ERKIN KURASHNING TARIXIY ILDIZI VA TURLI TARIXIY DAVRLARDA TARAQQIY

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
ERKIN KURASHNING TARIXIY ILDIZI VA TURLI TARIXIY DAVRLARDA TARAQQIY ETISHI
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
1. Erkin kurash sport turining tarixiy ildizi.
2. Barcha davrlarning eng muvaffaqiyatli erkin kurashchilari.
3. O‘zbekistonda erkin kurash sport turining rivojlanish tarixi.
4. Erkin kurash sport turining umumiy qoidalari.
5. 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbek erkin kurashchilarining ishtiroki.
=== Taqdimot 3 ===
Erkin kurash sport turining tarixiy ildizi
=== Taqdimot 4 ===
Erkin kurash eng qadimgi sport turlaridan biri bo‘lib, qadimdan ko‘plab xalqlarning milliy kurash turlari tarkibida hozirgi erkin kurashda qo‘llaniladigan usullar mavjud bo‘lgan. Erkin kurashning tarixiy ildizi Yunonistonga borib taqaladi va nafaqat harbiy mashg‘ulot turi, balki idеal inson tanasini kamolotga yеtkazish vositasi sifatida ham namoyon bo‘lgan.
=== Taqdimot 5 ===
Kurashning qadimgi turi asosan ikki ko‘rinishda: tik turgan holda kurash (upright wrestling) va yerda yotgan holda kurash (ground wrestling) bo‘lgan. Tik turgan holda kurashda g‘alaba qozonish uchun kurashchidan raqibni uch marotaba yiqitish talab etilgan bo‘lib, bunda aynan raqibning kuragi emas, balki tananing biron-bir qismi yerga tegsa, mag‘lubiyat hisoblangan. Yerda yotgan holda kurashda texnik-taktik harakatlar yotgan holda amalga oshirilganligi bois, kurashchilar tanalarining barcha qismlari yerga tegishi tabiiy bo‘lib, bu mag‘lubiyatni ifodalamagan. Qachonki kurashchilardan biri og‘riqli usullarga bardosh bera olmasdan ko‘rsatkich barmog‘ini hakamga ishora qilib ko‘rsatgan taqdirdagina mag‘lubiyat hisoblangan. Tik turgan holda kurash bellashuvlari tuproq bilan to‘ldirilgan maxsus maydonchalarda o‘tkazilgan bo‘lib, bu maydonchalardan, shuningdek, yugurib kelib uzunlikka sakrash bellashuvlari uchun ham foydalanilgan.
=== Taqdimot 6 ===
Hozirgi qoidalardan farqli o‘laroq, qadimgi yunon kurashchilarning bellashuvlarida raqibni belgilangan hududdan butunlay chiqarib yuborish yoki uni mag‘lub bo‘lganligini tan olishga majbur qilish g‘alaba mezoni hisoblangan. Bellashuvlarda kurashchilar raqiblarining oyoqlaridan ushlash bilan bir qatorda oyoqlar yordamida bajariladigan harakatlardan ham foydalanganlar. Ular aholi orasida o‘z san’atlarini kiyimsiz holda namoyish etgan va bellashuvlar yerda “kеroma” dеb nomlangan maxsus ringda amalga oshirilgan.
=== Taqdimot 7 ===
Kurashchilarning tanalariga zaytun yog‘i surtilgan bo‘lib, ushbu usul uch holatda kurashchiga qo‘l kelgan.
• Texnik-taktik usullarni amalga oshirishni yanada qiyinlashtirgan;
• Shuningdek quyosh nuri hamda qishning sovuq haroratidan terini himoya qilgan;
• Shuningdek, kurashchi yiqilganida, tananing qaysi qismi yerga tegganligini bildirgan. Bellashuvdan keyin kurashchilar tanalaridagi yog‘li qatlamni “strigil” deb nomlangan maxsus asbob bilan qirib, suv bilan yuvib tashlagan.
=== Taqdimot 8 ===
Tarixchilarning ta’kidlashicha, ko‘pgina tadqiqotchilar erkin kurash sport turining vatani Angliya (Lancashire) deb hisoblaydi. Shu kungacha saqlanib kelinayotgan XVIII asrga oid bo‘lgan ba’zi yozma manbalar shundan dalolat beradiki, bu sport turi 1800-1809-yillarda Angliyada shakllangan “catch-as-catch-can” ning zamonaviy va takomillashgan ko‘rinishi hisoblanadi.
Ba’zi tadqiqotchilar zamonaviy erkin kurash Angliyada paydo bo‘lishidan oldin, Shimoliy Amerikada mavjud bo‘lganligi, aholi orasida mashhur sport turi sifatida e’tirof etilganligi hamda kurashchilar o‘z mahoratlarini yarmarka va sirklarda namoyish qilganligini ta’kidlaydi. Xulosa qiladigan bo‘lsak, zamonaviy erkin kurash Amerika Qo‘shma Shtatlari va Angliyada mashhur sport turi sifatida e’tirof etilgan.
=== Taqdimot 9 ===
BARCHA DAVRLARNING ENG MUVAFFAQIYATLI ERKIN KURASHCHILARI
=== Taqdimot 10 ===
1964, 1968 va 1972-yillardagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida erkin kurash bo‘yicha 97 kg, +97 kg va +100 kg vazn toifalarida oltin medal sohibi;
1962-1963 va 1966-yillar (97 kg), 1967-yil (+97 kg) va 1969-1971-yillarda (+100kg) o‘tkazilgan Jahon chempionatlarida oltin medal sohibi; 1966 va 1968-yillar (+97kg) va 1972-yillarda (+100 kg) bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatlarida oltin medal sohibi ukrainalik erkin kurashchi.
ALEKSANDR VASILIYEVICH MEDVED
=== Taqdimot 11 ===
BUVAYSAR HAMIDOVICH SAYTIEV
1996, 2004 va 2008-yillardagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida erkin kurash bo‘yicha 74 kg vazn toifasida oltin medal sohibi; 1995, 2003 va 2005-yillar (74 kg) hamda 1997-1998 va 2001-yillarda (76 kg) o‘tkazilgan Jahon chempionatlarida oltin medal sohibi; 1996 va 2006-yillar (74kg), 1997, 2000-2001-yillar (76 kg) va 1998-yilda (85 kg) bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatlarida oltin medal sohibi rossiyalik erkin kurashchi.
=== Taqdimot 12 ===
IVAN SERGEYEVICH YARYGIN
1972 va 1976-yillardagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida erkin kurash bo‘yicha 100 kg vazn toifasida oltin medal sohibi; 1973, 1976-1977 va 1979-1980-yillarda (100 kg) o‘tkazilgan Jahon Kubogi bellashuvlarida oltin medal sohibi; 1973-yilda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 100 kg vazn toifasida oltin medal sohibi; 1972, 1975-1976- yillarda bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatlarida 100 kg vazn toifasida oltin medal sohibi rossiyalik erkin kurashchi.
=== Taqdimot 13 ===
SERGEY ALEKSEYEVICH BELOGLAZOV
1980 va 1988-yillardagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida erkin kurash bo‘yicha 57 kg vazn toifasida oltin medal sohibi; 1981, 1983, 1985, 1986-1987-yillar (57 kg) va 1982-yilda (62 kg) o‘tkazilgan Jahon chempionat- larida oltin medal sohibi rossiyalik erkin kurashchi.
=== Taqdimot 14 ===
ARSEN SULEYMANOVICH FADZAEV
1988 va 1992-yillardagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida erkin kurash bo‘yicha 68 kg vazn toifasida oltin medal sohibi; 1983, 1985-1987, 1990-1991-yillarda (68 kg) o‘tkazilgan Jahon chempionatlarida oltin medal sohibi; 1983, 1985-1986 va 1989-yillarda (68 kg) o‘tkazilgan Jahon kubogida oltin medal sohibi; 1984-1985, 1987-1988-yillarda (68 kg) bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatlarida oltin medal sohibi rossiyalik erkin kurashchi.
=== Taqdimot 15 ===
KAORI ICHO
2004, 2008, 2012 (63 kg) va 2016-yillardagi (58 kg) yozgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar erkin kurashi bo‘yicha oltin medal sohibasi; 2002-2003, 2005-2007, 2010-2011, 2013 (63 kg) va 2014-2015- yillarda (58 kg) o‘tkazilgan Jahon chempionatlarida oltin medal sohibasi; 2004-2005, 2007-2008 va 2011-yillarda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatlarida oltin medal sohibasi yaponiyalik erkin kurashchi.
