- Savatga boshqa "GUIDELINES FOR WRITING" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
=== Taqdimot 1 ===
ILK O‘SPIRINLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
=== Taqdimot 2 ===
Ilk o‘spirinlik davrining psixik xususiyatlari.
O‘spirinlarda jismoniy rivojlanish.
Ilk o‘spirinlik davrida intellektual va emotsional rivojlanish.
Ilk o‘spirinlik davrida do‘stlashish muammosi.
REJA:
=== Taqdimot 3 ===
Akseleratsiya natijasida bugungi ilk o‘spirinlarning taraqqiyoti avvalgi avlodlarga nisbatan o‘rtacha ikki-uch yil avval yetilmoqda. Fiziologlar bu jarayonni 2-darajali jinsiy belgilarning paydo bo‘lishiga qarab, 3 ta bosqichga ajratadilar:
Akseleratsiya munosabati bilan o‘spirinlik Yoshining chegarasi endi 15-16 dan 18 Yoshgacha bo‘lmoqda. Demak, o‘spirinlik ham oldin boshlanadi. Lekin, bu taraqqiyot davrining aniq mazmuni birinchi navbatda ijtimoiy sharoitlar bilan belgilanadi. Yoshlarning jamiyatda tutgan o‘rni, ularning mavqei, ular egallaydigan bilimlarning hajmi va bir qator boshqa faktorlar ijtimoiy sharoitlarga bog‘liqdir.
=== Taqdimot 4 ===
O‘SPIRINLARDA FIZIOLOGIK O‘ZGARISHLAR
=== Taqdimot 5 ===
Ilk o‘spirinlik davri “kamolot bo‘sag‘asi” deb ta’riflanadi. Bu kamolot bosqichi fiziologik, psixologik va ijtimoiy chegaralarni o‘z ichiga oladi. Psixologiya fani o‘spirinlik muammosini kompleks o‘rganishni da’vat etadi.
Bu juda qiyin masala, chunki psixofiziologik taraqqiyot sur’ati bilan uning bosqichlari ijtimoiy yetilish muddati bilan hamma vaqt ham to‘g‘ri kelavermaydi.
=== Taqdimot 6 ===
Ilk o‘spirinlik yoshidagi bolalar bu 15 yoshdan 17-18 yoshgacha bo‘lgan akademik litsey va maktabning yuqori sinf o‘quvchilaridir. O‘spirinlik – bu odamning fuqaro sifatida shakllanishi, uning ijtimoiy jihatdan yetilishi, o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi, ijtimoiy hayotga faol ishtirok etishi davri, fuqaro va vatanparvarning ma’naviy sifatlari tarkib topadigan davrdir. Faol ijtimoiy hayot, o‘qishning yangi fe’l-atvori (mustaqil bilim olish) yigit va qizlarda dunyoqarashning shakllanishiga, ularda mustaqillik va burch hissining tarkib topishiga, bilimning turli sohalarida ularning ijodiy qobiliyatini avj oldirishga katta ta’sir ko‘rsatadi.
=== Taqdimot 7 ===
Bo‘yning o‘sishi o‘spirin qizlarda 15-16 yoshgacha, o‘g‘il bolalarda 17-18 yoshgacha davom etadi. Bu yoshda muskullar kuchi tez o‘sadi. Masalan, 18 yoshli bola muskul kuchi 12 yoshli bolaga nisbatan 2 baravar ko‘p bo‘ladi. Jismoniy taraqqiyot, asosan, to‘g‘ri ovqatlanish rejimiga va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Jinsiy taraqqiyot jihatdan bu yoshdagi ko‘pchilik yigit va qizlar postpubertat (tugallanuvchi) davrda bo‘ladilar.
O‘SPIRINLARDA JISMONIY RIVOJLANISH
=== Taqdimot 8 ===
Bularning jismoniy rivojlanishi katta yoshdagi odamning jismoniy rivojlanishidan kam farq qiladi. Bo‘yning va organizmning notekis o‘sishi va rivojlanish davri tugallanadi hamda jismoniy rivojlanishning nisbatan birmuncha tekis davri boshlanadi. O‘spirinlik yoshida jismoniy sifatlar (bo‘y, og‘irlik) nisbatan barqaror darajaga yetgan bo‘ladi. Shuningdek, muskul kuchi va ishchanlik qobiliyati sezilarli darajada ortadi.
