FANNING OBYEKTI, PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI

4000 so'm


FANNING-OBYEKTI,-PREDMETI,-MAQSADI-VA-VAZIFALARI

Slayd 1

FANNING OBYEKTI, PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
TILSHUNOSLIK❧

Slayd 2

Tayanch tushunchalar
Tilshunoslik, tilshunoslik nazariyasi, umumiy tilshunoslik, xususiy tilshunoslik, nazariy tilshunoslik, amaliy tilshunoslik, proto til, sinxroniya, diaxroniya, til va jamiyat, til va nutq, til va tafakkur, dunyo tillari, tillar tasnifi, til oilalari, “Yosh grammatikachilar” maktabi, Praga strukturalizmi, Kopengagen strukturalizmi, Amerika strukturalizmi, tilshunoslik fani bo‘limlari, antinomiya, fonetika, grammatika, morfologiya, sintaksis.
❧❧❧❧

Slayd 3

“Tilshunoslik nazariyasi” – tilshunoslik haqida nazariy ma’lumot beruvchi fan sifatida
“Tilshunoslik nazariyasi” fanida o‘rganiladigan asosiy masalalar
Til tabiatiga xos antinomiyalar
Xulosa
REJA:
01
02
03
04

Slayd 4

“Tilshunoslik nazariyasi” – tilshunoslik haqida nazariy ma’lumot beruvchi fan sifatida
01

Slayd 5

Tilshunoslik (lingvistika: grekcha lingua – “til”, logos – “fan”) murakkab va ko‘p qirrali, tilni boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzviy aloqadorlikda ilmiy va amaliy jihatdan o‘rganuvchi, tilshunoslikning asosiy masalalarini, tilning paydo bo‘lishi va til taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarni, til va nutq xususiyatlarini tahlil etuvchi fandir.
Til jamiyat uchun xizmat qiladi, jamiyat a’zolari muloqotini ta’- minlaydi. Til jamiyat tarixini o‘zida aks ettiruvchi vosita bo‘lib, insonning ma’naviy va ma’rifiy shakllanishi, rivojlanishida belgilovchi ahamiyatga ega. Til, uning amaliy ifodasi bo‘lgan nutq inson tafakkuri, ruhiyati, madaniyati, urf-odati va shaxsiy kamoloti bilan bog‘liqdir.
❧❧❧❧
TILSHUNOSLIK ❧

Slayd 6

Tilshunoslik fani umumiy va xususiy xarakterga egadir. Tilshunoslikning umumiy va xususiy, nazariy va
amaliy tilshunoslik kabi qator ko‘rinishlari mavjud bo‘lib,
til va nutqni
turli aspektlarda talqin qiladi.

Slayd 7

Umumiy tilshunoslik
Umumiy tilshunoslik jahon tillaridagi
fonetik, fonologik, grammatik (morfologik va sintaktik), leksik-semantik, stilistik jihatlarni ilmiy asosda o‘rganadi.
❧❧

Slayd 8

Xususiy tilshunoslik
Muayyan bir tildagi fonetik qonuniyatlarni, ma’lum bir tildagi leksik-semantik xususiyatlarni, bir tilning grammatik va stilistik qonuniyatlarini o‘rganadi.
❧❧

Slayd 9

—S.A.Rustamiy
“Dunyoda o‘rta asr olimlarining tilga oid nazariy va amaliy masalalarni qamrab olgan tilshunoslikka oid qarashlari adab ilmlari tarkibida lug‘at, sarf (morfologiya), nahv (sintaksis), balog‘at ilmlari kabi sertarmoq va murakkab ilmiy nazariyalar majmuyi sifatida rivojlanib, uning o‘rganish obyekti til, til hodisalari va til ifodasi bo‘lgan nutqdan iborat bo‘ldi..”
❧❧❧❧❧❧❧❧❧❧

Slayd 10

Nazariy tilshunoslik
Sohaning nazariy masalalari, til va nutq birliklariga doir qarashlar, til birliklari o‘rtasidagi munosabatlar haqida bahs yuritadi.
Amaliy tilshunoslik
Amaliy tilshunoslik jamiyatning amaliy ehtiyojlarini qondiradigan tilshunoslik sohasi bo‘lib, til haqidagi fanning tarqalish doirasini kengaytiradi.

Slayd 11

“Tilshunoslik nazariyasi” fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
01
Til va jamiyat, til va tafakkur, til va madaniyat, til va psixologiya masalalari;
Tilning hozirgi holati hamda tarixiy rivojlanish bosqichlarini o‘rganish;
Nutq va nutq faoliyati munosabatini o‘rganish;
Dunyo tillarini tavsiflash, tasniflash masalalarini
tahlil etish;
02
03
04

Slayd 12

tilning hozirgi holati hamda tarixiy rivojlanish bosqichlarini sinxron va diaxron aspektda o‘rganish;
yozuv va imlo qoidalarini ishlab chiqishning nazariy va amaliy asoslarini ko‘rsatib berish; tilning talaffuz me’yorlarini belgilashning nazariy va amaliy asoslarini izohlash;
tilning asosiy sathlarini tavsiflash, fonetik-fonologik, leksik, grammatik sath mohiyatini yoritish, fonetika va fonologiya, morfologiya va sintaksis, leksika va semantika, stilistika masalalarini belgilash.
❧❧
TILSHUNOSLIK❧

Slayd 13

Tabiiy til faqat tilshunoslikning emas, balki bir qator fanlar tomonidan o‘rganiladi;
Tilning o‘ziga xos xususiyatlarini, taraqqiyot qonuniyatlarini o‘rganish mazkur ijtimoiy hodisaga har tomonlama to‘liq ta’rif berish imkonini yaratadi;
Til kishilarning ichki kechinmalarini, his-tuyg‘ularini aks ettiradigan, insoniyatning barcha madaniy, ilmiy boyliklarini ifodalaydigan kommunikativ vosita sanaladi.
Tilshunoslik fanining predmeti

Slayd 14

“Tilshunoslik nazariyasi” fanida o‘rganiladigan asosiy masalalar
02

Slayd 15

Tilshunoslik fani uzoq vaqt mobaynida falsafa tarkibida rivojlanganAntik davrda va O‘rta asrlarda Yevropada tilshunoslik falsafaning ajralmas qismi bo‘lgani, falsafiy g‘oyalarning ustunligi, tilshunoslikning hali alohida soha bo‘lib, ajralib chiqmaganligidan dalolat beradi. Tilshunoslik taraqqiyoti jarayonida alohida tillar yoki til guruhlari empirik nuqtayi nazardan o‘rganilgan. Ba’zi bosqichlarda muayyan tillar (Yevropada lotin, Yaqin va O‘rta Sharqda arab) namuna, etalon sifatida qaralgan.
❧❧

Slayd 16

Tilga bo‘lgan qiziqish eramizdan avvalgi V asrlarda paydo bo‘lgan. Tilshunoslik qadimgi Hindiston, qadimgi Yunoniston va Rim, Misr, Mesopotamiya, Xitoy, Movarounnahr, Arabiston yarim oroli va boshqa mintaqalarda rivojlangan. Tilshunoslik fani uzoq vaqt mobaynida falsafa tarkibida rivojlangan. Antik davrda va O‘rta asrlarda Yevropada tilshunoslik falsafaning ajralmas qismi bo‘lgan.
TILSHUNOSLIK❧

Slayd 17

Faqatgina XIX asrda tilshunoslik maydonga alohida fan sohasi sifatida kirib keldi, shunga qaramay falsafa, mantiq va psixologiya bilan aloqasini yo‘qotmadi. Ilmiy tilshunoslikning asoschilari – eng yirik tilshunoslar yetuk faylasuf ham bo‘lganlar. Bular Y.Grimm, V.Gumboldt, Vundt, Chernishevskiy va boshqalardir. Bu ikki fan orasidagi munosabat til haqidagi fanni boyitish bilan bir qatorda, unga oid ilmiy tadqiqotlar olib borishni chegaralab qo‘ygan. Tilshunoslik masalalari chegaradosh sohalarda o‘rganilmay qolgan.
XIX asr o‘rtalariga kelib tilshunoslikni ijtimoiy sohalardan ajratishga urinishlar boshlandi, bu Darvin ta’limotining rivojlanishi tufayli amalga oshdi. Tabiiy fanlarning rivojlanishi, Charlz Darvin ta’limotining vujudga kelishi bilan tilni tirik organizm, deb tushunish kuchaydi.
❧❧❧❧❧❧❧❧❧❧

Slayd 18

Tilshunoslikda “natural” maktab oqimi paydo bo‘ldi. Uning asoschisi nemis olimi A.Shleyxer edi. U birinchi bo‘lib biologiya qonunlarini “inson organizmi”ga ko‘chirish kerakligini aytdi va tilshunoslikni tabiiy fanlar safiga qo‘shdi.
Jamiyatning eng muhim aloqa vositasi bo‘lgan tilning bir butunligiga asoslanib, uni tirik organizmga o‘xshatish noto‘g‘ridir. Til o‘zining tuzilishi, ayrim unsurlarining o‘zaro munosabati bilan butun bir tizimni tashkil etadi. Lekin bu holat uni aynan bir tirik organizm sifatida baholash imkonini bermaydi. Til ijtimoiy hodisa sifatida tabiiy hodisalardan ajralib turadi.

Slayd 19

Tilning boshqa ijtimoiy hodisalardan ajralib turadigan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, til ijtimoiy faoliyatning barcha sohalariga xizmat qiladi. U kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan konkret-tarixiy me’yor sifatida jamiyat a’zolarining barchasiga teng xizmat qiladigan asosiy aloqa vositasidir. So‘zlovchi insoniyat tomonidan yaratilgan tildan foydalanadi va ushbu tilning qonun-qoidalariga rioya qiladi.
❧❧❧❧❧❧❧❧❧❧

Slayd 20

Til tabiatiga xos antinomiyalar
03

Slayd 21

Til tabiatiga xos asosiy antinomiyalar quyidagilardir:
Birinchi antinomiya: til bilan tafakkurning ajralmas birligi va ichki qarama-qarshiligidir
Ikkinchi antinomiya: til har doim rivojlanib turadigan dinamik hodisadir
Uchinchi antinomiya: nutq va tushunish antinomiyasidir.
To‘rtinchi antinomiya: nutqning obyektiv va subyektiv xususiyatlarni o‘z ichiga oladi.
Beshinchi antinomiya: tildagi jamoaviy va individual xususiyatlardir
❧❧❧❧❧❧❧❧❧❧

Slayd 22

V. Gumboldt nazariyasi, uning ilmiy faoliyati, ayniqsa, til va nutq xususidagi qarashlari tilshunoslik fani taraqqiyotiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. V. Gumboldtning til haqidagi falsafiy nazariyasi, o‘zidan keyingi tilshunoslik fani takomillashuvida, turli ilmiy maktablar va oqimlarning shakllanishida asosiy omil bo‘ldi.
Boshqa bir qator olimlar (A.Shleyxer, G.Paul, M.Myuller), tilshunoslik maktablari (“Yosh grammatikachilar” maktabi, Praga strukturalizmi, Kopengagen strukturalizmi, Amerika strukturalizmi) tilning asl mohiyatini ochib berish masalasiga o‘z nuqtayi nazarlaridan yondashdilar. Ularning fikr-mulohazalari tilshunoslik sohasida erishilgan yutuqlardan hisoblansa-da, mazkur qarashlarning ba’zi jihatlari cheklangan edi
❧❧
TILSHUNOSLIK❧

Slayd 23

Murakkab
Psixik
Ijtimoiy
Biologik
Tilning jamiyat mahsuli sifatidagi belgilari
01
02
03
04
❧❧

Slayd 24

Tilda so‘zlar ma’no anglatadi, ular obyektga, biror narsa-hodisaga ishora qiladi. So‘zlar narsa-hodisaning biror belgisiga ishora qilish xususiyatiga ega. Ammo ba’zi so‘zlarda uning shakli ma’nosiga to‘g‘ri kelmaydi. Dog (it) nega shu nom bilan ataladi? U hech qachon bizga o‘z nomini eslatmaydi yoki it so‘zi hayvonning biror holatini anglatmaydi. Venger tilida bu tushuncha kutya so‘zi bilan ifodalanadi. Ba’zi so‘zlar narsa-buyum, jonzotning tovushiga ishora qiladi, ammo tovushga taqlid so‘zlari ham tillarda bir xil emas. Ingliz tilida viv-viv, bov-vov tarzida, venger tilida w tarzida talaffuz etiladi.
❧❧❧❧❧❧❧❧❧❧

Slayd 25

Til tovushlari nutqda muhim ahamiyat kasb etadi. Nutq a’zolari inson uchun zaruriy uzvlar bo‘lib, ular barcha tillarda tovushlarni hosil qilish uchun xizmat qiladi. Ammo fonetik imkoniyatlar tillarda bir xil namoyon bo‘lmaydi.

Slayd 26

Kishilar o‘zaro aloqa-munosabatda bo‘lish, fikrlashishda tildan boshqa vositalardan ham foydalanadilar. Bular ovozli va grafik shaklda bo‘lgan so‘zlashuv nutqidan boshqa turli tovush signallari: qo‘ng‘iroq, gudok kabilardir. Kommunikatsiyani ta’minlashda simvolika, turli ramzlar hamda paralingvistik vositalardan ham foydalaniladi.
❧❧❧❧❧❧❧❧❧❧

Slayd 27

Tilshunoslik fani, avvalo, nazariy va tatbiqiy-amaliy fandir. Bu fan keng qamrovli bo‘lib, boshqa fan sohalari bilan har tomonlama bog‘liqdir. Til murakkab ijtimoiy hodisa, belgilar tizimi sifatida insonlar muloqoti uchun xizmat qiladi. Bu o‘rinda til va nutqni farqlash zarur. Nutq – bu tilning va undagi belgilarning barcha qo‘llanish holatlarini qamrab oladi. Yozma yoki og‘zaki nutq bo‘lagi matn deb yuritiladi. Yozma nutq va og‘zaki nutq farqlanganidek, yozma matn va og‘zaki matn (monolog, dialog kabi) ham farqlanadi.

Slayd 28

Tilning muhim kommunikativ funksiya bajarishi uning murakkab tizim ekanligi, nutqda voqelanishi ham muayyan qonuniyat asosida yuz berishini ko‘rsatadi. Kishilik jamiyati taraqqiyoti davomida tilning jamiyatga bo‘lgan munosabati turlicha izohlangan.
❧❧
TILSHUNOSLIK❧

Slayd 29

“I saw her run to the bank” – Men uning bankka yugurib ketayotganini ko‘rdim. Bu gapdan, biz bank so‘zining “moliyaviy institut” yoki “daryo qirg‘og‘i” ma’nosini anglatayotganini bilmaymiz.
❧❧
TILSHUNOSLIK❧

Slayd 30

Shubhasiz, gap mazmunini muloqot jarayonidan anglab yetamiz. “I ate the biscuits on the bed”. Men shirinlikni yotoqxonamda yedim gapida siz “Men shirinlik iste’mol qilgan paytimda karavot ustida o‘tirganim”ni anglaysiz. Yoki “men karavot ustida turgan holda biskvitni yeganim” anglashiladi.
❧❧
TILSHUNOSLIK❧

Slayd 31

Xulosa
“Tilshunoslik nazariyasi” til qurilishi, til tabiati, tilning insoniyat ijtimoiy turmush tarzidagi o‘rni, til va tillarni tadqiq etish metodlari xususida umumiy, tizimli xulosalar beradi. Talabalarni tilshunoslikdagi asosiy yo‘nalishlar, maktablar, ularga xos ta’limotlar, atoqli tilshunoslarning faoliyati va qarashlari, ularga tegishli tamoyillar tavsifi, izlanish olib borish metodikasi, metodlari, qo‘lga kiritilgan muhim yutuqlar bilan tanishtiradi. “Tilshunoslik nazariyasi” fani til sathlari haqida bahs yuritadi. Tilning asosiy sathlari sifatida fonetik-fonologik, leksik, grammatik sath tahlil etiladi. Bu masalalarni tahlil etishda diaxron va sinxron jihatdan yondashadi.
❧❧❧❧❧❧❧❧❧❧

Slayd 32

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
❧❧❧❧❧❧❧❧❧❧
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slayd 33

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“FANNING OBYEKTI, PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar