Hozirgi zamon geografik bilimlarining rivojlanishi
8000 so'm

Slayd 1
Hozirgi zamon geografik bilimlarining rivojlanishi
Slayd 2
Reja:
Geografiyadagi zamonaviy tadqiqot yo‘nalishlari haqida
Geografiya fanidagi yangi g‘oyalar va ularning mazmuni
Zamonaviy geografik fanlar talqini
Hozirgi zamon geografik fanlar strukturasi
Slayd 3
XX asrda geografiya fani tabiiy va iqtisodiy rayonlashtirish masalalari bo‘yicha rivojlandi. Tabiiy rayonlashtirish L. Berg, N. Borzovdan boshlanib, N. Mixaylov, N. Gvozdetskiy, G. Tushinskiy, E. Murzayev kabi olimlar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, iqtisodiy rayonlashtirish masalalarini N. Baranskiy, N. Kolosovskiy, V. Chetirkin va boshqalar ishlab chiqdilar.
Slayd 4
Yevropa va amerika geograflari geografiya fanining bunday rivojlanishiga qarshi turdilar. Ular geografiya fani nazariyasi bo‘yicha bir qancha g‘oya va fikrlarni rivojlantirib, geografiya fanlar tizimiga o‘ziga xos yangiliklar kiritdilar. Ma’lumki, geografiyada rayonlashtirish masalasiga Gettner tadqiqotchining sub’ektiv fikriga bog‘liq masala, tabiatda esa bunday hududlar real mavjud emas deb hisoblagan. Bu fikrni amerika geografi Richard Xartshorn davom ettirdi va geografiyaning fanlar tizimidagi o‘rniga aniqlik kiritishga urinib ko‘rdi.
Slayd 5
1. “Geografiya – makondagi tafovutlarni o‘rganuvchi fan” deganda nimani tushunish kerak?
Geografiyaning vazifasi – yer yuzasidagi o‘zgaruvchan xususiyatlarni aniq, izchil va oqilona tasvirlash va tushuntirishni ta’minlashdir.
2. Yer yuzasi nima?
Yer yuzasi Yerning tashqi qobig‘i bo‘lib, bunda litosfera, gidrosfera, atmosfera, biosfera va antroposferaning o‘zaro bog‘lanishi yuzaga keladi. Bu – geografning dunyosidir.
3. Turli kelib chiqishga (genezisga) ega hodisalarning integratsiyasi geografiyaning xususiyatimi?
Geografiyaning maqsadi boshqa har qanday fandan ham ko‘proq yer yuzasidagi barcha turli kelib chiqishdagi hodisalarni analiz va sintez qilishdir.
Slayd 6
4. Geografiyada “ahamiyatlilik”ning o‘lchovi nima?
Tabiat va insonga xos har qanday hodisa alohida ahamiyatga egadir.
5. Biz tabiat va inson omilini ajratishimiz kerakmi?
Individual xususiyatlar va elementlarni tasvirlash va analiz qilishda biz klassifikatsiyaning har qanday kategoriyalaridan foydalanishimiz mumkin.
6. Geografiya fanining tabiiy va iqtisodiy sohalarga bo‘linishi to‘g‘rimi?
Geografiyani an’anaviy tarzda ob’ektlari bo‘yicha tabiiy va insoniyga bo‘lish hamda ularni yana qismlarga ajratish yetakchi hodisalarning o‘xshashligiga asoslanadi. U yer yuzini to‘ldirib turgan barcha hodisalar kombinatsiyalarini o‘rganuvchi geografiya faniga yaqinda kirib keldi.
Slayd 7
7. Geografiyada vaqt va genezisning ahamiyati qanday?
o‘zgaruvchan hodisalarni tadqiq qilishning tarixiy usuli tarix fanidan ko‘ra georafiyaga xosdir.
8. Geografiya “sistemali” va “regional” ga bo‘linadimi?
Geografiyada sistema va regional bo‘linishlar bo‘lmaydi, ular bir-birini to‘ldiradi.
9. Geografiya ilmiy qonuniyatlarni ishlab chiqishi yoki turli individualliklarni tasvirlashi shartmi?
Biz tadqiqotni kuzatishdan ya’ni tasvirlashdan boshlaymiz. Biz analizga o‘tamiz, ya’ni bir qancha qismlarni bir-biriga bog‘liq holda o‘rganamiz. Shundan so‘ng elementlar va jarayonlarning o‘zaro bog‘liqliklari haqida gipotezalar yaratamiz. Bu demak biz bilimning yuqori darajasiga erishdik deganidir.
Slayd 8
Iqlimiy determinizm nazariyasi turli iqlimiy o‘zgarishlarning tarixiy hodisalariga bevosita ta’sirini tushuntirishga urinadi. Elsvort Gettingtonning (1876-1947) fikricha millatlarni rivojlanishga undovchi va shu bilan birga rivojlanishdan orqada qolishiga sabab bo‘luvchi iqlimlar mavjud. U iqlim o‘zgarishlari va xalqlarning siyosiy, iqtisodiy va hatto madaniy hayoti o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa mavjudligini ta’kidlaydi. Uning bu nazariyasi Ellen Simpl (1863-1832) tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va u bu sohada turli asarlar yaratdi.
Slayd 9
Isaya Bouman (1878-1950) geografiyani sotsial fanlar qatoriga kiritdi. U insonni geografik tadqiqotlar markaziga qo‘ydi va uni tabiatni, shu bilan birga o‘zini ham o‘zgartirib boruvchi omil deb hisobladi. I. Bouman geografiya faqat tasvirlash va karta tuzish bilan emas balki jarayonlarni o‘rganish bilan shug‘ullanishi lozim deb hisobladi. U bilan bir vaqtda Xarlon Barrouz va Karl Zauerlar inson va tabiat aloqadorligini geografiya fanining asosiy predmeti ekanligini ta’kidlab, jamiyat va ishlab chiqarish sohalari geografiyaning predmeti emas deb hisobladilar.
Slayd 10
1970-yilda Edvard Teyf boshchiligidagi amerika geograflari “Geografiya” nomli dasturli asarni nashrdan chiqardilar. Bu kitob “Geografiya – sotsial fan sifatida” bobi bilan boshlanadi va geografiyaga shunday ta’rif keltiriladi: “Geograf makonda tashkil topgan hodisalar bilan ish ko‘radi, uni shaharlar, mintaqaviy rivojlanish va atrof-muhit ustidan nazorat o‘rnatish muammolari qiziqtiradi”.
Slayd 11
Richard Morill “Jamiyatning makonda tashkil topishi”asarida geografiyaga uch xil yondashuvni ko‘rib chiqadi:
An’anaviy (diqqat markazida – region yoki joy);
Ekologik (diqqat markazida – inson va Yer munosabatlari);
Bixevioristik (diqqat markazida – insonning makondagi hayot tarzi).
Slayd 12
Morill geografiyaning vazifasini quyidagicha belgiladi:
“Makon, makondagi munosabatlar, makondagi o‘zgarishlar, shuningdek tabiiy makondagi strukturalarning qandayligi, insonlarning makon vositasidagi aloqalari, inson o‘z jamiyatini qanday qilib tashkil etganligi, bizning bu haqdagi bilimlarimiz qay darajadaligi, makondagi o‘zgarishlardan foydalanish – geografiyaning fan sifatidagi asosiy elementlari mana shulardir”.
Slayd 13
Zamonaviy amerika, ingliz, shved geografik adabiyotlarida bixevioristik deb kishilarning makondagi ommaviy harakatlari – ularning kunlik migratsiyasi, piyodalar marshrutlari, axborotning odamlar orasida ommaviy tarqalishi (pochta jo‘natmalari, xalqaro telefon so‘zlashuvlarining hududiy tahlili va h. k.) tushuniladi. Bixevioristik geografiyani nemis geograflari Valter Kristaller va Avgust Lyoshlar rivojlantirganlar. Ularning ishlari natijasida “bixevioristik geografiya”, “ekologik geografiya” atamalari keng tarqaldi. Bu konsepsiyani rivojlantirishga ingliz geografiya Piter Xaggart (“Geografiya – eng yangi tahlil” kitobi), amerika astronomi Jon Styuart, geograf Vilyam Vornits kabilar katta hissa qo‘shdilar.
Slayd 14
Ularning tadqiqotlari asosida “sotsial fizika”, “regional analiz” yo‘nalishlariga asos solindi. 1950-yilda Amerika iqtisodchisi Uolter Ayzard “Mintaqa fani” yoki “Mintaqaviy fan” yo‘nalishini taklif etdi. Lekin bu “Mintaqaviy fan” noaniq xarakterda bo‘lib, u ijtimoiy iqtisodiy hodisalarni makon mezonida matematik usullarda bayon etadi. Unga rayon planirovkasi, shaharlar rivojlanishi, rayonlararo aloqalar, aholi joylashuvi, ishlab chiqarish, ko‘proq noishlab chiqarish sohalari muammolarini ko‘rib chiqish vazifalari belgilangan. Lekin, bu yo‘nalishda ushbu rayonlarning hosil bo‘lish qonuniyatlari o‘rganilmaydi, tadqiqotlar asosan matematik uslubga tayanadi.
Slayd 15
Tadqiqotlar doirasi kengaygan sari geografiyaning aloqadorlik xususiyatlari ortib boradi. Geografik fanlarning mazmuni va vazifalari rus geografi S.V.Kalesnik, ingliz geografi J. Stemp, frantsuz geografi P. Jorj tomonidan izohlab berilgan.
Slayd 16
Geomorfologiya: yer yuzasi, tashqi ko‘rinishi, kelib chiqishi va rivojlanish qonuniyatlari haqidagi fan. (Kalesnik); yer yuzasining shakllari haqidagi fan (Stemp); yer yuzasining shakllari haqidagi fan (Jorj); yer yuzasining rel’efi, kelib chiqishi va rivojlanishi haqidagi fan.
Quruqlik gidrologiyasi: suv havzalarining joylashuvi, kelib chiqishi, morfologiyasi, rejimi va boshqa xususiyatlarini geografik muhitning boshqa elementlari bilan bog‘liqligini o‘rganuvchi fan (Kalesnik); Suvlar, ularning oqimi, ko‘llar, suv havzalarining manbalari, shu jumladan qor ham, ularning kashf qilinishi, foydalanilishi, nazorat va muhofaza qilinishi haqidagi fan (Stemp); quruqlikdagi suvlarning genezisi, fizik va kimyoviy xossalari va harakatini o‘rganuvchi fan (Jorj); suvning geografik muhit va inson faoliyati bilan bog‘liq ravishda yer yuzasida aylanishini o‘rganadigan fan.
Slayd 17
Klimatologiya: iqlim haqidagi fan (Kalesnik), yer iqlimlari va uning atrof muhitga ta’sirini o‘rganuvchi fan (Stemp).
Tuproqlar geografiyasi: tuproqlarning shakllanishi va tarqalish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan (Kalesnik); tuproqlar geografiyasi – bu tuproqshunoslikning tuproqlar tarqalishining umumiy qonuniyatlari va alohida regionlar tuproq qoplamini o‘rganuvchi sohasidir.
Slayd 18
Biogeografiya: Biotsenozlar va bu biotsenozlarni tashkil etuvchi organizmlar nisbati va taqsimlanish qonuniyatini o‘rganuvchi fan (Kalesnik); organik hayot geografiyasi (Stemp); Geografiyaning biosferani o‘rganuvchi, tirik organizmlarning yer yuzida joylashuvini tasvirlovchi va tushuntirib beruvchi sohasidir (Jorj; Geografik muhit (biosfera) organik qismi (odamdan tashqari) uning rivojlanishi, hududiy taqsimlanishi, organik tabiiy resurslar va ulardan foydalanish, o‘zgartirish va foydalanish haqidagi fan.
Okeanologiya: Gidrosferaning bir qismi bo‘lgan dunyo okeani haqidagi fan (Kalesnik).
Slayd 19
Landshaftshunoslik: Geografik komplekslarni o‘rganuvchi fan (Kalesnik); Landshaftshunoslikning predmeti geografik komplekslarning tuzilishi, rivojlanishi va joylashuvi kabilardir. Boshqacha qilib aytganda landshaftshunoslik tabiiy geografiyaning geografik qobiq differentsiallashishini o‘rganuvchi bo‘limidir. Landshaftshunoslikning asosiy vazifasi geografik tizimlarni o‘rganish va kartaga tushirish ularni rivojlanishini belgilab beruvchi qonuniyatlarni aniqlashdan iborat.
Slayd 20
Iqtisodiy geografiya: Ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqarish kuchlarining birligi sifatida ta’riflanadigan ishlab chiqarishning geografik joylashuvi, rivojlanish xususiyatlari va shart-sharoitlari (turli mamlakat va rayonlardagi) (Kalesnik); Geografiyadagi milliy boylikning ishlab chiqarilishi, joylashuvi, almashinuvi va iste’mol qilinishini o‘rganuvchi soha (Stemp); Hududiy ijtimoiy iqtisodiy tizimlar va bu tizimlarning shakllanish, rivojlanish va faoliyat jarayonlari hamda boshqarilishi haqidagi fan.
Slayd 21
Rayon planirovkasi: Hududlarni xo‘jalik maqsadida o‘zlashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholini madaniy – maishiy jihatdan to‘liq ta’minlashga erishish (Kalesnik); Geografik muhitning o‘zgarish va foydalanishi xususiyatlarini hisobga olingan holda hududiy ishlab chiqarish komplekslarini yoki bu ko‘lamda rivojlantirish sxemasining injenerlik-qurilish ko‘rinishida namoyon bo‘lishi. Muayyan rayonda ishlab chiqarish korxonalari, kommunikatsiya va aholi punktlarini hududning geografik, iqtisodiy, arxitektura-qurilish va injener – texnik omil va shart – sharoitlarini kompleks hisobga olgan holda oqilona joylashtirish nazariyasi va amaliyoti.
Slayd 22
Kartografiya: Geografik kartalar, ularni yaratish uslublari va ulardan foydalanish haqidagi fan (Kalesnik); Tabiat va jamiyatdagi hodisalar va ularning vaqt mobaynida o‘zgarishining makondagi joylashuvini kartografik belgilarning tizimlari vositasida o‘rganish haqidagi fan (Stemp); Kartalar tuzish va foydalanishda qo‘llanadigan ilmiy, badiiy va texnik operatsiyalar majmui (Jorj); Makondagi tizimlarni kartografik modellashtirish vositasida tadqiq qilish va tasvirlash haqidagi fan.
Slayd 23
Matematik geografiya (geokibernetika) yoki Geoaxborort tizimlari: Tabiat va jamiyatning makondagi tizimlari holati va dinamikasini tahlil qilishda matematik usullarni qo‘llash haqidagi fan.
Slayd 24
Geografik fanlar tizimi jadvali.
(Yu. G. Saushkin)
Fanlar
Tabiiy geografik
Iqtisodiy ijtimoiy
Umumgeografik
Bir komponentli
Geomorfologiya
Quruqlik gidrologiyasi
Iqlimshunoslik
(klimatologiya)
Tuproqlar geografiyasi
Glyatsiyalogiya
Hayvonlar geografiyasi
o‘simliklar geografiyasi
Ishlab chiqarish geografiyasi
Qishloq xo‘jalik geografiyasi
Transport geografiyasi
Qurilish geografiyasi
Savdo geografiyasi
Fan va madaniyat geografiyasi
–
Slayd 25
Geografik fanlar tizimi jadvali.
(Yu. G. Saushkin)
Fanlar
Tabiiy geografik
Iqtisodiy ijtimoiy
Umumgeografik
Bir komponentli
Okeanologiya
Biogeografiya
Kriogeografiya
Aholi geografiyasi
Aholi punktlari geografiyasi
Xizmat ko‘rsatish geografiyasi
Siyosiy geografiya
Tabiiy resurslar geografiyasi
Meditsina geografiyasi
Turizm va dam olish geografiyasi
Slayd 26
Geografik fanlar tizimi jadvali.
(Yu. G. Saushkin)
Fanlar
Tabiiy geografik
Iqtisodiy ijtimoiy
Umumgeografik
Sintetik
Landshaftshunoslik
Mamlakatlar tabiiy geografiyasi
Umumiy yer bilimi
Paleogeografiya
Iqtisodiy geografiya Mamlakatlar iqtisodiy geografiyasi.
Jahon iqtisodiy geografiyasi
Tarixiy geografiya
Kartografiya
Matematik geografiya
Geografiya tarixi va uslubiyati
Nazariy geografiya
Metageografiya
Mamlakatshunoslik
Tarixiy landshaftshunoslik
Slayd 27
Geografik fanlar tizimi jadvali.
(Yu. G. Saushkin)
Fanlar
Tabiiy geografik
Iqtisodiy ijtimoiy
Umumgeografik
Amaliy
Injenerlik geografiyasi
Erozionistika
Landshaft arxitekturasi
Rayon planirovkasi
Geonika
Geografik bashorat
Slayd 28
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 29
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.