=== Taqdimot 9 ===
Ko‘krak qafasining hajmi kengayadi, skelet, naychasimon suyaklar qattiqlashadi, to‘qimalar va a’zolarning shakllanishi va funksional taraqqiyoti tugallanadi. Odatda bu yoshda yurak va qon tomirlarning rivojlanishida o‘smirlarga xos bo‘lgan notekislik endi tekislashadi, qon bosimi baravarlashadi, ichki sekretsiya bezlari bir me’yorda ishlay boshlaydi. Nerv tizimining va xususan, miya rivojlanishidagi o‘zgarishlar ma’lum bo‘lib qoladi. Lekin, bu o‘zgarishlar miya massasining ortishi hisobiga emas, balki miyaning ichki hujayralari tuzilishining murakkablashuvi hisobiga ro‘y beradi.
=== Taqdimot 10 ===
Katta yarim sharlar qatlamidagi hujayralarning tuzilishi sekin-asta katta yoshdagi kishi miyasining hujayralariga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bosh miya po‘stining qismlarida assotsiativ to‘qimalarning miqdori ko‘payadi. Natijada o‘qish va mehnat jarayonida katta (yarim sharlar) qatlamining analitik-sintetik faoliyati murakkablashadi. Ba’zan bu yoshdagi o‘quvchilarda nerv qo‘zg‘aluvchanligining ortishi, nerv sistemasi normal ishlashining buzilishi ko‘pincha noto‘g‘ri yashash rejimining: tungi mashg‘ulotlar, to‘yib uxlamaslik, toliqish, chekish, noratsional ovqatlanish, zararli odatlar va boshqa ayrim sabablarning natijasida ro‘y beradi.
=== Taqdimot 11 ===
Ilk o‘smirlik yoshining boshlanishida odatda jinsiy yetilish tugallanadi, ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanadi, bu hol yigit va qizlarning tashqi ko‘rinishida ham sezilarli o‘zgarish hosil qiladi. Jinsiy yetilish davrining tugallanishi hali jismoniy yetuklikni ham, buning ustiga psixik va ma’naviy yetuklikni ham anglatmaydi. Faqat 18 yoshga borib, nikohdan o‘tishga ruxsat beriladigan davrda, shu yosh uchun minimal darajada zarur bo‘lgan jismoniy, ma’naviy, fuqarolik yetuklik darajasi boshlanadi. 18 yoshli yigit va qizlar jamiyat tomonidan katta yoshli kishilar deb e’tirof etiladi.
=== Taqdimot 12 ===
Ilk o‘spirinlik davrini ikkinchi o‘tish davri deb hisoblash mumkin. Agar birinchi o‘tish davri ko‘proq bolalikka yaqin bo‘lsa, ikkinchi o‘tish davrida bo‘lgan o‘spirin ko‘proq yoshlik davriga yaqindir va shu jihatidan o‘rganiladi hamda tadqiq etiladi. Ilk o‘spirinlik davri, asosan, unda mustaqil hayotning boshlanishi (o‘rta maktabni tamomlab, litseyga kirishi)bilan xarakterlanadi. Hayotdagi bu o‘zgarishlar ilk o‘spirinning shaxsiga, o‘z-o‘zini anglashiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘smirlardan farqli o‘laroq ilk o‘spirinlar katta hayotni tasavvur etmaydilar, balki unda ishtirok etadilar. Ilk o‘spirinlarning mustaqilligi ortishi bilan kattalarning unga munosabatlari ham o‘zgaradi.
=== Taqdimot 13 ===
Jismoniy hamda aqliy jihatdan voyaga yetgan.
Kamolotga erishgan,
Dunyoqarashi, o‘z-o‘zini boshqarishi kabi yetuk insoniy xususiyatlari tarkib topgan.
Ota-onalarining yaqin yordamchisi.
Uzoqni ko‘zlaydigan, kelajak uchun qayg‘uradigan.
Katta yoshdagilarga hurmat-ehtirom.
Vazmin, mulohazali.
O‘SPIRINLAR
=== Taqdimot 14 ===
Hayot faoliyati kengaygan sari, o‘spirinlarda ijtimoiy rollar kengligi faqat miqdor tomondangina kengayib qolmay, balki sifat tomonidan ham o‘zgarib boradi.
16 Yoshda pasport oladi.
18 Yoshidan faol saylash huquqiga.
Oila qurish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Jinoiy ishlar uchun javobgar bo‘ladi.
Lekin, shunga qaramay o‘spirinlarda kattalarga qaramlik xususiyatlari saqlanib qoladi.
=== Taqdimot 15 ===
Bilish jarayonlari murakkab va egiluvchan bo‘lib boradi.
Ilk o‘spirinlar ko‘pchilik ilmiy tushunchalarni o‘zlashtiradilar, turli masalalarni yechish jarayonida ulardan foydalanishni o‘rganadilar.
Bu esa ularda nazariy yoki so‘z-mantiq tafakkurning rivojlanganligini bildiradi.
Kuzatish aniq maqsadga qaratilgan va yanada tartibli bo‘lib boradi. Shaxsning kuzatuvchanlik xususiyati rivoj topadi.
ILK O‘SPIRINLIK DAVRIDA INTELLEKTUAL VA EMOTSIONAL RIVOJLANISH
=== Taqdimot 16 ===
Xotirani rivojlantirishda mavhum so‘z-mantiq xotira, ma’nosiga tushunib esda olib qolishning roli sezilarli darajada ortadi.
Garchi ixtiyoriy xotira ustunlik qilsa-da, ixtiyorsiz esda olib qolish ham ilk o‘spirinlar tajribasidan chiqib ketmaydi.
Shu bilan birga faol ravishda bilim egallash, o‘qish va jamoat faoliyatida har holda ixtiyoriy xotira yetakchi rol o‘ynaydi.
XOTIRA
=== Taqdimot 17 ===
Qiziqishlarning differensiyalashganligi diqqatning tanlovchanligini, ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqatning roli ancha ortishini belgilab beradi.
Ilk o‘spirinlarda ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat bilan bir qatorda ixtiyoriy diqqatning ham ahamiyati ortadiki, ular o‘quv materiali bilan bevosita qiziqmasdan, o‘rganilayotgan hodisalarning hayotiy ahamiyatini tushunib, unga diqqatlarini qaratadilar.
Diqqatni ko‘chirish va taqsimlash qobiliyati sezilarli ravishda rivojlanib, takomillashib boradi.
Material muhim bo‘lib tuyulmasa, u o‘z diqqatini susaytiradi.
DIQQAT
=== Taqdimot 18 ===
Tafakkurning mazmundorligi: o‘spirin ongida tevarak-atrofdagi voqelik to‘g‘risida qancha miqdorda mulohazalar, muhokamalar va tushunchalar joy olganligi nazarda tutiladi.
Tafakkurning chuqurligi: moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning asosiy qonunlari, xossalari, sifatlari, ularning o‘zaro bog‘lanish va munosabatlari o‘spirinning fikrlash faoliyatida to‘liq aks etganligi tushuniladi.
Tafakkurning kengligi: o‘zining mazmundorligi va chuqurligi sifatlari bilan bog‘liq bo‘ladi.
O‘SPIRIN TAFAKKURI
=== Taqdimot 19 ===
Tafakkur mustaqilligi: o‘spirinning shaxsiy tashabbusi bilan o‘z oldiga yangi vazifalar qo‘ya bilishi, bu vazifalarni hech kimning yordamisiz, oqilona usullar bilan mustaqil hal qilish xususiyatini tushunish kerak.
Tafakkurning tezligi: qo‘yilgan savolga to‘liq javob olingan vaqt bilan belgilanadi.
O‘SPIRIN TAFAKKURI
=== Taqdimot 20 ===
Ularda do‘stlik motivlari ancha chuqurroq bo‘ladi. Do‘stlikning o‘ziga yuqori talablar qo‘yiladi, bular: oshkoralik, o‘zaro ishonch, talabchanlik, sadoqat, birgalikda doimiy yordam ko‘rsatish, kamchiliklarni tugatish, do‘stiga yordam berish, o‘zaro hurmat, bir-birini tushunish. Do‘stlik hislari ancha sermazmun bo‘lib, qiziqishlar faoliyatning keng doirasini qamrab oladi. Shaxs xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq. Bunda avvalo jins farqlari kuzatiladi. Qizlarda o‘g‘il bolalarga nisbatan 1,5-2-yil oldin yaqin do‘stlikka ehtiyoj paydo bo‘ladi, ularda do‘stlik hissiyotlarga boy. Qizlarda do‘stlikning mezonlari yigitlarga nisbatan psixologik motivlarga boy bo‘lib, ular yozilib gaplashib, bir-birlariga sirlarini aytishga ehtiyoj sezishadi.
“Do‘st – bu…”, “Do‘stim bilan men ko‘pincha….”, “Do‘st va o‘rtoq bir emas, chunki ular …”.
ILK O‘SPIRINLIK DAVRIDA DO‘STLASHISH MUAMMOSI
=== Taqdimot 21 ===
“Kim bilan do‘stlashishni xohlarding, o‘zingdan kattalar bilanmi, tengdoshlaring bilanmi, yoki o‘zingdan kichiklar bilanmi?”
(75-85 %) tengdoshlarini.
(11-20%) kattalarni.
(1-4 %) kichiklarni.
O‘zlaridan kichiklarni 0 %.
Qizlar ko‘pincha tengdoshlarini, (39-50%) kattalarni tanlashgan.
=== Taqdimot 22 ===
Sof, pokiza, beg‘ubor, xilma-xil kechinmalarga boy, yoqimli, xayolga berilish va samimiyat belgilariga ega bo‘ladi. Yigit va qizlarga o‘z kamchiliklariga barham berishga, ijobiy fazilatlar hosil bo‘ladi.
Birinchidan – jinsiy yetilish;
Ikkinchidan – ishonadigan, suyanadigan va har qanday nozik masalalar bo‘yicha gaplashish mumkin bo‘lgan do‘stga ehtiyoj;
Uchinchidan – bu tabiiy insoniy ehtiyoj hisoblanib, inson ko‘pincha o‘zini yolg‘iz his qilganida kuchli emotsional bog‘liqlikka intiladi.
O‘SPIRIN SEVGISI
=== Taqdimot 23 ===
Respublikamizda ilk o‘spirinlik davrida do‘stlikning psixologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlagan tadqiqotlarni prof.G‘.B.Shoumarov rahbarligida F.A.Akromova o‘tkazgan.
=== Taqdimot 24 ===
O‘quv kasbiy faoliyat
YETAKCHI FAOLIYAT
=== Taqdimot 25 ===
Bolalar o‘yinlari bo‘lib, unda bola o‘ziga har xil kasbiy rollarni qabul qiladi va shu bilan bog‘liq xulq-atvorning alohida elementlarini “o‘ynaydi”.
O‘smirlik xayoli bo‘lib, o‘smir orzularida, o‘zini u yoki bu qiziqarli kasbning namoyandasi sifatida ko‘radi.
Uchinchi bosqich – ilk o‘spirinlik davrini qamrab oladi – dastlabki kasb tanlashdir.
Qobiliyatlari nuqtayi nazaridan kasb tanlashga harakat qilinadi.
YOSH DAVRLARI PSIXOLOGIYASIDA KASB TANLASH BIR NECHA BOSQICHDAN IBORAT
=== Taqdimot 26 ===
Har xil faoliyat turlari o‘smirning qiziqishlari tomonidan saralanadi va baholanadi (“Men tarixiy romanlarni yoqtiraman, tarixchi bo‘laman”), keyin qobiliyatlari nuqtayi nazaridan kasb tanlashga harakat qilinadi (“Men matematikani yaxshi o‘zlashtiryapman, matematik bo‘sammikan?”, eng so‘nggida qadriyatlar tizimi nuqtayi nazaridan qarab chiqiladi (“Men kasal odamlarga yordam berishni xohlayman, shifokor bo‘laman”; “Ko‘p pul topishni xohlayman, qaysi kasb bu talabga javob beradi?”). Qiziqishlar, qobiliyatlar va qadriyatlar kasb tanlashning har bir bosqichida namoyon bo‘ladi.
=== Taqdimot 27 ===
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.