=== Taqdimot 1 ===
Bola shaxsining rivojlanish omillari
=== Taqdimot 2 ===
01
Bola shaxsining rivojlanish omillari
Reja:
03
Bola shaxsining rivojlanishida ijtimoiy muhit ta‘siri
Bolaning shakllanishiga taʼsir etuvchi omillar
Xulosa
02
04
=== Taqdimot 3 ===
Bola shaxsining rivojlanish omillari
Odam bolasining rivojlanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi. Maʼlumki, hayot davomida inson jismoniy va ruhiy jihatdan oʻzgarib boradi. Lekin bolalik, oʻsmirlik va oʻspirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli boʻladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan oʻsishi, oʻzgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi. Rivojlanish har qanday tirik organizmga, shu jumladan insonga ham xosdir. Rivojlanish tashqi va ichki omillar taʼsiri ostida boʻladi.
Tashqi omillarga: Insonni oʻrab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit, bolalarda maʼlum shaxsiy jihatlarni shakllashtirishga qaratilgan maqsadli yoʻnaltirilgan faoliyat kiradi.
Ichki omillarga: biologik omillar kiradi. Insonning rivojlanishiga taʼsir qiladigan omillar boshqariladigan va boshqarilmaydigan boʻladi.
=== Taqdimot 4 ===
Tarbiya, irsiyat va muhit bolaning rivojlanishida asosiy oʻrin tutadi. Tarbiya jarayonining markaziy figurasi – bu bola va uning shaxsi hisoblanadi. Maktabgacha yoshda bola umuminsoniy maʼnaviy qadriyatlarga muvofiq shaxsiy madaniyat asoslarining negizini egallaydi. Shaxsiy madaniyat tushunchasiga bolaning atrof borliqdagi toʻrtta asosiy soha: tabiat, inson qoʻllari bilan yaratilgan predmetlar, ijtimoiy hayot koʻrinishlari, shaxsiy hayot va faoliyati koʻrinishlari kiradi.
=== Taqdimot 5 ===
Preformizm yoʻnalishi – XVI asr falsafasida vujudga kelgan unga koʻra boʻlajak shaxsga tegishli barcha xususiyatlarga bola ona qornidaligidayoq ega boʻladi. Bixeviorizm yoʻnalishi – bu oqimga pedagog va psixolog E.Torandayk asos soldi. Uning fikricha, ong va aqliy xususiyat ham nasldan naslga oʻtadi.
Biologik yoʻnalish – bu yoʻnalish tarafdorlari odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy – biologik omillar hal qiluvchi rol oʻynaydi deb biladilar. Ularning fikricha, bola ona qornidalik vaqtida avlod-ajdodlardan oʻtgan tugʻma xususiyatlargina rivojlanadi. Ular tarbiya va muhitning rolini cheklab qoʻyishadi.
Bolaning shakllanishi haqida gʻarb faylasuflarining fikrlari
=== Taqdimot 6 ===
Biologik omilga qaraydigan boʻlsak bu irsiyat yaʼni bola oʻzida paydo boʻladigan qobiliyat, talant va boshqalar ota-onadan oʻtadi bunda tarbiya va muhitning oʻrni yoʻq deya taʼrif beradi. Irsiyatni biologik tomondan oʻrganib chiqadigan boʻlsak irsiyatning yaxshi tomoni bilan birga yomon tomoni ham bor. Irsiy kasalliklar bolaga ota-ona tomonidan oʻtganda ular umrining oxirigacha saqlanib qolib ketishi mumkin bu ham bolaning rivojlanishi uchun toʻsiqdir.
=== Taqdimot 7 ===
Bola shaxsi shakllanishida Islom dini va mutafakkirlarning fikrlari
=== Taqdimot 8 ===
Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: “Nabiy “Har bir tugʻilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) bilan tugʻiladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi”. Bu hadisi sharifdan irsiyat, yaʼni biologik omil insonni shakllanishida asosiy oʻrin tutadi degan fikrni ilgari suruvchi gʻarb faylasuf va oqimlarining fikrlari asossiz ekanini va tarbiyaning muhimligini bilib olamiz.
Bolaning shakllanishida tarbiyaning ahamiyati
=== Taqdimot 9 ===
Ta’lim va tarbiya
Oʻrta Osiyolik mutafakkirlardan Forobiy va Abu Ali ibn Sino inson tarbiyasiga taʼsir etadigan omillar ahamiyatiga eʼtibor berganlar. Ibn Sino inson tashqi koʻrinishi uning ruhiyatiga taʼsir koʻrsatishini aytib oʻtgan. Forobiy inson kamolotida taʼlim-tarbiyaning muhimligini taʼkidlab: Munosib inson boʻlish uchun insonda ikki xil imkoniyat: taʼlim va tarbiya olish imkoniyati bor. ‘’Taʼlim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yoʻldir” deydi.
=== Taqdimot 10 ===
Bolaning shakllanishida irsiyatning ahamiyati
Bola shaxsining rivojlanishida naslning taʼsiri deganda ota-onadan bolaga meros boʻlib oʻtadigan jismoniy xususiyatlari (tananing tuzilishi, sochining, koʻzining, terining rangi,
boʻy-basti) shuningdek, tananing vertikal holdagi harakati, tafakkur va nutq rivojlanishi, mehnat qilish qobiliyati, tugʻma holatda oʻtadigan qobiliyatlar va xususiyatlar tushuniladi. Islom dinida naslga alohida e’tibor qaratiladi. Chunki nasl pokiza va ota-ona maʼrifatli, axloqli boʻlsa, bu xususiyatlar tugʻma holatda bolaga oʻtadi va kelajakda komil insonga aylanadi.
=== Taqdimot 11 ===
Agar ota-ona maʼrifatdan yiroq va axloqsiz boʻlsa, ulardan tugʻiladigan farzand jamiyatga zarar keltirishi mumkin. Lekin ota-onadan tugʻma holatda oʻtadigan qobiliyat va xususiyatlar oʻz holicha rivojlana olmaydi, goʻyo u “mudroq” holda boʻlib, uning uygʻonishi – rivojlanishi uchun qulay muhit va muttasil tarbiya kerak. Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli boʻladi” degan fikrni ilgari suradi.
=== Taqdimot 12 ===
Rivojlanish muhit
Muhit keng maʼnoda ijtimoiy iqtisodiy tizimni -ishlab chiqaruvchi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar va tartib qoidalar majmuini, jamiyatning ijtimoiy ong va madaniyatini oʻz oʻz ichiga oladi. Tor maʼnoda ijtimoiy muhit (mikromuhit) bevosita insonni qurshab olgan oila, mehnat oʻquv va boshqalar guruhlaridan iboratdir. Ijtimoiy muhit shaxsning shakllanishiga va rivojlanishiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadi.
=== Taqdimot 13 ===
Bolaning shakllanishida muhitning ahamiyati
=== Taqdimot 14 ===
Bolaning ijtimoiylashuviga ekologik omillar: suv, havoning ifloslanishi ham taʼsir koʻrsatadi. Hozirda salbiy ekologik omillar turli kasalliklarga olib kelmoqda, bolani ijtimoiylashish jarayonida bularning hammasini hisobga olish zarur. Sotsializatsiya (ijtimoiylashuv) – uzluksiz va koʻp qirrali jarayon. Agar bu jarayonni obrazli qilib uy qurilishi deb tasavvur qilsa, unda aynan bolalikda butun binoga poydevor qoʻyiladi va quriladi. Keyinchalik butun umr davomida faqatgina pardozlash ishlari olib boriladi.
=== Taqdimot 15 ===
Bolaning ijtimoiylashuv jarayoni
Shaxs sotsializatsiyasining makro (grekcha makros “katta”), mezo –(mekos ”oʻrta”) va mikro (mikros “kichik”) omillarini mavjud.
Makro omillar –inson yashaydigan mamlakat, jamiyat, davlat hamda dunyoviy planetar jarayonlar: ekologik, demografik, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va b.
Mezo omillar –etnik koʻrsatmalarni shakllantirish, shaxsning milliy hayot va etnik aro munosabatlarning u yoki bu hollarini qabul qilishi, insonlarning oʻz xalqi tarixi va hozirgi hayoti haqida qarashlari va fikrlari;
Mikro omillar – yashash joyi va ijtimoiy muhitni tashkil qiladigan oila,taʼlim muassasalari, tengdoshlar guruhi va hk.
=== Taqdimot 16 ===
Eng kichik muhit, yaʼni bola oʻsadigan muhit sotsium yoki mikro sotsium deb ataladi. Sotsium (kichik muhit) –bola sotsiolizatsiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu yaqin ijtimoiy muhitni bola asta-sekin oʻzlashtiradi. Boshida u(bola), asosan, oilada rivojlanadi, soʻng yangi muhitlarni oʻzlashtiradi –MTTlar, maktab, va boshqa muassasalar, oʻrtoqlar davrasi, va h.k.
Yoshi ulgʻaygani sari bola tomonidan oʻzlashtirilgan ijtimoiy muhit “hududi” tobora kengayib boradi. Bolaning sotsiumda rivojlanishiga ijtimoiy maqomning taʼsiri juda katta boʻladi.
=== Taqdimot 17 ===
Bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va taʼlim sharoitida insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasini oʻzlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bola bir tomondan mazmun, hajm va umumiy darajasidan murakkab boʻlgan insoniy tajribani oʻzlashtirishi kerak, ikkinchi tomondan, u mazkur tajribani oʻzlashtirish usullarini hali egallamagan boʻladi. Tarbiya va ta’limda insonlar bolaga tushunarli boʻlgan mazmunni tanlab, oʻzlashtirishiga rahbarlik qiladi, bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli shu bilan belgilanadi.
=== Taqdimot 18 ===
Bola rivojlanib shaxs boʻlib yetishishi uchun eng avval unga oilaviy tarbiya kerak boʻladi. Bola nihol kabidir uni qanday parvarish qilsak mevasini ham shunday olamiz, daraxtning hosildor boʻlib yetilishi eng avval bogʻbon parvarishidadir. Shunday ekan bolalarni hali shakllanmasdan ijtimoiy muhitga kirmasligidan oilaviy sharoitda unga toʻgʻri tarbiya berishimiz kerak boʻladi. Bola kichkinaligida berilgan tarbiya ham xuddi bilim kabi naqsh singari muhrlanib qoladi. “Tarbiya – inson kamolotiga taʼsir qiluvchi tashqi va eng muhim omil hisoblandi”.
=== Taqdimot 19 ===
Har qanday odam shaxs boʻla oladimi, inson shaxs boʻlishi uchun nimalar qilishi kerak?
=== Taqdimot 20 ===
Odam bolasining rivojlanishi, uning yetuk, barkamol inson boʻlib yetishishi muhim jarayon hisoblanadi. Insoniyat paydo boʻlganidan buyon rivojlanishning qaysi yoʻnalishidan foydalanib bolalarni tarbiyalash koʻproq samara berishi haqida olimlar bahs munozaralar qilib kelmoqda.
=== Taqdimot 21 ===
Oilada qanday tarbiya koʻrgan boʻlsa bolalar bu tarbiyani ijtimoiy muhitda ham koʻrsatadi. Har bir ota -ona kelajakda maʼnaviy sogʻlom farzandi boʻlishini xohlasa, avvalo oilaviy sharoitini yaxshilashi, sogʻlom oilaviy muxitni yaratishi kerak. Sogʻlom farzand sogʻlom sharoitda voyaga yetadi. Ota -ona bola qiziqishlariga alohida eʼtibor qaratishi, kerak. Bolaning maktabgacha yoshidagi boʻlgan qiziqishlari uning kelajagi uchun poydevordir.
=== Taqdimot 22 ===
Ijtimoiy muhit – insoning yashashi va ishlashi uchun uni oʻrab turgan ijtimoiy, moddiy va maʼnaviy sharoitlar.
=== Taqdimot 23 ===
Ijtimoiy muhit bola shakllanishida hal qiluvchi omil hisoblandi oilaviy sharoit ham aslida kichik ijtimoiy muhit hisoblandi lekin bunda bola toʻligʻicha shakllanmaydi. Bola maktabga chiqilib haqiqiy ijtimoiy muhitga kiradi yon atrofdagilar bilan munosabati tubdan oʻzgaradi va ijtimoiy muloqotni oʻrganadi. Ijtimoiy muhitda muomala madaniyati ham shakllanadi kimga, qaysi paytda qanday munosabatda boʻlish jarayonlarini oʻrganadi.
=== Taqdimot 24 ===
Bola shaxsni rivojlantirish vazifasini toʻgʻri hal etish uchun uning xulqiga taʼsir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Shaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi muayyan jamiyat aʼzosi boʻlib, uning shakllanishi ijtimoiy munosabatlar jarayonida kechadi. Mazkur jarayonda qatnashish asosida u jamiyat tomonidan tan olingan maʼnaviy-axloqiy, shuningdek, huquqiy meʼyorlar mohiyatini oʻzlashtiradi.
=== Taqdimot 25 ===
Xulosa
Bolaning ijtimoiy muhitga kirishishida ota-ona juda eʼtiborli boʻlishi kerak. Bolaning yon atrofidagi oʻrtoqlari unga yomon taʼsir koʻrsatsa bola hayoti ham salbiy tomonga oʻzgaradi. Barkamol shaxsni shakllantirish, kelajagimiz poydevori boʻlgan bolalarni toʻgʻri tarbiyalamogʻimiz kerak. Bolalar rivojlanishiga qaysi taʼsir muhimroq qaysisi yetarli va qaysisi yetarli emas har birini oʻrganib chiqishimiz kerak. Bola rivojlanishida qaysi tomonlama boʻshliq boʻlsa uni kerakli maʼlumot va ota -onaning toʻgʻri maslahati bilan toʻldirish kerak.
=== Taqdimot 26 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.