Boshlang’ich ta’limda xalqaro baholash tizimlari

4000 so'm


Boshlang'ich ta'limda xalqaro baholash tizimlari

 

 

Slayd 1

Boshlang’ich ta’limda xalqaro baholash tizimlarining ahamiyati va vazifalari

Slayd 2

Reja:
2026
Pirls xalqaro tadqiqoti haqida
Pirls tadqiqoti haqida umumiy ma’lumot
PirlS xalqaro talablari
Tayanch tushunchalar: xalqaro baholash tizimlari, Pirls (Progress In International Reading And Literacy Study)

Slayd 3

O‘qish savodxonligi ta’rifi
Pirls, yosh o‘quvchilar tomonidan maktabda va maktabdan tashqarida ta’lim olishning katta qismini tashkil etuvchi, ya’ni badiiy tajriba orttirish, ma’lumot olish va undan foydalanish ko‘nikmalarini baholash kabi ikkita keng qamrovli maqsadlarni ifodalaydi.
Yana shuni aytish mumkinki, ushbu dastur zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi hamda o‘zining baholash mezonlarini zamonaviy talablarga muvofiq ravishda takomillashtirib boradi. Bunga misol sifatida, 2021-yilda o‘tkaziladigan tadqiqotda o‘quvchilarga birinchi marta raqamli formatdagi topshiriqlarni taqdim etishni rejalashtirganini aytish o‘rinlidir. Raqamli formatga o‘tish bilan birga, internet muhitida boshqariladigan ePIRLS onlayn o‘qishni kompyuterda baholash kabi o‘zgarishlar ham ko‘zda tutilgan.

Slayd 4

20.08.2026
O‘zbekiston ilk marotaba ishtirok etayotgan ushbu xalqaro tadqiqotlar doirasida tajriba-sinov jarayonlari 2020-yilning aprel-may oylarida, asosiy tadqiqotlar esa 2021-yil aprel-may oylarida o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, lekin dunyo bo‘ylab keng tarqalgan koronavirus pandemiyasining salbiy ta’siri tufayli rejalashtirilgan tadqiqotlarning amalga oshirilishi vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Hozirgi vaqtga qadar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (Oecd), Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (Iea) kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan tadqiqotda qatnashuvchi mamlakatlar, dasturning boshqaruv kengashi a’zolari, xalqaro ekspertlar kengashi va konsorsiumlar hamda mamlakatlardagi Milliy markazlar ishtirokida tadqiqotlarning tashkil etilish muddatlarini belgilash bo‘yicha muhokamalar olib borildi.

Slayd 5

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi
«O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 5712-son Farmoni
Toshkent shahri,
2019 yil 29 aprel

Slayd 6

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i
O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi «Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Pf-5538-son Farmoniga muvofiq:
Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda – Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unda quyidagilar nazarda tutilsin:
O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib Pisa (The Programme for International Student Assessment) O‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dasturreytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish;

Slayd 7

O‘quvchi omillari
O‘qish
savodxonligi
jarayoni
Vazifa
Matn
O‘qish savodxonligiga ta’sir etuvchi omillar
2026

Slayd 8

20.08.2026
Pirls dasturi 2001-yilda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (Iea–International Association for the Evaluation of Educational Achievement) tomonidan tashkil etil­gan. Xalqaro tadqiqotni tashkil etish uchun barcha mas’uliyat Chestnut Hill (Massachusets, AQSh) Boston kollejiga yuklatilgan. Shuningdek, tadqiqot uchun topshiriqlarni tayyorlash Germaniya (Gamburg) ma’lumotlar markazida amalga oshiriladi.
Xalqaro baholash dasturi Pirls (Progress In International Reading And Literacy Study) dunyoning turli mamlakatlari milliy ta’lim tizimida o‘qish savodxonligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va natijalarni qiyoslashga yo‘naltirilgan.

Slayd 9

20.08.2026
Tadqiqotlar 2001, 2006, 2011, 2016-yillarda o‘tkazilgan bo‘lib, 2021-yil tadqiqotning beshinchi davriyligi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, 2021-yilda o‘tkaziladigan tadqiqotlar 2001-yildan boshlab uzluksiz qatnashib kelayotgan davlatlarning 20 yil davomida erishgan yutuqlarini baholash imkonini beradi. Har besh yilda o‘tkaziladigan Pirls dasturi 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini xalqaro darajada baholay­DI. Mazkur dastur Iea tashkilotining 4-sinf o‘quvchilarini matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholaydigan Timss dasturini to‘ldirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, Boston kollejidagi Timss va Pirls xalqaro o‘quv markazi Iea tashkilotining Gamburg va Amsterdam shaharlaridagi idoralari bilan yaqindan hamkorlikda boshqariladi.

Slayd 10

2016-Yildan boshlab qo‘shimcha tanlov asosida ePIRLS tizimi joriy qilingan bo‘lib, u o‘quvchilarning onlayn o‘qish savodxonligi­ni baholashga mo‘ljallangan. Internet o‘quvchilar uchun ma’lumotlar olishning boshlang‘ich yo‘LI hamda maktab fanlari doirasida izlanishlar olib borish uchun markaziy manba hisoblanadi.

Slayd 11

Epirls Xususiyatlar
matnlarning haqiqiy hayotiy muhitini takrorlaydi❑ do’stona interfeysga(do’stona aloqalarga )ega
Maktab o’quvchilarining Internetdagi ma’lumotlarni o’qish, sharhlash va baholash imkoniyatlarini aniqlash uchun interfaol vazifalarni taklif etadi.

Slayd 12

Pirls dasturida o’tgan vaqt davomida qatnashgan davlatlar
2001 yil 35mamlakat
2006 yil 40 mamlakat
2011 yil 45 mamlakat
2016 yil 50 mamlakat

Slayd 13

Pirls tadqiqotining natijalari maktab o‘quvchilarining o‘qish va rivojlanishidagi muvaffaqiyatlarga (maktab va oilaning ta’lim resurslari, ota-onalarning qiziqishi va bolalarning o‘qish madaniyatini shakllantirishdagi ishtiroki va boshqalar) ta’sir ko‘rsatadigan omillarning regressiv tahlilini ta’minlaydi. Pirls tadqiqotida 3 ta davr (2001, 2006, 2011) uchun Gonkong (571), Rossiya Federatsiyasi (568), Finlyandiya (568) va Singapur (567) kabi davlatlar yetakchilik qilmoqda. Qozog‘iston ushbu loyihada birinchi marta 2016 yilning aprelida ishtirok etdi. Ishtirokchilar soni 10256 nafarni tashkil etdi, ulardan 4-sinf o‘quvchilarining 4925 nafari, 4-sinf o‘quvchilarining 4925 nafar ota-onasi, 234 ta boshlang‘ich maktab o‘qituvchilari, 172 nafar direktor ishtirok etdi. 2017 Yil 5 dekabr kuni YuNESKO Boshqarmasida (Parij, Fransiya) Pirls-2016 qatnashadigan 50 dan ortiq mamlakat natijalari e’lon qilinadi.

Slayd 14

№
Davlat nomi
O‘rtacha ball
Sinf
O‘rtacha yosh
1.
Shvetsiya
561 (2,2)
4
10,8
2
Niderlandiya
554 (2,5)
4
10,3
3.
Angliya
553 (3,4)
5
10,2
4.
Bolgariya
550 (3,8)
4
10,9
5.
Latviya
545 (2,3)
4
11
6.
Kanada
544 (2,4)
4
10,0
7.
Litva
543 (2,6)
4
10,9
Pirls-2001 natijalari

Slayd 15

Pirls-2016 natijalari
2016-yilda tadqiqotga Rossiya Federatsiyasining 42 ta hududidan 206 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi va 4577 ta boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jalb etilgan bo‘lib, tadqiqot natijalariga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi dunyo bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan.

Slayd 16

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 17

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Boshlang’ich ta’limda xalqaro baholash tizimlari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar