Bola tarbiyasida maktab mahalla va oila hamkorligi
5000 so'm

=== Taqdimot: Bola tarbiyasida maktab mahalla va oila hamkorligi.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Bola tarbiyasida maktab mahalla va oila hamkorligi
=== Slayd 2 ===
Reja:
Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi konsepsiyasi va uning mohiyati.
Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligini amalga oshirish mexanizmi.
Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligida tashkil etiladigan pedagogik faoliyat mazmuni.
=== Slayd 3 ===
Kunlarning birida Amerikada chiqadigan yirik gazetaning prezidenti bilan hamsuhbat bo‘lib qoldik. U o‘zbeklar nima uchun mahallani bunchalik hurmat qilishini, nega mahalla to‘g‘risida maxsus qonun qabul qilinganini so‘radi. Mahalla degani qanday institut ekanini tushuntirib berishimni iltimos qildi. …
Mentalitet
O‘tkir Hoshimov
=== Slayd 4 ===
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-sentyabr kuni mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish, “mahalla yettiligi”ni tashkil qilish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallani joylarda muammolarni chinakam hal qiladigan institutga aylantirish zarurligi ta’kidlandi hamda “yettilik tizimi” faoliyatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.
=== Slayd 5 ===
Hokim yordamchisi
Mahalla raisi
Xotin-qizlar faoli
Profilaktika inspektori
Yoshlar yetakchisi
Soliq xodimi
Ijtimoiy xodim
Muammoning o‘rganilganlik darajasi
=== Slayd 6 ===
“Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi” konsepsiyasi 1993-yil qabul qilingan. Konsepsiyaning maqsadi yoshlarni maʼnaviyatli, ma’rifatli, malakali qilib tarbiyalashda tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’y-harakatlarini birlashtirish.
=== Slayd 7 ===
“Oila, mahalla, ta’lim muassasalari” hamkorligi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, o‘quvchilarda qiziqishini, iste’dodini, qobiliyatini rivojlantirishda xizmat qiladi. Oilalardagi axloqiy muhitni yaxshilab, ularda tarbiyalanayotgan farzandlarni zamon talablari asosida hamda milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.
=== Slayd 8 ===
“Oila, mahalla, maktab hamkorligi” konsepsiyasi vazifalari
oilada sog‘lom muhitni rivojlantirish, bir-birlariga g‘amxo‘r bo‘lish;
farzandlarga dunyoviy bilimlar berish, ma’naviyatli inson qilib yetishtirish;
bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish va vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish;
bolalarning bo‘sh vaqtlarida qo‘shimcha ta’lim berish;
mahalla faollari bilan bolalarning ta’lim-tarbiyasiga oid majlislar o‘tkazib, muammolarni hal etish;
mahalla tomonidan o‘quvchilarga ko‘rik-tanlovlar, bayram, sport musobaqalarini o‘tkazish.
=== Slayd 9 ===
Konsepsiyada taraqqiyotimizning ma’naviy-axloqiy negizi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi:
Milliy tarbiya yo‘nalishi orqali yoshlarda o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g‘urur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi.
Umuminsoniy yo‘nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, gigiyenik va boshqa tarbiya yo‘nalishlari amalga oshiriladi.
=== Slayd 10 ===
Bolalarni barkamol inson qilib tarbiyalash maktabni oila bilan mustahkam bog‘lamay turib, tarbiya sohasidagi butun ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib bo‘lmaydi. Shu maqsadda ota-onalar o‘rtasida ta’lim-tarbiyaga oid tashviqot ishlarini kengaytirish ularni maktabning faol yordamchilariga, o‘quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqaridagi ishlarida har tomonlama foydali tashkilotchilariga aylantirish zarur.
=== Slayd 11 ===
Bola tarbiyalashda buyuk mutafakkir bobomiz Mirzo Ulug‘bek shunday deganlar: “Oilada ota-onalar ayniqsa o‘qimishli ota-onalar o‘z farzandlarining haqiqiy inson bo‘lib kamol topishiga alohida e’tibor berishlari lozim”. Shunday ekan, har bir ota-ona farzandining tarbiyasiga ko‘proq e’tibor berishi, ularga alohida vaqt ajratib, odob-axloqdan dars berishi, yomonlarga yaqin yo‘latmasligi lozim ekan. Ana shunda ular ota-onasi va el-yurtiga xizmat qiladigan, ularga ikki dunyoda obro‘ olib keladigan yuzlarini yorug‘ va boshlarini yuqori qiladigan farzand bo‘lib ulg‘ayishadi.
=== Slayd 12 ===
Tarbiyaviy ishlar o‘tkazish dasturi va shu dastur asosida mahallada yashovchi har bir bola bilan bu tarbiyaviy ishlarni olib borish;
Mahallada bolalar dam olishlariga, qiziqarli ishlar bilan shug‘ullanishlariga imkoniyat yaratib berish;
Mahallada tarbiyaning ta’sirini oshirish.
Oila, mahalla, maktab hamkorligi rejasini tuzish:
=== Slayd 13 ===
Bola tarbiyasida maktab o‘rni ham juda beqiyosdir. Har bir bola maktab ostonasiga qadam qo‘yar ekan, o‘zining kelajakdagi qiladigan ishlarini jajji ongida tasavvur qiladi. Maktabda olgan bilimlari, ta’lim-tarbiyasi, bu ishlarning amalga oshishida albatta o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Oila, mahalla, maktab hamkorligida quyidagi tamoyillarga afzal qilinganida samaradorlik yanada yuqoriroq bo‘ladi:
farzandlarga dunyoviy bilimlar berish, ma’naviyatli inson qilib yetishtirish;
ta’lim tarbiya jarayonida hamkorlik harakatlarining ish birligi;
tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg‘unligi;
hamkorlik jarayoni subyektlarning teng huquqliligi va yuksak mas’uliyati;
ota-ona farzandining maktabgacha bo‘lgan davrdagi jismoniy, aqliy va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash.
=== Slayd 14 ===
Tarbiyaviy, tashkiliy, uslubiy ishlarni hayotga tatbiq etishda har bir fuqaro, oila, mahalla va maktab o‘zining shart-sharoiti, atrof-muhitni tahlil qilib o‘quvchi, o‘qituvchi, ota-ona;
maktab, oila, mahalla, jamoatchilik; oila, mahalla, maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab; yo‘nalishlariga amaliy tarbiya ishlarini hayotga tatbiq etib va shu kun talabi darajasida targ‘ibot ishlarini olib borilsa, natijada tarbiya masalalari bo‘yicha ijobiy yutuqlarga erishish mumkin..!
=== Slayd 15 ===
Sinf rahbari ota-onalar bilan olib boradigan ishlariga quyidagi vazifalarni hal qiladi:
Sinf ota-onalar jamoasini tashkil etib, ularning sinfdagi tarbiyaviy ishlariga faol qatnashishlarini ta’minlaydi;
O‘quvchiga nisbatan maktabning va oilaning yagona talablarini qo‘yishga erishadi;
Ota-onalar bilan yaqindan aloqa o‘rnatadi va aloqani doimo mustahkamlab boradi;
01
02
03
=== Slayd 16 ===
Ota-onalarga ta’sir o‘tkazish emas balkim ularga metodik yordam ko‘rsatish zarur pedagogik bilimlarni tarqatish va ularning pedagogik madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarishdir;
04
Sinfga otaliq qilayotgan tashkilotlar, oila va maktabga yordam beruvchi tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatadi va ularni sinfdagi tarbiyaviy ishlarga jalb qiladi.
05
=== Slayd 17 ===
Sinf rahbari oilaga quyidagi tizimli axborotlar berib turishi kerak:
O‘quvchining o‘quv mehnatiga tavsifnoma, o‘qishdagi muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligi, ularning sabablari, olayotgan baholari.
O‘quvchining ijtimoiy faolligi haqida axborotlar, o‘quvchining jamoa hayotidagi ishtiroki nimalardan iborat ekanligi, jamoat topshiriqlari va vazifalarning bor-yo‘qligi, sababi, ularga o‘zining munosabati.
O‘quvchining o‘z o‘rtoqlari, o‘qituvchilari bilan munosabatida vujudga kelgan holatlarning xarakteri, maktabdagi munosabatlarning doirasi.
O‘quvchining ayrim xatti-harakatlarini tahlil qilib, ularga pedagogik izohlar berish. Oilaga o‘quvchi tarbiyasi haqida maslahat va tavsiyalar.
=== Slayd 18 ===
Farzandi uyga berilgan vazifalarni qanday bajaradi, unga sarflaydigan vaqti, dars tayyorlash tartibi, mustaqillik darajasi.
Belgilangan kun tartibining bola tomonidan bajarilishi.
O‘quvchining maktab haqidagi hikoyalari, taassurotlari, gaplari, sinf hayotidagi turli voqealarga baholari.
Ota-onaning ayrim o‘qituvchilardan, sinf rahbaridan, maktab rahbarlaridan iltimoslari va takliflari.
Oila ham o‘z navbatida farzandi haqida o‘z mulohazalari, kuzatishlari yuzasidan sinf rahbariga quyidagi mazmunda ma’lum axborotlar berib borishi mumkin:
=== Slayd 19 ===
Ota-onalar bilan ishlashning asosiy shakllari:
1. O‘quvchilarning uylariga borish.2. Ota-onalarni maktabga chaqirish. 3. Ota-onalar bilan ishlash.4. Ota-onalar sinf majlisini o‘tkazish. 5. Ota-onalarni maxsus pedagogik va psixologik bilimlar bilan qurollantirish maqsadida ular bilan suhbat va ma’ruzalar o‘tkaziladi.6. Savol-javoblar kechasi.7. Ota-onalarning tarbiya borasidagi ilg‘or tajribalar bilan fikr almashish, o‘rtoqlashish. 8. Maktab qoshida ota-onalar universitetlarini tashkil etish va bu universitetlarda tizimli ish olib borish
=== Slayd 20 ===
Ota-onalarning farzandni tarbiyalashdagi quyidagi qiyinchilik va xatolari kuzatiladi:
1. Ota-onalarning farzand bilan muomalasining yetishmasligi. 2. Farzandlarni mehnat jarayonlariga jalb etish orqali ularning mehnat tarbiyasini tashkil qila bilmaslik.3. Ota-onalar turmushida salbiy misollarning mavjudligi o‘quv muassasasining pedagogik kuch-g‘ayratini yo‘qqa chiqaradi.4. Ota-onalar tarbiyaviy ta’sirining izchil emasligi. 5. Oilaviy tarbiyaning asosi sifatida taqiqlashlar sistemasi.6. Harakatlarning maktab bilan muvofiqlashtirilmaganligi yoki u bilan kelishmovchilik. 7. Ayrim ota-onalarning shaxslar ulg‘ayib borishi bilan tarbiyaviy faollikni susaytirib yuborishlari.8. Qarorlar qabul qilishda kechikish.
=== Slayd 21 ===
O‘quvchilarni tarbiyalashda oilaning vazifalari:
Oilada sog‘lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o‘rnak bo‘lishi, farzandlarning ota-onasiga, Vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish, o‘zaro g‘amxo‘r bo‘lishni ta’minlash;
oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a’zolarining o‘z huquq va burchlarini anglab yetishlarini va ularga rioya qilishlarini ta’minlash;
farzandlariga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma’rifatli va ma’naviyatli kishilar bo‘lib yetishishlarini ta’minlash;
=== Slayd 22 ===
bozor munosabatlariga mos bo‘lgan kasb-hunar o‘rgatish, iqtisodiy tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish;
farzandning ma’naviy barkamol va jismonan sog‘lom bo‘lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish;
farzandni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, istiqlol g‘oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;
=== Slayd 23 ===
ta’lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari harakatlarining ish birligi;
tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg‘unligi;
hamkorlik jarayoni subyektlarining teng huquqliligi va yuksak mas’uliyati;
faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi;
hamkorlikning ilmiy asoslanganligi;
Oila, mahalla, maktab hamkorligi tamoyillari:
=== Slayd 24 ===
Oila, mahalla, maktab hamkorligi bosqichlari:
Yosh oilalar bilan ishlash. Yosh ota-onalarga farzand va uning tarbiyasi haqida falsafiy, tibbiy tushunchalarni berish va bu masalalarga tibbiyot xodimlari, obro‘li xotin-qizlarni, ota-onalarni jalb qilib, “Yosh onalar va otalar o‘quv muassasalari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi.
Birinchi bosqich
=== Slayd 25 ===
Ikkinchi bosqich
Farzandning o‘quv muassasasigacha bo‘lgan davridagi jismoniy, aqliy va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash borasida ularga rasm chizish, voqealarni bayon qilish, o‘ziga o‘zi xizmat qilish, harf tanish, qo‘shiq aytish va raqs tushish, turli o‘yinlarda ongli qatnashish tushunchalarini singdirish va mustaqil ravishda bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirish yuzasidan o‘quv muassasasiga tayyorlash.
=== Slayd 26 ===
Uchinchi bosqich
Kichik yoshdagilar uchun mo‘ljallangan (6-11 yosh) o‘quv muassasalarida farzandning jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy shakllanishini ta’minlash, uning ilk iqtidori, qiziqishi va aqliy imkoniyatlarini aniqlash, o‘z xatti-harakatlariga javobgarlik hissini tarbiyalash, bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilishni o‘rgatish, atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lib, do‘stlik, baynalmilallik, vatanparvarlik xislatlarini shakllantirish.
=== Slayd 27 ===
O‘smirlarning (11-16 yosh) qiziqishini, bilimga chanqoqlik va aql zakovatini hisobga olgan holda ijtimoiy faoliyatga tortish, jismonan baquvvat bo‘lishini ta’minlash, maishiy mehnat faoliyati orqali turli kasblarga yo‘naltirish, o‘smirlar sinflari va jamoatchilik orasida o‘z o‘rnini topa olishiga ko‘maklashish, o‘z xatti-harakatlari uchun jamiyat, qonun va ota-onalari oldida javobgarlik tuyg‘usini shakllantirish, ijtimoiy faolligi va mustaqil dunyoqarashini yuzaga keltirish.
To‘rtinchi bosqich
=== Slayd 28 ===
Beshinchi bosqich
Yoshlarni (16 yosh va undan yuqori) dunyo andozalariga mos bilim olishlari, kasb tanlashlari, mustaqil hayotga tayyorgarliklarini ta’minlash. Ularning imkoniyatlari darajasida ta’lim olishlariga, tanlagan kasblari bo‘yicha ish bilan ta’minlanishlariga, iqtisodiy mustaqil bo‘lishlariga shart-sharoit yaratish. Vatan, Davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik burchlarini ado etishga javobgarlik hissini to‘la shakllantirish, mustaqil oila qurishga tayyorlash.
=== Slayd 29 ===
Xulosa
Yosh avlodni yaxshi xulqli, vatanga sadoqatli qilib tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga, xarakteriga ahamiyat berish lozim. Chunki bularsiz tarbiyada ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Mahalla, maktab, oila hamkorligining ijobiy tomonlari shundaki – bolaning dunyoviy bilimga ega bo‘lish, fikrlarning keng bo‘lishi, noto‘g‘ri ta’sirlarga berilmasligi, uyda, maktabda bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazishni ta’minlashga va xalqiga, jamiyatga foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘ayishiga yordam beradi.
=== Slayd 30 ===
Agar darsimizni biron-bir o‘quv quroliga o‘xshatganingizda qaysi o‘quv quroliga o‘xshaydi? Nima uchun?
“O‘quv qurollari” metodi
=== Slayd 31 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.