Jismoniy tayyorgarlik sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining
6000 so'm

=== Taqdimot: Jismoniy tayyorgarlik sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Jismoniy tayyorgarlik sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining birligi
1st Grade
=== Slayd 2 ===
Reja:
1. Jismoniy tayyorgarlik.
2. Vosita va uslublar tarkibining xususiyatlari.
3. Umumiy va maxsus tayyorgarlikning o‘zaro nisbati.
=== Slayd 3 ===
Sportchining jismoniy tayyorgarligi sport faoliyati uchun zarur bo‘lgan jismoniy fazilatlarni, qobiliyatlarni tarbiyalash demakdir. Sportchining jismoniy tayyorgarligi bevosita amaliy sport yo‘nalishiga ega bo‘lgani uchun, ayni vaqtda organizmning umumiy jismoniy rivojlanishi, mustahkamlanishi va chiniqishi bilan bog‘liqdir. Tayyorgarlikning barcha boshqa tomonlari singari jismoniy tayyorgarlik ham umumiy va maxsus bo‘ladi.
=== Slayd 4 ===
Jismoniy tarbiya – bu sportchi trenirovka jarayonining eng muhim qismi bo‘lib, yuksak sport natijalariga erishish uchun mustahkam zamin yaratilishini ta’minlaydi. U, eng avvalo, sportchining har tomonlama va maxsus jismoniy rivojlanish jarayoni hisoblanadi.
=== Slayd 5 ===
Jismoniy rivojlanganlik va tayyorgarlik. Ushbu tushuncha sportchilarni antropometrik va biometrik ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi
Sportchilarning tana a’zolarini qay darajada rivojlanganligi bilan bog‘liq (bo‘yi, vazni, o‘pkasining tiriklik sig‘imi, ko‘krak qafasi kengligi va boshqalar bilan)
Sportchilarning jismoniy sifatlari (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik va boshqalar bilan) qay darajada rivojlanganligi bilan bog‘liq.
=== Slayd 6 ===
Shu munosabat bilan, jismoniy tayyorgarlik umumiy jismoniy tayyorgarlikka hamda maxsus jismoniy tayyorgarlikka bo‘linadi:
Umumiy jismoniy tayyorgarlik sportchi butun gavdasini, umuman, uyg‘un tarzda rivojlantirishga, barcha harakat, mushaklarini rivojlantirishga, organizm a’zolari va tizimlarini mustahkamlashga hamda ularning funksional imkoniyatlarining oshirishga, harakatlarni muvofiqlashtira olish qobiliyatini, kuch-quvvatni, tezkorlikni, chidamlilikni, chaqqonlik va epchillikni oshirishga, gavda tuzilishidagi va gavda defektlarini tuzatishga qaratilgan bo‘ladi. Mazkur masalalarning hal etilishi kishining har tomonlama jismoniy takomillashuviga ko‘proq ta’sir etib, sportchining uyg‘un rivojlanishini ta’minlaydi.
=== Slayd 7 ===
Birinchi darajali vazifa
Organizmning barcha jismoniy xislatlarini har tomonlama rivojlantirish yo‘li bilan uning funksional imkoniyatlari umumiy darajasini ancha yuksaltirishdan iborat. Birinchi bosqichda sportchining jismoniy kamol topishidagi turli yo‘nalishlarning o‘zaro aloqadorligidan foydalanish uchun ancha qulay imkoniyatlar mavjud. Jismoniy sifatlarning “bevosita va bilvosita o‘tishi” dan keng foydalanish jismoniy tayyorgarlikning bu bosqichdagi asosiy mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi.
=== Slayd 8 ===
Bunga erishish uchun jismoniy mashqlar organizmining barcha a’zolari va tizimlariga kuchli ta’sir ko‘rsatish ta’minlanishi, u gavdada a’zolarning barcha qismiga, har xil harakat faoliyatida ishtirok etadigan a’zolariga keng miqyosda ta’sir ko‘rsatish kerak.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik sportchi barcha a’zolari va tizimlarining yuksak darajada rivojlanishiga favqulodda yuqori ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan bo‘lib, sportchi organizmining barcha funksional imkoniyatlarini ishga soladi. Lekin bunda basketbol o‘yinida talab qilinadigan sifatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. Tabiiyki, tanlanadigan mashqlar ham ana shu maqsadga xizmat qiladi.
=== Slayd 9 ===
Umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun ta’sir doirasi keng bo‘lgan mashqlardan foydalaniladi. Ma’lumki, har bir jismoniy mashq sportchi organizmiga turli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, krosslar yordamida chidamlilik sifatlari rivojlanadi, qat’iyatli bo‘lish xususiyati tarbiyalanadi, qiyinchiliklarni yengib o‘tish uchun zarur bo‘lgan iroda mustahkamlanadi. Ixtisoslikka qaratilgan jismoniy mashqlardan ko‘proq foydalanish, ayniqsa, maxsus jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari uchun qo‘l keladi. Biroq umumiy jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida ham jismoniy o‘sishdagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, kuch yoki tezlik sohasida tayyorgarlik yetarli bo‘lmagan vaqtlarda va boshqa shunga o‘xshash kamchiliklarni yo‘qotish uchun ham bunday aniq maqsadga yo‘naltirilgan mashqlarga foydalanish mumkin.
=== Slayd 10 ===
Kuch, tezlik, chidamlilik va boshqa sifatlarni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan mashqlar umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikda asosiy rol o‘ynaydi. Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikda ayni mana shu jihatlar rivojlanishning har tomonlama bo‘lishini va yuksak yutuqlarga erishishi imkoniyatini ma’lum darajada belgilab beradi. Shunday bo‘lishi tabiiydir, chunki ko‘rsatib o‘tilgan jismoniy sifatlar sportchining ayrim a’zolari va tizimlari hamda, umuman, butun organizmning yuksak darajadagi ish qobiliyatiga asoslangan harakat imkoniyatlarining namoyon etilishi hisoblanadi.
=== Slayd 11 ===
Sport mashqining asosiy bosqichlari
=== Slayd 12 ===
Dastlabki sport tayyorgarligi bosqichi
Dastlabki sport tayyorgarligi bosqichi odatda kichik maktab yoshidan, ba’zan undan ertaroq boshlanadi va murabbiy rahbarligida bolaning qobiliyatiga, imkoniyatiga muvofiq keladigan bo‘lajak sport ixtisosi predmetini aniqlaydi va keyingi ixtisoslashish bosqichiga o‘tadi.
=== Slayd 13 ===
Sport tayyorgarligining boshlan‘ich ixtisoslashish bosqichi
Sport tayyorgarligining boshlang‘ich ixtisoslashish bosqichida umumiy tayyorgarlikdan keng foydalanish asosida, bo‘lg‘usi yutuqlarga ishonchli poydevor qo‘yishdan, ya’ni organizmning har tomonlama rivojlanishini ta’mirlashdan, uning funksional imkoniyatlari darajasini ko‘tarishdan, harakat malakalarini boyitishdan, sport mahorati asoslarini egallashdan iborat.
=== Slayd 14 ===
Sport tayyorgarligi jarayonini chuqur takomillashtirish bosqichida sport mashqining barcha o‘ziga xos qonuniyatlari o‘zining to‘liq ifodasini topadi. Mashq jarayoni juda chuqur ixtisoslashtirilgan bo‘ladi. Bu vaqtda yosh chegaralari 17-20 yoshdan 35-40 yoshgacha diapazon o‘rtasida bo‘ladi. Bu bosqichda sport qobiliyati to‘la namoyon bo‘ladigan va sport mahoratining cho’qqilari egallanadigan davr hisoblanadi.
Sport tayyorgarligi jarayonini chuqur takomillashtirish bosqichi
=== Slayd 15 ===
Sportda uzoq yillar yashash bosqichda mashqning mazmuni o‘zining fe’l-atvori jihatidan yildan-yilga umumiy jismoniy tayyorgarlikka yaqinlashadi. Musobaqalarning roli kamayadi. Yuklamalarning o‘sib borish tendensiyasi ko‘p bo’lmagan vaqt doirasida saqlanadi va mashqlarning ayrim guruhlariga taalluqli bo‘ladi. Shunga muvofiq mashq jarayonining tuzilmasi ham qayta tuziladi.
Sportda uzoq yillar yashash bosqichi
=== Slayd 16 ===
Sport formasi pedagogik nuqtayi nazardan sportchining yutuqlarga erishishining optimal tayyor ekani, hamma tomonlama ruhiy, jismoniy, texnik, taktik jihatdan yuqori darajada etilgan ekanligidan iborat. Sport formasini doimo saqlab turush mumkin emas u vaqtincha saqlanadi va ma’lum muddatda yo‘qotiladi. Buning turlicha sabablari mavjuddir.
Sport formasi (shakli) tushunchasi
=== Slayd 17 ===
Fundamental davrining boshlang‘ich bosqichi yuqorida bayon etib o‘tilgandek, mashg‘ulot vositalarining ayniqsa keng kompleksi mavjud ekani bilan farq qiladi. Mazkur bosqichda har tomonlama ta’sir etuvchi mashqlar (tanlangan sport turiga nisbatan) keyingi bosqichlarga qaraganda ancha ko‘proq bo‘ladi. Jumladan, umumiy chidamlilikni tarbiyalaydigan, kuch-quvvat fazilatlarini hamda koordinatsion imkoniyatlarni tarbiyalash uchun berilgan mashqlar koordinatsion imkoniyatlarni umumiy takomillashtiradigan mashqlarga ko‘proq o‘rin beriladi; mashqlarning xilma-xilligini tanlashda ancha erkin variatsiyalarga ham yo‘l qo‘yilmaydi.
Vosita va uslublar tarkibining xususiyatlari
=== Slayd 18 ===
Mashg‘ulotning asosiy yo‘nalishiga muvofiq birinchi bosqich umumiy tayyorgarlik ko‘p bo‘lishi bilan farq qiladi. To‘g‘ri, umumiy tayyorgarlikning maxsus tayyorgarlikka aniq miqdoriy nisbati sport turining o‘ziga xos xususiyatlariga, sportchining malakasiga hamda uning individual xususiyatlariga qarab, ancha o‘zgarib turadi, biroq davr boshida ko‘pincha umumiy tayyorgarlik tayyorlov davrining ikkinchi bosqichdagiga va musobaqa davridagiga qaraganda ancha ko‘p vaqt oladi.
Umumiy va maxsus tayyorgarlikning o‘zaro nisbati
=== Slayd 19 ===
Umumiy jismoniy tayyorgarlik
UST umumiy jismoniy tayyorgarlik – bu sportchi uchun, uning harakat ko‘nikmalari uchun zarur bo‘lgan asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan hayotiy muhim jarayondir. Uning maqsadi sportchining umumiy harakat tayyorgarligini vujudga keltirishdan iborat bo‘lib, bunday tayyorgarlik maxsus tayyorgarlik boshlanganda uning poydevori sifatida foydalaniladi.
=== Slayd 20 ===
Umumiy jismoniy tayyorgarlik jarayonida quyidagi masalalar hal qilinadi: asosiy jismoniy sifatlarni tayyorlash, funksional imkoniyatlarni oshirish, harakat ko‘nikmalari hajmini kengaytirish, sport sohasida ish qobiliyatini yuksaltirish, har tomonlama jismoniy rivojlantirish, kuch quvvatni tiklanish jarayonlarini rag‘batlantirish, salomatlikni mustahkamlash singari vazifalar bajariladi. Shu maqsadda organizmda umumiy ta’sir ko‘rsatadigan jismoniy mashqlar majmuasidan foydalaniladi. Bu bilan ayrim sifatlarni maxsus tarzda rivojlantirish uchun asos yaratiladi. Turli moslashuvdagi mashqlarga adaptatsiya hosil qilish xususiyatlarni tarbiyalaydi hamda kuch-quvvatni tiklash jarayonlari kechishini jadallashtiradi.
=== Slayd 21 ===
Sportning boshqa turlari tarkibidan tanlab olingan asosiy mashqlar UST uchun asosiy vosita sifatida foydalaniladi. Mashqlarning xar xil qilib tanlanishi harakat imkoniyatlarining kengaytirishini ta’minlaydi. Bunda turli sifatlar va ko‘nikmalar bir-biriga o‘zaro ta’sir etish qonuniyatlarini hisobga olmoq zarur. Ular ijobiy, salbiy va o‘rtacha mo‘tadil ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bo‘lishi mumkin. Kuch oshishi bilan tezlik o‘sadi, basketbolchilar tashlaydigan to‘pni muvofiqlashtirish va aniqlik darajasini oshirish yaxshilanadi. Ijodiy ta’sir o‘z tuzilmasi jihatidan asosiy o‘yin usullari ko‘nikmasiga yaqin bo‘lgan sifatlarni ta’minlab, sportchi mushaklari ishini o‘yin rejimiga moslashtirish. Mashg‘ulotlarda buyumlar bilan va buyumlarsiz bajariladigan mashqlardan, balandlikka va uzunlikka sakrash, turli distansiyalarga yugurish va to‘siqlardan oshib yugurish mashqlaridan, krosslardan, turli vazndagi og‘ir buyumlarni ko‘tarib bajariladigan mashqlardan keng foydalaniladi.
=== Slayd 22 ===
Yuqoridagi mashqlar doimiy ravishda va uzliksiz bajarib borilgan taqdirdagina umumiy jismoniy tayyorgarlik o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishadi. Bu mashqlar sportchilarning tayyorlashning barcha bosqichlarida va barcha davrlarida bajariladigan mashg‘ulot mashqlarining tarkibiy qismiga kiradi. Sportchi yuksak sport mahoratiga erishganidan keyin ham bunday umumiy tayyorgarlik mashqlari o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Unda bu mashqlar sportchi ixtisoslashgan sohaning bir tomoni bo‘lib qolmasligi uchun muvofiqlashtiruvchi, sportchi mahoratining xar tomonlama o‘sishi ta’minlovchi, uning bir harakatdan boshqasiga o‘tishi uchun imkon yaratadigan va umuman shug‘ullanuvchilarni sog‘lomlashtiruvchi vosita sifatida bu mashqlarning ahamiyati ortib boradi.
=== Slayd 23 ===
Masalan, chidamlilik ko‘p jihatdan yurak-tomir, nafas olish tizimi faoliyatiga, ular quvvatidan tejab-tergab foydalanilishiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday sharoitda o‘yin faoliyati uchun fe’l-atvorli bo‘lgan xususiyat o‘yinchining yaqinlashib kelayotgan buyumga nisbatan o‘z joyini tanlashi va unga nisbatan, ya’ni o‘sha yaqinlashib kelayotgan harakatdagi buyumga reaksiya ko‘rsatishi to‘p yo‘nalishining o‘zgarishi bilan qayta-qayta start tezligini o‘zgartirishi, raqib tomonga va undan orqaga qarab harakat qilishi; bir usulni ikkinchisi bilan almashtirishi va, nihoyat, sport texnikasi usullarining bajarishi hamda maksimal tezlik bilan bir joydan ikkinchi joyga o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan taktik kombinatsiyalarning amalga oshirilishi – bular bari o‘yin faoliyati uchun fe’l-atvorli bo‘lgan xususiyatlari hisoblanadi.
=== Slayd 24 ===
Tezlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vositalar qidirish jarayonida ushbu mashqlar chaqqonlik va epchillikni o‘stirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ayon bo‘ladi. Epchillik – bu sportning barcha turlarida katta ahamiyat kasb etadigan sifat bo‘lib, u, ayniqsa, murakkab texnikasi bilan va muttasil o‘zgarib turadigan sharoitlari bilan farq qiluvchi sport turlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirgacha epchillikni asosiy o‘lchovi – harakatning koordinatsion murakkabligi, bajarish aniqligi va bajarish vaqti hisoblab kelinadi.
=== Slayd 25 ===
Epchillikning uch xil darajasini bir-biridan farq qilinadi. Birinchi daraja fazodagi aniqlik hamda harakatlarning muvofiqlashtirilganligi bilan ajralib turadi. Ikkinchi daraja – fazodagi aniqligi hamda juda qisqa muddat ichida harakatlarni muvofiqlashtirilgan holda bajarilishi bilan xarakterlanadi. Uchinchi, ya’ni epchillikning oliy darajasi – basketbolning o‘ziga xos sharoitlarida tezkorlik va chaqqonlik namoyon bo‘lishi bilan ajralib turadi, shu munosabat bilan mazkur sifatlarni rivojlantirish ustida parallel ishlar olib borilishi zaruriyati tug‘iladi. Yangi-yangi harakatlarni egallab olish mahorati sifatida epchillikni rivojlantirish uchun yangilik elementlarini o‘z ichiga olgan har qanday mashqdan foydalaniladi.
=== Slayd 26 ===
Egiluvchanlik qobiliyati – bu sportchining tayanch harakati apparatlariga xos bo‘lgan xususiyat bo‘lib, sportchi a’zolari harakatchanligi darajasini belgilab beruvchi fazilatdir. Egiluvchanlikni ikki xil turini bir-biridan farq qilinadi, ya’ni: faol egiluvchanlik (bunda sportchining o‘z mushaklarini kuchi hisobiga namoyon bo‘ladi) va passiv egiluvchanlik bo‘ladi (bu gavdaning harakat qilayotgan qismiga tashqi kuchlar ta’sirida – og‘irlik kuchi, sheriklar qarshilik ko‘rsatayotgan paytdagi kuch va hokazolar ta’siri ostida namoyon bo‘ladi). Passiv egiluvchanlik har doim faol egiluvchanlikdan ko‘ra kattaroq bo‘ladi va ko‘p hollarda uning kuchayishi faol harakatlar amplitudasining o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratadi.
=== Slayd 27 ===
Egiluvchanlik sportchining tomir va asab-muskul apparatining xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu xususiyatlarning eng muhimlari: mushaklar, paylar, to‘piqlar va tomir elastikligi; gavdaning qismlarini berilgan yo‘nalishida harakatda keltirish uchun bajariladigan mushak kuchlari; tomirlarning shakli, ularning bir-biriga muvofiqlik darajasi hamda suyaklarning tomirlar tutashgan qismi o‘lchaniladi va hokazolar hisoblanadi. Mushaklarning mustahkamlanishi va bog‘lamlarning yaxshilanishi hisobiga egiluvchanlik ortib boradi.
=== Slayd 28 ===
Egiluvchanlik odamning yoshiga bog‘liq: bolalarda bu xususiyat, odatda, eng yaxshi tarzda rivojlangan bo‘ladi. Yosh kattalashgan sari, egiluvchanlik imkoniyatlari pasayib boradi. Bolalarning 10-16 yoshlari orasida egiluvchanlik rivojlanish uchun eng optimal sharoit mavjud, deb hisoblash rasm bo‘lgan. Egiluvchanlik jinsga ham bog‘liq bo‘ladi. Yosh va kattaroq qiz bolalarda tomirlar harakatchanligi bolalar va o‘smirlarga qaraganda ortiqroq bo‘ladi. Egiluvchanlik mushaklarning bo‘shashish qobiliyatiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lib, u charchash natijasida va charchoq ta’siri ostida anchagina o‘zgarishlarga duch keladi, bunda faol egiluvchanlik ko‘rsatkichlari kamayadi, passiv egiluvchanlik ko‘rsatkichlari esa ortib ketadi. Faol harakatlar ta’siri ostida mushaklar elastikligi va ularning harorati ko‘tariladi.
=== Slayd 29 ===
Egiluvchanlik rivojlantirish vaqtida mashqlarni qismlarga bo‘lib, har bir qismni bir necha martadan takrorlash yo‘li bilan bajariladi. Egiluvchanlikning muayyan bir darajasini saqlab turish vazifasi qo‘yilgan bo‘lsa, mashqlarni onda-sonda va cheklangan miqdorda bajarish kifoyadir.
Chidamlilik, ko‘p jihatdan maksimal darajaga nisbatan foizlar bilan ifodalanadigan mushaklarning zo‘riqish kuchiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Mushaklar maksimal kuchiga nisbatan ko‘rsatilgan zo‘riqish foizi qanchalik kichik bo‘lsa, chidamlilik shunchalik yuqori bo‘ladi.
=== Slayd 30 ===
MJT deganda tanlab olingan sport turining o‘ziga xos xususiyatlariga mos ravishda amalga oshiriladigan va yuksak sport natijalariga erishishni ta’minlaydigan, sportchining jismoniy sifatlari va funksional imkoniyatlarini bir maqsadga qaratilgan tarzda rivojlantirish jarayoni tushuniladi. MJT o‘yin usullari texnikasini egallab olishga, taktik harakatlar samaradorligini oshirishga, sport formasini egallashga, shuningdek, psixik tayyorgarlikning takomillashtirishga yordam beradi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik MJT
=== Slayd 31 ===
MJT ning asosiy maqsadi – bu kuch-quvvatni, tezkorlikni va boshqa jismoniy sifatlarni bir-biri bilan o‘zaro aloqada va yaxlit holda maksimal darajada rivojlantirishdan iborat. Ushbu vazifani hal etmoq uchun maxsus tayyorgarlik mashqlardan foydalaniladi. Ushbu mashqlar asosan katta zo‘riqish bilan, harakatlarni muvofiqlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlardan tashkil topgan bo‘lib, ular ayni bir vaqtda harakat sur’ati va ritmini ham tartibga soladi. Texnik-taktik fe’l-atvordagi mashqlar harakatli sport o‘yinlari bunday vazifani bajarish uchun ko‘proq darajada muvofiq keladi. UST va MJT o‘rtasidagi chegara ancha shartli bo‘lib, ularning organizmga ta’sir ko‘rsatish samarasi ko‘p jihatdan foydalanilayotgan mashqdan ko‘ra qo‘llanilayotgan metodga bog‘liq bo‘ladi.
=== Slayd 32 ===
MJT shug‘ullanuvchilarning UJTsiga asoslanadi. Sportchi oldiga qo‘ygan vazifani bajarish uchun umumiy rivojlanish bo‘yicha muayyan bir darajani qo‘lga kiritilganidan keyingina kiritish mumkin. Bu gap bir yillik tayyorgarlik davriga ham, ko‘p yillik tayyorgarlikning ayrim bosqichlariga birdek taalluqlidir.
=== Slayd 33 ===
Tezlik kuchi – bu tashqi qarshilik- uncha katta bo‘lmagan to‘siqlarni tez harakat qilib yengib o‘tish sharoitida namoyon bo‘ladi hamda maksimal kuch – g‘ayrat sarflanishi orqali tezlik kuchi ta’minlanadi. Xuddi ana shu maksimal kuch mushaklarning start kuchini va tobora tezlashib boradigan kuchini belgilab beradi. MJTning vositalari va usullari. Bajariladigan mashqlar MJT vositalari hisoblanadi. Bu mashqlar, birinchidan, organizmning ish rejimi bo‘yicha musobaqa mashqlariga muvofiq keladi, ikkinchidan, organizmga mashqlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, organizmda ilgari mavjud bo‘lgan funksional imkoniyatlarni oshiradi, uchinchidan, texnik taktik mahoratni takomillashtirish uchun zarur energiya bazasini ta’minlaydi.
=== Slayd 34 ===
MJT vositalarini tanlash vaqtida amaliy jihatdan dinamik muvofiqlik prinsipiga amal qilish lozim. Bunday vositalar musobaqa mashqlariga o‘xshagan bo‘lishi hamda quyidagi mezonlarga: mushaklar guruhiga, ya’ni mazkur mashqda qatnashadigan va ishga solinadigan mushaklar guruhiga, harakat amplitudasi, va yo‘nalishiga, harakat tezligiga muvofiq kelmog‘i kerak. Mana shunday ba’zi bir mezonlardan kelib chiqqan holda, dastlabki holat qanday bo‘lishi, tashqi qarshilik kattaligi va boshqa omillar belgilab olinadi.
=== Slayd 35 ===
Ushbu vositalarni takrorlash usuli mashqlarni harakat xarakteristikasining sifat jihatdan u yoki bu darajadan u yoki bu darajada yuqoriroq tarzda bajarilishini nazarda tutadi. Shuning uchun mashqlarni takrorlashning umumiy soni charchoq holati ortib borishi munosabati bilan sezilarli harakat samaradorligi, sezilarli darajada susaygan va pasaygan paytdan boshlab cheklab – chegaralab to‘xtatiladi. Mashqlarni takrorlash vaqtlari o‘rtasidagi dam olish pauzalari organizmning ish qobiliyatini tiklab olish uchun yetarli bo‘lmog‘i kerak. Bunday ish qobiliyati rejalashtirilgan mashqning sifatli tarzda bajara oladigan darajada optimal holga keltirmog‘i kerak. Sportchining tayyorgarlik tizimida takrorlash usuli, odatda, shug‘ullanuvchilar organizmiga mashqlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan yo‘nalishni amalga oshiradi va bu yo‘nalish sportchining funksional imkoniyatlarining mavjud darajasini ancha oshiradi.
=== Slayd 36 ===
Sport kamolotining ko‘p yillik yo‘lidagi barcha bosqichlari uchun hamda mashg‘ulot davrining turli bosqichlari uchun optimal umumiy va maxsus tayyorgarlikning nisbatini aniqlash hozirgi kundagi asosiy tadqiqot muammolaridan biri hisoblanadi. Hozircha keltirilayotgan nisbatlar anchagina taxminiydir. Ularni aniqlash uchun vaqt ko‘rsatkichlardan tashqari yana boshqa yorqinroq mezonlardan ham foydalanish zarur.
=== Slayd 37 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.