=== Taqdimot 1 ===
Bargning morfologik va anatomik tuzilishi
=== Taqdimot 2 ===
01
Reja:
Barg tuzilishi, barg qismlari
02
Barg plastinkasining tuzilishi
03
Bargning poyaga joylanishi
04
Murakkab barglar, barg metamorfozasi
05
Barg ichki tuzilishining xillari, barg ichki tuzilishining o‘simlikning yashash sharoitiga bog‘liqligi
06
Dorzoventral, Izoloterial, Radial barg anatomiyasi
=== Taqdimot 3 ===
BARG MORFOLOGIYASI – Folium
Barg o‘simligining asosiy vegetativ organi bo‘lib hisoblanadi. Barg birinchi marotaba urug‘ embrionidan yoki kurtakdan o‘sib chiqadi. Barg pastki tomoni bilan o‘sadi. Ba’zi o‘simliklarda masalan: qirqquloqsimonlarda barg uchi bilan o‘sadi. Ko‘pchilik o‘simliklar bargi bahorda chiqib, kuzda to‘kiladi. Ba’zi o‘simliklarning bargi esa bir necha yil to‘kilmasdan turadi. Masalan: qarag‘ayning bargi 3 yil,archaning bargi 10 yil, velvichiya deb atalgan o‘simlikning bargi 100 yil to‘kilmasdan tura oladi.
=== Taqdimot 4 ===
=== Taqdimot 5 ===
Bargmomg bandi (Черешок)
Bargning plastinkasi
BARG
=== Taqdimot 6 ===
=== Taqdimot 7 ===
Ba’zi o‘simliklarning bargi bandsiz bo‘ladi, (сидячий лист) Masalan, ko‘knorining bargi. Ba’zi o‘simliklarning bargi qinli (Влагалишный лист). Masalan: Fasldoshlarning bargi, soyabongullilarning oilasiga kirgan o‘simliklar.
Barg bandli ham bo‘ladi. Bunga chereshkoviy list deyiladi. Ba’zi o‘simliklarning bargining tagida qo‘shimcha bargi ham bo‘ladi. (пилистник) Masalan: no‘xat, g‘o‘za barglari tagida.
=== Taqdimot 8 ===
Agar barg plastinkasi 1 ta bo‘lsa oddiy barg deyiladi.
Barg plastinkasi butun yoki qirqilgan bo‘lishi mumkin. Agar barg plastinkasi o‘rta tomiriga nisbatan 3/1 qismi qirqilgan bo‘lsa, bo‘lakli barg (лопастной лист) deyiladi: chinor, anjir, g‘o‘za, terak, dub barglari. Agar barg plastinkasi bundan ham chuqurroq qirqilgan bo‘lsa, ammo o‘rta tomirigacha yetmagan bo‘lsa, kesik barg (раздельный лист) deyiladi. Masalan: qoqio‘t, jag‘-jag‘.
Agar barg plastinkasi o‘rta tomirigacha qirqilgan bo‘lsa, ajralganbarg (рассеченный лист) deyiladi. Masalan: pomidor, kartoshka.
Barg plastinkasining cheti tekis qirrali (сельнокрайный) yoki tishsimon (зубчатий) arrasimon (пилчатий) yoki o‘yiqsimon (городчатий) bo‘lishi mumkin.
=== Taqdimot 9 ===
Barg plastinkasi har xil shaklda:ninasimon, chiziqsimon, lansetsimon, yuraksimon, buyraksimon, tuxumsimon, nayzasimon, strelkasimon va boshqa bo‘lishi mumkin. Barg plastinkasi har xil kattalikda bo‘ladi. Masalan: Gruziyada o‘suvchi Pterium barg nihoyat darajada katta bo‘ladi. Odam bemalol ko‘rpa qilib ustiga yopsa bo‘ladi. Barg poyaga xar xil ravishda o‘rnashadi. Ba’zi o‘simliklarning bargi poyada ketma-ket (очередной, спиральный) Masalan: tol, terak barglari. Barg poyada qarama-qarshi (суппоритный) o‘rnashgan Masalan: labsimongullilar oilasiga kiradigan o‘simliklar, yalpiz, shalfey. Ba’zi o‘simliklarning bargi poyada halqasimon ravishda (mutovchatiy) joylashgan. Sambitgul o‘simligining bargi 3 tasi 1 ta joydan. Bargning asosiy bandi bo‘lib, shu asosiy bandga bir nechta bargchalar o‘zlarining bandchalari bilan joylashgan bo‘lsa, murakkab barg (ложный лист) deyiladi.
=== Taqdimot 10 ===
Murakkab barglar
3 plastinkali murakkab barg (тройчатосложный листt).qulupnay, beda
Toq patli murakkab barg.(непарноперистосложный лист)na’matak, yong‘oq, akatsiya
Juftpatli murakkab (парноперистосложный лист)no‘xat, sariq akatsiya
Panjasimon murakkab barg (палчатосложноый лист)nasha, ashtan
=== Taqdimot 11 ===
=== Taqdimot 12 ===
Barg plastinkasining tomirlanishi har xil bo‘ladi. Bir pallali o‘simliklarning bargi parallel yoki yoysimon tomirlangan bo‘ladi. (параллелонервный, дугонервый) Moy landishining bargi yoysimon: bug‘doy,jo‘xori arpaning bargi parallel tomirlangan bo‘ladi. Ikki pallali o‘simliklarning bargi to‘rsimon tomirlangan bo‘ladi (сетчатонервный).
=== Taqdimot 13 ===
Patsimon tomirlanish (Перистонервный)
Barmoqsimon (Panjasimon), (палчатонервный) tomirlanish
To‘rsimon tomirlanish
Yulduzsimon ( звездчатонервный) tomirlanish
=== Taqdimot 14 ===
Turini o‘zgartirgan barglar
Ba’zi o‘simliklarning bargi asosiy vazifadan tashqari, qo‘shimcha vazifalarni ham bajaradi. Masalan: kurtaklarning tashqi tomonidagi qobiqsimon barglar meristemani tashqi sharoitdan saqlab turadi. Piyozning tashqi tomonidagi quruq barglar ichki tomonidagi qismlarini qurib qolishidan saqlaydi. Ba’zi bir o‘simliklarning barglari qismlarini qurib qolishidan saqlaydi. Makkajo‘xorining so‘tasini o‘rab olgan barglar ham jo‘xori donini quyosh ta’sirida qurib qolish, chirish va qurtlarning yeb ketishidan saqlaydi.
=== Taqdimot 15 ===
Ba’zi o‘simliklarning barglari qisman yoki butunlay tikonga aylangan bo‘ladi. Masalan: qushqo‘nmas, qo‘ytikan deb atalgan o‘simliklarning barglari qisman tikanga aylangan bo‘ladi. Kaktus va Barbaris o‘simliklarining barglari esa butunlay tikanga aylangan. Demak, tikanlar o‘simliklarni himoya qiladi. Agava va Aloe degan o‘simliklarning barglarida suv zapaslari to‘planadi. Ba’zi bir o‘simliklarning barglari gajakka aylangan. Bu gajakka aylangan barglar yordamida o‘simlik biror narsaga osilib yoki chirmashib o‘sadi: Mosh, loviya, no‘xat. Avstraliyada o‘suvchi Avstraliya akatsiyasining bargining bandi yaxshi taraqqiy etib,barg plastinkasiga aylangan bo‘ladi. Bunday barglarni 2 Fillodiya deb ataladi. Plastinkaga aylangan barg bandida fotosintez protsessi bo‘ladi.
=== Taqdimot 16 ===
Demak, barg bandining plastinkasiga aylanishi fotosintez protsessiga bo‘lgan talabdan deyiladi. Ba’zi bir o‘simliklarda oqsil modda yetishmaganligi sababli barg hasharot tutadigan qopqonga aylanadi. Bunday o‘simliklarga: Rosyanka, Muxolovka, Puzirchatka, Kuvshinkalar kiradi. Gul kosachasi, otalik va onaliklari qiyofasini o‘zgartirgan barg ekanligini nemis shoiri va tabiatshunosi Gyote aniqlagan. Ba’zi bir o‘simliklarning barglari yordamida vegetativ uchraydi. Masalan: Begoniya va fikus. Ba’zi bir o‘simliklarning barglari ildiz vazifasini ham bajaradi. Masalan: suv qirqqulog‘i-Salviniya Salvinia natans. Bu o‘simliklarda 2 xil barg:suvning yuzasidagi va suvning ichkarisidagi barg deyiladi. Suvning ichkarisidagi barg ildiz vazifasini bajaradi. Barg juda ham o‘zgaruvchan organ. Bargning o‘zgarishi o‘simlikning yashash sharoitiga bog‘liq. Ba’zan bir tup o‘simlikning o‘zida ham xar xil barglar uchraydi. O‘simlikning pastki, o‘rtasidagi, yuqoridagi barglar. Odatda o‘rta barglar o‘simliklar uchun tipik barg bo‘lib hisoblanadi.
=== Taqdimot 17 ===
Barg anatomiyasi
Bargning ichki tuzilishi
Dorzoventral
Izoloterial
Radial
=== Taqdimot 18 ===
Dorzoventral bargning yuqori tomoni pastki tomonga o‘xshash bo‘lmaydi.Chunki yuqori tomonda qoziqsimon to‘qimalar, pastki tomonda esa, bulutsimon to‘qimalar joylashgan. Izoloterial bargning yuqori tomoni pastki tomoniga o‘xshash bo‘ladi. Bargning yuqorida ham,pastki tomonida ham qoziqsimon to‘qimalar joylashgan.
Radial bargning tuzilishi novdaga o‘xshash bo‘ladi.Bargning ichki tuzilishi o‘simlikning yashash sharoitiga ham bog‘liqdir. Issiq sharoitda yashaydigan o‘simliklarni Kserofit o‘simliklar deyiladi.
O‘rta iqlimda yashaydigan o‘simliklarni Mezofit deyiladi.
=== Taqdimot 19 ===
Suv va nam sharoitda yashaydigan o‘simliklarni Gidrofit deyiladi. O‘simliklarning bargi epidermis bilan qoplangan. Ba’zi o‘simliklarning bargi ko‘p yillik bo‘lsa ham, (archa, qarag‘ay) epidermis bilan qoplangan. Epidermisning ustida Kutikula qavati yoki mum izlari bo‘ladi. Kserofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarning bargining epidermisida kutikula qavat qalin, epidermis bir necha qavat. Bu o‘simliklarda qoziqsimon to‘qima yaxshi taraqqiy etgan.
=== Taqdimot 20 ===
Mezofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda epidermis 1 qavat, qoziqsimon to‘qima ham bargning yuqori tomonidan odatda bir qavat joylashgan bo‘ladi. Ba’zan 2 qavat ham bo‘lishi mumkin.
Gidrofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda qoziqsimon to‘qima bo‘lmaydi.
Kserofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda ustitsalar fa-qat bargning pastki tomoniga joylashgan bo‘ladi.
Mezofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda ustitsalar barg-ning asosan pastki tomonida, qisman yuqori tomonga joylashgan bo‘ladi.
Gidrofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda esa, ustitsalar bargning yuqori va pastki tomoniga joylashgan bo‘ladi.
=== Taqdimot 21 ===
Bargning plastinkasi
Bargning yumshoq qismi
Bargning tomir
o‘tgan qismi
Mezofil
=== Taqdimot 22 ===
Radial barg
Radial bargga misol qilib, qarag‘ay bargini olamiz. Qarag‘ayning bargi ko‘p yillik bo‘lsa ham, boshqa barglarga o‘xshash epidermis bilan qoplangan. Epidermis hujayralarining po‘sti qalin, tashqi tomondan kutikula bilan qoplangan. Ustitsalar epidermisda chuquroqda joylashgan. Epidermisni ichkari tomonida mexanik to‘qima Gipoderma joylashgan. Gipoderma bargga qattiqlik berishdan tashqari, epidermis shikastlanganda qoplag‘ichlik vazifasini bajarib turadi. Bargning assimilyatsion to‘qimasi chokli parenxima (складчатая паренхима)dan tashkil topgan.Chokli parenximada hujayra ichkari tomonga kiradi. Assimilyatsion to‘qima bargning po‘stloq qismiga joylashgan. Bargning po‘stloq qismida smola yo‘llari bor. Smola yo‘li atrofida 2 qavat hujayralar joylashgan.
=== Taqdimot 23 ===
Radial barg
1 qavati tirik hujayralardan iborat bo‘lib, uni Epitelial hujayra deyiladi. Ba’zi olimlarning fikricha, epitelial hujayralar smola ishlab chiqaradi. Epitelial hujayra atrofida mexanik to‘qimaga kiruvchi o‘lik hujayralar joylashgan. Bargning markaziy qismi ichkari tomoniga joylashgan. Markaziy qismida asosiy to‘qima, mexanik to‘qima sklerenxima hamda o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari joylashgan. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlarida floema ksilemaning yuqori tomoniga joylashgan bo‘ladi. (Poyaga o‘xshab) Qarag‘ay ochiq urug‘li o‘simliklarga kirgani uchun o‘tkazuvchi to‘qimada suv naylari bo‘lmaydi. Suv naylari vazifasini traxeidlar bajarib turadi, ya’ni suv va suvda erigan moddalar traxeidlar orqali o‘tib turadi.
=== Taqdimot 24 ===
=== Taqdimot 25 ===
Gulli o‘simliklarning to‘la rivojlangan bargi uchta asosiy qismdan: barg yaprog‘i (plastinkasi), bandi va yonbargchalardan iborat. Ayrim bir va ikki pallali o‘simliklardan barg bandi o‘rnida barg qini bo‘ladi.
Barg plastinkasi bandga birikkan yassi qism bo‘lib, uning ikki tomoni bir-biridan farq qiladi, bunga bifatsial deyiladi va har xil shaklga ega. Barg o‘zi joylashgan poyaga qaragan tomoni jihatidan har xil bo‘ladi. Uning ustki qismi adaktsial, yon yoki ostki qismi abaksial deb ataladi.
=== Taqdimot 26 ===
Oddiy va murakkab barglar
Ba’zi o‘simliklarda barg bandsiz bo‘ladi. Bunday barg plastinkasi bevosita novdaga birikadi. Bir pallali o‘simliklarda barg qinining plastinkaga o‘tish joyida rangsiz, kichkina, yupqa o‘simta, ya’ni tilcha bor. Tilchaning ikki chetida burchaksimon o‘simta quloqcha deb ataladi. Barg quloqcha yordamida novdani qattiq siqib poyani mustahkam tutadi. Masalan, g‘allasimon o‘simliklarda shunday manzarani kuzatish mumkin. Tilcha bilan quloqcha barg bilan novda orasiga suv va boshqa narsalarni kirishidan saqlaydi.
=== Taqdimot 27 ===
Barg shakllari:
1-ninasimon; 2-qalami; 3-cho’zinchoq; 4-nashtarsimon; 5-6-ovalsimon; 7-dumaloq;
8-tuxumsimon; 9-teskari tuxumsimon; 10-rombsimon; 11-kuraksimon; 12-yuraksimon; 13-buyraksimon; 14-yoysimon; 15-nayzasimon; 16-lirasimon;
=== Taqdimot 28 ===
BARGLARNING KATTA KICHIKLIGI VA YASHOVCHANLIGI
Geterofilliya:
A-suv ayiqtovoni;
B-o‘qbarg;
C-bug‘u shoxi paporotnigi: 1-suv ustidagi barg; 2-suv ostidagi barg; 3-spora va fotisintez qiluvchi barg; 4-to‘liq barg;
=== Taqdimot 29 ===
Barglarning katta kichikligi va yashovchanligi
O‘simliklarda barglarning yashash muddati ham turlichadir. Masalan, qarag‘ay bargi 2 yil, qora qarag‘ay bargi 5-7 yilgacha, lavr bargi 4, oleandr bargi 3 yilgacha yashaydi. Ular barg asosi bilan o‘saveradi, uchi esa qurib ketaveradi.
=== Taqdimot 30 ===
Barglarning novdada joylashishi
O‘simliklarning barglari ma’lum bir tartibda, tabiat qonuniyatlari asosida – har doim bir-biriga soya qilmaydigan holda joylashadi.
Navbat bilan yoki ketma-ket joylashish. Bunda novdaning har qaysi bo‘g‘imidan faqat bittadan barg chiqib, novda bo‘ylab pastdan yuqoriga: bir-biriga teskari yoki spiral holda birin ketin navbat bilan joylashadi. Masalan, olma, o‘rik, olcha barglari spiralsimon yoki ketma-ket joylashgan.
Qarama-qarshi joylashish. Novdaning har qaysi bo‘g‘imida bir-biriga qarama-qarshi ikkita barg joylashsa, qarama-qarshi joylashish deb ataladi. Rayhon, yalpiz va nastarin barglari bunga misol bo‘ladi
=== Taqdimot 31 ===
Barglarning novdada joylashishi
Halqasimon yoki doiraviy joylashish. Novda bo‘g‘imida uch va undan ziyod barglar joylashsa, halqasimon yoki doiraviy joylashish bo‘ladi: elodeya, qirqbo‘g‘im, oleandr (sambitgul), qumrio‘t barglari halqasimon joylashgan.
Barglarning novdada joylashish xillari:
A – navbatlashib, B – qarama-qarshi, V – G – D – halqasimon joylashish
=== Taqdimot 32 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.