=== Taqdimot 16 ===
SAORI YOSHIDA
2004, 2008, 2012-yillardagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar erkin kurashi bo‘yicha 55 kg vazn toifasida oltin medal sohibasi; 2002-2003, 2005-2013 (55 kg) va 2014-2015- yillarda (53 kg) o‘tkazilgan Jahon chempionatlarida oltin medal sohibasi; 2004-2005, 2007-2008-yillarda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatlarida 55 kg vazn toifasida oltin medal sohibasi yaponiyalik erkin kurashchi.
=== Taqdimot 17 ===
RISAKO KAWAI
2016 (63 kg) va 2020-yillardagi (57 kg) yozgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar erkin kurashi bo‘yicha oltin medal sohibasi; 2017 (60 kg), 2018 (59 kg) va 2019-yillarda (57 kg) o‘tkazilgan Jahon chempionatlarida oltin medal sohibasi; 2014, 2016 (63 kg), 2017 (60 kg) va 2020-yillarda (57 kg) bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatlarida oltin medal sohibasi yaponiyalik erkin kurashchi.
=== Taqdimot 18 ===
O‘ZBEKISTONDA ERKIN KURASH SPORT TURINING RIVOJLANISH TARIXI
=== Taqdimot 19 ===
Erkin kurash sport turi O‘zbekistonda XX asrning 50-yillaridan ommalasha boshladi. 1956-yildan boshlab erkaklar, 2003-yildan esa ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatlari o‘tkazilib kelinmoqda. Obid Nazirov, Abror Agzamov, Raxmonberdi Axmedov, Axror Ro‘ziev, Ma’mur Ro‘ziev, Aleksandr Nedorezov, Salim Abduvaliev va Abduvali Abdullayev kabi murabbiylar rahbarligi ostida Arsen Fadzaev, Maxarbek Xadartsev, Damir Zaxariddinov, Ramil Ataulin, Adxam Ochilov, Dilshod Mansurov, Magomed Ibragimov, Artur Taymazov, Soslan Tigiev, Qurban Qurbanov va Ixtiyor Navro‘zovlar Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari hamda boshqa nufuzli musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Hozirgi kunda Bekzod Abdurahmonov, G‘ulomjon Abdullayev, Jabrail Shapiyev, Magomed Ibragimov, Umidjon Jalolov, Hasanboy Rahimov, Laylo Sobirova, Shohida Ahmedova, Nabira Esanbayeva hamda Aktenge Keunimjayeva kabi erkin kurashchilar yuqorida ta’kidlangan xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etib kelmoqda.
=== Taqdimot 20 ===
=== Taqdimot 21 ===
=== Taqdimot 22 ===
ERKIN KURASH SPORT
TURINING UMUMIY QOIDALARI
=== Taqdimot 23 ===
Erkin kurash sport turida aylantirib va qayirib tashlash, siltab tortish hamda oyoq qismidan ushlab usullar bajarishga ruxsat etiladi. Bajarilgan usullar 5, 4, 2 va 1 ballik baholar bilan baholanadi. G‘olib to‘plagan ballariga ko‘ra aniqlanadi. Erkin kurash bellashuvi 2 davradan iborat bo‘lib, har bir davraning davomiyligi 3 daqiqa, davralar orasidagi tanaffus 30 sekundni tashkil etadi. Bellashuv uchun ajratilgan vaqt davomida kurashchidan o‘z raqibini yerga yiqitish, uning yеlkalarini yеrga tеkkizish, texnik-taktik usullar, himoya, kombinatsiya va qarshi usullarni amalga oshirish talab etiladi.
=== Taqdimot 24 ===
Bellashuv jarayonida agarda kurashchining ikkala yelkasi yerga tekkizilsa va bir nеcha sеkund davomida o‘rnidan turmasa, hakam buni sof mag‘lubiyat dеb e’lon qiladi va kurashni yеtakchi kurashchi hisobiga hal qiladi. Agarda bellashuv mobaynida kurashchilardan biri yelkalarining yerga tekkizilish holati kuzatilmasa, g‘olib bellashuv mobaynida olingan “ball” asosida aniqlanadi, ya’ni hakam ikkala kurashchi tomonidan amalga oshirilgan turli muvaffaqiyatli hujum yoki qarshi hujumlarga asoslanib ularni “ball” bilan baholaydi. Bunda tеxnik qobiliyatlar va bellashuv jarayonidagi faollik ham e’tiborga olinadi. Ikkala kurashchilarning birinchi yoki ikkinchi davrada to‘plagan ballari orasidagi farq 10 ballni tashkil etsa, shuningdek, hakamlar, murabbiylar va shifokorlarning qaroriga ko‘ra bellashuv belgilangan muddatdan oldin ham to‘xtatilishi mumkin.
