Bobur she’riyatidagi vatan mavzusining badiiyat orqali ifodalanishi

4000 so'm


Bobur she’riyatidagi vatan mavzusining badiiyat orqali ifodalanishi

=== Taqdimot: Bobur she’riyatidagi vatan mavzusining badiiyat orqali ifodalanishi.pptx ===

=== Slayd 1 ===
BOBUR SHE’RIYATIDAGI VATAN MAVZUSINING BADIIYAT ORQALI IFODALANISHI

=== Slayd 2 ===
Reja:
1. Bobur she’riyati va uning asosiy yo‘nalishlari. 2. Bobur she’rlarining badiiy xususiyatlari. 3. Bobur she’riyati – o‘zbek mumtoz adabiyotining davomi.

=== Slayd 3 ===
Bobur idrokida diyoru yor tushunchalari o‘zaro qorishib ketadi. Shoirning barcha she’riy namunalarida qanday timsol va ramzlar aks etgan bo‘Imasin, ularni birgina ma’no: vatan soginchi birlashtirib turadi. “Yorni sog‘inish ma’Ium vaqtlarda yurtu diyorini sog‘inishning ifodasi bo‘lib chiqdi. Kishini o‘ziga tortuvchi, maftun qiluvchi, chiroyli yor bilan diyor sinonim bo‘lib, ham ma’nodosh, ham ohangdosh bo‘lib ketadi va ko‘pincha ketma ket tiziladi’’ .
Ko‘pdin berikim, yoru diyorim yo‘qtur,
Bir lahzayu bir nafas qarorim yo‘qtur.

=== Slayd 4 ===
Bobur yuqoridagi timsollarni rivojlantiribgina qolmay, ular qatoriga yangi timsollar qo‘shdi, adabiyotimizga real va konkret Vatan timsolini olib kirdi. Mumtoz she’riyatda Boburgacha ham Vatan timsoli bor edi. Bobur vatan deganda, Andijonni, Farg‘ona vodiysini, va umuman, Turkistonni tushundi. O‘z asarlarida uning portretini chizdi, pirovard natijada, Vatanning badiiy obrazini yaratdi. Bu kabi misollarni Bobur she’riyatidan ko‘plab keltirish mumkin.

=== Slayd 5 ===
Yod etmas emish kishini g‘urbatta kishi, Shod etmas emish ko‘ngulni menhnatta kishi. Ko‘nglum bu g‘ariblikda shod o‘lmadi, oh G‘urbatta sevunmas emish, albatta,kishi, -(198-199) deydi Bobur. Vatandan judo bo‘lgach, uning obrazi endi shoir she’rlarida sog‘inch mazmuni orqali o‘z ifodasini topadi.
Zahiriddin Muhammad Bobur

=== Slayd 6 ===
Shoirning ayrim ruboiylari dilning dilga izhori ko‘ngilning ko‘ngilga talpinishi va chorlovi sifatida yaratilgandir. Ulardagi so‘z va iboralar aynan yurakdan to‘lqin urib chiqqanday taassurot uyg‘otadi. Quyidagi ruboiydagi “ahbob”, “farog‘at tutungiz”, “g‘animat tutungiz” singari so‘z va iboralar inson umrining omonat va g‘animatliginigina emas, balki shu omonatlik va o‘tkinchilikda odam bir-birini qadrlay olishi zarurligini ham chuqur ta’kidlashga xizmat qiladi:

=== Slayd 7 ===
Ahbob, yig‘ilmogni farog‘at tutungiz!
Jamiyatingiz borini davlat tutungiz! Chun gardishi charx bu durur, tangri uchun, Bir-birni necha kun g‘animat tutungiz! *** Davron meni o‘tkardi saru somondin, Oyirdi meni bir yo‘li xonumondin. Gah boshima toj, gah baloyi ta’na, Nelarki, boshimg‘a kelmadi davrondin

=== Slayd 8 ===
“Besabrmenu besaru somondurmen” misrasi bilan boshlanuvchi ruboiyyuqoridagi ruboiyga hamohang. Ruboiylarining birida shunday satrlar bor: Gar xotiring istasa yiborgil savg‘ot: Ma’junu sharobu obi noranju nabot (158). “Obi noranj” – shoirning she’riyatiga yangi detal, yangi timsol bo‘lib kirdi. “Obi noranj” o‘zbek adabiyoti uchun ham yangi detal, yangi timsol edi.

