- Savatga boshqa "ACCURACY AND CORRECTING MISTAKES" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR
9000 so'm

BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR
Biologiyani o‘qitishda foydalaniladigan metodlar
Biologiyani o‘qitishda foydalaniladigan metodlar o‘quv-tarbiya jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, ular orqali o‘qituvchi o‘quvchilarda ilmiy tafakkurni shakllantiradi, kuzatish, tahlil qilish va tabiat hodisalarini anglash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Har bir metod o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, mavzuning murakkabligi va o‘qitish maqsadidan kelib chiqqan holda tanlanadi.
O‘qitish metodlarining umumiy tavsifi
O‘qitish metodlari — bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir jarayonida ta’lim maqsadlariga erishishga xizmat qiluvchi usullar majmuasidir. Ular o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, shuningdek, bilishga bo‘lgan qiziqishni rag‘batlantirishda muhim o‘rin tutadi.
Metodlar o‘quvchilarning bilim olish, fikr yuritish va muloqot qilish faoliyatini tashkil etadi. Ular o‘qituvchi nutqi, ko‘rgazmali materiallar, amaliy mashg‘ulotlar, savol-javoblar, muhokamalar va interfaol mashqlar orqali amalga oshiriladi.
O‘qitish metodlarining asosiy turlari
Biologiya fanida o‘qitish metodlari quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi:
- Og‘zaki metodlar – hikoya, suhbat, ma’ruza;
- Ko‘rgazmali metodlar – tajribalar, kuzatishlar, sxemalar, jadvallar;
- Amaliy metodlar – laboratoriya ishlari, amaliy mashg‘ulotlar, tajribalar;
- Faol metodlar – interfaol, muammoli, mantiqiy va mustaqil ishlash metodlari.
Og‘zaki metodlar
Bu metodlar qisqa vaqt ichida katta hajmdagi o‘quv materialini o‘quvchilarga yetkazish imkonini beradi. O‘qituvchi nutqi orqali o‘quvchilar yangi bilimlarni eshitadi, tahlil qiladi va savollar asosida fikrlaydi. Og‘zaki metodlarga quyidagilar kiradi:
- Suhbat metodi – o‘quvchilarni faol fikrlashga undaydi, ilgari o‘zlashtirilgan bilimlarni yangi mavzular bilan bog‘lashga yordam beradi.
- Hikoya metodi – materialni izchil, ta’sirchan va obrazli shaklda bayon etishni nazarda tutadi.
- Ma’ruza metodi – murakkab mavzularni mantiqiy izchillikda yoritish, tahlil qilish va muammoli savollar orqali tushuntirish imkonini beradi.
Ko‘rgazmali metodlar
Ko‘rgazmali metod o‘quvchilarda hodisalarni kuzatish, ularni taqqoslash, umumlashtirish va tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Biologik obyektlarni kuzatish, tajribalar o‘tkazish, jadvallar, sxemalar va modellar yordamida bilimlar mustahkamlanadi.
Amaliy metodlar
Amaliy metodlar o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashiga yo‘naltirilgan. Laboratoriya ishlari, mikroskop orqali kuzatishlar, tajribalar o‘tkazish o‘quvchilarning mustaqil ishlash va ijodiy fikrlashini rivojlantiradi.
Faol va interfaol metodlar
Faol metodlar – o‘quvchilarda mustaqil izlanish, muammoli vaziyatlarni hal etish, mantiqiy fikrlash va hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Ularga quyidagilar kiradi:
- Interfaol o‘qitish;
- Muammoli izlanish metodlari;
- Mantiqiy metodlar (deduktiv, induktiv, qiyoslash, umumlashtirish);
- Mustaqil ishlash metodlari;
- Rag‘batlantirish va nazorat metodlari.
Interfaol metod
Interfaol metod o‘quvchi va o‘qituvchining hamkorlikda muloqot qilishiga, muammolarni birgalikda hal etishga asoslanadi. Bu metodda har bir o‘quvchi faol ishtirokchi sifatida bilim olish jarayonida qatnashadi.
Mantiqiy va mustaqil ishlash metodlari
Mantiqiy metodlar o‘quvchilarda tahlil qilish, qiyoslash, asosiy g‘oyani ajratish, umumlashtirish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Mustaqil ishlash metodlari esa o‘quvchilarning mustaqil bilim olish faoliyatini rivojlantiradi.
Rag‘batlantirish va nazorat metodlari
Rag‘batlantirish metodlari o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, mas’uliyat hissini kuchaytiradi. Nazorat metodlari esa o‘quvchilarning bilim darajasini baholash, o‘z-o‘zini tahlil qilish va takomillashtirish imkonini beradi.
Xulosa
Biologiyani o‘qitishda foydalaniladigan metodlar o‘quvchilarning bilish jarayonini faollashtiradi, ilmiy tafakkur, kuzatuvchanlik, mustaqil fikrlash va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Turli metodlarning uyg‘un qo‘llanishi biologiya fanining samarali o‘qitilishini ta’minlaydi.
=== Taqdimot 1 ===
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
01
O‘qitish metodlarining umumiy tavsifi.
02
Og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy metodlar va ularning turlari.
03
O‘qitishning faol metodlari.
=== Taqdimot 3 ===
O‘qitish metodlari – o‘quv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, ularsiz ta’lim maqsadi, vazifalarini amalga oshirish, o‘quv materiallari mazmunini o‘zlashtirish mumkin emas.
=== Taqdimot 4 ===
O‘qitish metodlari – yagona ta’lim jarayonining ikkita subyekti bo‘lgan o‘qituvchining pedagogik va o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini uyg‘unlashtiruvchi, hamkorligini ta’minlovchi faoliyat usulidir.
O‘qitish metodlari – o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadida qo‘llaniladi. Bu ularning asosiy funksiyalari sanaladi, shuningdek, metodlarning undovchi, rag‘batlantiruvchi, uyushtiruvchi va nazorat qiluvchi funksiyalari ham mavjud.
Metod (usul) – bu muayyan maqsadga erishish yo‘lidir.
=== Taqdimot 5 ===
O‘qitish metodlari – o‘qitishning moddiy vositalari bo‘lgan darslik, ko‘rgazmali, didaktik va tarqatma materiallar bilan uzviy bog‘langandir.
O‘qitish metodlari – darsning barcha bosqichlari, tashkiliy qism, o‘quvchilarning yangi mavzuni o‘rganish, o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish, o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash, olingan natijalarni tahlil qilish, uy vazifasini berishda va so‘rashda ham foydalaniladi.
=== Taqdimot 6 ===
O‘qitish metodlari
Reproduktiv
Faol
=== Taqdimot 7 ===
Reproduktiv
Ko‘rgazmali
Amaliy
Og‘zaki
Kuzatish
=== Taqdimot 8 ===
Og‘zaki metodlar
Og‘zaki metodlar – qisqa muddatda katta hajmdagi o‘quv materialini o‘quvchilar ongiga yetkazish, muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, ularni hal etish yo‘llarini ko‘rsatish, o‘quvchilarning nutqini rivojlantirish imkonini yaratadi.
=== Taqdimot 9 ===
O‘qitishning og‘zaki metodlari qo‘llanilganda o‘qituvchining so‘zi o‘quvchilarning bilim olishlari uchun asosiy manba hisoblanadi, ya’ni o‘qituvchi o‘quvchilarga so‘zlar vositasida bilim beradi, o‘quvchilar faoliyatini eshitish, fikr yuritish, berilgan savollarga javob topishga yo‘naltiradi.
=== Taqdimot 10 ===
O‘qitish metodlari
Suhbat
Hikoya
Ma’ruza
=== Taqdimot 11 ===
Suhbat metodi – yordamida o‘quvchilarning avval o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalari faollashtiriladi, tizimga solinadi, umumlashtiriladi, xulosa chiqariladi va yangi o‘rganilayotgan tushuncha bilan o‘zaro aloqadorligi yoritiladi. Shuni qayd etish kerakki, o‘quvchilarning avval o‘zlashtirgan bilimlari asosida yangi mavzuni savollar yordamida o‘zlashtirish imkonini beradigan mavzular suhbat metodi vositasida o‘rganish tavsiya etiladi.
Suhbat – dialogli ta’lim berish va o‘rganishning savol–javobli yo‘li.
=== Taqdimot 12 ===
Hikoya – o‘quvchilarga o‘quv materialini yaxlit holda savollar berib, uzmasdan bayon etishni nazarda tutadi, u o‘rganayotgan materialga qiziqishni uyg‘otish uchun qo‘llaniladi.
Hikoya qilishga asosiy talab – materialni hissiy yetkazib berish, san’atkorona, ta’sirchan bayon qilishdan iborat.
=== Taqdimot 13 ===
Ma’ruza
Ma’ruza – davomli vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan katta hajmdagi o‘quv materialining monologik bayon qilishi, muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, ularni hal etish yo‘llarini ko‘rsatish, o‘quvchilarning nutqini rivojlantirish imkonini yaratadi.
=== Taqdimot 14 ===
Ma’ruza mazmuni va didaktik maqsadiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
Kirish ma’ruzasi
Muammoli ma’ruza
Umumlashtiruvchi ma’ruza
=== Taqdimot 15 ===
Ko‘rgazmali metod
O‘qitish jarayonida ko‘rgazmali metodlarning qo‘llanilishi, o‘quv materiali mazmunidan kelib chiqqan holda obyektlar va hodisalarni hissiy idrok etish, ularni taqqoslash, o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash, umumlashtirish, sintezlash, xulosa yasashga imkon beradi.
Biologik obyektlarni kuzatish, ular ustida tajribalar o‘tkazish, olingan nazariy bilimlarni amaliyotga qo‘llash, o‘rganilgan hodisalarni sxema, jadvallar asosida aniqlashtirish va tasniflash imkonini beradi.
=== Taqdimot 16 ===
Amaliy metodlar guruhi
O‘quvchilarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash, o‘quv va mehnat, ko‘nikma hamda malakalarini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish, hayotga tayyorlash, kasbga yo‘llash imkonini beradi. Ushbu metod o‘qitish jarayonida ko‘rgazmali, muammoli, og‘zaki metodlar bilan uyg‘unlashgan holda qo‘llaniladi.
=== Taqdimot 17 ===
Faol metodlar – muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, o‘quvchilarning kichik guruhlarida hamkorlikda ishlab, muammoni hal etish, murakkab savollarga javob topish va tahlil qilish ko‘nikmalari va bilimlarni faollashtirishga asoslangan faol bilish faoliyatini taqozo etadi.
Faol metodlar:
O‘qitishning interfaol;
Muammoli;
O‘qitishdagi nazorat va o‘z-o‘zini nazorat;
Mantiqiy;
Mustaqil ishlash;
O‘qitishda o‘quvchilarning faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash.
=== Taqdimot 18 ===
Interfaol o‘qitish – bu avvalo dialog tarzda o‘qitish, muloqot jarayonida barcha ishtirokchilar tomonidan hamkorlikda muammolarni hal etilishidir.
Interfaollik – deganda o‘qituvchining o‘quvchi bilan hamkorlikda yoki kompyuter bilan muloqoti o‘zaro ta’sir ko‘rsatish rejimida ishlashi tushuniladi.
Interfaol – inglizcha interakt so‘zidan olingan bo‘lib, inter- hamkorlikda, akt-harakat qilmoq ma’nosini bildiradi.
=== Taqdimot 19 ===
Interfaol o‘qitishning asosiy mohiyati – o‘qitish jarayonida barcha o‘quvchilar bilish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi, ular muhokama etilayotgan muammolarni, voqea va hodisalarning rivojini tushunadi, muammoli vaziyatlarni anglaydi, uni hal etish yo‘llarini izlab, eng maqbul variantni tavsiya etadi.
=== Taqdimot 20 ===
Muammoli izlanish metodlari – dars davomida izchil va maqsadga yo‘naltirilgan holda vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni o‘quvchilar avval o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarini yangi vaziyatlarda qo‘llashi orqali o‘quv materialini faol o‘zlashtirishiga xizmat qiladi.
Bu metodlar guruhi o‘quvchilarning aqliy rivojlanishi, ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va undan chiqishning eng maqbul yo‘lini topishi, mo‘ljalni to‘g‘ri olishiga zamin tayyorlaydi.
=== Taqdimot 21 ===
O‘qitishning mantiqiy metodlari guruhi
O‘qitishning mantiqiy metodlari guruhi – o‘quv materiali mazmunining yo‘nalishini belgilab, o‘quvchilarning bosh g‘oyani ajratish, o‘rganilayotgan obyektni tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish ko‘nikmalari, aqliy faoliyat usullarini egallash, abstrakt tafakkurni rivojlantirish, sabab-oqibat bog‘lanishlarni anglash imkonini yaratadi.
=== Taqdimot 22 ===
O‘quvchilar tahlil metodi yordamida axborotni anglab idrok etadi, o‘rganilgan obyektlarning o‘xshashlik va farqli tomonlarni aniqlaydi, o‘rganilgan obyektlarni tarkibiy qismlarga ajratib, ular o‘rtasidagi boshlanishlar, sabab oqibatlarni aniqlaydi.
Deduktiv metodda o‘quvchilar avval umumiy qonunlarni o‘rganadi, so‘ngra umumiydan xususiy xulosa chiqarishga o‘rgatiladi.
Induktiv metodda o‘quvchilarning e’tibori avval xususiy faktlarni o‘rganishga jalb qilinadi, so‘ngra xususiydan umumiy xulosalar chiqarishga yo‘naltiriladi.
=== Taqdimot 23 ===
Bosh g‘oyani ajratish metodi muhim ahamiyat kasb etib, o‘quv materialidagi asosiy g‘oyani ajratish va saralash, axborotni mantiqiy tugallangan fikrli qismlarga ajratish, asosiy g‘oya va ikkinchi darajali fikrlarni ajratish, tayanch so‘zlar va tushunchalarni ajratish, asosiy fikr haqida xulosa chiqarishga zamin tayyorlaydi.
O‘quvchilar qiyoslash metodi vositasida, o‘quv topshiriqlarida berilgan qiyosiy obyektlarni aniqlash, obyektlarning asosiy belgilarini aniqlash, taqqoslash, o‘xshashlik va farqlarni aniqlash, qiyoslash natijalarini shartli belgilar bilan rasmiylashtirishga o‘rganadi.
=== Taqdimot 24 ===
Umumlashtirish metodi muammolarni hal etish jarayonida o‘quv materialidagi tipik faktlarni aniqlash, qiyoslash, dastlabki xulosalar, hodisaning rivojlanish dinamikasini tasavvur qilish, umumlashtirish natijalarini shartli belgilar yordamida rasmiylashtirish, umumiy xulosa chiqarishga zamin tayyorlaydi.
Mustaqil ish metodlari guruhiga darslik, qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari va ko‘rgazma vositalari ustida mustaqil ishlash metodlari kiradi. Mustaqil ishlash metodida o‘quvchilarning mustaqil o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish nazarda tutiladi.
=== Taqdimot 25 ===
O‘qitishda o‘quvchilarning faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash metodlar
Ta’lim jarayonida pedagogik rag‘batlantirish orqali o‘quvchilarning yangi o‘quv materialini egallashlarida ishtiyoq va faollikni ta’minlovchi ijobiy asoslanishlarni vujudga keltiradi.
O‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishlari, aqliy faolliklari, yangi bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojlari, muloqot madaniyati, o‘z-o‘zini nazorat qilish va boshqarish, baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi.
Shuningdek, ta’limning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish, o‘quvchilarda ongli intizom, burch va mas’uliyatni tarkib toptiradi.
=== Taqdimot 26 ===
O‘qitishdagi nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlari
Nazorat ta’lim jarayonining ajralmas qismlaridan biri sanaladi. Nazoratning muntazamligi va izchilligi o‘quvchilarning faol aqliy mehnat qilishga undaydi, ularda mas’uliyat, burch, diqqat, xotira, o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi. Bu metodlar guruhiga og‘zaki va yozma nazorat, laboratoriya va amaliy ish yordamida nazorat, o‘z-o‘zini nazorat, o‘zaro nazorat varag‘i va testlar yordamida nazorat metodlari misol bo‘ladi.
=== Taqdimot 27 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Slaydchi.uz — ingliz tili, tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.