=== Taqdimot 25 ===
BARSETKA
=== Taqdimot 26 ===
BARSOFKA
=== Taqdimot 27 ===
Erkin kurash bellashuvlarida kurashchilar qizil va ko‘k rangli erkin kurashchilar uchun mo‘ljallangan maxsus formalarda ishtirok etadi. Ularning formasi silliq matodan yasalgan bo‘lishi talab etiladi, bu esa kurashchilar uchun bellashuv mobaynida turli xil noqulayliklarni keltirib chiqarmaydi.
=== Taqdimot 28 ===
Erkin kurash bellashuvi diametri 9 m, umumiy o‘lchami 12x12m bo‘lgan kurash gilamida bo‘lib o‘tadi. Markaziy kurash zonasining o‘rtasida diametri 1 m bo‘lgan doira mavjud bo‘lib, doira chizig‘ining qalinligi 10 sm bo‘lib, kurash bellashuvi aynan mana shu nuqtadan boshlanadi. To‘q sariq doiraning ichki qismida joylashgan doira diametri 7 m, passiv zona (to‘q sariq chiziq) 1 m kenglikda, passiv zonaning tashqi chetidan maydon chetigacha bo‘lgan masofa 1,5 m.ni tashkil etadi. Erkin kurash gilami Olimpiya o‘yinlari, jahon va qit’a chempionatlari uchun 1.10 m.dan yuqori bo‘lmagan va 80 sm.dan past bo‘lmagan platformaga o‘rnatiladi. Agar musobaqalarda bir nechta erkin kurash gilamidan foydalanilsa, ularning orasi 2 m masofada ajratiladi. Bellashuv jarayonida erkin kurashchilar to‘plagan “ball”ni aks ettiruvchi elektron tablo kurash gilamidan uzoq bo‘lmagan masofada joylashtiriladi.
=== Taqdimot 29 ===
Erkin kurashchilarning murabbiylari uchun ajratilgan zonalar erkin kurash gilamining bir tomonida bo‘lib, qizil rangli formada kurashayotgan kurashchining murabbiyi kurash gilamining chap tomonida, ko‘k rangli formada kurashayotgan kurashchining murabbiyi kurash gilamining o‘ng tomonda joylashadi.
=== Taqdimot 30 ===
ERKIN KURASH SPORT TURIDA VAZN TOIFALARI
=== Taqdimot 31 ===
2024-YIL PARIJ SHAHRIDA (FRANSIYA) BO‘LIB O‘TGAN XXXIII YOZGI OLIMPIYA O‘YINLARIDA O‘ZBEK ERKIN KURASHCHILARINING ISHTIROKI
=== Taqdimot 32 ===
2023-yil 16-24-sentyabr kunlari Serbiyada bo‘lib o‘tgan erkin kurash bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Jabrail Shapiyev (86 kg) vazn toifasida Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
=== Taqdimot 33 ===
Joriy yilning 19-21-aprel kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan erkin kurash bo‘yicha litsenzion muso- baqada hamyurtimiz G‘ulomjon Abdullayev (57 kg) vazn toifasida Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
=== Taqdimot 34 ===
Joriy yilning 19-21-aprel kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan erkin kurash bo‘yicha litsenzion muso- baqada hamyurtimiz Bekzod Abdurahmonov (74 kg) vazn toifasida Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
=== Taqdimot 35 ===
Joriy yilning 19-21-aprel kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan erkin kurash bo‘yicha letsenzion muso- baqada hamyurtimiz Aktenge Keunimjayeva (50 kg) vazn toifasida Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
=== Taqdimot 36 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“ERKIN KURASHNING TARIXIY ILDIZI VA TURLI TARIXIY DAVRLARDA TARAQQIY” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar