KALENDAR VA ULARNING TURLARI. SHARQ MAMLAKATLARI KALENDARLARI. QADIMGI RIM, YUNONISTON KALENDARLARI. YULIY SEZARNING KALENDAR ISLOHOTI. GRIGORIY KALENDARI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
KALENDAR VA ULARNING TURLARI. SHARQ MAMLAKATLARI KALENDARLARI. QADIMGI RIM, YUNONISTON KALENDARLARI. YULIY SEZARNING KALENDAR ISLOHOTI. GRIGORIY KALENDARI
=== Taqdimot 2 ===
1. “Kalendar” atamasining paydo bo‘lishi. Zamonaviy kalendarlar.
2. Kalendarlar va ularning turlari. Quyosh, Oy, Oy, Quyosh kalendarlari.
3. Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy kalendarlari.
4. Qadimgi Grek va Rimda kalendarlar. Yulian kalendari
5. Milodiy yil hisobi.
6. Rim papasi Grigorian XIII ning kalendar islohoti.
REJA:
=== Taqdimot 3 ===
“KALENDAR” ATAMASINING PAYDO BO‘LISHI
Bu 3 tushuncha 3 xil astronomik hodisa —Yerning Quyosh atrofida aylanishi, Oyning Yer atrofida aylanishi va Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi bilan bog‘liq. Bu masala turli xalqlarda turli usulda hal etilgan va shu tarzda quyosh kalendari (Shamsiy taqvim), oy kalendar (qamariy taqvim) hamda oy-quyosh kalendar (Shamsiyqamariy taqvim) ishlab chiqilgan.
Kalendar – lotincha “kalendarium” so‘zidan olingan bo‘lib, qarz kitobi ma’nosini anglatadi. Kalendarda taqvimi — yil, oy, hafta va kunlar hisoblashni yuritish tizimi. Kalendar hisobining asosiy birligi — yil. Yil esa oylarga, oylar esa kunlarga bo‘lingan.
=== Taqdimot 4 ===
ZAMONAVIY KALENDARLAR
Hozirda Iso payg‘ambar tug‘ilgan yil yangi yil hisobi uchun asos qilib olingan. Iso tug‘ilgan avvalgi yillarni “miloddan avval”, undan keyingi yillarni “milodimizning” deb beramiz.
Tarixda yil hisobi qanday yuritiladi. Misol keltiramiz! Insonlar miloddan avvalgi VIII ming yillikdan beri dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelmoqdalar. Hozir esa 2007-yil. Shunday ekan, dehqonchilik paydo bo‘lganiga qancha bo‘ldi. Buni aniqlash uchun miloddan avvalgi o‘tgan 8 ming yilga, milodning 2 ming yilini qo‘shamiz. Demak, dehqonchilik paydo bo‘lganiga 10 ming yil bo‘lgan.
=== Taqdimot 5 ===
MUSULMONLAR HIJRIY YIL HISOBI
Milodning 622-yilida (16-iyun) Muhammad payg‘ambar (SAV) Makka shahridan Madinaga ko‘chgan. Hijriy yil hisobining o‘zi ikkiga – hijriy qamariya (oy) va hijriy shamsiya (quyosh)ga bo‘linadi. Qamariya oy yili bo‘yicha yil hisobi milodning 622-yil 16-iyunidan boshlangan. Shu sana musulmon olamida
1 – yilning boshlanishi deb qabul qilingan. Hijriy yil 12 oydan iborat. Biroq,
bu yil hisobida 1 oy 29,5 kundan, 1 yil esa, 354 kundan iborat. (biz amal qilayotgan yil hisobi esa 365-366 kundan iborat). Hijriy yil hisobida toq oylar
30 kun, juft oylar 29 kundan iborat. Biz amal qilayotgan yil hisobi bo‘yicha farqlar 10-12 kunni tashkil qiladi.
=== Taqdimot 6 ===
KALENDARLAR VA ULARNING TURLARI. QUYOSH, OY, OY, QUYOSH KALENDARLARI
Kalendar yili tropik yildan qisqaroq bo‘lsa, biz o‘lchayotgan vaqt oralig‘ida ortiqcha vaqt qoladi. Shunday qilib, kalendar yili tropik yildan qisqa bo‘lsa, yil fasllari kalendar yilining keyingi kunlariga surila boradi. Bunday surilish 60 yilda fasllar 15 sutkaga, 120 yilda bir oyga kech qolgan bo‘lardi, 720 yilda esa xato olti oyga yetib, martda kuz, sentyabrda bahor bo‘lardi.
=== Taqdimot 7 ===
Quyosh o‘zining ko‘rinma harakati bo‘yicha bahorgi teng kunlik nuqtasidan o‘tishi uchun ketgan vaqt tropik yil deb ataladi. Uning davomiyligi 365 sutka 5 minut 46 sekundga teng. Insoniyat tomonidan qo‘llanib kelingan kalendarlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin. Bular Quyosh va Oy hisoblaridagi kalendarlardir. Kalendarlarni mukammallashtirish uchun Oy-Quyosh kalendaridan ham foydalanganlar. Dastlabki Misr Quyosh kalendari miloddan avvalgi 3 ming yillikda yaratiladi. Misr kalendarida bir yilning uzunligi 365 sutkaga teng bo‘lgan. Bir yil esa o‘n ikkita 30 kunlik oylarga va qo‘shimcha yana besh kundan iborat bo‘lgan.
=== Taqdimot 8 ===
Oy kalendari. Yuliy Sezar Misr Quyosh kalendarini o‘rganib chiqadi va Rim Oy-Quyosh kalendarini yangi Quyosh kalendari bilan o‘zgartiradi. Quyoshning harakatini kuzatishdan ko‘ra, Oyni kuzatish osonroq. Oyning ko‘rinishi shakllari kun sayin o‘zgarib turadi. Qadimdan insonlar Oy shakllarini o‘zgarib turishiga nazar solganlar. Oyning Yer atrofidagi harakatlanishi davrida Quyoshga nisbatan egallaydigan vaziyatlari Oy fazalari deyiladi.
=== Taqdimot 9 ===
Har oyda Oy taxminan Yer bilan Quyosh orasidan o‘tadi va Yerga o‘zining qorong‘i tomoni bilan turadi. Bunga astronomik yangi oy deyiladi.
Bir-ikki kundan so‘ng Oy ingichka o‘roq shaklida ko‘rinadi, bu xalq tilida hilol yoki yangi oy deyiladi.
22-sutkada faqat qabariq tomoni sharqqa qaragan yarim doira shaklida ko‘rinadi. Buni Oyning oxirgi chorak fazasi deyiladi.
Taxminan 14-15 kunlik Oy Quyoshga qarama-qarshi turib, yerga to’liq ko’rinadi, bu fazasi To‘linoy deb ataladi.
Yetti kundan keyin “kulcha” ko‘rinib, Oyning bu fazasi birinchi chorak deyiladi.
=== Taqdimot 10 ===
Dehqonchilik xo‘jaligining rivojlanishi natijasida ekish, hosilni yig‘ishtirib olish uchun aniq vaqt hisobi zarur ediki, bu narsa Oy fazalarining o‘zgarishi va Quyoshning harakati bilan bog‘liq edi. Shuning uchun ham Oy-Quyosh kalendarlari tuzila boshlandi. Hozirgi kunga kelib Quyosh kalendari jahonda xalqaro kalendar sifatida tan olingan.
OY-QUYOSH KALENDARI
=== Taqdimot 11 ===
MISR KALENDARLARI
Misr Quyosh kalendarining vatani hisoblanadi. Misr kohinlari Quyoshning yozgi tik turish davrida, 21 yoki 22-iyun – yoz kechasining eng qisqa kuni sahar paytida koinotda eng yorug‘ yulduz Sirius (Katta It turkumida)ning geliakik chiqishi (birinchi ko‘rinishi)ni va shu davrda ular Siriusning tong oldi chiqishi davrida Nil daryosi toshgan. Qadimgi misrliklar tabiatning shu uch hodisasiga (Quyoshning yozgi tik turishi, Siriusning chiqishi va Nilning toshqini) ko‘ra yilni hisoblaganlar.
=== Taqdimot 12 ===
Misr kalendari
Misr kalendarida bir yil 365 sutkaga (tropik yildan 0,25 sutka qisqa) teng edi. Bu kalendarda dastlab yil oylarga bo‘linmagan. U uchta mavsumdan iborat bo‘lgan. Bular “suv toshqini” (Nil toshqini), “hosil” (qishloq xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ullaniladigan davr), “yo‘qlik” (suvning kam vaqti, hosilni yig‘ish davri) mavsumlari deb atalgan. Birinchi mavsum Quyoshning yozgi tik turishdan oktyabrgacha, ikkinchi mavsum oktyabrdan-martgacha, uchinchisi martdan-iyungacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga olgan. Keyingi davrlarda oy tushunchasi paydo bo‘ldi va ular o‘n ikkitaga bo‘lindi. Har oy 30 kundan iborat, bir yil 360 kundan va besh qo‘shimcha kundan iborat bo‘lgan. Bu qo‘shimcha kunlarni yunonlar “enagamen” deb atadi.
=== Taqdimot 13 ===
Misr kalendari
1. Tot
2. Faofi
3. Atir
4. Xoyyak
5. Tibi
6. Mexir
7. Famenot
8. Farmuti
9. Paxon
10. Payni
11. Epifi
12. Mesori
O‘n ikkinchi oydan so‘ng “epagamenlar” birinchi kun-Osiris, ikkinchi kun-Gora, uchinchi-Seta, to‘rtinchi-Isida, beshinchi kun-Neftida deb atalgan. Ular yer xudosi Geb va osmon ma’budasi Nutning bolalari hisoblangan. Gerodot misrliklarda yil 12 oy va beshta qo‘shimcha kundan iboratligi to‘g‘risida ma’lumot beradi.
=== Taqdimot 14 ===
Mesopotamiya kalendarlari
Ikki daryo oralig‘idagi turli kalendarlarni bekor qilib, Ur shahri kalendarini butun Bobilda yagona rasmiy kalendar sifatida qabul qilindi. Bu kalendar dastlab Oy kalendari bo‘lib, har bir yildagi toq oylar o‘ttiz, juft oylar yigirma to‘qqiz kunlik o‘n ikkita oydan iborat edi.
Oy nomlari bobilliklarning turmush tarzi bilan bog‘liq edi. “Nisanu”-harakat qilmoq, qadam tashlamoq, “Ayru” – yorqin, yorug‘, “Abu” – adovat, “Tashritu” – boshlanish, “Tebetu” – loyqa, “Shabatu” – vayronagarchilik, “Addaru” – bulutli degan ma’nolarni bildirgan. Bobilliklar kalendardagi “baxtli” va «baxtsiz” kun tushunchasiga katta e’tibor bergan. Ularda dastlab besh, so‘ngra yetti kunlik haftalar bo‘lgan. Besh kunlik hafta “hamushtu” deb atalgan.
=== Taqdimot 15 ===
Hindiston kalendari
Hind taqvimlari Hindiston yarim orolida Vedik
davridan beri qo‘llanilib kelinmoqda va hanuzgacha hindular tomonidan butun dunyo bo‘ylab, ayniqsa hindlarning bayram kunlarini belgilashda foydalaniladi. Hindistondagi dastlabki buddist jamoalari qadimgi Vedik taqvimini, keyinroq Vikrami taqvimini, so‘ngra mahalliy buddistlar taqvimlarini qabul qildilar. Buddaviy bayramlar hanuzgacha oy tizimida o‘tkaziladi. Buddistlar taqvimi va Kambodja, Laos, Myanma, Shri-Lanka va Tailandning an’anaviy
oy taqvimi taqvimlari ham hind taqvimining eski versiyasiga asoslangan.
=== Taqdimot 16 ===
Hindistonda Quyosh, Oy, Oy-Quyosh kalendarlari ishlatilgan. Hindistonda eng ko‘p tarqalgan kalendarlardan biri Samvat kalendaridir. Bu Oy-Quyosh kalendari bo‘lib tropik yil va oylar asosida tuzilgan. Uni hindlar “adikmas” ataganlar. Shuningdek, kalendarda qo‘shimcha kunlar joriy etilgan va ular “titxi” deb atalgan. Bu kalendar erasi miloddan avvalgi 57-yildan hisoblangan. XVIII asrga kelib Hindistonda grigorian kalendari qo‘llanilgan. 1957-yilda Saka erasi – grigorian kalendariga asoslangan yagona milliy kalendar qabul qilingan.
=== Taqdimot 17 ===
XITOY KALENDARI
Xitoy kalendari haqida “Shuszin” kitobda ma’lumot berishicha,
Xitoy kohinlari Quyoshning qachon tutilishini oldindan ayta olgan. Miloddan avvalgi 360-yilda xitoyliklar birinchi yulduz katalogini tuzdi. Shan in sulolasi davrida yilning uzunligi 365 kun, oylar 29-30 kun 12 oyni tashkil qilgan. Vaqti-vaqti bilan qo‘shimcha oylar joriy qilingan. Xitoyda asosan Oy-Quyosh kalendaridan foydalanilgan. “Chjuan-yuyli” qadimgi kalendarlardan biri hisoblanadi.
Xitoyda Sin sulolasi davrida yigirma to‘rt mavsumga bo‘lingan qishloq
xo‘jaligi kalendari ishlab chiqilgan. Miloddan avvalgi 104-yilda kalendar islohoti o‘tkaziladi va “Tay-chu-li” keyinchalik “Santun” nomini olgan
kalendar yaratildi.
=== Taqdimot 18 ===
Xitoyda oltmish yillik davriy kalendari miloddan avvalgi 3-2 ming yillikda qabul qilingan. Bu kalendar boshqalaridan tuzilishi jihatidan butunlay farq qilib, unda yil bir davriylik (sikl)ni tashkil qiladi va u oltmish yildan iborat. Butun oltmish yil ikki “yer” va “fazoviy” tarmoqlarga bo‘linadi. Davriylikda beshta “fazoviy tarmoq” mavjud. Bular: daraxt (mu), olov (xo), yer (giu), metall ( szin’), suv (shuy) dir. Har bir fazoviy tarmoqlar ham ikkiga bo‘linadi.
=== Taqdimot 19 ===
Kalendarda o‘n ikkita yer tarmoqlari ham bo‘lib ular biror bir hayvon nomi bilan atalgan. Masalan: sichqon (szi), sigir (chou), yo‘lbars (in’), quyon (mao), ilon (chen’), ot (u), qo‘y (vey), maymun (shep), tovuq (yu), it (syuy), to‘ng‘iz (xay). Kalendarda oltmish yil davomida “yer tarmoqlar”i besh marta takrorlanadi, ammo oltmish yil davomida “fazoviy” va “yer” tarmoqlaridagi uyg‘unlik hech takrorlanmaydi. Bu kalendarning kelib chiqish tarixi: qadimda olam beshta – suv, olov, tuproq, metall va yog‘och kabi unsurlardan tashkil topgan deb hisoblab, ular ijobiy va salbiy xususiyatlarni mujassamlashtirgan.
=== Taqdimot 20 ===
Sharqiy Osiyo mamlakatlari “fazoviy tarmoq”, “yer tarmoqlar”i belgilaridan tashkil bo‘lgan yilni o‘z ichiga olgan siklik jadval kalendarini tuzganlar. Kalendar yili “fazoviy tarmoq”ning vertikal ustuni va “yer tarmog‘i”ning gorizontal yo‘li kesishgan katakda joylashib, qo‘shma “quyon-olov”, “maymun-metall” yoki “olov-suv” kabi nomlar bilan ataladigan bo‘lgan va aynan shu nomlarga mos ravishda, 60 yildan so‘nggina qaytarilgan 60 yillik siklga ega bo‘lgan bu kalendar hozirgi kunda Xitoy, Yaponiya, Koreya, Vyetnam va Mongoliyada qo‘llaniladi.
=== Taqdimot 21 ===
Yunon polislarida Oy – Quyosh kalendarlaridan foydalanilgan. Afina va Delfada yil hisobi yangi oyning chiqishi bilan boshlangan. Sparta, Rodos, Krit va Miletda yil kuzdagi tengkunlikdan boshlangan. Yunonlarda oylarning nomlanishi alohida e’tiborli bayramlar va aynan fasllar almashinuvi bilan bog‘liq bo‘lgan. Yunonlarda qishloq xo‘jaligi ishlari ham yulduzlarni kuzatuv asosida olib borilgan.
YUNON KALENDARI
=== Taqdimot 22 ===
Ikkinchi oy – aprilis – lotincha “aprire”- “namoyon bo‘lmoq”, “ochmoq” ma’nolarini bildiradi. Bu oyda hamma daraxt va o‘simliklar ochilib gullay boshlagan.
Uchinchi oy mayus – xudo Merkuriyning onasi yer ma’budasi Maya nomi sharafiga qo‘yilgan.
To‘rtinchi oy yunius – Yupiterning rafiqasi, osmon ma’budasi, ayollarning himoyachisi Yunona sharafiga qo‘yilgan.
Yil bahorgi tengkunlikdan boshlangan. “Romul yilini” astronomik yiliga tenglashtirish maqsadida 10 oyning oxiriga qo‘shimcha kunlarni qo‘shganlar. Yilning birinchi oyi martius – ilgari chorvachilik va dehqonchilik, keyinchalik esa urush xudosi Marsga atab qo‘yilgan.
QADIMGI RIM KALENDARLARI
=== Taqdimot 23 ===
Beshinchi oy – kvintilis (lotincha beshinchi)– imperator Yuliy Sezar sharafiga yulius deb qo‘yilgan.
Oltinchi oy – sekstilis (lotincha oltinchi) – imperator Oktavian Avgust (muqaddas kishi) nomi bilan atalgan.
Yettinchi oy – september (lotincha yettinchi),
Sakkizinchi oy – oktober (lotincha sakkizinchi),
To‘qqizinchi – november (lotincha to‘qqizinchi),
O‘ninchi oy – detsember (lotincha o‘ninchi) degan ma’noni bildiradi.
O‘n birinchi oy – yanuaris deb atalib, ikki yuzli xudo Yanus nomiga qo‘yilgan.
O‘n ikkinchi oy – februarius – yer osti podshosi februus nomiga qo‘yilgan. Shuningdek, “februane” so‘zi “tozalanmoq”, “poklanmoq” degan ma’nolarni ham bildiradi. Yilning oxirida poklanish marosimi o‘tkazilgan.
=== Taqdimot 24 ===
Yulian va gregorian kalendarlari. Rim imperatori Yuliy Sezar miloddan avvalgi 46-yilda kalendar islohotini o‘tkazdi.
Yuliy Sezarni Misrda bo‘lganida mahalliy kalendar qiziqtirib qo‘ygandi. Yangi kalendarni tuzishda aleksandriyalik astronom Sozigen faol qatnashadi. Kalendar islohotchilari oldiga Misr
“daydi kalendari”ni tuzatib, so‘ngra uni qabul qilish vazifasi qo‘yilgan edi. Sozigen tuzgan bu kalendar Yuliy Sezar sharafiga tarixga Yulian kalendari nomi bilan kiradi.
=== Taqdimot 25 ===
Milodiy yil hisobining boshlanishi Iso payg‘ambarning tavalludi bilan bog‘liq. Nasroniylik tarqala boshlagan ilk davrda bir qancha yil hisoblari mavjud edi va ulardagi har xillik tufayli turli noqulayliklar tug‘ilgan. Bular bartaraf etish uchun yangi yil hisobini tuzishga ehtiyoj sezildi. VI asrda Rim monaxi Dionskiy hech bir dalil – hujjatsiz Iso payg‘ambar tavalludi bundan 500 yil oldin sodir bo‘lgan deb e’lon qilgan va shundan yil hisobi yuritishni taklif etgan.
XVIII-XIX asrda Yevropadagi aksariyat davlatlar milodiy yil hisobini qabul qilganlar. Rossiyada Pyotr I ning farmoni bilan 1700-yil 1-yanvardan boshlab milodiy yil hisobiga o‘tgan. Chor Rossiyasining bosqini bilan Markaziy Osiyoda milodiy yil hisobi XIX asrning II yarmidan amalga oshirilgan.
MILODIY YIL HISOBI
=== Taqdimot 26 ===
Yulian kalendaridagi xatolikni tuzatish maqsadida 1582-yilda Rim papasi Grigoriy XIII boshchiligida kalendar islohoti o‘tkaziladi. Natijada, yangi bugungi kunda dunyoda ishlatib kelinayotgan grigorian kalendari tuziladi. Grigorian kalendarining uzunligi 365,24 sutkaga teng va tropik yildan 0,000304 sutkaga farq qiladi. Bu 3300 yilda bir sutkani tashkil qiladi.
=== Taqdimot 27 ===
1582-yilda Rim papasi Grigoriy XIII maxsus komissiya tuzdi, uning tarkibida Ignatiy Danti va Luidji Lilio bor edi. Kalendar loyihasi papa Grigoriy XIII tomonidan qabul qilinadi va kunni 10 kun oldinga surishga farmon beradi:
1) 1582-yil 4-oktyabr payshanba kunining ertasi 5-oktyabr emas, balki 15-oktyabr juma kuni deb hisoblansin. Bu bilan yuqoridagi 10 sutka xato tuzatilib, bahorgi teng kunlik 21-martga to‘g‘ri keldi;
2) Kelgusida yana shunday xato yig‘ilmasligi uchun 400 yilda 3 sutka kam hisoblanishi kerak, buning uchun yulian kalendarida 400 yilda 100 ta kabisa yili o‘rniga 97 ta kabisa yili hisoblanadi,
=== Taqdimot 28 ===
Grigorian kalendarini mlakatlarda qiyinchiliklar bilan qabul qilgan.
Tarixda 1584-yilda Rigada Polsha qiroli Stefan Batoriyaning farmoniga
qarshi bo‘lgan “kalendar tartibsizliklari” bo‘lib o‘tdi. Latishlar yangi kalendarga qarshi bir necha yil kurashdilar. Kurash 1589-yilda qo‘zg‘olon rahbarlari Gize va Brinkenlar osib o‘ldirilgandan keyingina to‘xtadi.
Grigorian kalendari Angliyada 1751-yilda qabul qilindi. Ular yilning boshini
25-martdan 1-yanvarga ko‘chirdilar va o‘sha yili Angliyada bir yil 282 kunni tashkil etdi. Angliyada kalendar islohotini o‘tkazishda tashabbuskor bo‘lgan lord Chesterfildga qarata xalq “bizning uch oyimizni qaytar” shiori ostida namoyishlar o‘tkazgan edi.
=== Taqdimot 29 ===
Protestant davlatlar grigorian kalendarini uzoq yillar davomida qabul qilmay keldilar, ammo undagi aniqlik va qulaylik tufayli keyinchalik ko‘pgina davlatlar tan oldilar. Jumladan, Daniya, Norvegiya, Germaniyada 1700-yilda joriy etildi. 1707-yil Shimoliy Nederlandiya, 1751-yil Angliya, 1753-yil Shvetsiya va Finlyandiyada qabul qilindi. Imperator Iosif III ning dekreti bilan 1776-yilda Germaniyaning so‘nggi protestant yerlarida, 1812-yilda esa Shveysariyada qabul qilindi.
=== Taqdimot 30 ===
1873-yildan boshlab Osiyo mamlakatlari ham grigorian kalendarini qabul qila boshladilar. Ushbu kalendarni 1873-yilda Yaponiya, 1911-yilda Xitoy qabul qildi. 1916-yilda Bolgariya, 1919-yilda Ruminiya va Serbiyada joriy qilindi.
1918-yil 28yanvarda Rossiyada qabul qilindi. (dekretga muvofiq 1918-yil yil 31yanvardan so‘ng 1-fevral deb emas,
balki 1918-yil 14-fevral deb belgilandi). 1924-yildan buyon grigorian kalendari Yunoniston, 1927-yildan Turkiya, 1928-yildan buyon esa Misrda qo‘llanilmoqda.
=== Taqdimot 31 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“KALENDAR VA ULARNING TURLARI. SHARQ MAMLAKATLARI KALENDARLARI. QADIMGI RIM, YUNONISTON KALENDARLARI. YULIY SEZARNING KALENDAR ISLOHOTI. GRIGORIY KALENDARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar