
Slayd 1
Cho‘lpon hayoti
va ijodi.
She’rlari.
Nazariy ma’lumot. Ko‘chim haqida tushuncha
Slayd 2
Shoir haqida
Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon 1897-yilda Andijon shahrining Qatorterak mahallasida tug‘ildi. Uning otasi Sulaymonqul mulla Muhammad Yunus o‘g‘li Andijonning obro‘li kishilaridan bo‘lib, savdogarlik bilan shug‘ullanar edi. U zamonasining o‘qimishli kishilaridan hisoblanar, o‘zi ham she’rlar yozib turardi. O‘sha davrda bo‘lajak shoir ning otasi o‘zi yozgan hajviy she’rlardan devon tuzganligi haqida ma’lumotlar bor.
Cho‘lponning onasi Oysha aya, garchi unchalik o‘qimishli bo‘lmasa-da, o‘g‘lining ijodiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Negaki, u xalq qo‘shiqlari va ertaklarining bitmas xazinasidan yaxshigina xabardor bo‘lgan.
Slayd 3
Abdulhamid o‘n olti yoshlarga yetib-yetmay ijod qila boshladi. Uning shu davrda yaratgan hikoya va she’rlari Turkiston o‘lkasi gazetalarida chop etilardi.
Slayd 4
Cho‘lpon mislsiz she’riy kashfiyotlardan tashqari «Kecha va kunduz» deb ataluvchi birinchi o‘zbek roman-dilogiyasining muallifi hamdir.
Slayd 5
“Kecha va kunduz” haqida
Afsuski, zamondoshlarining хotirlashlaricha, romanning ikkinchi kitobi qo‘lyozmasi Cho‘lpon qamalgan paytda yo‘q qilingan va hozirgacha topilgan emas. Birinchi kitobi «Kecha» egamanlik (mustaqillik) yillarida qaytadan nashr etildi va ko‘pchilik o‘quvchilar tomonidan Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romani darajasidagi asar sifatida baho oldi.
Slayd 6
Dramasi
Cho‘lponning 1921-yilda yaratgan «Yorqinoy» dramasi badiiy jozibasi jihatidan hozirgacha ham o‘z ta’sir kuchini yo‘qotmay kelmoqda.
Slayd 7
Quyidagi shoirlar asarlarini tarjima qilgan
Shekspir
Blok
Gorkiy
Thakur
Slayd 8
Haqiqat kuychisi va erk farzandi
Slayd 9
Ozod Sharafiddinov
«Kecha va kunduz» romaniga tugal badiiylik baxsh etgan eng muhim omil shundaki, Cho‘lpon xalq hayotining badiiy tahlilini ham, ijtimoiy hayot haqidagi o‘zining mulohazalari va xulosalarini ham biron o‘rinda yalang‘och aytishga urinmaydi – bularning bari romanda jonli odamlar, ularning taqdiri, xarakterlari mantiqi vositasida ochiladi».
Slayd 10
Hikoyalari
«Qurvoni jaholat»
«Qor qo‘ynida lola»
«Novvoy qiz»
«Oydin kechalarda»
Slayd 11
“Kecha va kunduz” romani uchun tanlangan epigraf
«Hamal keldi – amal keldi»
Slayd 12
Razzoq so‘fi
So‘fi «o‘zidan ulug‘ va kuchlilar gapirsa – «hovva-hovva», deb tasdiqlaydi; «o‘zidan past va kuchsizlar gapirsa – «yo‘q, yo‘q», degan ma’noda» inkor etib boshini chayqaydi.
Slayd 13
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 14
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.