda o‘qishga intellektual tayyorgarlik bolaning yuqori aqliy jarayonlari: diqqat,xotira, idrok, fikrlash, tasavvur va nutqning ma’lum darajada rivojlanishini, shuningdek, atrof-muhit to‘g‘risida zarur bilimlar zaxirasining mavjudligini nazarda tutadi. 6-7 yoshgacha bo’lgan bolalar asosan mantiqiy operatsiyalarni yodlashni o‘zlashtirishi kerak. Maktabga intellektual tayyorgarliklari yuqori darajada bo‘lishi kerak. Qisqa muddatli guruhda bolalarning yoshga bogʻliq psixofiziologiyasi, ushbu yoshdagi bolalarning intellektual rivojlanishi uchun maqbul sharoitlar yaratish, maktabgacha taʼlimga oid ish shakllari, didaktik oʻyinlardan, koʻrgazmali-predmetli mashgʻulotlardan, bolalarning amaliy va tasviriy faoliyatining turli shakllaridan keng foydalangan holda amalga oshirilish zarur.

=== Slayd 27 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.

Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Maktabgacha ta’lim tashkilotida qisqa muddatli guruhlarni tashkil” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar