Dramatik tur va janrlari
8000 so'm

Slayd 1
Dramatik tur va uning janrlari
Slayd 2
Dramatik turning o'ziga xos xususiyatlari.
Drama va teatr, dramatik asar va uning sahna talqini.
Dramatik asarlarni janrlarga ajratish prinsiplari.
Dramatik janrlar haqida.
Tayanch tushunchalar:
Dramatik sujet, ijro imkoniyatlari, makon va zamonning cheklangani, shartlilik, tragediya, tragik konflikt, tragik holat, tragik qahramon, komediya, drama.
Reja:
Slayd 3
Avval aytganimizdek, dramaning tasvir predmeti — harakat, u obyektning plastik obrazini yaratadi, dramada subyekt — ijodkor shaxsi ham obyektga singdirib yuboriladi. Agar bular dramaning turga xos belgilovchi xususiyati bo'lsa, dramatik asarning qurilishi, poetik o'ziga xosligini belgilovchi eng muhim xususiyat uning sahna uchun yaratilishidir. Ya'ni, sahnaga mo'ljallab yozilgan asar ijroni ham ko'zda tutishi zarur bo'ladi. Shunga ko'ra, dramadagi harakat — sujet voqealari makon va zamonda cheklangan bo'ladi. Ijro vaqtiga sig'ish uchun asarning keskin konflikt asosida shiddat bilan rivojlanuvchi sujetga qurilishi taqozo qilinadi. Ravshanki, bu xil sujetning rivojlanish vaqti ham chegaralangan, shu sababli ham sujet voqealari sabab-natija munosabatlari asosida konsenratsiyalanadi. Voqealar orasidagi sababnatija munosabati esa ularning makoniy va zamoniy jihatlardan-da yaqin bo'lishini taqozo qiladi. Dramaturg asarni yaratish jarayonidayoq uning sujet voqealari ijro vaqtiga sig'ishi masalasida qayg'urishi darkordir. Shunga ko'ra, dramatik asarda sujet voqealarining keskin konfliktlar asosida shiddat bilan rivojlanishi zaruratga aylanadi.
Slayd 4
Slayd 5
Bundan tashqari, dramatik asardagi sujet voqealari yuz beradigan makon ham cheklangan, voqealar sahnada shartli qayta yaratish mumkin bo'lgan (ya'ni, sahna ustalari, rassom tomonidan o'sha joy illuziyasini hosil qila oladigan dekoratsiyalarning ishlanishi mumkin bo'lgan) makonda kechadi. Boz ustiga, harakat makoniy o'zgarishlar jihatidan ham cheklangan, ya'ni dramatik asar voqealari ko'pi bilan to'rt-besh joydagina kechishi mumkin. Masalan, K.Yashinning "Nurxon" dramasidagi voqealar asosan ikki joyda: hojining hovlisi va Nurxonning Samarqanddagi kvartirasida kechadi; Cho'lponning "Yorqinoy" dramasidagi voqealar esa besh joyda: O'lmas botirning qo'rg'on boqchasi, boshqa bir boqcha, Nishobsoy begining boqchasi, shu bekning haram uylaridan biri, Po'latning qarorgohi va xon saroyida kechadi. Odatda bir parda davomida sodir bo'luvchi voqealarning bitta joyda kechishi, sujet voqealari ayni shu joylar bilan bog'liq holdagina rivojlanishini e'tiborga olsak, bu narsa dramatik asarning sujet qurilishini belgilaydigan asosiy omil bo'lib qolishi anglashiladi.
Slayd 6
Slayd 7
Savol va topshiriqlar:
• Dramatik asarning badiiy tomonlarini belgilovchi eng muhim xususiyat qaysi? Dramaga xos “shartlilik”ni qanday izohlaysiz?
• Dramatik asarning o'qilishi va sahna talqini (spektakl) orasidagi farqni tushuntiring? Epik asar bilan uning sahna varianti(inssenirovka) bir-biriga teng bo'la oladimi? Nima uchun? Buni konkret misol bilan tushuntiring.
• Dramatik asarlarni janrlarga ajratishda nimaga asoslaniladi? Tragediyaning janr xususiyatlarini “Mirzo Ulug'bek” tragediyasi yordamida tushuntiring. Tragediya va tragiklik tushunchalarini izohlang.
• Komediya janriga ta'rif bering? Komiklik deganda nimani tushunasiz? Xarakter komikligi, holat komikligi tushunchalarini izohlab bering.
• Dramaturgiyada dramaning yetakchi janrga aylanishi sabablarini tushuntiring. Dramaning janr modifikatsiyalari deganda nimani tushunasiz?
Slayd 8
E'tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 9
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.