
Slayd 1
Buyuk geografik kashfiyotlar davri
Slayd 2
Reja:
Buyuk geografik kashfiyotlarning ilmiy geografik dunyoqarashga ta’siri
Buyuk geografik kashfiyotlar davri haqida tushuncha
Ushbu davrda amalga oshirilgan sayohatlar
Buyuk geografik kashfiyotlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy madaniy ahamiyati
01
02
03
04
Slayd 3
Buyuk geografik kashfiyotlar davri deb XV asrning o‘rtasi yoki oxiridan XVII asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davrlar aytiladi. Buyuk deb atalishga loyiq geografik kashfiyotlar har doim ham bo‘lgan, lekin hech qaysi davr Buyuk geografik kashfiyotlar davridagidek dunyo taqdiriga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan kashfiyotlarga boy bo‘lmagan.
Slayd 4
Buyuk geografik kashfiyotlar davrida barcha materiklarning konturlari, Shimoliy Amerikaning shimoliy va shimoli-g‘arbiy qirg‘oqlari, Avstraliyaning g‘arbiy, shimoliy va janubiy qirg‘oqlari aniqlandi, dengizlar o‘rganildi. Faqat barcha materiklarning ichki hududlari qoldi.
Buyuk geografik kashfiyotlar davri turli fan va ishlab chiqarish sohalarining va kishilik jamiyatining ijtimoiy – siyosiy rivojlanishiga va dunyoqarashlarning o‘zgarishiga olib keldi.
Slayd 5
Martin Behaym yevropaliklarning sayohatlari natijasida yig‘ilgan ma’lumotlarga tayangan holda 1492-yilda globus yasadi va bu globus shu kungacha saqlanib qolgan eng ko‘hna globusdir. Globusdagi ma’lumotlar ancha aniq va o‘sha davr uchun juda muhim bo‘lgan. Bu geografik ilmiy-amaliy bilimlarning ilk namoyandasidir.
Slayd 6
Buyuk geografik kashfiyotlar davri ikki bosqichga bo‘linadi:
1-bosqich: Kolumb sayohatlari-Amerika qit’asining kashf etilishi; Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishi. Vasko da Gama sayohati.
Slayd 7
Buyuk geografik kashfiyotlar davri ikki bosqichga bo‘linadi:
2-bosqich: Dunyo aylanasi bo‘ylab birinchi sayohat. Fernan Magellan; Amerika qit’asining o‘rganilishi. Okeaniya orollari va Osiyo qit’asining janubiy va sharqiy qirg‘oqlarining o‘rganilishi.
Slayd 8
Xristofor Kolumb sayohatlari.
Buyuk geografik kashfiyotlar davrining eng buyuk kashfiyoti shubhasiz Amerikaning kashf etilishidir. Bu ishni amalga oshirgan odam Xristofor Kolumb 1451-yilda Genuyada tug‘ilgan.
Portugaliya qirg‘oqlarida kema halokatidan omon qolgan Kolumb Portugaliyada qolib, dengizchilik ilmini o‘rganadi. G‘arb tomonga suzib Osiyo qirg‘oqlariga yetib borish fikri shu yerda tug‘iladi. 1485-yilda bu fikrni u Portugaliya qiroliga taqdim etadi va rad javobini oladi.
Xristofor Kolumb (1451-1501)
Slayd 9
Xristofor Kolumb sayohatlari.
U Ispaniyaga borib o‘z g‘oyasini amalga oshirish uchun 7 yil ruxsat kutadi. Nihoyat qirol uni qabul qilib, u bilan shartnoma tuzadi. Shartnomaga ko‘ra agar muvaffaqiyat qozonilsa, X. Kolumb yangi ochilgan yerlarning hukmdori, vitse-qirol va admiral unvonini olishi, barcha daromadlarning 1/10 ga egalik qilishi, ekspeditsiya xarajatlarining 1/8 qismini va savdo xarajatlarining ham 1/8 qismini to‘lashi kerak bo‘lar edi.
Xristofor Kolumb Ispaniya qirolichasi Izabella huzurida.
Slayd 10
1492-yil 3-avgustda 2 ta karavella “Pint’ya” va “Nin’ya” hamda flagman “Santa-Mariya” og‘ir kemalari Palos portidan yo‘lga chiqdi va 3 kundan so‘ng Kanar orollaridan o‘tib ochiq okeanga chiqdi. Ta’kidlash lozimki, ekspeditsiyaning muvaffaqiyatiga deyarli hech kim ishonmagan, kemalar ekipajini to‘plash ham juda qiyin kechgan. X. Kolumb bu ekspeditsiyada Toskanellining dunyo kartasini asos qilib olgan. Uningcha, qisqa muddatda Yapon orollariga yetib borilishi va janubga suzib Xitoy qirg‘oqlari bo‘ylab, Marko Poloning marshrutini takrorlagan holda Hindistonga yetib borilishi kerak bo‘lgan.
Xristofor Kolumb sayohatlari
Slayd 11
1492-yil 12-oktyabrda quruqlik ko‘rindi. Bu Bagam orollari edi. Osiyoning sharqiy qirg‘oqlariga yetganiga shubha qilmagan Kolumb janub tomonga Yaponiyani izlab suzib ketdi. Kuba, Gaiti va yana bir qancha orollarni kashf etdi. Gaiti orolini Espan’ol deb atab, ispan koloniyasini barpo qildi.
Xristofor Kolumb sayohatlari
Slayd 12
Kolumb umumiy tarzda bu hududlarga 4 marta sayohat qildi va Markaziy Amerikaning sharqiy qirg‘oqlari va Janubiy Amerikaning shimoliy qirg‘oqlariga yetib bordi. Lekin umrining oxirigacha bu joylarni Osiyoning sharqiy qirg‘oqlari deb hisobladi.
Slayd 13
Yangi qit’aning Amerigo Vespuchchi nomi bilan atalishini 1507-yilda nemis kosmografi Martin Val’dzemyullеr “Kosmografiyagа kirish” asarida taklif etgan. Uning bu taklifi italyan savdogari Emerigo Vespuchchining maktublariga asoslangan. Vespuchchi o‘z maktublarini 1497-1498-yillar sanasi bilan belgilagan. Lekin u aslida 1502-1503-yillarda suzgan bo‘lib, Janubiy Amerika materigining sharqiy qirg‘oqlari bo‘ylab Rio-de Janeyrogacha suzib borgan va Osiyo haqidagi tasavvurlar bilan solishtirib, bu hududlarning aslida yangi yerlar ekanligini e’tirof etgan va Yangi Dunyo deb atashni taklif etgan edi.
Slayd 14
1497-yil 8-iyulda “San-Gabriel”, “Berriu”, “San-Rafael’” deb nomlangan 3 ta kema yo‘lga chiqdi. Vasko da Gama yo‘lboshchisiz Somali qirg‘oqlarigacha yetib bordi va bu yerda arab Ahmad ibn Majid ismli eng yaxshi lotsmanni yolladi.
1498-yil 24-aprelda portugallar shimoli-sharqqa burildilar va 23 kundan so‘ng Hindistonning Kalikut portiga yetib bordilar.
Vasko da Gama (1460-1524)
Hindistonga dengiz yo’lining ochilishi. Vasko da Gama
Slayd 15
Portugallarning Hindiston bilan savdo yo‘llari.
Qora rangdagi chiziq Vasko da Gama sayohatining marshrutini bildiradi.
Slayd 16
1513-yilda Vasko Nun’es de Balboa 190 ta ispan va 25 ta hindu hamrohligidа yo‘lga chiqib, Tinch Okean (Janubiy dengiz) qirg‘oqlarigacha yetib bordi.
Slayd 17
Ispanlar Osiyo qirg‘oqlariga, aynan Molukka yarim oroligа yetishga harakat qilishardi, shuning uchun portugallarning yo‘lidan boshqa yo‘llarni to‘xtovsiz qidirishar edi. 1519-yil 20-sentyabrda “Trinidad”, “San-Antonio”, “Konsepsion”, “Viktoriya”, “Sant’yago” deb nomlangan 5 ta kemadan iborat ekspeditsiya Ispan qiroli xizmatidagi portugal dengizchisi Fernan de Magellan boshchiligida g‘arbiy yo‘lni izlab suzib ketdi.
Fernan Magellan
(1480-1521)
Slayd 18
Fernan Magellanning dunyo aylanasi bo‘ylab birinchi sayohati marshruti
Slayd 19
Frensis Dreyk shimoliy Amerikaning g‘arbiy qirg‘oqlarini kashf qildi va ikkinchi bo‘lib Yer shari bo‘ylab sayohatni amalga oshirdi.
Slayd 20
Jon Kabot Kanada qirg‘oqlarini birinchi bo‘lib o‘rgangan ingliz xizmatidagi italyan va fransuz dengizchisi va savdogari edi.
Slayd 21
Jak Kartye Shimoliy Amerikaning fransuz mustamlakasiga aylanishini boshlagan bretonlik dengizchi edi. U Amerika qirg’oqlariga uyushtirilgan uchta ekspeditsiyaga rahbarlik qildi va Sent-Lorens ko‘rfazi va Sent-Lorens daryosi qirg‘oqlarini, shuningdek, «Kanada» deb nomlagan yerni tasvirlab, xaritaga tushirgan birinchi yevropalik bo‘ldi.
Slayd 22
Ser Genri Gudzon XVII asr boshlarida yashagan ingliz tadqiqotchisi edi. U asosan hozirgi Kanada va AQSHning shimoli-sharqiy hududlarini tadqiq qilgani bilan mashhur. U 1611-yilda hozirgi Kanadaning Gudzon ko‘rfazi hududida kemadagi qo‘zg‘olon natijasida halok bo‘lgan deb hisoblanadi.
Slayd 23
Uilyam Baffin 1616-yilda o‘z nomi bilan atalgan dengiz va Baffin orolini kashf etgan ingliz dengizchisi edi.
Slayd 24
Gollandiyadagi Ost-Indiya kompaniyasi Zond orollarini 1602-yilda egallab oldi. 1605-1606-yilda Villem Yanzon Yangi Gvineyaning janubi-sharqiy qirg‘oqlaridаn suzib Arafur dengizini kesib o‘tdi va Avstraliyaning Keyp-York yarim orolining g‘arbiy qirg‘oqlariga yetib bordi. 1616-1636-yillar davomida gollandlar Avstraliyaning janubiy qirg‘oqlаri, Arnemlend yarim orolining shimoliy qirg‘og‘i va Karpentariya qo‘ltig‘ining sharqiy qirg‘oqlаrini ochdilar.
Slayd 25
Abel Tasman ekspeditsiyasi 1642-yil Tasmaniya orolini (Van-Dimen Yeri), Yangi Zelandiya, Tonga va Fidji orollarini ochdi. Tasmanning 1644-yildagi ekspeditsiyasi Keyp-York yarim orolidan shimoli-g‘arbiy burungacha 5500 km qirg‘oqbo‘yini kartaga tushirdi. Avstraliya (Yangi Gollandiya) katta orollar majmui yoki yaxlit materik ekanligi aniqlanmadi. Janubiy noma’lum yerning aslida yo‘qligi XVIII asrgacha noaniq bo‘lib qoldi.
Slayd 26
Yagellon tomonidan 1510-yilda yaratilgan dunyo xaritasi. Unda birinchi bor Amerika qit’asi aks ettirilgan.
Slayd 27
1554-yilda Merkator Yevropaning 15 varaqli xaritasini nashr etdi. Unda u qadimgi yunon geografi Ptolemey davridan beri saqlanib qolgan xatolarni tuzatib, O‘rta Yer dengizining konturlarini to‘g‘ri tasvirlagan birinchi odam bo‘ldi.
Slayd 28
Buyuk geografik kashfiyotlar Yevropadagi geografiya fanining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 1567-yilda Lyudoviko Gvichchardinining “Niderlandiya ta’rifi” kitobi chop etildi. Uni birinchi iqtisodiy geografik qo‘llanma deb atasa bo‘ladi.
Slayd 29
Abraham Orteliy 1570-yil 20-mayda Antverpenda yangi turdagi kitobni — dunyoning geografik atlasini — yaratgan, tuzgan va nashr etgan birinchi shaxs bo‘ldi. Uning birinchi nashrida 70 ta xarita mavjud edi va old tomonida Theatrum Orbis Terrarum (Yer doirasi teatri) sarlavhasi bor edi.
Slayd 30
Ernan Kortes 1519-yilda ilk bor Amerika qit’asida quruqlik sayohatini amalga oshirdi. 400 soldat, 15 otliq va 6 ta to‘p bilan Atsteklarning buyuk imperiyasini bo‘ysundirdi. U poytaxt Tenochtitlan shahriga kirib borib, imperator Montesumani asir oldi, atsteklar qo‘zg‘olon ko‘targach, uni o‘ldirib ittifoqdosh mahalliy qabilalar yordamida atsteklarni yengdi.
Slayd 31
Fransisko Pizarro u Gonsales. Adelantado unvoniga ega bo‘lgan ispan konkistadori, Inka imperiyasini zabt etuvchisi va Lima shahrining asoschisi bo‘lgan.
Slayd 32
Pisarro inklar podshosini qo‘lga olib, bir uy to‘la oltinga almashtirishga rozi bo‘ldi. Ammo va’dasida turmay uni o‘ldirdi va inklarni tor-mor qildi. Ispanlar 1532-1533-yillar davomida Peru, Ekvador va Kolumbiya hududlarini egallab olishdi. Bundan keyingi yillar davomida to‘xtovsiz yurishlar qilib And tog‘larining janubiy hududlarini ham egalladilar.
Slayd 33
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 34
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.