Badiiy asarda shakl va mazmun zamon makon
8000 so'm

Slayd 1
Badiiy asarda shakl va mazmun. Zamon va makon
Slayd 2
– Mazmun narsalarni aynan shu narsa sifatida ifodalovchi muhim element va oʻzgarishlarning yigʻindisidir. Shakl mazmunning mavjudlik usulini, ichki tuzilishini ifodalaydi. Obyektiv olamda narsa va hodisalarga oid boʻlmagan sof mazmun ham sof shakl ham yoʻq. Muayyan mazmun hamisha muayyan shaklda ifodalanganidek, muayyan mazmunga egadir. Borliqdagi har bir narsa oʻzining mazmuni va shakl birligi tufayli mavjud. Mazmun oʻz mohiyatiga kura, shaklga nisbatan yetakchi oʻrin tutadi. Shakl esa, aksincha, mazmunni ifodalaydi. Shakl mazmunga mos kelishi lozim, mos kelmasa ular (aniqrogʻi shakl bilan yangi mazmun) oʻrtasida ziddiyat paydo boʻladi, bu ziddiyat eski shaklni yangi mazmunga mos yangi shakl bilan almashish (yoki eski shaklni yangi mazmunga moslash) orqali hal qilinadi.
Sanʼat, adabiyotda mazmun va shakl badiiy asarning bir-birini taqozo etuvchi ikki tomoni boʻlib, bunda uning mazmuni muhim hisoblanadi. Badiiy asarning shakliy (uslub, janr, kompozitsiya, badiiy nutq, ritm), mazmuniy (mavzu, fabula, konflikt, harakterlar va sharoit, badiiy gʻoya, tendensiya) yoki shakliy-mazmuniy (syujet) harakterdagi ayrim tomonlari, unsurlari Adabiyotda mazmun va shakl tushunchalari 18—19-asr boshlaridagina bir-biridan farqlana boshladi. Lekin badiiy adabiyotga xos mazmun va shaklning oʻziga xos birligi bu ikki tomonni bir-biridan ajratgan holda oʻrganib boʻlmasligini koʻrsatadi. Chunki adabiy asarning mazmuni, mohiyati uning shakli orqaligina yuzaga chiqadi. Shuningdek, mazmundan uzoqlashgan shakl nutqning oddiy fakti, tilshunoslik, statistika yoki mantiq obʼyektiga aylanadi.
Mazmun va shakl
Slayd 3
Badiiy asarda mazmun va shakl dialektik aloqada boʻladi: biri ikkinchisiga, ikkinchisi birinchisiga oʻtib turadi. Xatto shunday ham boʻlishi mumkinki, asarning bir komponenti bir holatda mazmun hodisasi, ikkinchi holatda shakl hodisasi boʻlib hisoblanadi. Shunga koʻra, mazmun bilan shakl orasiga xitoy devorini qoʻyib, ularni qat'iy chegaralab boʻlmaydi. Badiiy ijoddagi mazmun va shaklning oʻzaro dialektik munosabati filosofiyadagi sabab va natija oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikka uxshab ketadi.
Badiiy ijodda mazmun va shakl dialektik birlikda va bir-biriga utuvchi hodisa sifatida olib tekshiradi. Xakikatan ham mazmun va shakl bir-biri shu kadar oʻzviy bogʻliqki, ularning biri ikkinchisisiz yashay olmaydi: shakl biror narsa ( mazmun)ning shakli, tashki koʻranishi – shusiz shaklni anglash mumkin emas; mazmun ham biror shaklda namoyon boʻladi – shakl mazmunga anik tashki koʻrinish boʻladi, unga goʻzallik bagishlaydi, Shunga koʻra, mazmun va shakl bir-biri bilan oʻzviy bogʻliq. Birok bu birlikda mazmun etakchilik qiladi – oʻzi oʻzgarishi bilan shaklning oʻzgarishiga sababchi boʻladi. Shakl esa mazmunga nisbatan bir muncha konservativrok- u sekinrok oʻzgaradi. Shu sababli, badiiy ijodda yangi mazmun bilan eski shakl oʻrtasida ziddiyat kelib chikishi ham mumkinki, u, albatta, shaklni oʻzgartirishga olib keladi. Bu oʻrinda ulug oʻzbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning she'riyatda mazmun ( ma'no) va shakl ( surat) haqidagi fikrlarini eslash joizdir.
Slayd 4
Adabiyotshunoslikka oid darsliklarda shakl va mazmun komponentlari tasnifi masalasida turlicha fikrlar mavjud
Slayd 5
Alisher Navoiy shakl bilan mazmunni, soʻzning shakli bilan uning ma'nosini dialektik birikda oladi va shu birlikda ma'no-mazmunni soʻzning etakchi asosi deb biladi. Shoirning fikricha, she'r mazmuni bilan ham, shakli bilan ham goʻzal boʻlishi kerak:
• Nazmda ham asl anga ma’ni durur,
• Bo‘lsun aning surati har ne durur.
• Nazmki ma’ni anga marg‘ub emas,
• Ahli maoniy qoshida xo‘b emas – deb yozar ekan, ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy bu orqali zamonlar kelib nazmning suratida yangilanishlar bo‘lishini bashorat qilgan. Buyuk shoir nazmning rango-rang liboslar bilan ziynatlanishi tabiiy ekanini ta’kidlash barobarida, har qanday shaklda bo‘lishidan qat’i nazar, “asl anga ma’ni” ekanini alohida ta’kidlaydi. Ma’ni jihatdan marg‘ub bo‘lmagan nazm maoniy ahlining e’tiborini qozona olmasligiga e’tibor qaratadi. Ta’kidlash zarurki, shayx Nizomiy ham, hazrat Navoiy ham “ma’ni”ga urg‘u berar ekan, zinhor badiiyatni inkor etmaydi. Aksincha, nazmda yoki nasrda bitilgan bo‘lishidan qat’i nazar, so‘z san’ati namunasida teran mazmun va go‘zal badiiyat uyg‘unligi talab etilishini ta’kidlaydi. Har ikki mutafakkir o‘z asarlari orqali buning beqiyos namunasini ko‘rsatadi.
Slayd 6
Shuni ham aytish kerakki, shakl ham mazmunga befark qaray olmaydi: mazmunga muayyan tus-surat beradi, uni bezaydi, tugallaydi- estetik ta'sirchalik bagishlaydi:
• Senga baxtdan taxt tilarman,
• Toledan boshingga toj,
• Xusni mulkingga omonlik,
• Toju taxtingga rivoj.
• Yoki
• Dust bilan obod uyning,
• Gar boʻlsa u vayrona ham,
• Dust kadam kuymas esa,
• Bayronadir koshona ham.
• Shoir Erkin Voxidov gʻazallaridan olingan yukoridagi baytlar mazmuni bilan, ham shakli bilan ham bagʻoyat goʻzal – u kitobxonga tarbiya ham, estetik zavq ham beradi. Agar shu baytlarda ifodalangan ma'no mazmunni sa'at (gʻazal) shakliga solmasdan jungina bayon qilinsa- «senga baxt va tole yor boʻlsin, xusning va baxting barqaror boʻlsin» yoki «xonadoningdan do‘st arimasan do‘st kelsa uyning obod boʻladi, kelmasa vayron boʻladi» deyilsa, bu fikrlar o‘quvchida muayyan taassurot koldiradi-yu, ammo unga zavk-shavk bag‘ishlamaydi, fikrning ta'sir kuchi ham kutilganday kuchli boʻlmaydi. Shaklning mazmunga ta'siri mana shunday oʻrinlarda anik seziladi.
Slayd 7
Keng ma'noda – san'at – ob'ektiv borlikning oʻziga xos badiiy ifodasi, yukorida aytganimizdek, ijtimsiy ong shakllaridan biri.
Izchil materialistik ta'limotga koʻra, mazmun deganda biz san'at asarida aks ettirilgan hayot parchasini tushunamiz. Boshqacha qilib aytganda, voqelik, ijtimoiy turmush muommalari san'at asarining mazmunini, mohiyatini tashkil qiladi. Chunonchi, Abdulla Qahhorning «Oʻgʻri» hikoyasining mazmuni deganda biz asarda tasvirlangan oʻtmishdagi oʻzbek dehqonining tipik obrazi Qobil boboning achchiq qismatini koʻz oʻngimizga keltiramiz: Qobil boboning yakka-yu yagona ola hoʻkizini oʻgʻri olib ketadi, bobo koʻmak surab ellikboshiga, aminga, pristavkaga arz qiladi, ularga bor- yoʻgʻini pora avaziga beradi, kampiri esa azayimxonga obdastagardon qildiraman deb unga topgan-tutganini beradi… Oqibatda, Qobil bobo paxtafurush Egamberdi boyga qaram boʻlib qoladi.
San'at asarida voqelik ijodkorning nuqtai nazari, ya'ni dunyoqarashi taqozosiga koʻra tasvirlanadi. Shu sababli, avtorning dunyoqarashi san'at asarning mazmunida oʻz ifodasini topadi, unda chuqur qoldiradi. Binobarin, «Oʻgʻri» hikoyasida Abdulla Qahhorning Qobil boboni butunlay xarob qilgan ellikboshi, amin va pristavkalarga, ya'ni haqiqiy oʻgʻrilarga nafrati, gʻazabi qanchalik kuchli sezilib tursa, Qobil bobo takdiriga ham shu qadar anik sezilib turadi. San'atda ijodkor tomonidan anglashilgan voqelik tasvirlanadi. Shunga koʻra san'at asarining mazmuni deganda biz muayyan asarda ifodalangan gʻoyaviy mazmuni tushunamiz.
MAZMUN HAQIDA TUSHUNCHA
Slayd 8
San'at asarida mukammal shakl hayot haqiqatini oʻzida ifodalaydigan konkret chuqur mazmun bilan uzviy bogʻlanib ketishi – organik birikma boʻlishi kerak. Bu – badiiylikning zarur sharti. Xaqiqiy badiiy asarda mazmun va shakl bir-biriga kirishib-birikib ketadi, ularni bir-biridan ajratib boʻlmaydi. «Mazmunni ifodalovchi shakl, – deb ta'kidlaydi V.G. Belinskiy, bir-biri bilan shunday bogʻliqki, shaklni mazmunday ajratish- mazmunni yoʻq qilish, mazmunni shakldan ajratish- shaklni barbod qilish demakdir. «Nafis adabiyotda shakl va mazmun ayrim – ayrim olib tekshirilishi mumkin emasdir, – deb yozgan edi.
Ilgʻor san'atkorlar doimo gʻoyaviy mazmun jihatidan toʻlaqonli asar yaratish uchun kurashar ekan, shu bilan birga shaklga ham katta e'tibor berganlar. Badiiy ijoddagi novatorlik – mazmun sohasidagi izlanish shaklni yangilashga, mukammallashga olib kelgan takdirdagina chinakam novatorlik boʻladi. Chunonchi, V.V. Mayakovskiyning mazmun sohasidagi izlanishlari shaklni yangilash ( erkin vazn ) olib enldi. Xamza voqeligini ifodalashda poeziyada barmoq vazniga murojaat qildi, ayrim xollarda aroʻz vaznini isloh etdi. U yangi mazmunni ifodalovchi yangi adabiy tur (drammatik tur ) va yangi adabiy janr (drama, komediya, tragediya kabi) larni topdi. Oʻzbek adabiyoti tarixiga yangi gʻoya va uning ifodachisi boʻlgan yangi ijobiy qahramon yangi dunyo yaratuvchi xalk qahramoni obrazini, yangi ijobiy metod olib kirdi. Shu tariqa, X.X.Niyoziy- oʻzbek adabiyoti asoschilaridan boʻlib koldi.
Mazmun va shakl birligi
Slayd 9
Estetikaning oʻqtirishicha, shakl mazmun bilan oʻzviy bogʻliq: mazmunli shakl. Obraz – mazmunni ifodalovchi shakl-usul sifatida xizmat qiladi. Obraz – ham mazmun, ham shakl hodisasi. Chunki gʻoyaviy mazmun obrazlar orqali ochiladi, obrazlar esa badiiy- tasvir vositalari- soʻzlar orqali yaratiladi.
Til, badiiy tasvir vositalari, konflikt, kompozisiya, adabiy tur, janr, she'r tuzilishi kabilar, birinchi navbatda, shakl hodisalaridir. Chunonchi, «Oʻgʻri» hikoyasining shakli deganda biz shu hikoya poetikasini, xususan, uning syujeti, kompozisiyasi, konflikti, badiiy til xususiyatlari va xokazolari tushunamiz.
Shuni ham aytish kerakki, yozuvchi shakl soxasida tinimsiz izlanishlar olib boradi ( chunki, goʻzal shaklsiz san'at asari yaratib boʻlmaydi). Biroq, ijodkorning shakl soxasidagi topqirliklari oqibat natijada mazmunni quyuqlashtirishga olib kelishi lozim. Zero, mazmunga xizmat qilmaydigan shakl san'at doirasidan chiqib ketadi. Shu munosabat bilan N.G. Chernishevskiy yozadi:» Mazmun butunlay boshqacha- buning uchun vergullarni joy-joyiga qoʻyish, paroxod bilan parovoz, allergiya bilan kategoriya orasidagi farqni yaxshi bilish etmaydi. Asarni mazmun bilan jonlantirish uchun san'atkor koʻzatuvchan, tajribakor, xususan, talantli boʻlishi kerak. Aksariyat hollarda bu hislatlar ham etmaydi.
Chinakam san'at asarida shakl mazmunga, mazmun shaklga toʻla monand boʻladi. Mazmun- gʻoyaviylik, shakl – badiiy hodisasi. Goyaviy- badiiy jihatdan pishiq asargina kitobxonga manzur boʻladi, xolos.
Shakl haqida tushuncha
Slayd 10
Masalan, yozuvchi Said Ahmad ijodida ham yuz bergan: u dastlab «Ufq» romanida Ikromjon, Azizxon, Nizomjon kabi qahramonlarining urush davridagi hayotini aks ettirmoqchi boʻlgan, ijod jarayonida qahramonlarning urushdan avvalgi va keyingi hayotini koʻrsatish niyati tugʻilgan. Shu tarika, uch romandan iborat boʻlgan «Ufq» trilogiyasi paydo boʻldi.
Mazmunning shaklga oʻtishi syujet orqali ham, kompozisiya orqali ham yuz berishi mumkin. Bunday paytda, syujet va kompozisiya shaklning atributi (xarakterli belgisi) boʻlib xizmat qiladi, mazmunga ham bil vosita ta'sir koʻrsatadi. Chunki ular obrazlarning joylashishi, gruppalashishi, oʻzaro aloqadorligi bilan bogʻliq. Bundan shaklning mazmundorligi haqidagi dialektik-materialistik ta'limotning tasdigʻi kelib chiqadi Mazmunning shaklga oʻtishi poeziyada muhim rol o‘ynovchi ritmik-intonasion vositalar orqali ham yuz beradi.
Slayd 11
Makon — asarda voqealar sodir bo‘ladigan joy, muhit yoki tasvir maydoni.
U real (masalan, Toshkent, Samarqand, qishloq, uy, bog‘) yoki xayoliy (ertak mamlakati, sehrli o‘rmon, mifologik joy) bo‘lishi mumkin.
Makon qahramon xarakterini ochishda muhim: masalan, shaharda yashovchi obraz bilan tog‘ qishlog‘ida yashovchi obrazning dunyoqarashi turlicha bo‘ladi.
Adabiy makon tor (bir xona, bir ko‘cha) yoki keng (butun mamlakat, dunyo, koinot) tarzda ham yaratilishi mumkin.
1. Makon tushunchasi
Slayd 12
Zamon — badiiy asarda voqealar yuz beradigan vaqt tushunchasi.
U ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi:
Tarixiy zamon – aniq davr, tarixiy davr hodisalari (masalan, Amir Temur davri, Ikkinchi jahon urushi yillari).
Badiiy zamon – asar ichidagi voqealar oqimi, syujet rivojidagi vaqt. Bu doimo real vaqt bilan bir xil bo‘lavermaydi (masalan, orzu, xotira, kelajak tasavvurlari bilan zamon “sakrashi”).
She’riyatda zamon ko‘pincha abadiylik va o‘tkinchilik tushunchalari bilan bog‘lanadi.
2. Zamon tushunchasi
Slayd 13
Badiiy asarda makon va zamon bir-biri bilan chambarchas bog‘liq: voqealar qayerda va qachon sodir bo‘lishi syujetni belgilaydi.
Masalan, Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” dostonida makon (tog‘lar, saroy, shahar) va zamon (qahramonlarning umr yo‘li) bir-birini to‘ldiradi.
Ertaklarda esa makon (“olish yurtlar”, “uch qir ortida”) va zamon (“qadim zamonlarda”, “bir bor ekan, bir yo‘q ekan”) shartli, umumlashtirilgan holda beriladi.
3. Makon va zamonning uyg‘unligi
Slayd 14
Hozirgi dunyoda adabiyot murakkab sharoitga tushib qolgan. Favqulodda u keraksiz buyumga aylangandek, zero, qiziqishlar ham, his-hayajonlar ham oldingiday emas, bo‘lakcha. Burungi kitobxonlarimizning o‘y-xayollari endi boshqa narsalar bilan band. Bugungi kitobxonlar esa asl mutolaaning zavq-shavqidan, aftidan, bexabar. Shundan kelib chiqib endi nima qilish lozimligini birgalashib o‘ylab ko‘rishimiz kerak.
Chingiz Aytmatov
Slayd 15
E'tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 16
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.