- Savatga boshqa "CLASSROOM MANAGEMENT IN WORKING WITH DEFFERENT AGES" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
ILK O‘SPIRINLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
5000 so'm

ILK O‘SPIRINLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Ilk o‘spirinlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari
Ilk o‘spirinlik davri — bu inson hayotining eng mas’uliyatli bosqichlaridan biri bo‘lib, unda jismoniy, psixik, intellektual va ijtimoiy jihatdan yetilish jarayoni sodir bo‘ladi. Bu davr “kamolot bo‘sag‘asi” sifatida ham ta’riflanadi. Akseleratsiya (tez yetilish) tufayli hozirgi o‘spirinlar avvalgi avlodlarga nisbatan 2–3 yil erta voyaga yetmoqda.
Ilk o‘spirinlik davrining umumiy xususiyatlari
Bu yosh oralig‘i, asosan, 15–18 yoshni qamrab oladi. Bu davrda inson fuqaro sifatida shakllanadi, o‘z mustaqil fikriga ega bo‘la boshlaydi, ma’naviy qadriyatlar tizimi barqarorlashadi. O‘spirin o‘z taqdirini o‘zi belgilashga, jamiyat hayotida faol ishtirok etishga intiladi. Shu bilan birga, unda yangi dunyoqarash, burch hissi va mas’uliyat tuyg‘usi shakllanadi.
O‘spirinlarda jismoniy rivojlanish
Ilk o‘spirinlik davrida jismoniy o‘sish juda tez kechadi. Qizlarda bu jarayon 15–16 yoshgacha, o‘g‘il bolalarda esa 17–18 yoshgacha davom etadi. Muskullar kuchi ikki baravar ortadi, yurak va qon tomirlar faoliyati barqarorlashadi, ichki sekretsiya bezlari me’yorga tushadi. Shu davrda jismoniy tarbiya, to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi muhim ahamiyat kasb etadi.
Fiziologik o‘zgarishlar bilan bir qatorda, miya faoliyati ham murakkablashadi: bosh miya po‘stida assotsiativ to‘qimalar soni ko‘payadi, bu esa tafakkur jarayonining rivojlanishiga olib keladi.
Intellektual rivojlanish
Ilk o‘spirinlar bilish jarayonida yuqori darajada faollik ko‘rsatadilar. Ular nazariy fikrlash, tahlil qilish, sabab-oqibat bog‘lanishlarini aniqlash, muammolarni mustaqil hal etish qobiliyatiga ega bo‘la boshlaydilar.
- Xotira: ixtiyoriy eslab qolish ustunlik qiladi, ma’nosiga tushunib yod olish muhim o‘rin egallaydi.
- Diqqat: ixtiyoriy diqqat barqarorlashadi, diqqatni bir joydan boshqasiga ko‘chirish va taqsimlash qobiliyati kuchayadi.
- Tafakkur: mazmundorlik, chuqurlik, kenglik, mustaqillik va tezlik jihatidan rivojlanadi.
Emotsional rivojlanish va do‘stlashish muammosi
O‘spirinlar o‘z his-tuyg‘ulariga nisbatan chuqurroq munosabatda bo‘ladilar. Ular o‘zaro ishonch, samimiyat va sadoqat asosida do‘stlik aloqalarini o‘rnatadilar. Ayniqsa, qizlarda do‘stlik hissi 1,5–2 yil avval shakllanadi va bu holat emotsional bog‘liqlikning kuchayishiga olib keladi.
So‘rovlar natijasida o‘spirinlarning 75–85 foizi tengdoshlarini, 11–20 foizi esa kattalarni do‘st sifatida tanlashlarini bildirgan.
O‘spirin sevgisi
Bu davrda jinsiy yetilish yakunlanadi va o‘spirinlarda hissiyotlarga boy, beg‘ubor tuyg‘ular paydo bo‘ladi. Ular do‘stiga suyanish, ishonch bildirish, o‘z his-tuyg‘ularini baham ko‘rish orqali o‘zini anglay boshlaydi. O‘spirin sevgisi, asosan, pokiza hislar, samimiyat va o‘zini boshqalarga nisbatan ijobiy ko‘rsatish istagi bilan bog‘liq.
Kasb tanlash va hayot yo‘lini belgilash
Ilk o‘spirinlik davrida kasb tanlash jarayoni muhim ahamiyatga ega. Bu bosqichda o‘quvchi o‘z qobiliyati, qiziqishlari va qadriyatlari asosida hayotiy yo‘lini belgilashga intiladi.
- Birinchi bosqichda — bola orzulari asosida kasbni tanlaydi (“Tarixchi bo‘laman”, “Shifokor bo‘laman”).
- Ikkinchi bosqichda — o‘z qobiliyatlarini tahlil qilib, amaliy jihatdan tanlov qiladi.
- Uchinchi bosqichda — kasbni qadriyatlar tizimi va ma’naviy ehtiyojlar asosida baholaydi.
O‘spirinlik va ijtimoiy mas’uliyat
16 yoshda pasport olish, 18 yoshda saylov huquqiga ega bo‘lish, oila qurish va ijtimoiy javobgarlikni his etish – bularning barchasi o‘spirinlik davrida yuz beradigan ijtimoiy yetilish jarayonidir. Shunga qaramay, o‘spirinlarda kattalarga qaramlik hissi hali ham mavjud bo‘ladi, bu esa ota-ona va o‘qituvchilarning doimiy yo‘l-yo‘riqlarini zarur qiladi.
Xulosa
Ilk o‘spirinlik davri — bu insonning jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan shakllanadigan eng muhim davridir. Bu bosqichda to‘g‘ri psixologik yondashuv, sog‘lom muhit va ota-ona e’tibori o‘spirinning barkamol shaxs sifatida voyaga yetishida hal qiluvchi ahamiyatga ega.
=== Taqdimot 1 ===
ILK O‘SPIRINLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
=== Taqdimot 2 ===
Ilk o‘spirinlik davrining psixik xususiyatlari.
O‘spirinlarda jismoniy rivojlanish.
Ilk o‘spirinlik davrida intellektual va emotsional rivojlanish.
Ilk o‘spirinlik davrida do‘stlashish muammosi.
REJA:
=== Taqdimot 3 ===
Akseleratsiya natijasida bugungi ilk o‘spirinlarning taraqqiyoti avvalgi avlodlarga nisbatan o‘rtacha ikki-uch yil avval yetilmoqda. Fiziologlar bu jarayonni 2-darajali jinsiy belgilarning paydo bo‘lishiga qarab, 3 ta bosqichga ajratadilar:
Akseleratsiya munosabati bilan o‘spirinlik Yoshining chegarasi endi 15-16 dan 18 Yoshgacha bo‘lmoqda. Demak, o‘spirinlik ham oldin boshlanadi. Lekin, bu taraqqiyot davrining aniq mazmuni birinchi navbatda ijtimoiy sharoitlar bilan belgilanadi. Yoshlarning jamiyatda tutgan o‘rni, ularning mavqei, ular egallaydigan bilimlarning hajmi va bir qator boshqa faktorlar ijtimoiy sharoitlarga bog‘liqdir.
=== Taqdimot 4 ===
O‘SPIRINLARDA FIZIOLOGIK O‘ZGARISHLAR
=== Taqdimot 5 ===
Ilk o‘spirinlik davri “kamolot bo‘sag‘asi” deb ta’riflanadi. Bu kamolot bosqichi fiziologik, psixologik va ijtimoiy chegaralarni o‘z ichiga oladi. Psixologiya fani o‘spirinlik muammosini kompleks o‘rganishni da’vat etadi.
Bu juda qiyin masala, chunki psixofiziologik taraqqiyot sur’ati bilan uning bosqichlari ijtimoiy yetilish muddati bilan hamma vaqt ham to‘g‘ri kelavermaydi.
=== Taqdimot 6 ===
Ilk o‘spirinlik yoshidagi bolalar bu 15 yoshdan 17-18 yoshgacha bo‘lgan akademik litsey va maktabning yuqori sinf o‘quvchilaridir. O‘spirinlik – bu odamning fuqaro sifatida shakllanishi, uning ijtimoiy jihatdan yetilishi, o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi, ijtimoiy hayotga faol ishtirok etishi davri, fuqaro va vatanparvarning ma’naviy sifatlari tarkib topadigan davrdir. Faol ijtimoiy hayot, o‘qishning yangi fe’l-atvori (mustaqil bilim olish) yigit va qizlarda dunyoqarashning shakllanishiga, ularda mustaqillik va burch hissining tarkib topishiga, bilimning turli sohalarida ularning ijodiy qobiliyatini avj oldirishga katta ta’sir ko‘rsatadi.
=== Taqdimot 7 ===
Bo‘yning o‘sishi o‘spirin qizlarda 15-16 yoshgacha, o‘g‘il bolalarda 17-18 yoshgacha davom etadi. Bu yoshda muskullar kuchi tez o‘sadi. Masalan, 18 yoshli bola muskul kuchi 12 yoshli bolaga nisbatan 2 baravar ko‘p bo‘ladi. Jismoniy taraqqiyot, asosan, to‘g‘ri ovqatlanish rejimiga va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Jinsiy taraqqiyot jihatdan bu yoshdagi ko‘pchilik yigit va qizlar postpubertat (tugallanuvchi) davrda bo‘ladilar.
O‘SPIRINLARDA JISMONIY RIVOJLANISH
=== Taqdimot 8 ===
Bularning jismoniy rivojlanishi katta yoshdagi odamning jismoniy rivojlanishidan kam farq qiladi. Bo‘yning va organizmning notekis o‘sishi va rivojlanish davri tugallanadi hamda jismoniy rivojlanishning nisbatan birmuncha tekis davri boshlanadi. O‘spirinlik yoshida jismoniy sifatlar (bo‘y, og‘irlik) nisbatan barqaror darajaga yetgan bo‘ladi. Shuningdek, muskul kuchi va ishchanlik qobiliyati sezilarli darajada ortadi.
=== Taqdimot 9 ===
Ko‘krak qafasining hajmi kengayadi, skelet, naychasimon suyaklar qattiqlashadi, to‘qimalar va a’zolarning shakllanishi va funksional taraqqiyoti tugallanadi. Odatda bu yoshda yurak va qon tomirlarning rivojlanishida o‘smirlarga xos bo‘lgan notekislik endi tekislashadi, qon bosimi baravarlashadi, ichki sekretsiya bezlari bir me’yorda ishlay boshlaydi. Nerv tizimining va xususan, miya rivojlanishidagi o‘zgarishlar ma’lum bo‘lib qoladi. Lekin, bu o‘zgarishlar miya massasining ortishi hisobiga emas, balki miyaning ichki hujayralari tuzilishining murakkablashuvi hisobiga ro‘y beradi.
=== Taqdimot 10 ===
Katta yarim sharlar qatlamidagi hujayralarning tuzilishi sekin-asta katta yoshdagi kishi miyasining hujayralariga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bosh miya po‘stining qismlarida assotsiativ to‘qimalarning miqdori ko‘payadi. Natijada o‘qish va mehnat jarayonida katta (yarim sharlar) qatlamining analitik-sintetik faoliyati murakkablashadi. Ba’zan bu yoshdagi o‘quvchilarda nerv qo‘zg‘aluvchanligining ortishi, nerv sistemasi normal ishlashining buzilishi ko‘pincha noto‘g‘ri yashash rejimining: tungi mashg‘ulotlar, to‘yib uxlamaslik, toliqish, chekish, noratsional ovqatlanish, zararli odatlar va boshqa ayrim sabablarning natijasida ro‘y beradi.
=== Taqdimot 11 ===
Ilk o‘smirlik yoshining boshlanishida odatda jinsiy yetilish tugallanadi, ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanadi, bu hol yigit va qizlarning tashqi ko‘rinishida ham sezilarli o‘zgarish hosil qiladi. Jinsiy yetilish davrining tugallanishi hali jismoniy yetuklikni ham, buning ustiga psixik va ma’naviy yetuklikni ham anglatmaydi. Faqat 18 yoshga borib, nikohdan o‘tishga ruxsat beriladigan davrda, shu yosh uchun minimal darajada zarur bo‘lgan jismoniy, ma’naviy, fuqarolik yetuklik darajasi boshlanadi. 18 yoshli yigit va qizlar jamiyat tomonidan katta yoshli kishilar deb e’tirof etiladi.
=== Taqdimot 12 ===
Ilk o‘spirinlik davrini ikkinchi o‘tish davri deb hisoblash mumkin. Agar birinchi o‘tish davri ko‘proq bolalikka yaqin bo‘lsa, ikkinchi o‘tish davrida bo‘lgan o‘spirin ko‘proq yoshlik davriga yaqindir va shu jihatidan o‘rganiladi hamda tadqiq etiladi. Ilk o‘spirinlik davri, asosan, unda mustaqil hayotning boshlanishi (o‘rta maktabni tamomlab, litseyga kirishi)bilan xarakterlanadi. Hayotdagi bu o‘zgarishlar ilk o‘spirinning shaxsiga, o‘z-o‘zini anglashiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘smirlardan farqli o‘laroq ilk o‘spirinlar katta hayotni tasavvur etmaydilar, balki unda ishtirok etadilar. Ilk o‘spirinlarning mustaqilligi ortishi bilan kattalarning unga munosabatlari ham o‘zgaradi.
=== Taqdimot 13 ===
Jismoniy hamda aqliy jihatdan voyaga yetgan.
Kamolotga erishgan,
Dunyoqarashi, o‘z-o‘zini boshqarishi kabi yetuk insoniy xususiyatlari tarkib topgan.
Ota-onalarining yaqin yordamchisi.
Uzoqni ko‘zlaydigan, kelajak uchun qayg‘uradigan.
Katta yoshdagilarga hurmat-ehtirom.
Vazmin, mulohazali.
O‘SPIRINLAR
=== Taqdimot 14 ===
Hayot faoliyati kengaygan sari, o‘spirinlarda ijtimoiy rollar kengligi faqat miqdor tomondangina kengayib qolmay, balki sifat tomonidan ham o‘zgarib boradi.
16 Yoshda pasport oladi.
18 Yoshidan faol saylash huquqiga.
Oila qurish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Jinoiy ishlar uchun javobgar bo‘ladi.
Lekin, shunga qaramay o‘spirinlarda kattalarga qaramlik xususiyatlari saqlanib qoladi.
=== Taqdimot 15 ===
Bilish jarayonlari murakkab va egiluvchan bo‘lib boradi.
Ilk o‘spirinlar ko‘pchilik ilmiy tushunchalarni o‘zlashtiradilar, turli masalalarni yechish jarayonida ulardan foydalanishni o‘rganadilar.
Bu esa ularda nazariy yoki so‘z-mantiq tafakkurning rivojlanganligini bildiradi.
Kuzatish aniq maqsadga qaratilgan va yanada tartibli bo‘lib boradi. Shaxsning kuzatuvchanlik xususiyati rivoj topadi.
ILK O‘SPIRINLIK DAVRIDA INTELLEKTUAL VA EMOTSIONAL RIVOJLANISH
=== Taqdimot 16 ===
Xotirani rivojlantirishda mavhum so‘z-mantiq xotira, ma’nosiga tushunib esda olib qolishning roli sezilarli darajada ortadi.
Garchi ixtiyoriy xotira ustunlik qilsa-da, ixtiyorsiz esda olib qolish ham ilk o‘spirinlar tajribasidan chiqib ketmaydi.
Shu bilan birga faol ravishda bilim egallash, o‘qish va jamoat faoliyatida har holda ixtiyoriy xotira yetakchi rol o‘ynaydi.
XOTIRA
=== Taqdimot 17 ===
Qiziqishlarning differensiyalashganligi diqqatning tanlovchanligini, ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqatning roli ancha ortishini belgilab beradi.
Ilk o‘spirinlarda ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat bilan bir qatorda ixtiyoriy diqqatning ham ahamiyati ortadiki, ular o‘quv materiali bilan bevosita qiziqmasdan, o‘rganilayotgan hodisalarning hayotiy ahamiyatini tushunib, unga diqqatlarini qaratadilar.
Diqqatni ko‘chirish va taqsimlash qobiliyati sezilarli ravishda rivojlanib, takomillashib boradi.
Material muhim bo‘lib tuyulmasa, u o‘z diqqatini susaytiradi.
DIQQAT
=== Taqdimot 18 ===
Tafakkurning mazmundorligi: o‘spirin ongida tevarak-atrofdagi voqelik to‘g‘risida qancha miqdorda mulohazalar, muhokamalar va tushunchalar joy olganligi nazarda tutiladi.
Tafakkurning chuqurligi: moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning asosiy qonunlari, xossalari, sifatlari, ularning o‘zaro bog‘lanish va munosabatlari o‘spirinning fikrlash faoliyatida to‘liq aks etganligi tushuniladi.
Tafakkurning kengligi: o‘zining mazmundorligi va chuqurligi sifatlari bilan bog‘liq bo‘ladi.
O‘SPIRIN TAFAKKURI
=== Taqdimot 19 ===
Tafakkur mustaqilligi: o‘spirinning shaxsiy tashabbusi bilan o‘z oldiga yangi vazifalar qo‘ya bilishi, bu vazifalarni hech kimning yordamisiz, oqilona usullar bilan mustaqil hal qilish xususiyatini tushunish kerak.
Tafakkurning tezligi: qo‘yilgan savolga to‘liq javob olingan vaqt bilan belgilanadi.
O‘SPIRIN TAFAKKURI
=== Taqdimot 20 ===
Ularda do‘stlik motivlari ancha chuqurroq bo‘ladi. Do‘stlikning o‘ziga yuqori talablar qo‘yiladi, bular: oshkoralik, o‘zaro ishonch, talabchanlik, sadoqat, birgalikda doimiy yordam ko‘rsatish, kamchiliklarni tugatish, do‘stiga yordam berish, o‘zaro hurmat, bir-birini tushunish. Do‘stlik hislari ancha sermazmun bo‘lib, qiziqishlar faoliyatning keng doirasini qamrab oladi. Shaxs xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq. Bunda avvalo jins farqlari kuzatiladi. Qizlarda o‘g‘il bolalarga nisbatan 1,5-2-yil oldin yaqin do‘stlikka ehtiyoj paydo bo‘ladi, ularda do‘stlik hissiyotlarga boy. Qizlarda do‘stlikning mezonlari yigitlarga nisbatan psixologik motivlarga boy bo‘lib, ular yozilib gaplashib, bir-birlariga sirlarini aytishga ehtiyoj sezishadi.
“Do‘st – bu…”, “Do‘stim bilan men ko‘pincha….”, “Do‘st va o‘rtoq bir emas, chunki ular …”.
ILK O‘SPIRINLIK DAVRIDA DO‘STLASHISH MUAMMOSI
=== Taqdimot 21 ===
“Kim bilan do‘stlashishni xohlarding, o‘zingdan kattalar bilanmi, tengdoshlaring bilanmi, yoki o‘zingdan kichiklar bilanmi?”
(75-85 %) tengdoshlarini.
(11-20%) kattalarni.
(1-4 %) kichiklarni.
O‘zlaridan kichiklarni 0 %.
Qizlar ko‘pincha tengdoshlarini, (39-50%) kattalarni tanlashgan.
=== Taqdimot 22 ===
Sof, pokiza, beg‘ubor, xilma-xil kechinmalarga boy, yoqimli, xayolga berilish va samimiyat belgilariga ega bo‘ladi. Yigit va qizlarga o‘z kamchiliklariga barham berishga, ijobiy fazilatlar hosil bo‘ladi.
Birinchidan – jinsiy yetilish;
Ikkinchidan – ishonadigan, suyanadigan va har qanday nozik masalalar bo‘yicha gaplashish mumkin bo‘lgan do‘stga ehtiyoj;
Uchinchidan – bu tabiiy insoniy ehtiyoj hisoblanib, inson ko‘pincha o‘zini yolg‘iz his qilganida kuchli emotsional bog‘liqlikka intiladi.
O‘SPIRIN SEVGISI
=== Taqdimot 23 ===
Respublikamizda ilk o‘spirinlik davrida do‘stlikning psixologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlagan tadqiqotlarni prof.G‘.B.Shoumarov rahbarligida F.A.Akromova o‘tkazgan.
=== Taqdimot 24 ===
O‘quv kasbiy faoliyat
YETAKCHI FAOLIYAT
=== Taqdimot 25 ===
Bolalar o‘yinlari bo‘lib, unda bola o‘ziga har xil kasbiy rollarni qabul qiladi va shu bilan bog‘liq xulq-atvorning alohida elementlarini “o‘ynaydi”.
O‘smirlik xayoli bo‘lib, o‘smir orzularida, o‘zini u yoki bu qiziqarli kasbning namoyandasi sifatida ko‘radi.
Uchinchi bosqich – ilk o‘spirinlik davrini qamrab oladi – dastlabki kasb tanlashdir.
Qobiliyatlari nuqtayi nazaridan kasb tanlashga harakat qilinadi.
YOSH DAVRLARI PSIXOLOGIYASIDA KASB TANLASH BIR NECHA BOSQICHDAN IBORAT
=== Taqdimot 26 ===
Har xil faoliyat turlari o‘smirning qiziqishlari tomonidan saralanadi va baholanadi (“Men tarixiy romanlarni yoqtiraman, tarixchi bo‘laman”), keyin qobiliyatlari nuqtayi nazaridan kasb tanlashga harakat qilinadi (“Men matematikani yaxshi o‘zlashtiryapman, matematik bo‘sammikan?”, eng so‘nggida qadriyatlar tizimi nuqtayi nazaridan qarab chiqiladi (“Men kasal odamlarga yordam berishni xohlayman, shifokor bo‘laman”; “Ko‘p pul topishni xohlayman, qaysi kasb bu talabga javob beradi?”). Qiziqishlar, qobiliyatlar va qadriyatlar kasb tanlashning har bir bosqichida namoyon bo‘ladi.
=== Taqdimot 27 ===
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Slaydchi.uz — psixologiya, pedagogika va yoshlar rivojlanishi bo‘yicha interaktiv taqdimotlar platformasi.
Bosh sahifa: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.