Ko‘p yillik tayyorgarlik va sport formasi
8000 so'm

Slayd 1
Ko‘p yillik tayyorgarlikni davom etishi va uni aniqlovchi omillar.
Slayd 2
Reja:
Ko‘p yillik tayyorgarlikni davom etishi va uni aniqlovchi omillar
Sport formasi taraqqiyotining fazoliligi mashg‘ulotni davrlashning tabiiy asosi ekanligi
Sport formasini vaqtincha yo‘qotish fazasi
Slayd 3
Ko‘p yillik tayyorgarlikni davom etishi va uni aniqlovchi omillar
Ko‘p yillik tayyorgarlikning tuzilishi vaqti ko‘pgina faktorlarga;
sportning yo‘nalishiga;
sportchining rivojlanish individualligiga;
mashg‘ulot jarayonini xususiyatlariga bog‘liq.
Ko‘p yillik tayyorgarlikni rejalashtirish yuqori sport natijalarini ko‘rsata oladigan chegaralariga qarab ham aniqlanadi va davom etishi turili maxsus xususiyatlariga qarab rivojlanadi.
Ko‘pincha yuqori sport natijasini 3 ta zonasi bilan ajratiladi:
1-Zona birinchi katta yutuqlar.
2-Zona optimal imkoniyatlar.
3-Zona yuqori natijalarni ushlab turish.
Slayd 4
Sport turi
Mashqlar
1
2
3
E
A
E
A
E
A
Suzish
100-400
17-18
14-16
19-22
17-20
22-25
21-23
800-1500
15-17
13-15
18-20
24-25
21-23
26-27
Itqitish uloqtirish
Yadro disk kapyo
22-23
18-20
24-25
21-23
26-27
24-25
23-23
18-21
25-26
22-24
22-28
25-26
24-25
20-22
26-27
23-24
28-29
25-26
Velosport
Trek shosse
17-20
16-24
21-24
20-23
25-29
24-27
17-18
—-
20-24
—-
25-28
—-
Har-xil sport turlarida yuqori sport natijalarini ko‘rsatishning chegaralari.
Slayd 5
Ko‘pgina sport turlarida ko‘rsatadigan yuqori ko‘rsatkichlar chegaralariga qarab barqarordir. Chunki bu chegaralarga ta’sirli darajada saralash tizimi va mashg‘ulot hamda sport mashg‘ulotlarini boshqa omillarga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmaydi. Masalan: 1960-1980 y Olimpiada o‘yinlarida qatnashgan sportchilarni o‘rtacha yoshi.
Akademik qayiqlarda 25,3 – 25,4.
Suzish finalida qatnashgan 17,2 – 17,5 yoshda ayollar.
19,4 – 20 Erkaklar.
Kichikroq musobaqalarda, yuqori natija ko‘rsatuvchi sportchilar ko‘pincha yoshi bo‘yicha ko‘rinishlari kichikroq tayyorlanish elementlariga bog‘liqdir.
Shuning uchun sportchini tayyorlashni rejalashtirayotgan murabbiy, optimal natija ko‘rsatadigan yoshga e’tibor berishi shart.
Slayd 6
Mashg‘ulotlarni tezroq va oddiy yo‘l bilan o‘z shogirdlarini musobaqada muvaffaqiyatli qatnashtirishga erishish, amaliyotda yosh sportchilar bilan yuqori klassifikatsiyali sportchilar uchun vosita va metodlardan foydalanishga olib keladi bu esa o‘z vaqtida kelgusidagi natijalarni optimal yoshda ko‘rsatishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Makrosikl davomidagi mashg‘ulot jarayonini ma’lum davrlarga bo‘lib tuziladi. Boshqacha qilib aytganda, ayrim sport turlarida dastur, musobaqa qoidalari, musobaqalar soni va xalqaro musobaqalarni ko‘payishi mashg‘ulot tuzilishi va mazmunining barcha elementlariga-yo‘nalishiga, vositalariga, uslublariga, umumiy va maxsus tayyorgarlik nisbatlariga, yuklamalar dinamikasiga va hokazolarga qanday bo‘lmasin ta’sir etadigan qonuniy suratdagi davriy o‘zgarishlarga olib keladi.
Slayd 7
Sport formasi ko‘p jihatlidir. Maxsus ma’lumotlarni umumlashtirib, unga xos bo‘lgan belgilar kompleksini ko‘rsatish mumkin.
Fiziologik nuqtai nazardan sport formasiga quyidagilar xosdir:
Sport formasida bo‘lmagan paytda mumkin bo‘lmagan yuksak funksional darajada spesifik muskul ishini bajara olish qobiliyati, ya’ni sport formasi davrida organizm eng yuksak funksional darajaga ega bo‘ladi;
Sport formasi taraqqiyotining fazoliligi mashg‘ulotni davrlashning tabiiy asosi ekanligi
Slayd 8
Yuksak safarbarlik, ya’ni organizmning harakat faoliyati jarayoniga tezroq kirishib keta olishi va bir ishdan ikkinchi ishga tezroq o‘ta oladigan qobiliyatning mukammalroqligi, tiklanish jarayonlarining tezroq o‘tishi, sport formasi davrida ish samaraliroq bajarilishi bilan bir qatorda charchash holatidan keyin ish qobiliyati tezroq tiklanadigan bo‘ladi.
Slayd 9
Sport formasi haqida psixologik tasavvurlar hozircha to‘la va etarli darajada konkret emas. Shunday bo‘lsada quyidagi belgilarni ko‘rsatish mumkin.
Tanlangan sport faoliyati sharoitlari bilan bog‘liq maxsus idrok etish qobiliyatining yaxshilanishi suzuvchilarda «suvni his etish» va hokazo);
Harakatlarni ongli ravishda boshqarish (harakat malakalarini maqsadga muvofiq ravishda avtomatlashtirish asosida) va sport taktika tafakkurining ijodiy namoyon bo‘lish imkoniyatlarining yuksalishi;
Slayd 10
Musobaqalashishga va yutuqlarga erishishga qaratilgan alohida emosional kayfiyat, sport formasi kuch quvvatiga qat’iy ishonishga asoslanib, eng zo‘r jasorat ko‘rsatish mumkin bo‘lgan davr.
Slayd 11
Sport formasi pedagogik nuqtai nazardan qaraganda sportchining yutuqqa erishishga optimal tayyor ekani hamma tomonlarining – psixik, jismoniy, sport – texnik va taktik jihatdan tayyor ekanining – garmonik birligidan iboratdir.
Slayd 12
Ana shu komponentlarning barchasi mavjud bo‘lsagina sportchi formada hisoblanadi. Sportchining jismoniy sifatlari qanchalik yuksak taraqqiy etgan bo‘lmasin, uning texnikasi va taktikasi qanchalik takomillashgan bo‘lmasin, agar u jiddiy musobaqaga psixik jihatdan tayyor bo‘lmasa, agar unda shu maqsadga qaratilgan tirishqoqlik yoki boshqa iroda sifatlari bo‘lmasa, u hech qachon yuksak natija ko‘rsata olmaydi. Xuddi shu gaplar sport formasining boshqa barcha tomonlariga ham taaluqlidir.
Slayd 13
Sport formasini baholash uchun xilma-xil uslublardan foylanadilar. Shulardan asosiylarini shartli ravishda pedagogik va tibbiy fiziologik uslublarga bo‘lish mumkin.
Pedagogik uslublar sportchining sifatlari, malakalari va mahoratlarini umumlashtirib baholash asosida uning tayyorgarlik darajasini aniqlaydi. Bunda sport musobaqalaridagi, ya’ni sport formasini baholashda hisobga olinishi kerak bo‘lgan real sport kurashi sharoitidagi sport natijalari eng umumiy mezon bo‘ladi. Bunday natijada sportchi tayyorgarlik darajasini barcha tomonlari xuddi ko‘zguda ko‘rilgandek ravshan aks etadi
Slayd 14
Sport formasini baholashning tibbiy-fiziologik uslublari organizmning harakat faoliyatini amalga oshiradigan hamda ta’min etadigan eng muhim tizimlari ish qobiliyatni aniqlashga qaratilgan. Buning uchun, jumladan, standart va maksimal spesifik yuklamalar bilan funksional sinovlardan foydalaniladi Ham pedagogik, ham tibbiy-fiziologik ma’lumotlardan kompleks foydalanilgandagina sport formasiga to‘liq tavsif berish mumkin bo‘ladi. Bunda ayniqsa, tibbiy-fizilogik ma’lumotlar nihoyatda muhimdir. Biroq, sport formasini aniqlashda hal qiluvchi so‘z shubhasiz murabbiyda qoladi.
Slayd 15
Tadqiqotlar sport formasining taraqqiyot jarayoni fazali xarakterga ega ekanini ko‘rsatadi. Bu jarayon uch fazadan-formaga kirish, uni saqlash va sport formasini vaqtincha yo‘qotishdan iborat bo‘ladi.
Sport formasiga kirish fazasi sport formasi uchun zarur sharoit shakllanishi va taraqqiy etishidan hamda sport formasi bevosita tashkil topishdan iborat bo‘ladi.
Slayd 16
Sport formasini fazasi sportda yutishga optimal (mazkur sikl uchun) tayyor ekanlikni saqlab borish bilan xarakterlanadi. Sport formasi davrida tub o‘zgarishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chunki ular sport formasini yo‘qotishga olib kelgan bo‘lar edi. Biroq, bu bundan oldingi konstruktiv fazada qo‘lga kiritilgan imkoniyatlar va bu erda faqat ekspluatatsiya qilinadi, degan ma’noni bildirmaydi. Sport formasini saqlash fonida sport yutuqlariga erishish bevosita bog‘liq bo‘lgan hamma narsalarning yanada rivojlanishi davom etadi. Shuning uchun natijalar o‘sa boradi, biroq, bu o‘sish mazkur sport formasi darajasidan chiqmaydi.
Slayd 17
Sport formasini vaqtincha yo‘qotish fazasi
Sport formasini vaqtincha yo‘qotish fazasida mashq bilan chiniqqanlikni ma’lum tomonlari pasayadi, sport formasining ayrim elementlarini birlashtirib turgan aloqalar so‘na boradi va organizm boshqacha darajada ishlashga o‘ta boradi. Sport formasining yo‘qotilishi organizm xayotiy funksiyalarining tushkunligi emas. Umumiy rejim va mashg‘ulot rasional tashkil etilsa, odatdagi xayot faoliyati saqlanadi va yanada yaxshilanadi-bu maxsus tadqiqotlarda tasdiqlangan.
Slayd 18
Shunday qilib, sport formasini saqlab turish ko‘pgina tashqi hamda ichki qiyinchiliklar bilan bog‘lik. Agar sport formasini haddan tashqari uzoq muddat saqlab turishga harakat qilinsa, ular ortiqchalik qilib ketishi va unda ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Biroq, aslini olganda, bunday qilish uchun hech qanday zarurat ham yo‘q. Aksincha, formaga bir kirib olgancha uni o‘zgartirmaslik yangi forma rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan ya’ni bundan keyingi jarayon yo‘lida tormozlik qilgan bo‘lur edi. Demak, sport formasining vaqtincha yo‘qotilishi fazasi, sport takomili jarayonidagi alohida fazadir.
Slayd 19
Shunday qilib, sport bilan shug‘ullanish jarayonida sportchi hamisha formada bo‘la olmaydi. U vaqt-vaqti bilan sport formasiga kirib, uni ozmi-ko‘pmi saqlab turadi va so‘ngra vaqtincha yo‘qotadi. Ma’lum sharoitlarda bu fazalar tobora yuksak, asosda muntazam suratda qayta-qayta almashinib turadi. Murabbiy bilan sportchi agar ular ishning muvaffaqiyatli bo‘lishini istasalar, yuqorida sanab o‘tilgan fazalarni «bekor» qila olmaydilar. Biroq, sport formasini rivojlantirishning ob’ektiv qonunlarini bilib olgach, bu jarayonni boshqarish mumkin. Sport formasining tashkil topishi, saqlab turilishi va vaqtincha yo‘qotilishi nihoyatda aniq, mashg‘ulotlar ta’siri natijasida ro‘y beradi.
Slayd 20
Sport formasi taraqqiyoti fazasi va ularning xarakteri.
Sport formasining taraqqiyot fazasiga qarab ularning xarakteri o‘zgarib turadi. Shunga muvofiq mashg‘ulot jarayoni uch davrga bo‘linadi:
Sport formasiga kira borish uchun zarur sabab va sharoitlar yaratiladigan davr (fundamental davri);
Slayd 21
Sport formasini saqlab turiladigan va uni sport yutuqlariga aylantiradigan davr (shaxsiy musobaqalar davri);
Zaruriyat tufayli sportchiga faol dam olishga imkon beriladigan davr. Bu davr mashg‘ulotning kumulyativ effekti o‘ta mashq bilan chiniqqanlik o‘tib ketishi oldini oladi va shu bilan birga sport takomilining ikki bosqichi o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlaydi (o‘tish davri).
Slayd 22
Bu davrlar faqat sportchi biologik sabablar bilan hamisha sport formasida bo‘la olmasligi uchungina emas, balki mashg‘ulotlarning tuzulishi va mazmunini muntazam o‘zgartirib turish-sportda kamolotga erishishning zarur ob’ektiv sharti bo‘lgani uchun ham paydo bo‘ladi. Mashg‘ulot davrlari bilan sport formasining rivojlanish fazalari o‘rtasidagi mustahkam aloqani ta’kidlash bilan birga, ularni aslo bir-biriga tenglashtirmaslik kerak. Sport formasining rivojlanish fazalari-bu biologik asosdagi jarayonning birin-ketin keladigan momentlari (stadiyalardir; ular sportchi organizmida mashg‘ulotning va boshqa omillarning ta’siri ostida ro‘y beradigan fiziologik, bioximik va morfologik o‘zgarishlarning bosqichlaridir.
Slayd 23
Mashg‘ulot davrlari esa, o‘z mohiyati jixatidan pedagogik jarayonning birin-ketin keladigan stadiyalaridir; ular sportchining o‘sishiga maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatadigan ma’lum vosita va metodlardan unumli foydalanish bilan xarakterlanadi. Demak, mashg‘ulot davrlari-sport formasini rivojlantirishni boshqarish jarayonining birin-ketin keladigan stadiyalaridir.
Mashg‘ulot siklidagi davrlarning miqdori va davomiyligi aslida sport formasini o‘stirish fazalarining miqdori va davomiyligi mos kelishi kerak. Biroq hamisha shunday bo‘lavermaydi. Bunga ikkinchi darajali narsalar sabab bo‘lishi mumkin. Boshqa xodisalar bo‘lishi ham mumkin.
Slayd 24
Biroq bunda o‘zboshimchalik bo‘lmasligi kerak. Bu fazalarni cheksiz suratda uzaytirish ham, bexad qisqartirish ham mumkin emas, chunki ularning muddatlari ko‘p jihatdan organizm rivojlanishi ichki qonuniyatlari bilan belgilanadi va bir qator konkret sharoitlarga (sportchining oldindan tayyorlik darajasiga, sport turlarinint xususiyatlariga va hokazolarga) bog‘liq bo‘ladi fundamental davri aslida sport formasiga kirish uchun mazkur konkret sharoitda zarur bo‘lgan vaqtdan qisqa bo‘lishi mumkin emas. Musobaqa davri sport formasini keyingi progreesga xalal bermagan holda saqlab turish imkoniyatlari yo‘l qo‘yganidan uzun bo‘lishi mumkin emas. O‘tish davrining muddatlari birinchi galda avvalgi yuklamalarning jamlangan miqdori hamda kuch-quvvatni tiklab olish jarayonining qancha davom etishiga bog‘liq.
Slayd 25
Mashg‘ulot siklining umumiy uzunligini ko‘pincha taqvim yili bilan belgilaydilar. Tajriba va maxsus tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ko‘p hollarda sport natijalarini o‘stirishni ta’minlash uchun mazkur muddat to‘la yetarlidir. Shu bilan birga sportning ayrim turlarida (og‘ir atletika, yengil atletikaning tezkor-kuchlilik turlarida, suzishdagi, spirinter masofalarida va aftidan, sportining shu xarakterdagi boshqa turlarida ham) sport formasini faqat bir yilda emas, hatto yarim yilda ham yangilash mumkinligi aniqlangan. Sportning bunday turlari uchun bir yillik hamda yarim yillik (yoki «ikkilangan») mashg‘ulot sikllaridan, ularni ma’lum tartibda bir-biri bilan almashtirib, foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Slayd 26
Har jihatdan qaraganda, yarim yillikdan kam bo‘lgan sikllar sport formasini yangilash uchun doimiy asos bo‘la olmaydi. Bir yillikdan ortiq; muddatli sikllar ba’zi xolarda ma’qulroq, bo‘lib chiqishi xam mumkin.
Malakali sportchilar uchun davrlarning tahminan quyidagi muddatlarini belgilash mumkin:
Fundamental davri 3,5-4 oydan (bu yarim yillik va «ikkilangan» mashg‘ulot sikllari uchun xarakterlidir) 5-7 oygacha (bir yillik sikllarda);
Musobaqalar davri – 1,5-2 oydan (yarim yillik va «ikkilangan» siklda) 4-5 oygacha (bir yillik siklda); o‘tish davri 3-4 haftadan (yarim yillik siklda) 6 xaftagacha (bir yillik va «ikkilangan» sikllarda). Aftidan, juda ko‘p sport turlari uchun davrlarning ratsional muddatlari ana shu chegaralarda bo‘lishi mumkin.
Slayd 27
Bunda sportning bir xil turlari uchun ko‘rsatilgan’ muddatlarning to‘la diapazoni, boshqa turlari uchun esa faqat ayrim muddatlargina to‘g‘ri keladi.
Mashg‘ulot davrlarining uzunligi sport bilan ko‘p yillar davomida shug‘ullanish jarayonida o‘zgarmas bo‘lib qolmaydi. Shuning uchun yuqorida keltirilgan raqamlar barchaga baravar to‘g‘ri kelavermaydi. Ular asosan nisbatan yaxshi mashq, ko‘rgan, shakllanib bo‘lgan, o‘sa borayotgan sportchilarga taalluqlidir. Mashq bilan chiniqqanlik qancha kam va mashg‘ulotda qo‘llaniladigan-yuklamalar darajasi qancha past bo‘lsa, muddatlardagi farq ham shuncha ko‘p bo‘ladi.
Slayd 28
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 29
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Jismoniy sifatlar va ularni rivojlantirish mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Harakat faoliyatining shakllari va turlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim





Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.