Fitrat, Hamza, Qodiriy, Cho‘lpon hayoti va ijodi
7000 so'm

Slayd 1
ABDURAUF FITRAT, HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY, ABDULLA QODIRIY, CHO‘LPON HAYOTI VA IJODI
Slayd 2
R e j a:
1. Fitratning hayot yo’li.
2. Fitrat adabiyotshunos va tilshunos.
3. Hamza ijodiy yo’lining ma’rifatparvarlik bosqichi.
4. Hamza dramalari.
• 5.Abdulla Qodiriy – o’zbek realistik romanining yaratuvchisi.
6. Abdulla Qodiriy satirasi.
7. Cho’lpon lirikasi.
8. Cho’lpon dramalari.
Slayd 3
“Ma’rifatparvarlik”, “Jadidchilik”, “Yosh buxoroliklar harakati”, “Munozara”, “Hind sayyohi bayoni…”, “Hind ixtilolchilari”, “Bedil”, “Abulfayzxon”, “Adabiyot qoidalari”, “Qo’qon adabiy muhiti”, “Nihoniy”, “Devoni Nihoniy”, “Milliy ashulalar”, “Oq gul”, “Qizil gul”, “Yashil gul”, “Sapsar gul”, “Pushti gul”, “Sariq gul”, “Turk millati”; “Juvonboz”, “Baxtsiz kuyov”, “Uloqda”, “O’tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Obid ketmon”, “O’tkan kunlar” kitobi”; “Adabiyot nadur?”, “Doktor Muhammadyor”, “Uyg’onish”, “Buloqlar”, “Tong sirlari”, “Kecha va kunduz”, “Yorqinoy”, “Ulug’ hindi”, “Tagor va tagorshunoslik”.
T a ya n ch t u sh u n ch a l a r:
Slayd 4
Slayd 5
Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat madaniyatimiz tarixiga shoir va nosir, dramaturg va publitsist, tilshunos va adabiyotshunos, tarixchi va faylasuf, san’atshunos va jamoat arbobi sifatida kiradi.
U 1886 yili Buxoroda ziyoli oilasida tug‘ilgan. Buxoro, Istambul madrasalari va dorilfununlarida o‘qigan. U arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk allomalari ijodini yaxshi o‘zlashtirgan.
Adibning otasi savdo ishlari bilan shug‘ullangan bo‘lib, 1918 yilgacha Qashqarda turib qolgan. U asosan, onasi Mustafo bibi (Bibijon) tarbiyasida bo‘lib, u tufayli Bedil, Navoiy, Fuzuliy, Zebuniso, Uvaysiy kabi ulkan shoirlarning g‘azallaridan xabardor bo‘lgan.
Slayd 6
Fitrat 1909 yili Turkiyaga o‘qishga borib, 1913 yilgacha Istambul dorilfununida tahsil ko‘rgan. Turkiyada tashkil topgan «Buxoro ta’limi maorifi» uyushmasida faollik ko‘rsatgan. Uning ilk to‘plami 1911 yilda «Sayha» («Chorlov») nomi bilan chop etilgan. «Sayyohi hindi», «Munozara» kabi asarlari ham shu yillarda Turkiyada nashr etilgan.
1909—1913 yillarda Turkiya dorilfununida o‘qiyotganida jadidchilik g‘oyalari bilan tanishib, shu g‘oyalar bilan sug‘orilgan asarlar yozgan. U Turkiyadagi tahsili davrida o‘ziga Fitrat (zukko, dono, bilimdon) deb taxallus olgan.
Slayd 7
Slayd 8
Fitrat ijodi Turkistonda inqilobiy harakatlar kuchaygan davrlarga to‘g‘ri keladi. U 1913 yili fors-tojik tilida yaratgan «Munozara» nomli asarida o‘z xalqini zulm botqog‘idan qutqarib, «najot yo‘li»ni izlaganligini tasvirlaydi. Bu davrda Ovro‘pa fani va madaniyatini targ‘ib qilish ham Fitrat ma’rifatparvarligining muhim yo‘nalishini tashkil etgan.
Fitrat 1917 yili fevral inqilobidan keyin «Hurriyat» gazetasini tashkil etib, unda xalqni istiqlol uchun kurashga da’vat etuvchi she’r va maqolalarini e’lon qilgan. Uning «Hurriyat» gazetasida bosilgan «Yurt qayg‘usi» nomli she’r va sochmalarida Turkistonning hurligi uchun kurashga bel bog‘lagan lirik qahramonning «Men sen uchun tug‘ildim, sen uchun yasharman, sening uchun o‘larman, ey turkning muqaddas o‘chog‘i!» degan da’vati baralla eshitiladi. Uning «Qon», «Begijon», «Temur sag‘anasi», «O‘g‘izxon», «Abo Muslim», «Hind ixtilochilari», «Chin sevish» kabi dramalarida milliy mustaqillik uchun kurash mavzui tabiiy ifodasini topgan.
Slayd 9
1922 yili nashr etilgan «O‘zbek yosh shoirlari» to‘plamida Cho‘lpon, Elbek she’rlari bilan birga Fitratning she’riy asarlari ham ilk bor o‘zbek o‘quvchisiga havola etilgan. U mazkur to‘plamga kirgan «Mirrix yulduziga», «Behbudiyning sag‘anasini izlab», «Sharq», «Shoir» kabi she’rlarida millatparvar va vatanparvarlik pozitsiyasida qat’iy turganini yana bir bor namoyish etib, Oktyabrdan keyingi voqealarning g‘ayriinsoniy mohiyatini fosh etadi.
Shoir ijodi va dunyoqarashidagi ana shu hol keyin ham susaymay, u «Abulfayzxon», «Arslon» va «Vose’ qo‘zg‘oloni», «Shaytonning tangriga isyoni» kabi dramalarini yaratdi. Uning «Qiyomat» kabi hikoyalarida diniy fanatizm ijtimoiy taraqqiyotga to‘siq bo‘lgan kuch syfatida fosh etiladi.
Slayd 10
Fitrat yirik olim, adabiyotshunos sifatida ham bir qancha asarlar yaratgan. Jumladan, «Adabiyot qoidalari», «Eski o‘zbek adabiyoti namunalari», «Aruz haqida» kabi ilmiy kuzatuvlari o‘zbek adabiyotshunoslik fanining shakllanishida muhim rol o‘ynadi. Shuningdek, uning Umar Hayyom, Firdavsiy, Navoiy, Bedil haqidagi tadqiqotlari adabiyotimiz tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat etadi.
U Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy kabi o‘ndan ortiq mumtoz adabiyot vakillari haqida ham maqolalar yozgan.
Fitrat ayni paytda tashkilotchilik faoliyati bilan ham shug‘ullanib, 1921 —1923 yillarda Buxoro Xalq Jumhuriyatida maorif xalq noziri bo‘lib xizmat qilgan. 1923—1924 yillarda esa frunzechilar tomonidan quvg‘in qilingan shoir Moskvadagi Sharq tillari institutida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullangan.
Slayd 11
M., 1924]. Fitrat «Shashmaqom», «O‘zbek musiqasi to‘g‘risida» maqolalari va «O‘zbek klassik musiqasi ham uning tarixi» (1927) risolasi bilan XX asr o‘zbek musiqashunoslik fanini boshlab berdi.
Fitrat 1938 yil 4 oktyabrda Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon singari yozuvchilar bilan birga otib tashlangan.
1991 yil 25 sentyabrda Fitratga o‘zbek adabiyotini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi. Buxoro shahrida Fitrat bog‘i va uy-muzeyi tashkil etildi. Buxoroda Fitrat haykali o‘rnatilgan. Respublikadagi bir necha maktab, o‘cha va xo‘jaliklar Fitrat nomi bilan ataldi.
Slayd 12
Abdulla Qodiriy buyuk san’atkor, so’z ustasi, xalq qahramoni (dushmani emas!)! Qancha tazyiqlaru malomatlarga qaramay u o’z so’zini ayta olgan ulug’ ijodkor. Uning nomini, asarlarini yo’q qilmoqchi, xalqimizdan uni begona qilmoqchi bo’ldilar. Hatto, biz bilgan mashhur shoiri zamonlar ham uning uchun o’tin qaladilar… Haqiqat baribir yuzaga chiqdi. Julqunboyning asarlari, uning nomi qalblarimizda abadiyga muhrlandi. U yozgan asarlar uyimizning va qalbimizning to’ridan joy oldi…
Slayd 13
MOZIYGA QAYTIB ISH KO’RMOQ HAYRLIDUR.
Modomiki, biz yangi davrga oyoq qo‘ydik, bas, biz har bir yo‘sunda ham shu yangidavrning yangiliklari ketidan ergashamiz va shunga o‘xshash dostonchiliq, ro‘monchiliqva hikoyachiliqlarda ham yangarishg‘a, xalqimizni shu zamonning «Tohir-Zuhra»lari,«Chor darvesh»lari, «Farhod-Shirin» va «Bahromgo‘r»lari bilan tanishdirishka o‘zimizdamajburiyat his etamiz.
Slayd 14
OTABEK
SEVGI-MUHABBAT, OILA MASALALARI
IJTIMOIY HAYOT
EZGULIK VA YOVUZLIK O’RTASIDAGI KURASH
O’TKAN KUNLAR
Slayd 15
Slayd 16
Abdulla Qodiriy ushbu asarni yozish davomida bir necha marta Marg’ilonga qatnagan ekanlar. Bobomning aytishlaricha, Qodiriy Marg’ilonning turli mahallalari, go’shalarini aylanib, odamlar bilan suhbatlashgan ekanlar. Bobomning otalari mahallaning katta imomi bo’lganliklari uchun ular bilan ham gaplashgan ekanlar. Abdulla Qodiriy o’zlarining xotiralarida ham bu haqda aytib o’tadilar. Ular har bir ko’rgan holatlari, odamlarning suhbatlari va hokazolardan asarda unumli foydalanganlar. Bir kuni Marg’ilon ko’chalarida yurib, birovning uyidan zig’ir yog’i hidini sezganlar va shu holatni ham asarga kiritdim, deydilar.
Slayd 17
Slayd 18
Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon XX asr she’riyatining yirik vakili, o’zbek nasri, dramaturgiyasi, tanqidchiligiga katta hissa qo’shgan mutafakkirdir. “Cho’lpon”, “Qalandar”, “Mirzaqalandar”, “Andijonlik” kabi taxalluslar bilan ijod qilgan.
Cho’lpon 16-17 yoshlaridayoq ham sharqona, ham Yevropacha puxta ma’lumot olgan, ilg’or fikrli ziyoli bo’lib etishadi.
U 1913-14 yillardan ijod qila boshlaydi. Uning dastlabki asarlari “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farg’ona“ kabi mahalliy gazetalarda, shuningdek, Orenburgda chiqqan “Sho’ro” jurnalida bosiladi. Cho’lponning dastlabki asarlariga “Vatanimiz Turkistonda temir yo’llar”, “Adabiyot nadur?” kabi maqolalari, “O’sh” ocherki, “Qurboni jaholat” feletoni, “Doktor Muhammadiyor” hikoyalarini kirgizish mumkin.
Slayd 19
degan maqolasida Cho’lpon adabiyot bahonasida Turkistonning istiqboli haqida qayg’uradi, xalqning kelajagini ta’minlaydigan omillar to’g’risida mulohaza yuritadi. U yozadi: “Hech to’xtamasdan harakat qilib turgan vujudimizga suv, havo naqadar zarur bo’lsa, maishat yo’lida har xil qaro kirlar ila xiralangan ruhimiz uchun shul qadar adabiyot kerakdir. Adabiyot yashasa millat yashar…” Bu mulohazalar bugun ham o’z qimmatini yo’qotgan emas.
“Adabiyot nadur?”
Slayd 20
Doktor Muhammadiyor” hikoyasi XX asr boshlaridagi o’zbek ma’rifatchilik adabiyotida o’ziga xos o’rin tutadi.
Cho’lponning 1913-17 yillardagi ijodini birinchi bosqich deb olsak, shoir bu bosqichda chinakam muvaffaqiyatga erisha oldi deyish qiyin. 1917 yillarda Cho’lpon ijodining yetuklik bosqichi boshlangan. Bu davrga kelib Cho’lpon san’at, adabiyotning rolini aniqroq tushuna boshlaydi.
“
Slayd 21
U “Uyg’onish” (1922 y.), “Buloqlar” (1924 y.), “Tong sirlari” (1926) degan uchta to’plam e’lon qildi. Ulardan tashqari “Go’zal yozqichlar” va “Adabiy parchalar” degan kitoblarda uning anchagina she’rlari bosildi. 1926 yilda “Yorqinoy” dramasi alohida kitob tarzida chop etildi.
Slayd 22
Boshqa yuzlab yozuvchilar, adiblar, san’atkorlar, olimlar kabi Cho’lponning ham boshida qora bulutlar behad quyuqlashdi. Endi uni “millatchi” debgina emas, ochiqdan-ochiq “xalq dushmani” deb atay boshladilar. Inqilobdan oldingi fors shoirlarini o’qish ham Cho’lpon zimmasiga katta ayb sifatida yuklangan.
Oradan ko’p o’tmay 1937 yilning kuz oylarida u qamoqqa olinadi va 1938 yilning 5 Oktabrida “aksilinqilobiy faoliyati” uchun otishga hukm qilinadi. Olamdan o’tgandan keyin uning nomini adabiyot tarixidan butunlay o’chirib tashlash uchun harakat boshlandi.
Slayd 23
Faqat 1950 yillarga kelib Cho’lpon hech qanday jinoyat qilmagani uchun butunlay oqlandi. 1958 yil O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Cho’lponning adabiy merosini o’rganuvchi komissiya tuzdi. Cho’lponni adabiyotga qaytarish uchun yana 30 yil kerak bo’ldi. Eng muhimi shundaki, og’ir qatag’onlarga qaramasdan xalq Cho’lponni unutmagan ekan.
Slayd 24
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 25
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
NUTQ USLUBLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
LEKSIKOGRAFIYA. LUG‘ATCHILIK, LUG‘AT TIPLARI VA TURLARI TASNIFI. O‘ZBEK LUG‘ATCHILIGI, UNING TARIXIY BOSQICHLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
PUNKTUATSIYA (ISHORAT QOIDALARI) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
XAZOYIN UL MAONIY – LIRIK QOMUS SIFATIDA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
KO‘CHIRMA GAPLI QURILMA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
LISON UT TAYR – FALSAFIY MAJOZIY DOSTON mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
FRAZEOLOGIZMLAR HAQIDA UMUMIY MA‘LUMOT mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 19 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI. LEKSIK SINONIMIYA. LEKSIK OMONIMIYA. LEKSIK ANTONIMIYA. GIPONIMIYA, GRADUONIMIYA, PARTONIMIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
TILNING IJTIMOIY TABIATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
LITERARY GENRES mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
LITERARY ANALYSIS ANDLITERARY ANALYSIS STUDYING AND ANALYZING WORKS OF LITERATURE FROM DIFFERENT TIME PERIODS, GENRES, AND CULTURES mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
XX ASR BOSHLARIDAGI O‘ZBEK ADABIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.