=== Slayd 9 ===
Xalq qo‘shig‘ida teran mohiyatli va o‘tkir mantiqli “Olmadek og‘unaman, behidek sog‘inaman” degan tashbeh mavjud. Biz kishining dardu alamdan za‘faronday yoxud somon, yoinki behiday sarg‘ayishini bilar edik. Bobur buning yangicha, talginini yaratadi: Noranj yibordi sengaki, bilgaysen, Ya’niki, bu nav’ sarg‘oribtur Bobur
Bobur

=== Slayd 10 ===
Bobur poeziyasida Vatan mavzusi alohida o‘rinni egallaydi. Uning aksariyat g‘azallaridagi hijrondan shikoyat, ona yurtga bo‘lgan muhabbat, Vatanni qo‘msash kabi dil sadolari o‘quvchini chuqur o‘yga soladi. Shoirning g‘urbat va hijron bilan bog‘liq bo‘lgan voqeiy kechinmalari qator ruboiylarida ham o‘z ifodasini topgan. Ular orqali biz Boburning g‘urbatdagi ruhiy iztiroblari va Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbat tuyg‘ulari bilan dardlashamiz.

=== Slayd 11 ===

=== Slayd 12 ===
Hijron qafasida jon qushi dam qiladur, G‘urbat bu aziz umrni kam qiladur. Ne na’v bitay firoqu g‘urbat sharhin Kim, ko‘z yoshi nomaning yuzin nam qiladur. Bobur o‘z ruboiylarida Vatan timsolini tarannum etdi. Mumtoz she’riyatimizda Boburgacha ham Vatan timsoli bor edi. Bobur esa vatan deganda fagatgina Andijonni emas, Turkistonni ham tushundi. O‘z asarlarida uning portretini chizdi, natijada Vatan obrazini yaratdi.
Adabiyotshunos olim B. Sarimsoqov aytganidek, “Poetik obraz voqe’likdagi narsa, hodisa, shaxs kabilarning oddiygina nusxasi emas. U narsa, hodisa, shaxslarning ijodkor tuyg‘usi, hayoli, go‘yaviy niyati bilan qayta idrok etilgan, boyitilgan nusxasidir”.

=== Slayd 13 ===
Bu kabi misollarni Bobur she’riyatidan, xususan, ruboiyotidan ko‘plab keltirish mumkin: Yod etmas emish kishini g‘urbatda kishi, Shod etmas emish ko‘ngulni mehnatda kishi. Ko‘nglum bu g‘ariblikda shod o‘lmadi, oh G‘urbatda sevunmas emish, albatta, kishi. Vatandan judo bo‘lgach, uning obrazi endi shoir she’rlarida sog‘inch mazmuni orqali o‘z ifodasini topadi.

=== Slayd 14 ===
Bobur ijodiyotida diyoru yor tushunchalari o‘zaro gorishib ketadi. Shoirning ko‘pgina she’riy namunalarida qanday timsol va ramzlar aks etgan bo‘lmasin, ularni birgina ma‘no vatan sog‘inchi birlashtirib turadi: Ko‘pdin berikim yoru diyorim yo‘qtur, Bir lahzayu bir nafas qarorim yo‘qtur, Keldim bu sori o‘z ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yo‘qtur

=== Slayd 15 ===

=== Slayd 16 ===
Shoirning ayrim ruboiylari dilning dilga izhori, ko‘ngilning ko‘ngilga talpinishi va chorlovi sifatida yaratilgandir. Vatan obrazi quyidagi ruboiyda ham aks etgan: Be qayd menu xarobi siym ermasmen, Ham mol yig‘ishtirur laim ermasmen, Kobulda iqomat etti Bobur dersiz, Andoq demanglarki, mugiym ermasmen

=== Slayd 17 ===
Do‘st timsolini rafiq, habib, ulfat, ash’ob, ahbob so‘zlari bilan ifodalar ekan, shoir ijodida do‘st timsoli ham vatan timsoli bilan birga keladi. Ahbobg‘a qilsang guzar, ey yel, nogoh, Ul ja’mni bu so‘zumdin etgil ogoh: Siz ko‘rgandek eson – salomatturbiz, Siz dog‘i eson bo‘lg‘aysiz, inshoolloh. Ko‘rib chiqqanimizdek, Bobur o‘z salaflari ijodini yaxshi o‘zlashtirib, ular o‘z ijodida qo‘llagan badiiy timsol va obrazlarga ko‘p murojaat qilgan. Lekin, uning ijodida ayrim ifodalar borki, ular Bobur ijodigagina xosligini ko‘rishimiz mumkin. To‘g‘ri, bunday badiiy ifodalarni boshqa ijodkorlarda ham uchratamiz. Lekin, Bobur ijodida xususan, ruboiyotida ular o‘z avj nuqtasiga yetgan.

=== Slayd 18 ===
Shoirning g‘azal va ruboiylarida aksar hollarda aniq bir mavzu tevaragida so‘z boradi va mantiqiy izchillikka qat’iy amal qilinadi. Natijada ular kompozitsion puxtalik kasb etgan. Konkret bir mavzuga bag‘ishlangan yoki bir obrazni, yoxud muayyan bir holatni yorituvchi g‘azal va ruboiylar, alohida-alohida fikrlar aytilgan, badiiy yetuk baytlardan tarkib topgan g‘azallar, ya’ni maqtu’ she‘rlar ham shu tamoyil asosida bitilgan. Binobarin, Bobur g‘azallarining bosh xususiyati – ulardagi mavzu, obraz, g‘oya birligidir.
Yor mavzusini ifodalovchi tushuncha, istiloh va obrazlarning aks etishi

=== Slayd 19 ===
Yor obrazi uchun qo‘llanilgan so‘z va iboralarni yuqorida qayd etib o‘tdik, shoir oshiq obrazi qiyofasi va holatlarini ochish uchun esa qul, telba, Majnun, bemor, dardmand, g‘arib bedil, rasvoyi olam, miskin va iboralarga murojaat qilgan. O‘tmish salaflari ijodida bo‘lgani kabi. Boburning lirik merosida yorning bevafo va berahmligi ta’rif – tavsif etilgan g‘azallar nisbatan ko‘pchilikni tashkil etadi. Ularda go‘yoki “mehru vafoga qarshi javru jafo ning qanday tarzda ustunlikka erishishi birma-bir ochib beriladi.

=== Slayd 20 ===
Qadimgi Xitoyda imperatorlar xonadonida gul alohida e’zozlanib, parvarish qilingan, hukmdorlarning tojlarini bezagan. Xitoyliklar turmushida bu holni hozirgi kunda ham kuzatish mumkin. Payg‘ambarimiz sahobalarining aytishlaricha, Muhammad sallallohu alayhi vassallamning badan terlaridan gul bo‘yi kelar ekan. Xalqimizda ham yorni gul, gulni yor deyish urfga aylangan. Binobarin, gul haqidagi tushuncha ilohiy mazmun kasb etgan. Xalq og’zaki poetik ijodida gul haqidagi qo‘shiqlar juda ko‘p.

=== Slayd 21 ===
Chunki gul va bulbul timsoli ham dastlab xalq og‘zaki she’riyatida paydo bo‘lgan. Albatta, bu timsollarning mumtoz she’riyatimizdan keng o‘rin egallashida fors-tojik adabiyotining ham ta’siri bo‘lganligini inkor qilmaslik kerak. Ayni paytda,ushbu an’anaviy poetik timsollardan qaysi shoir qanday maqsadlarda foydalangani va ularni qanday tarzda yangilay olganligiga alohida diqqat qilish lozimdir. Mumtoz adabiyotda Umar Xayyom, Atoiy, Lutfiy, Jomiy, Alisher Navoiy kabi shoirlar ham ijodlarida gul obraziga tez-tez murojaat qilganlar.

=== Slayd 22 ===
Soching shikastida bordur shikasta ko‘ngullar, Ko‘ngullar ochilur, ochilsa ul qaro soching. Shu ishning shukronasi esa maqta’da aytilgan: Ochildi ko‘ngli, chu ochting sochingni, Boburning, Ne ayb agar desa dilbandu dilkusho soching! Shoir g‘azallaridan birining matla’sida ham soch “savdosi»dan bahs yuritilgan: Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana, Tiyra bo‘ldi ro‘zg‘orim ul qaro qoshdin yana.

=== Slayd 23 ===
Soch, “savdo” so‘zining ham tub lug‘aviy ma’nosi – qora, Sochining g‘ami boshidan yana boshimga tushdi; “Tiyra bo‘ldi” -yana qorong‘u bo‘ldi hayotim yorning qaro qoshidan
Umar Xayyomdan bunga bir misol: Gul kulib boqardi, may jomda yoqut, Bir mast bulbul ko‘rib, etolmay sukut, Yurak tili bilan shivirlab aytdi, Umr o‘tib boradi, har fursatni tut.

=== Slayd 24 ===
Umar Xayyom ijodidagi gul va bulbul ko‘p o‘rinda may timsoli bilan birga qo‘llaniladi. Bu timsollardan Umar Xayyom ruboiylarda shunchaki fikrini bayon etish uchun emas, chuqur falsafiy ma’noni berish uchun foydalanadi. Jumladan, Atoiyning mana bu so’zlariga e’tibor qiling: Uyotgondin qizil gul ko‘nglaki g‘arqi araq bo‘lsin, Yuzi gulshan sari gulgun giyo bog‘in beza-beza. Lutfiy ijodida esa gul va bulbul timsoli betakror jilolanadi.

=== Slayd 25 ===
Boburning nazdida yor – gul, oshiq esa “haqir bulbul”. Mashuqa — shu’la, oshiq – shu otashda yongan kul: lekin bu tashbihlar orasida mutanosiblik yo‘q. Shoir esa bundan juda ustalik bilan foydalanib, ma’shuqani shoh, o‘zini esa “haqir bulbul’’dan ham past darajada ko‘rsatadi: Sen gulsenu men hagir bulbuldurmen, Sen shu’lasen, ul shu’lag‘a men kuldurmen. Nisbat yo‘qtur, deb ijtinob aylamakim, Shahmen elga, vale senga quldurmen!

=== Slayd 26 ===
“Sendin ayrilib xor bo‘ldim” desa, ikkinchi misrada esa guldan tikonni ayirmaslik lozimligini ta’kidlaydi. Yor yuzini gulga qiyoslash, yorni “yuzi gul” deya ta’riflash Bobur she’rlari uchun odatiy hol: Gahi guldek yuzini ul shakar so‘zlukning islasam, Gahi shakkar kibi ul yuzi gulning la’lidin totsam. Yoki:
Bahoru bog‘sayrin ne gilaykim, dilsitonimning
Yuzi – gul, zulfi – sunbul, qomati sarvi xiromondur

=== Slayd 27 ===
“Balki yuzung ollida erur gul quldek” misrasiga e’tibor berilsa, gulni quliga qiyoslashning yangiligi bilinadi. Bobur she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan va izchil tarzda qo‘llanilgan an’anaviy poetik timsollardan biri sochdir. Shoirning ayrim g‘azallarida so‘z sochdan boshlanib, sochga tegishli gap bilan nihoyalanadi. “Soching” radifli g‘azali esa quyidagi bayt bilan boshlanadi:

=== Slayd 28 ===
Ko‘ngulga bo‘ldi ajoyib balo qaro soching, Shikasta ko‘ngluma ermish garo balo soching. Bunda yor sochining garoligi ko‘ngilga bir balo, shunchaki balo emas, balki singgan ko‘ngilni qaroga burkagan bo‘lganligi ta’kidlangan. Boshima chiqti tutun rashkdin qaro sochdin, Ayoqqa tushgali, ey sarvnoz, to soching.

=== Slayd 29 ===
Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek adabiyoti va madaniyatida chuqur iz qoldirgan yirik shoir, davlat arbobi va tarixchidir. Uning she’riyati: Yuqori badiiy saviyaga ega, g‘azal, ruboiy, tuyuqlari orqali insoniy tuyg‘ularni chuqur ifoda etadi; Muhabbat, vatanparvarlik, tabiat va hayot falsafasi kabi mavzularni go‘zal tasvirlarda yoritadi; Tilining soddaligi, obrazliligi va samimiyligi bilan o‘quvchini o‘ziga rom etadi. Bobur Navoiy an’analarini davom ettirgan, shu bilan birga o‘ziga xos shaxsiy uslub yaratgan.

=== Slayd 30 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.

Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Bobur she’riyatidagi vatan mavzusining badiiyat orqali ifodalanishi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar