FIZIKA VA UNI O‘QITISHDA EMPIRIK VA NAZARIY METODLAR

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Fizika va uni o‘qitishda empirik va nazariy metodlar
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Fizika o‘qitish metodikasida kuzatish, eksperiment, ilmiy g‘oya, muammo, faraz va nazariyalarning mohiyati.
Fizika o‘qitish metodikasida ilmiy metodlar va ularning ma’nosi.
Fizika o‘qitish metodikasida analiz va sintez hamda induksiya va deduksiya, umumlashtirish, abstraktlashtirish va oydinlashtirish metodlari.
01
02
03
=== Taqdimot 3 ===
Insonning o‘zini o‘rab turgan olamga bo‘lgan munosabatlaridan biri – bilishdir. Inson hayoti davomida faqat tashqi dunyoni ya’ni tabiat va jamiyatnigina bilib qolmasdan, balki o‘zini, o‘zining ruhiy-ma’naviy dunyosini ham bilib boradi.
=== Taqdimot 4 ===
Insonning tabiatni bilishi, fizika fanini o‘rganish jarayonida uning turli tomonlarini, ularning qonuniyatlari va xususiyatlarini ochib berilishi orqali shakllanadi. Falsafada inson bilishining tabiati va mohiyati haqida turli ta’limot va qarashlar mavjudligi bayon qilinadi. Bunday qarashlardan biri ilm va fan yutuqlariga asoslangan ilmiy bilish bo‘lib, u oddiy kundalik bilish, g‘oyibona bilish va boshqalardan tubdan farq qiladi.
=== Taqdimot 5 ===
Markaziy Osiyo mutafakkirlari Forobiy, Ibn Sino, Ulug‘bek, Navoiylar inson dunyoni va o‘zini bilishi masalasiga to‘xtalib, u tabiat va jamiyatni hamda o‘zini bilishga qodir deb, ilmiy bilishni targ‘ib qilishgan.
=== Taqdimot 6 ===
Ilmiy bilish uchun inson tabiatning hamma tomonlarini, aloqadorlik va bog‘lanishlarini birgalikda o‘rganishi, uni xatolik va bir tomonlama qarashdan saqlaydi. Ilmiy bilish natijasida hosil qilingan bilimlarning ma’lum tizimlari fanlarni vujudga keltiradi. Shuning uchun fanlar, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri to‘g‘risidagi ilmiy tizimlarga egadir.
=== Taqdimot 7 ===
Fanlar, jamiyat taraqqiyoti moddiy va ma’naviy jihatdan ma’lum yetuklikka erishgan davrda, insoniyat ilmiy bilish orqali olam, borliq haqida ma’lum miqdordagi bilimlarni hosil qilish natijasida vujudga keladi.
=== Taqdimot 8 ===
Ilmiy izlanishlar olib boruvchi tadqiqotchi obyektni o‘rganishga kirishar ekan, o‘rganayotgan predmet yoki hodisa haqidagi bilimlarga birdaniga ega bo‘lmaydi. Buning uchun u predmet yoki hodisa ustida ma’lum vaqt uzluksiz turli xil yo‘llar, usullar va vositalardan ya’ni ilmiy bilish metodlaridan foydalanadi. Bu metodlarning ilmiy bilishdagi vazifasi shundan iboratki, ular tadqiqotchiga o‘rganayotgan predmet yoki hodisa haqida, uning tabiati va mohiyatini ifodalaydigan qonun va qonuniyatlarni ochishga yordam berishdan, natijada tadqiqotni muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.
=== Taqdimot 9 ===
Ilmiy bilishda to‘g‘ri tanlangan metod qilingan ilmiy kashfiyotdan qimmatlidir, chunki ushbu metod tadqiqotchiga bir emas, bir necha ilmiy kashfiyotlarni keltirishi mumkin. Hozirda fizikada ilmiy bilishning quyidagi metodlari ishlatiladi: analiz va sintez, induksiya va deduksiya, umumlashtirish, abstraktlashtirish va oydinlashtirish va boshqalar. Bu metodlarning har biri bilan tanishib o‘taylik.
=== Taqdimot 10 ===
Analiz
Analiz va sintez
Sintez
Analiz tufayli ajratilgan qismlar, bo‘laklar va elementlarni o‘zaro biriktirib, ularni yaxlit bir butun holga keltirib, ular orasidagi aloqa va bog‘lanishlarni bilishdir.
Bir butunni ya’ni yaxlitni qismlarga, bo‘laklarga va elementlarga ajratib, ularning har birini alohida o‘rganib, nima ekanligini bilishdir. Bu metodni qo‘llash natijasida butunni tashkil etgan qismlar, bo‘laklar va elementlarning butun tarkibidagi o‘rni aniqlanadi. Analiz orqali predmet va hodisalarning tarkibi, tuzilishi aniqlanadi.
=== Taqdimot 11 ===
Analiz va sintez bilish jarayonidagi bir, moddiy va mantiqiy amalning ikki tomoni bo‘lib, ularni bir-biridan ajratib qo‘llab bo‘lmaydi, chunki tabiatdagi va jamiyatdagi hamma narsalar, jarayonlar ko‘p tomonlidir.
Analiz
Hamma qismlarning bir-biri bilan bog‘lanishi, avtomobil ish ko‘rsatkichlarini qismlar parametrlariga bog‘liqligi va qismlarning avtomobilni ishlash jarayoniga ta’sirini bilish, sintez metodi orqali amalga oshiriladi.
Masalan avtomobilning tuzilishi va ishlash jarayonini bilish uchun uning qismlari tuzilishini, ularni avtomobildagi ahamiyatini o‘rganishda, analiz metodi qo‘llaniladi.
Sintez
=== Taqdimot 12 ===
=== Taqdimot 13 ===
=== Taqdimot 14 ===
=== Taqdimot 15 ===
Induksiya va deduksiya
Ushbu metodlar bilishning shunday usulidirki, bunda tadqiqotchi o‘z tafakkurida tekshirayotgan obyekt to‘g‘risidagi bir qancha juz’iy dalillardan, ular haqidagi ayrim bilimlardan umumiyroq bilimlarga (induksiya) va umumiy bilimlardan juz’iy, qisman yoki xususiy bilimlarga (deduksiya) o‘tadi.
Insonning bilish tajribasidan shu narsa ma’lumki, agar biror xususiyat bir sinf yoki jinsdagi hamma obyektlarga xos bo‘lsa, bu xususiyat shu sinf yoki jinsga oid har bir obyektga ham xos bo‘ladi.
=== Taqdimot 16 ===
Umumlashtirish
Tadqiqotchi o‘rganayotgan predmet yoki hodisalar ustida olib borgan kuzatish va tajribalari, analiz va sintezlarini o‘z tafakkurida umumlashtiradi, abstraktlashtiradi va oydinlashtiradi. Tafakkur jarayonida yuz beradigan bu amallar ham, ilmiy bilishning umumiy ilmiy metodlarini tashkil qiladi.
Bu tadqiqot olib borilayotgan bir qancha predmet yoki hodisalarga xos bo‘lgan xususiyatlar va xossalarni fikran e’tibordan soqit qilib, tadqiqot uchun zarur hisoblangan biror belgi yoki xususiyatni ajratib olishdir.
Abstraktlashtirish
=== Taqdimot 17 ===
Umumlashtirish va abstraktlashtirish jarayonida ajratib olingan, e’tibordan soqit qilingan belgi va xususiyatlarni yana obyekt bilan bog‘lab, shu obyekt haqida aniq bir fikr hosil qilishdir. Demak, umumlashtirishdan abstraktlashtirishga va undan oydinlashtirishga o‘tish sodir bo‘ladi.
Oydinlashtirish
=== Taqdimot 18 ===
Muammo
Nazariya
Kuzatish
Eksperiment
Gipoteza
Ilmiy g‘oya
Tadqiqotchi o‘zi o‘rganayotgan obyektni ilmiy bilishda turli metodlardan foydalanib, yangi bilimlarni hosil qiladi. Bu yangi bilimlar rivojlanish jarayonida turli shakllarga ega bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
=== Taqdimot 19 ===
Kuzatish
Kuzatish – harakat, o‘zgarish va rivojlanishdagi ma’lum obyektni tabiiy sharoitda u qanday bo‘lsa, shu holicha belgilangan vaqt ichida ma’lum maqsad asosida ko‘zdan kechirib borishdir.
=== Taqdimot 20 ===
Eksperiment
Ekspereiment esa sun’iy yaratilgan sharoitda (laboratoriyada) olib boriladigan kuzatishdir. Eksperimentda tadqiqotchi o‘rganish obyektiga faol ta’sir qilishi, u yoki bu tashqi ta’sirlarni o‘zgartirishi mumkin. Masalan, erkin tushishni o‘rganishda har xil massali va shaklli jismlarni havoda, vakuumda yerga tushishini maqsadli kuzatish – eksperimentdir.
=== Taqdimot 21 ===
Eksperiment kuzatishga qaraganda yuqoriroq darajadagi bilish usulidir. Eksperiment usuli hodisalarning muhim belgilari va xususiyatlarini, ularning boshqa hodisa va narsalar bilan munosabati, aloqa va bog‘lanishlarini chuqurroq o‘rganishga imkon yaratadi. Bu usul izlanuvchiga tabiiy sharoitda kuzatish orqali hosil qilish mumkin bo‘lmagan bilimlarni olish imkoniyatini beradi. Ilmiy tadqiqot sohalariga, tadqiq qilinuvchi obyektlarning tabiatiga qarab, eksperimentlar fikriy eksperiment bo‘lishi ham mumkin.
=== Taqdimot 22 ===
=== Taqdimot 23 ===
tajribaning mukammal sxemasini va rejasini ishlab chiqish;
eksperiment maqsadini aniqlash va uni o‘tkazish uchun zarur shart-sharoit yaratish;
Eksperiment o‘tkazishda izlanuvchi quyidagi shartlarga amal qilishi kerak:
eksperiment uchun zarur asbob va qurilmalarni yig‘ish;
tajriba o‘tkazish va o‘lchash natijalari asosida kerakli hisoblashlarni bajarish;
eksperiment natijalarini analiz qilish va xulosa chiqarish.
=== Taqdimot 24 ===
Ilmiy g‘oya
Bilishning birinchi shaklidir. G‘oya – bu tadqiqot maqsadini, uning yo‘nalishini va mohiyatini ifodalaydigan ilmiy bilishdir. Ilmiy bilishda g‘oya muhim rol o‘ynaydi. Ma’lum bir aniq g‘oya tug‘ilmaguncha, hech bir sohada tadqiqot olib borilmaydi. Har bir g‘oya (borliqni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri aks ettirishidan qat’iy nazar) ma’lum bir tayyorgarlik, mushohada asosida, ma’lum bir sohada fikr yuritish natijasida paydo bo‘lib, unda tadqiqotchining amaliy va nazariy tajribalari umumlashgan bo‘ladi. G‘oya, ilmiy yoki badiiy borliqni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri aks ettirishi mumkin. Qanday ekanligi ko‘pchilik tomonidan o‘tkaziladigan ko‘p sonli eksperimentlarda aniqlanadi.
=== Taqdimot 25 ===
Ilmiy bilishda bir qancha g‘oyalar birikmasi bo‘lib, ilmiy bilishning hali bilib bo‘lmagan va hal qilinmagan, lekin hal qilinishi lozim bo‘lgan bilim shaklidir. Bu shakl, yangi dalillar eski bilim doirasiga sig‘may qolganda vujudga keladi. Muammoni to‘g‘ri qo‘yish – ilmiy bilishda asosiy hisoblanadi. Muammo savol va masaladan farq qiladi. Savol va masala oldingi bilim asosida hal etiladi.
Muammo
=== Taqdimot 26 ===
Ilmiy bilish jarayonida bir muammo bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish muammosi iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy hayotimizda yangi muammolarni – ishlab chiqarilgan mahsulotlarni erkin narxda sotishga o‘tish, kam ta’minlangan oilalarni, nafaqaxo‘rlarni, talaba va yoshlarni ijtimoiy himoya qilish kabi muammolarni yuzaga keltirdi. Muammolarni hal qilishda ko‘plab ilmiy faraz – gipotezalar paydo bo‘lishi mumkin.
=== Taqdimot 27 ===
Gipoteza
O‘rganilayotgan obyekt to‘g‘risida ilgari surilgan, ilmiy jihatdan asoslangan, ilmiy dalil va ma’lumotlarga zid bo‘lmagan, lekin haqiqatligi isbotlanmagan ilmiy bilish shaklidir. Ilmiy bilishda paydo bo‘lgan gipotezalar keyingi tadqiqotlarda tekshirilib, ularning haqiqatligi tasdiqlanadi yoki xatoligi isbotlanib, rad qilinadi. Gipotezani rad etish uchun uning xatoligini isbotlovchi birgina ilmiy dalil yetarlidir.
=== Taqdimot 28 ===
Ilmiy bilishning eng yuqori shakli bo‘lib, haqiqatligi amaliy yoki nazariy jihatdan isbotlangan, borliqning biror sohasiga tegishli ma’lum g‘oya, qarash, qonun va prinsiplarning muayyan tizimidir. Nazariyaning asosiy vazifasi – amaliyot bergan dalillarni izohlash, o‘rganilayotgan obyekt mohiyatiga chuqurroq kirish, ro‘y beradigan voqea va hodisalarni oldindan ko‘ra bilishdan iboratdir. U hech qachon tugallangan bo‘lmaydi, shuning uchun u har doim rivojlanib boradi. Ma’lum nazariyaning amal qilish chegaralari, ya’ni aniq qo‘llanish shart-sharoitlari bo‘ladi.
Nazariya
=== Taqdimot 29 ===
Empirik metod
Ilmiy bilish metodlari
Nazariy metod
Odatda bilish nazariyasiga ko‘ra ilmiy tadqiqotlarda ishlatiladigan metodlarni – empirik va nazariy metodlarga bo‘lish mumkin. Ammo ular bir-birini to‘ldiradi, buni nazariy jihatdan sxematik tarzda quyidagicha ko‘rsatish mumkin.
=== Taqdimot 30 ===
Har qanday empirik metod bilan topilgan yangi natija o‘zining nazariy tasdig‘ini topishi kerak, shundagina u ilmiy yangilik sifatida tan olinadi.
Demak ilmiy bilishning empirik va nazariy metodlari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini to‘ldirar ekan.
Har qanday nazariy metod bilan topilgan yangilik tajribada tasdiqlansagina tan olinadi.
Empirik metod
Nazariy metod
=== Taqdimot 31 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“FIZIKA VA UNI O‘QITISHDA EMPIRIK VA NAZARIY METODLAR” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar