Lingvopoetik tadqiqot asoslari 20250108 102946 0000
5000 so'm

Slayd 1
Lingvopoetik tadqiqot asoslari
Slayd 2
Lingvopoetika
Lingvistik poetikaning qisqargan shakli bo’lib, badiiy asarlarda qo’llanilgan lisoniy birliklar: fonetik, morfemik, leksik va boshqalarning badiiy-estetik vazifalarini, tilning konnotativ fynksiyasini o’rganadi. Boshqacha aytganda, lingvopoetika tilshunoslikning badiiy nutqini o’rganuvchi bo’limdir. Lingvopoetik tahlilda badiiy matnda poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash muhim tamoyillardan ekanligini alohida ta’kidlanadi, chunki bunday vositalarning lingvistik va badiiy mohiyatini ochib berish orqali badiiy mazmunning shakllanishi va ifodalanishi mexanizmlarini aniq tasavvur qilish mumkin.
Slayd 3
Ma’rufjon Yo’ldoshev
Badiiy matn lingvopoetikasi muammosini o’zbek tili materiallari asosida mufassal tadqiq etgan M. Yo’ldoshev lingvopoetik tahlilning quyidagi asosiy tamoyillarini ko’rsatadi:
1) shakl va mazmun birligi asosida yondashuv;
2) makon va zamon birligidan kelib chiqish;
3) umumxalq tili va adabiy til munosbati asosida baholash;
4) badiiy matnga badiiy-estetik yaxlitlik sifatida yondashuv;
5) badiiymatnda poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash;
6) badiiy matndagi eksplitsitlik va implitsitlik nisbatini aniqlash;
7) badiiy matndagi intertekstuallik mexanizmlarining lisoniy va semantik xususiyatlarini aniqlash.
Slayd 4
«Lingvistik poetika» atamasi 1960-yillarda badiiy adabiyot tilini o’rganishga qiziqishning kuchayishi natijasida paydo bo’lgan. Biroq, turli olimlar bu atamani boshqacha tushunishgan.
V. V. Vinogradov esa, uni badiiy adabiyot tili faniga ekvivalent sifatida ishlatgan va birinchilardan bo’lib bu atamani ilmiy qo’llanishga kiritgan.
V. V. Vinogrodovning fikricha, lingvopoetik tadqiqotning vazifasi badiiy asarlardagi lisoniy birliklarning estetik vazifasini o’rganishdan iborat.
V. V. Vinogradov
Slayd 5
Lipgart lingvopoetik funksiya va lingvopoetik qiymat-lingvopoetikaning ikkita asosiy toifalarini aniqladi, ular estetik effekt yaratishga u yoki bu badiiy vositaning hissasini baholashga yordam beradi.
Lingvopoetik qiymat – stilistik jihatdan belgilangan lingvistik birlikning semantik va metasemiotik salohiyatining berilgan kontekstda amalga oshirilishi. Lingvopoetik qiymat toifasi uchta toifali shakldan iborat – avtomatlashtirish, lingvopoetik jihatdan to’g’ri qo’llanish va boshqa elementlardan ajratib ko’rsatish (yoki «oldingi o’ringa chiqarish»). Lingvopoetik funktsiya – bu stilistik jihatdan belgilangan elementning matn o’quvchiga beradigan estetik effekt yaratishdagi roli. Lingvopoetik funktsiya kategoriyasi ham uchta kategorial shakl – ekspressiv, gnomik va assotsiativ lingvopoetik funktsiyalar. Stilistik jihatdan belgilangan lingvistik birlikning lingvopoetik vazifasi uning lingvopoetik qiymatiga va kontekst turiga (hikoya yoki hikoya bo’lmagan) bog’liq (Lipgart 2006: 23-24). Belgilanayotgan lingvopoetik qiymat kategoriyalari va lingvopoetik funktsiyani, estetik ta’sir yaratishda stilistik jihatdan belgilangan lingvistik birliklarning rolini sub’ektiv taassurot shaklida emas, balki ob’ektivroq baholash mumkin.
A. A. Lipgart
Slayd 6
Jirmunskiy
Lingvopoetika metodologiyasiga o’z hissasini B.M. Jirmunskiy ham qo’shgan. V.M. Jirmunskiy mazmun va shaklning birligi haqida gapirar ekan, har qanday shaklning o’zgarishi muqarrar ravishda yangi mazmunni ochib berishini, xuddi shuningdek, mazmundagi o’zgarish shaklga ta’sir ko’rsatishini ta’kidlaydi. Shu tariqa, badiiy asarning mazmunini til vositalari bilan ifodalanish usullari bilan uzviy bog’liq holda ko’rib chiqish zarur. Ushbu olimning alohida yutug’i shundaki, poetika masalalarini o’rganishda boshlang’ich nuqta sifatida she’riy til yoki so’z olinadi. «She’riyat – bu so’z san’ati, she’riyat tarixi esa adabiyot tarixidir.» [37: 21].
Slayd 7
Roman Jakobson
Jakobson tilning olti funksiyasini ajratib ko’rsatgan:
1. Referensial – ma’lumot yetkazish.
2. Emotiv – hissiyotlarni ifodalash.
3. Konativ – tinglovchiga ta’sir qilish.
4. Fatik aloqa o’rnatish yoki davom ettirish.
5. Metalingvistik – tilning o’zini tahlil qilish.
6. Poetik – tilning estetik va shakl jihatlariga urg’u berish.
Poetik funksiya aynan lingvopoetikaning markaziy predmeti hisoblanadi. Unga ko’ra, poetik tilning asosiy vazifasi – shaklni ma’no ustidan ustun qo’yish, ya’ni tilning tovush, ritm va takroriylik elementlarini estetik maqsadlarda qo’llash.
Slayd 8
A. Zadornova
Professor Zadornova tadqiqot predmetini aniqlab berdi. Uning fikriga ko’ra, bu «badiiy asarda qo’llangan til vositalarining yig’indisidir, ular yordamida yozuvchi o’zining g’oyaviy-badiiy niyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan estetik ta’sirni ta’minlaydi.» [7: 19].
Shuningdek, u lingvopoetik tahlil metodologiyasini batafsil tavsiflaydi. Tahlil qilinayotgan mavzu boʻyicha ilmiy adabiyotlarni chuqur o’rganib chiqqandan so’ng, u shunday xulosaga keladi: badiiy asarlarning xilma-xilligi va bir xil bo’lmasligi yagona lingvopoetik tahlil metodining shakllanishiga to’sqinlik qiladi, shu sababli turli metodologik yondashuvlar yuzaga kelgan. [7, 70-bet]
Tadqiqotchining fikriga ko’ra, lingvopoetik tahlilning maqsadi shundan iboratki, yozuvchi til birliklarini qanday qilib so’z va badiiy ijod jarayoniga jalb etishini, shuningdek, turli til vositalarining o’ziga xos kombinatsiyasi qanday qilib estetik ta’sirni yaratishga olib kelishini aniqlashdan iborat. [7: 19].
Slayd 9
L.V. Sherba ta’kidlashicha, badiiy asarni talqin qilishda nafaqat uning g’oyasini tushuntirish, balki adabiy ijodning badiiy jihatini baholash ham muhimdir.
Tilning alohida ifodali unsurlaridagi nozik ma’noning jihatlarini tushunmasdan va matnning lingvistik tahlilisiz buni amalga oshirish mumkin emas. [21, 97-bet].
L. V. Sherba
Slayd 10
A.V. Chicherinning ishlari ham badiiy asar tilini oʻrganish masalalariga bag’ishlangan. U A.A. Potebnya va V.V. Vinogradov tomonidan boshlangan so’zning ichki shakli haqidagi ta’limotni rivojlantiradi. Chicherin so’z va badiiy asarning umumiy xususiyatlari haqida gapiradi. Murakkab ichki tuzilishga ega bo’lgan so’z boshqa so’zlar bilan o’zaro ta’sirga kirishganda oʻziga xos ahamiyat kasb etadi. [8] Badiiy asarni o’rganish metodikasi so’zning tovush, morfologik va sintaktik shaklini oʻrganishdan boshlanib, ketma-ketlikni saqlagan holda nutq obrazlariga, inson yoki tabiat obrazlariga, badiiy asarning g’oyasiga va muallif ijodiyotining umumiy mazmuniga qarab rivojlanishni nazarda tutadi. [8]
A. V. Chicherin
Slayd 11
Lingvopoetikada «stratifikatsiya» tushunchasi «umumiy g’oya, badiiy-obrazli va leksik-grammatik tuzilma hamda uslubiy xususiyatlarga ko’ra yagona boʻlgan qatlamlar ajratish» degan ma’noni anglatadi. Bu qatlamlar go’yoki yagona uslubiy dominanta atrofida, bir xil uslubda yaratilgan bo’ladi [Polubichenko, 1991: 445].
L. V. Polubichenko
Slayd 12
Hikoyaviy turlarni badiiy mazmunni ifodalashning turli usullari sifatida tasavvur qilish mumkin. Ular mazmuniy xususiyatlariga ko’ra bir-biridan farq qiladi va bu farqlar til birliklarining stilistik tanlanishi hamda ularning lingvopoetik imkoniyatlarining qanchalik to’laqonli namoyon bo’lishida yaqqol aks etadi.
A. A. Murashkina
Slayd 13
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 14
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.