KREDIT MODUL TIZIMIDA O‘QUV JARAYONINI TASHKIL QILISH

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini tashkil qilish
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
01
02
03
O‘quv jarayonini rejalashtirish.
O‘quv jarayonini tashkil etish.
Talabalarning bilimini nazorat qilishni tashkil etish.
=== Taqdimot 3 ===
Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni oliy malakali mutaxassisni tayyorlashdagi tashkiliy, boshqaruv, bilish faoliyatini rivojlantirish kabi ko‘p qirralarni o‘z ichiga oluvchi murakkab jarayondir. O‘quv jarayonini rejalashtirish oliy o‘quv yurtining o‘quv faoliyatini boshqarishda muhim elementlaridan biri hisoblanadi.
=== Taqdimot 4 ===
U quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
dastlab o‘quv yili davomidagi asosiy o‘quv jarayonlari va ularni amalga oshirish muddatlari aks ettirilgan akademik taqvim tuziladi;
namunaviy o‘quv rejaga qo‘shimcha ravishda tanlov fanlarining ro‘yxati shakllantiriladi;
namunaviy o‘quv reja va tanlov fanlari ro‘yxatiga mos ravishda edvayzerlar yordami bilan, qayd qilish ofisi va dekan nazorati ostida har bir talabaning shaxsiy o‘quv rejasi shakllantiriladi;
ishchi o‘quv rejalari tuziladi;
=== Taqdimot 5 ===
Bakalavriat va magistraturada namunaviy o‘quv rejalari 2 ta blokdan iborat bo‘ladi:
tanlov fanlar bloki
Majburiy fanlarga malaka talablarida keltirilgan, o‘zlashtirilishi shart bo‘lgan fanlar kiradi.
Tanlov fanlariga kadrlar buyurtmachilari talabi bilan oliy o‘quv yurti tomonidan taklif etiladigan fanlar kiradi.
majburiy fanlar bloki
=== Taqdimot 6 ===
Kredit – o‘quv ishlari hajminining o‘lchov birligi bo‘lib, 30 akademik soatga teng bo‘lishi mumkin (15 haftalik semestrda). Bunda auditoriya va mustaqil ta’lim soatlari bakalavriat va magistraturada – 1:1 nisbatda bo‘lishi mumkin.
Har bir fanning hajmi butun sonli kreditlar bilan ifodalanadi. O‘rta hisobda fanlar soni 40 tadan oshmasligi sharti bilan bitta fanga o‘rtacha 240/40=6 kredit ajratilishi mumkin, fanlar uchun kreditlar undan kam yoki ko‘p ham bo‘lishi mumkin.
Kredit modul ta’lim tizimida o‘quv ishlari hajmi o‘qitiladigan material hajmi bo‘yicha aniqlanadi va kreditlarda o‘lchanadi.
=== Taqdimot 7 ===
Ishchi o‘quv rejalarida auditoriya mashg‘ulotlarining nisbatlari (ma’ruza, amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlari va h.k.) fanning o‘qitilish usullaridan kelib chiqqan holda oliy o‘quv yurtining o‘quv-uslubiy kengashi tomonidan komissiyalar xulosasiga
ko‘ra belgilanadi.
O‘quv rejasining har bir fani o‘ziga xos betakror nomga ega bo‘lishi lozim. O‘quv rejasida har bir fanga harfli va raqamli yagona kodlash tizimini qo‘llash lozim.
=== Taqdimot 8 ===
Bakalavriatda fanlar soni kamroq va yirik hajmli bo‘lishi maqsadga muvofiq. O‘quv rejadagi majburiy va tanlov fanlari ulushini belgilashda mutaxassisning tayyorgarlik darajasiga bo‘lgan talablar, fanlar mazmuni va ta’lim natijalari, fanlar tuzilmasi va ularning o‘zaro aloqadorligi va unifikatsiyalanish darajasi hamda xalqaro tajribalardan kelib chiqish maqsadga muvofiq.
=== Taqdimot 9 ===
Umumiy haftalik yuklama bakalavriatda 60 soatni tashkil etadi, undan 30 soati auditoriyada va 30 soati talabaning mustaqil ta’limiga ajratiladi, shu jumladan 8-14 soatini o‘qituvchi rahbarligidagi mustaqil ta’lim ishiga ajratilishi maqsadga muvofiq.
=== Taqdimot 10 ===
Talabaning vaqt byudjeti quyidagicha bo‘ladi: nazariy ta’lim – 240×30=7200 soat, shu jumladan auditoriyada – 15×240=3600 soat va mustaqil ta’lim shaklida shug‘ullanish uchun – 15×240=3600 soat ko‘zda tutiladi.
Bundan ko‘rish mumkinki, talabaning semestrdagi o‘quv yuklamasi auditoriya va mustaqil ta’lim yuklamalarining 1:1 nisbatdagi yig‘indisi sifatida 30 kreditni tashkil qiladi (240 kredit : 8 semestr = 30 kredit).
=== Taqdimot 11 ===
Ishchi o‘quv rejalar barcha talabalarning tasdiqlangan shaxsiy o‘quv rejalari asosida tuziladi.
Bo‘lg‘usi mutaxassisning kasbiy tayyorgarlik darajasi talabalarning ta’lim trayektoriyasi qanchalik puxta o‘ylanganligi va mukammalligiga bog‘liq.
Edvayzerlar sifatida talabalarning shaxsiy o‘quv rejalarini shakllantirish layoqatiga ega bo‘lgan mutaxassislik kafedralarining tajribali o‘qituvchilari faoliyat yuritishlari mumkin.
Talaba o‘zining shaxsiy o‘quv rejasini shakllantirishda har bir semestr uchun 30 kredit hajmdagi fanlarni o‘zlashtirishni ko‘zda tutishi lozim.
=== Taqdimot 12 ===
Talaba fan o‘qituvchilarini tanlash huquqiga ham ega. Talabalarga o‘qituvchilarning ilmiy darajasi, lavozimi haqida ma’lumotlar hamda ular tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv-me’yoriy hujjatlar taqdim etilishi zarur bo‘ladi.
Oliy o‘quv yurtining va kafedralarning o‘quv yuklamalarini rejalashtirish o‘quv faoliyatining muhim masalalaridan biri hisoblanadi. O‘quv ishlarini rejalashtirishdan oldin pedagogik yuklama me’yorlari tasdiqlangan bo‘lishi zarur.
=== Taqdimot 13 ===
Oliy o‘quv yurti kesimida kafedra o‘quv yuklamalari va shtatlar jadvalini rejalashtirishni bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining ishchi o‘quv rejalari asosida amalga oshirish lozim. Bunda o‘quv yuklamalari hisobi kreditlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
=== Taqdimot 14 ===
Akademik potoklar va guruhlar sonini aniqlash uchun oliy o‘quv yurti fanlarning ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha talabalar sonining ruxsat etilgan chegaralarini oldindan belgilab olishi lozim.
Kredit modul ta’lim tizimi sharoitida o‘quv yuklamalarini rejalashtirish akademik potoklar soni va ularning sig‘imiga ham bog‘liq. Kredit modul ta’lim tizimida akademik potoklar va guruhlar fanlarga yozilgan talabalar kontingentidan kelib chiqib shakllantiriladi.
=== Taqdimot 15 ===
Oliy o‘quv yurti bo‘yicha jami o‘quv yuklamalari hajmining professor- o‘qituvchilar soniga nisbati bitta professor-o‘qituvchi uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yuklamani belgilaydi. Oliy o‘quv yurti kafedralarining professor- o‘qituvchilari shtatlari soni, an’anaga ko‘ra, o‘quv yuklamasini bitta professor-o‘qituvchi uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yuklamaga bo‘lish va natijani 0,25 ga yaxlitlash orqali aniqlanadi.
=== Taqdimot 16 ===
O‘quv jarayoni tasdiqlangan o‘quv rejalari, akademik taqvim, professor-o‘qituvchilar shtatlari jadvali, akademik potok va guruhlar, darslar jadvali va talabalarning o‘qituvchi rahbarligidagi mustaqil ishlari asosida tashkil qilinadi.
2. O‘quv jarayonini tashkil etish
Kredit modul ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv yurti o‘z talabalariga Davlat ta’lim standartlari va malaka talablari doirasida mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirishlari hamda o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlab akademik daraja olishlari uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratishi lozim. Bunda oliy o‘quv yurti o‘quv jarayonining uslubiy ta’minoti uchun mas’ul hisoblanadi.
=== Taqdimot 17 ===
Shu maqsadda quyidagilar ishlab chiqiladi:
har bir talaba uchun ma’lumotnoma-yo‘riqnoma;
har bir fan bo‘yicha sillabuslar;
01
02
03
fanlar bo‘yicha auditoriya mashg‘ulotlari uchun o‘quv materiallari;
04
talabalarning o‘qituvchi rahbarligidagi mustaqil ta’limi uchun materiallar;
05
bilimlarni tekshirish uchun materiallar;
06
malakaviy amaliyotlarda qo‘llaniladigan materiallar;
07
talabalarning mustaqil ishi uchun materiallar.
=== Taqdimot 18 ===
1. O‘qishga yangi kirgan talaba o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin avgust oyida dekanatdan 1-kurs uchun ishchi o‘quv rejasini oladi. Edvayzer bilan maslahatlashib fanlarni tanlab olgach u o‘qishning birinchi haftasi davomida o‘zi tanlagan fanlarga yoziladi, o‘zining akademik yil uchun shaxsiy o‘quv rejasini shakllantiradi.
2. Kuzgi semestrning noyabr va bahorgi semestrning aprel oyining birinchi haftasida talabalar keyingi semestr uchun fanlarni tanlashadi va shaxsiy ish rejalariga tuzatish kiritishadi. Tuzatish kiritilgan shaxsiy o‘quv reja talaba tomonidan imzolanadi va RO ga topshiriladi.
Registrator ofisi (RO) tomonidan talabalarni fanlarga yozish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
=== Taqdimot 19 ===
4. Agar biror tanlov faniga belgilanganidan kam miqdordagi talabalar yozilgan bo‘lsa, bu fan ochilmaydi va u ishchi o‘quv rejasiga kiritilmaydi.
3. RO dekanatlar bilan kelishgan holda fanlar bo‘yicha o‘qiydigan talabalarning eng kam sonini, har bir o‘qituvchi uchun esa – akademik potokda (guruhda) o‘qiydigan talabalarning maksimal sonini belgilaydi.
=== Taqdimot 20 ===
5. Agar fanga yozilgan talabalar soni belgilangan chegaradan oshib ketadigan bo‘lsa, dekanat ikkinchi akademik potokni shakllantiradi va o‘z xohishi bo‘yicha tegishli malakaga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni tayinlaydi.
6. O‘quv yilini yoki o‘quv semestrini muvaffaqiyatli yakunlagan talaba belgilangan vaqtda RO ga o‘zining shaxsiy ish rejasini topshirmagan bo‘lsa, unga kurs bo‘yicha tasdiqlangan ishchi o‘quv rejasi asos qilib olinadi.
=== Taqdimot 21 ===
Talaba shaxsiy ta’lim traektoriyasini shakllantirishida va tanlov fanlariga yozilishida, ushbu fanga asos bo‘ladigan fanlarni o‘qiganligi hisobga olinadi, aks holda talaba bu fanni tanlash huquqiga ega bo‘lmaydi. Talaba o‘zi tanlayotgan fan kelgusida qaysi fanlar uchun asos bo‘lishini bilishi ham juda muhim.
Yozgi semestr kredit ta’lim tizimi sharoitida o‘quv rejasining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. U talabaning tashabbusi bilan qo‘shimcha bilim olish, akademik qarzlarni topshirish, ta’lim dasturidagi farqlarni yo‘qotish maqsadida pullik asosda tashkil qilinadi.
=== Taqdimot 22 ===
=== Taqdimot 23 ===
Yozgi semestr quyidagi reglament asosida tashkil qilinadi:
talaba yozgi semestr boshlanishigacha RO ga o‘zining yozgi semestrda o‘qishi sabablarini va qiziqishlarini ko‘rsatib ariza bilan murojaat qiladi;
RO talabalarning arizalarini ko‘rib chiqadi;
RO bahorgi sessiya yakunida talabalarni yozgi semestrga qabul qilish haqida qaror chiqaradi; RO yozgi semestr uchun dars jadvalini yozgi semestrga jalb qilingan lektor va tyutorlarning bo‘sh vaqtiga qarab tuzadi;
yozgi semestr amaldagi baholash tizimi va talabalarning mustaqil baholanishi tamoyiliga ko‘ra tashkil qilinadi;
Yo‘nalish va mutaxassisliklar o‘quv rejalari fanlari bo‘yicha yozgi semestrda o‘zlashtirilgan imtihon natijalari keyingi o‘quv yili uchun GPA darajasini belgilaydi.
=== Taqdimot 24 ===
darsga tayyorlanish
forum
nazorat ishiga tayyorlanish
Talabaning mobil qurilmasi orqali amalga
oshiriladigan mustaqil ish turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
axborot izlash
ko‘p so‘raladigan savollar
test yechish
=== Taqdimot 25 ===
An’anaviy shakldagi o‘qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishlari:
=== Taqdimot 26 ===
Elektron shakldagi O‘RTMI lar:
Link – internet havolasini ochib unda keltirilgan video yoki matn shaklidagi materialni belgilangan hajmda izohlash;
Chart – jadval, diagramma va sxemalarni cheklangan hajmda tahlil qilish;
Q/A – masofaviy ta’lim platformasida o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga belgilangan hajmda yozma javob berish;
Review – taqdim qilingan manbaga annotatsiya yozish;
=== Taqdimot 27 ===
Elektron shakldagi O‘RTMI lar:
SWOT – talaba biror tushunchani cheklangan hajmda SWOT-tahlil qiladi;
Interview – muammoni tadqiq qilish bo‘yicha suhbat uyushtirish va uni masofaviy ta’lim platformasiga yuklash;
Dayjest – berilgan mavzu bo‘yicha internet-havolalar to‘plamini keltirish, kartoteka tuzish va ularni qisqa izohlash.
=== Taqdimot 28 ===
3.Talabalarning bilimini nazorat qilishni tashkil etish
=== Taqdimot 29 ===
=== Taqdimot 30 ===
01
02
05
06
04
03
Fanni o‘rganishda talabalar bilimni tekshirish bo‘yicha turli shakldagi joriy nazoratlar ko‘zda tutilishi mumkin:
uy ishlarini himoya qilish
og‘zaki so‘rov
yozma ish
kurs ishini bajarish
bahs-munozaralar
testlar
=== Taqdimot 31 ===
Reyting nazoratlaridan keyingi 3 kun mobaynida talabalar apellyatsiya berish huquqiga ega. Birinchi va ikkinchi oraliq nazorat natijalari bo‘yicha 50% dan kam natija ko‘rsatgan, shuningdek, ularda uzrli sabab bilan ishtirok etmagan talabalar imtihon sessiyasi o‘tkazilgunga qadar oraliq nazoratni yakka tartibda topshirishlari mumkin.
Barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazorat – imtihonlar o‘tkaziladi. Imtihon yozma, og‘zaki, kompyuterda test va boshqa zamonaviy, shaffof va adolatli shakllarida tashkil etilishi mumkin. Mantiqiy bog‘liq bo‘lgan 2- 3 fandan kompleks imtihonlar o‘tkazilishi mumkin.
=== Taqdimot 32 ===
Yozgi imtihon sessiyasi o‘tkazuvchi xarakterga ega hisoblanadi va keyingi kursga o‘tish uchun sessiyani ijobiy baholarga topshirish yetarli bo‘lmaydi. Kursdan kursga o‘tkazuvchi o‘rtacha GPA (Grate Point Average) bali oliy o‘quv yurti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. GPA ning qiymati ikkinchi kursga o‘tish uchun – kamida 2,0, uchinchi kursga – kamida 2,25- 2,5, to‘rtinchi kursga – kamida 2,5-3,0 bo‘lishi tavsiya etiladi.
Agar talaba imtihonda qoniqarsiz baho (F) olsa, hisob amalga oshirilmaydi va qaydnomaga F yoziladi.
=== Taqdimot 33 ===
RO talabani keyingi kursga o‘tkazishni amalga oshiradi. Agar talaba belgilangan darajadan kam GPA olsa, u kursda qoldiriladi va shaxsiy o‘quv rejasini keyingi yil oxirigacha yetkazish yoki belgilangan tartibda yangi shaxsiy o‘quv rejasini shakllantirish huquqiga ega bo‘ladi.
=== Taqdimot 34 ===
Bitiruvchi kursda o‘tkaziladigan Yakuniy davlat attestatsiyasiga belgilangan miqdordagi GPA kreditlarini to‘plagan va o‘quv rejasini to‘liq hajmda o‘zlashtirgan talabalar kiritiladi.
Imtiyozli akademik daraja berish uchun bitiruvchi 3,75 dan kam bo‘lmagan GPA balini olgan bo‘lishi va yakuniy davlat attestatsiyasini “A”, “A–“ baholariga topshirgan
bo‘lishi kerak.
=== Taqdimot 35 ===
E‘TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“KREDIT MODUL TIZIMIDA O‘QUV JARAYONINI TASHKIL QILISH” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar