Cho’lponning hayoti va ijodi
8000 so'm

Slayd 1
Mavzu: Cho’lponning
hayoti va ijodi
Slayd 2
Darsning maqsadi.
Ta’limiy: Mavzuni tushuntirish og’zaki nutqni
o’stirish she’riyatga
havas uyg’otish
Tarbiyaviy: o’quvchilarga qalbiga
fidoiylik, ajdodlarimizdan faxrlanish
tuyg’ularini singdirish
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mustaqil
fikrlashga undash bilim ko’nikma
va malakalarni oshirish.
Slayd 3
Dars uslubi
Yangi bilimlar va tushunchalar hosil qilish va o‘zlashtirish darsi
Ko‘rgazmali-amaliy
Dars tipi
Suhbat, bahs, test sinovi, guruhlarga bo‘lib ishlash, xotira mashqi
Dars jihozi:
Tarqatma materiallar:
Kompyuter, proyektor, slaydlar, reklama roligi,
test kartochkalari.
Slayd 4
Reja
Tashkiliy qism (2 daqiqa)
O’tgan mavzuni so’rash (3 daqiqa)
Yangi mavzuni bayoni (20 daqiqa)
Mustahkamlash (10 daqiqa)
Baholash (3 daqiqa)
Uyga vazifa berish (2 daqiqa)
Slayd 5
TASHKILIY QISM
O’quvchilar davomadi aniqlanadi, uyga berilgan vazifani aniqlash.
Slayd 6
O’TGAN MAVZUNI MUSTAHKAMLASH
Otabekning otasiga sovuq muomalasi sababini izohlang.Yusufbek hoji aytgan gaplarga tayanib, uning shaxsiga tavsif bering.Romanda Turkistonning ayanchli ahvoli qanday aks ettirilganini izohlang.Yurtimizdan o‘tgan daholarga Yusufbek hoji munosabati ifodasiga to‘xtaling.Otabekning: “men bu jonivorliqni xoh-noxoh ishlashka majbur bo‘ldim” tarzidagi iqrorini tushuntiring.Ota-bolaning savol-javobiga asoslanib, ularning shaxslarini tavsiflang.Otabekning “…natijani tezroq eshitib olish uchun uning yuragi qaynag‘an oshdek shopirilar edi” holati sababini toping.Kumushning maktubiga tayanib, uning shaxsiyatiga xos xususiyatlarni ko‘rsating.
Slayd 7
YANGI MAVZU BAYONI
Hayot va ijod yo‘li. Shoir, dramaturg, nosir — Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon 1897- yili Andijonda tug‘ildi. Professor Naim Karimov, ayrim xotiralarga tayanib, Cho‘lponni 1898- yilda dunyoga kelgan deb hisoblaydi. Otasi Sulaymonqul Muhammad Yunus o‘g‘li ma’rifatli, bilimli ziyolilardan bo‘lib, asli savdo bilan shug‘ullansa-da, she’rlar ham yozib turgan. Onasi Oyshabibi maxsus tahsil ko‘rmagan, ammo ko‘ngli ochiq, suhbati yoqimli, ertagu qo‘shiqlarni ko‘p biladigan ayol bo‘lgan.Cho‘lpon dastlabki ta’limni o‘z mahallasidagi maktabda olib, saboqdoshlaridan o‘tkir xotirasi bilan ajralib turgan. U qisqa fursatda savod chiqarib, Qur’oni Karimni yod oladi. Zamon talabiga ko‘ra, o‘g‘lining rus tili va madaniyatidan ham xabardor bo‘lishini istagan otasi Abdulhamidni Andijondagi rus-tuzem maktabiga o‘qishga bergan. Bo‘lajak shoirga rus-tuzem maktabida G‘arb adabiyoti bilan tanishish imkoni tug‘ildi. Bu maktab saboqlari bitgach, mulla Sulaymonqul iste’dodli o‘g‘lini madrasaga topshirib, yetuk mudarris qilmoqchi bo‘ldi. Abdulhamid madrasada fors va arab tillarini o‘rgangan. Lekin bu davrda buyuk boshqird olimi Zaki Validiy va yosh o‘zbek adibi Fitrat asarlari ta’sirida turkchilik g‘oyalari, jadid qarashlari bilan tanishgan Cho‘lpon mudarris emas, “O‘zbek milliy yozuvchisi” bo‘lishga ahd qiladi. Uydagilardan ruxsat olmay, Toshkentga ketib, ijod bilan shug‘ullanadi. U turk, rus, fors tillari vositasida dunyo adabiyoti durdonalarini o‘qidi.Bolaligidan she’rlar yozib yurgan Cho‘lpon o‘z yozmalarini “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farg‘ona”, “Turkiston viloyati gazeti” kabi nashrlarda “Qalandar”, “Mirza qalandar”, “Q.”, “Andijonlik”, “Cho‘lpon” taxalluslari bilan chop ettirgan. Keyinchalik “Cho‘lpon” uning asosiy taxallusiga aylanib qoldi. 1914- yilning 18- aprelida “Sadoyi Turkiston” gazetasida Cho‘lponning
Slayd 8
“Turkistonli qarindoshlarimizga” degan she’ri bosildi. Oradan o‘n bir kun o‘tib, shu yerda uning “Qurboni jaholat” hikoyasi chop etildi. Shu yili yosh qalamkash o‘z ijodining mohiyatini ifodalab bergan “Adabiyot nadur?” maqolasini e’lon qildi. Sal o‘tib, “Do‘xtur Muhammadiyor” hikoyasi bosildi. Xullas, qisqa fursatda Cho‘lpon yangi adabiyotning yorqin yulduzi sifatida tanildi.Aziz o‘quvchi! Cho‘lpon deyarli sizning yoshingizda yozgan “Adabiyot nadur?” maqolasida millat hayoti, vatan ravnaqida adabiyotning o‘rni haqida o‘ta jiddiy o‘ylaydigan bilimdon o‘spirin ekanligini namoyon etadi. Uning: “Ha, to‘xtamasdan harakat qilib turgan vujudimizga, tanimizga suv, havo naqadar zarur bo‘lsa, maishat yo‘lida har xil qora kirlar birlan kirlangan ruhimiz uchun ham shul qadar adabiyot kerakdir. Adabiyot yashasa, millat yashar”, — degan so‘zlari uning qanchalik katta aql va ulkan bilim egasi ekanligini ko‘rsatadi.Cho‘lpon adabiyotni tashviqot quroli, ma’rifat tarqatish vositasi, aqlni o‘stirish yo‘ligina deb bilmaydi. Badiiy adabiyot kishining ongigagina emas, balki tuyg‘ulariga ham ta’sir qilishi, uni muvozanatdan chiqarishi, hislarini junbushga keltirishi lozimligini hisobga oladi: “Adabiyot chin ma’nosi ila o‘lgan, so‘ngan, …o‘chgan, majruh, yarador ko‘ngilga ruh bermak uchun, faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qadar singishgan qora balchiqlarni tozalaydurgan, o‘tkir yurak kirlarini yuvadurgan toza ma’rifat suvi, …chang va tuproqlar to‘lgan ko‘zlarimizni artub, tozalaydurgan buloq suvi bo‘lganlikdan bizga g‘oyat kerakdur”. Bu so‘zlar hali o‘spirin Cho‘lponning naqadar uzoqni ko‘ra oladigan, ko‘p o‘qigan, masala mohiyatiga chuqur kira biladigan kishi ekanligini anglatadi.Rossiyadagi siyosiy to‘ntarishlar davrida u bir muddat Orenburgda yashab, boshqird hukumati mahkamasida kotib lavozimida ishladi. So‘ng Toshkentga qaytib, 1920- yilga qadar TurkROSTA¹ muxbiri bo‘ldi.Bu yillar ziyolilar uchun o‘z yo‘lini izlash davri edi. Cho‘lpon ham Fitrat boshchiligidagi “Chig‘atoy gurungi” to‘garagi majlislarida qatnashib, millat va vatanga yaxshiroq xizmat qilish yo‘llarini izladi.1920- yili Bokuda o‘tkazilgan Sharq xalqlarining qurultoyi Cho‘lpon qarashlarining rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. U aynan shu yerda vatan ravnaqiga jon tikkan millatchi shoirlik yo‘lini qat’iy tanlab oldi.O‘rni kelganda aytish kerakki, “millatchi” so‘zi, turkiy tillarda o‘z millatini sevgan, butun harakatini uni yuksaltirishga qaratgan kishilarga nisbatan ishlatiladi. Sho‘ro zamonida uning ma’nosi atay “boshqa millat vakillarini yomon ko‘radigan kishi” tarzida buzib talqin etildi. Ayniqsa bu so‘z Cho‘lponga nisbatan xuddi tamg‘adek «yopishtirildi». Aslida tug‘ilib o‘sgan yurtini, yonma-
Slayd 9
QALANDAR ISHQIMuhabbatning saroyi keng ekan, yo‘lni yo‘qotdim-ku,Asrlik tosh yanglig‘ bu xatarlik yo‘lda qotdim-ku.Karashma dengizin ko‘rdim, na nozlik to‘lqini bordir,Halokat bo‘lg‘usin bilmay qulochni katta otdim-ku.Ajab dunyo ekan bu ishq dunyosi, ayo do‘stlar,Bu dunyo deb u dunyoni bahosiz pulga sotdim-ku.Uning gulzorida bulbul o‘qib qon ayladi bag‘rim,Ko‘zimdan yoshni jo‘¹ aylab alamlar ichra botdim-ku.
Qalandardek yurib dunyoni kezdim, topmayin yorniYana kulbamga qayg‘ular, alamlar birla qaytdim-ku.Muhabbat osmonida go‘zal Cho‘lpon edim, do‘stlar,Quyoshning nuriga toqat qilolmay yerga botdim-ku.
1-savol sharhi
Muhabbatning keng saroyida yo‘lini yo‘qotgan oshiq holati ifodasini sharhlang.
2-savol sharhi
Karashma dengizining nozli to‘lqinlari sari o‘ylamay quloch otgan oshiq tuyg‘ularini anglatishga urining.
Slayd 10
Вот точный распознанный текст с изображения:— Suvni kim berdi?— Men berdim.— Choynakdamidi?— Ha…— Mana bu choynakmi?— Ha…— Kimning choynagi bu?— Meniki.— Siznikimi?— Ha, meniki.— Ichida qanday suv borligini bilarmidingiz?— Bilardim.— Qanaqa suvidi?— Irim suvidi.— Kimga qilingan irim?— Menga…— Nima uchun irim qildirardingiz?— Farzand bo‘lsin deb…Pastda o‘tirganlarning domladan boshqalari, so‘ngra sud hay’atidan bir-ikki kishi, zakonchi va tilmoch yengilgina kulib qo‘ydilar.— Nega u suvni mingboshiga berdingiz?— Juda tashna bo‘lib so‘ragan edi, shundoqqina tokchadan olib uzatdim.— Choynakda zahar borligini bilarmidingiz?Zebi kuldi.— Qiziq ekansan (o‘rusni sizlab bo‘lmaydi), men qayerdan bilay?— Demak, eringizni o‘zingiz o‘ldirdingiz?Zebi qattiqroq va cho‘chibroq javob berdi:— Yo‘-o‘-q!.. O‘libmanmi o‘z erimni o‘ldirib.Uning bu so‘nggi javobidan qiz bolaning o‘z o‘rtog‘iga o‘zini oqlab gapiradigan sodda gaplaridagi gunohsiz ohang boridi: “Voy o‘laqoling, men shunaqa dermidim?”Zebi sud raisining bola emasligini qaydan bilsin? Shu yerda o‘tirgan shuncha erkakning oyday ravshan bir narsani anglamasliklarini qaydan bilsin? “O‘rus-musulmon bo‘lib shuncha odam o‘tiribdi, axir. Mingboshini o‘ldirgan Zebi emasligini hammasi biladi. Bilib turib yana qaytalab so‘ray bergani qiziq! Yo o‘smoqchilab so‘rarmikin?”Sud raisi gapirmoqchi bo‘lib o‘rnidan turgan vaqtda Zebi — “ana, so‘roq tamom bo‘ldi. Endi uyimni qandoq qilib topib boraman?”— deb o‘yladi.— O‘tiring, — dedi sud raisi Zebiga.
Slayd 11
MUSTAHKAMLASH
1. Ko‘ngilning kishanlar bilan do‘stlashishi sizningcha nimani anglatadi?
2. Ko‘ngilga qarata: “Na faryoding, na doding bor”, – deyilishi sababini tushuntiring.
3. Cho‘lpon zulm-zo‘ravonlikning omonatligini qanday tasvir etgan?
4. Ko‘ngilga atalgan she’rda: “Sen-da odam, sen-da insonsen” deyilishini izohlang.
5. She’rni yod oling.
Slayd 12
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 13
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |









Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.