- Savatga boshqa "AYOLLAR YUPKASINING NAMUNASINI TAYYORLASH" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
=== Taqdimot 1 ===
Islom ma’rifatchiligi va ratsionalistik tafakkur rivoji
=== Taqdimot 2 ===
Mantiqiy tafakkur ehtiyoji
01
REJA:
Islom ma’rifatchiligi bosqichi
02
Borliq haqiqatini anglab yetishning turli yo‘nalishlari
03
=== Taqdimot 3 ===
Mantiqiy tafakkur ehtiyoji
Alloh taolo Qur’oni karim orqali marhamat etgan mukammal Tavhid ta’limotini ahli bashar tomonidan anglab yetishning ilk pog‘onasi bo‘lmish Sunna bosqichi o‘zining inkor etib bo‘lmaydigan fazilat va yutuqlariga ega ekanligi oldingi bobda qayd etib o‘tildi.
=== Taqdimot 4 ===
Taqlidiy imon
Ilm darajasiga ko‘tarilmagan, mohiyatan anglab yetilmagan, faqat ibrat asosidagi e’tiqod bo‘lib, uning egalari turli botil yo‘nalishlar va aqidaparastlik ta’siriga oson berilish xavfidan xoli emaslar.
=== Taqdimot 5 ===
Tahliliy imon
Chuqur bilim va tafakkur natijasida shakllangan, yuksak ma’naviyat egalari, orif insonlarga xos mohiyatan anglab yetilgan e’tiqod.
=== Taqdimot 6 ===
Mantiqiy tafakkur
Asosiy tafakkur turlaridan, sabab-oqibat bog‘lanishlari asosida fikr yuritish. Insonning o‘zi bilgan narsalarini o‘zaro fikriy qiyoslash va tahlil qilish orqali hosil qilgan bilimlari mantiqiy bilim deyiladi.
=== Taqdimot 7 ===
Islom ma’rifatchiligi bosqichi
Milliy ma’naviyatimizning Islom mintaqa madaniyati doirasidagi takomilining ikkinchi bosqichi va yetakchi tamoyillaridan biri, X-XI asrlarda o‘zining eng yuksak takomilini namoyon qilgan va Tavhid Haqiqatini mantiqiy tafakkur darajasida anglab yetishga erishilgan bu tamoyilni Ilm ma’rifati deb ta’riflash joizdir. “Islom ma’rifatchiligi” – insoniyat anglab yetgan barcha mavjud bilimlar mohiyatan Tavhid e’tiqodiga muvofiq ekanligini ilm va mantiqiy tahlil vositasida isbot qilishga qaratilgan turli yo‘nalishdagi qomusiy allomalar guruhining umumiy faoliyatini anglatadi.
=== Taqdimot 8 ===
=== Taqdimot 9 ===
Borliq haqiqatini anglab yetishning turli yo‘nalishlari
Ikkinchi bosqichda aqlga, mantiqiy tafakkurga tayanish natijasida haqiqatni anglab yetishning turli muvoziy (parallel) yo‘nalishlari shakllana boshladi.
Ushbu davrning eng nufuzli namoyandalaridan bo‘lmish Imom Abu Hamid G‘azzoliy (1058-1111) hamda mutafakkir shoir va olim Umar Xayyom (1048-1122) sanab o‘tgan yo‘nalishlarning o‘ziga diqqat qaratsak, kifoya qilsa kerak.
=== Taqdimot 10 ===
=== Taqdimot 11 ===
Kalom (ilmi) – Naqliy va aqliy bilimlar uyg‘unligiga tayangan xos islom falsafasi va ilohiyot ilmi. Kalom ilmining dastlabki yirik oqimi bo‘lgan mo‘tazila din aqidalarini aql tarozisida o‘lchab talqin etishga asoslangan edi, bu oqim vakillari islomning eng muhim ikki masalasi – Adolat va Tavhid tushunchalari talqinida shu darajada ilgari ketdilarki, ular izidan islom ma’rifatchiligining buyuk to‘lqini kelishi davrning mantiqiy taqozosi bo‘lib qoldi. Islomning mo‘tazila talqini Xalifa Ma’mun (813-833) zamonida rasmiy ta’limotga aylanib, hatto uning qarashlariga qo‘shilmagan ruhoniylar tazyiq ostiga olina boshlandi. Bu holat to 849-yilda xalifa Mutavakkil (847-866) bunday bahslarni taqiqlash haqida farmon chiqarguncha davom etdi.
=== Taqdimot 12 ===
X asrga kelib, kalom ilmining ashariya va moturidiya oqimlari shakllandi. Kalom falsafasi Tavhid ta’limotini mintaqadagi barcha eski aqidalar majmuidan har tomonlama ustunligini aql va mantiq qudrati bilan isbotlab bergach, islomning ma’naviy mavqei beqiyos yuksalib ketdi, shu bilan birga Qur’oni karim oyatlarida ta’kidlangan tarixiy tadrijiylik qoidasi chuqurroq idrok etila boshlandi. Allohning oxirgi kitobi keltirgan ma’naviy boylikni teran anglab yetish uchun islomgacha yaratilgan butun madaniy merosni chuqur o‘rganish va to‘g‘ri talqinda o‘zlashtirish lozimligi ma’lum bo‘lib qoldi.
=== Taqdimot 13 ===
=== Taqdimot 14 ===
Naqliy bilimlar – ilohiy kitoblar orqali yoki turli yo‘llar bilan (asosan, yozma manbalarda) o‘tmish ajdod-lardan yetib kelgan bilimlar.
Aqliy bilimlar – inson o‘z tafakkuri bilan yetishgan bilimlari. Ular ham o‘z navbatida bir nechta turga bo‘linadi:
hayotni kuza-tib va tahlil etib hosil qilingan bilimlar
mantiqiy, ya’ni bilgan narsalarini o‘zaro fikriy qiyoslash va tahlil qilish orqali hosil qilingan bilimlar
amaliy faoliyat jarayonida va yoki o‘rganish bilan hosil qilingan malaka va ko‘nikmalar shaklidagi bilim.
=== Taqdimot 15 ===
Abu Nasr Forobiy talqinida «Inson-lari haqiqiy saodatga eri-shish yo‘lida bir-biriga yordam berish uchun birlashgan shahar”. Har bir inson Haq oldidagi mas’uliyatini to‘g‘ri anglab, kamolot sari o‘zi intilar ekan, o‘zgalarning ham xuddi shunday intilishiga ko‘makdosh bo‘lishga astoydil urinsa, natijada “fozil shahar” (jamiyat, millat, mamlakat) vujudga keladi. Ulug‘ allomaning bu qarashlari bugungi kundagi “fuqarolik jamiyati” tushun-chasini mukammal ifodalaydi.
Fozil shahar
=== Taqdimot 16 ===
=== Taqdimot 17 ===
Botiniya – Islom ma’rifatchiligi bosqichida shakllangan Borliq haqiqatini idrok etishga oid yana bir yirik yo‘nalish bo‘lib, uning asosida ismoiliya bid’ati yotadi. Ismoiliya bid’ati targ‘ibotchilari o‘zlarining murakkab falsafiy tizimini ishlab chiqib, shu asosda bilimni zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) darajaga ajratdilar. Zohiriy bilim avom uchun mo‘ljallangan bo‘lib, asosan shia mazhabi shariat ahkomlariga mos kelardi. Botiniy bilim esa faqat tanlangan tor doira – xoslar orasidagina tarqalishi nazarda tutilar va borliqni idrok etishning murakkab falsafiy tizimidan iborat edi.
=== Taqdimot 18 ===
Botiniy bilimlar qomusi sifatida shuhrat qozongan buyuk meros – X asrda yaratilgan 52 risoladan iborat “Rasoili ihvon-us-safo va xullon ul-vafo” (“Pok birodarlar va vafodor do‘stlar risolalari”) majmuasi bo‘lib, bu mukammal qomus islomgacha hosil bo‘lgan ilmiy-falsafiy merosni chuqur o‘zlashtirish asosida yuzaga kelgan bo‘lib, mintaqa ilmining keyingi rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Botiniya yo‘nalishi asosan ismoiliya bid’atiga bog‘lab talqin etilsa ham, aslida o‘sha davrlarda ko‘pchilik rasmiy aqidaga muxolif qarashlar shu nom ostida umumlashtirib talqin qilinganligini ham nazardan qochirmasligimiz kerak.
=== Taqdimot 19 ===
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
E’tiboringiz uchun rahmat!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.