- Savatga boshqa "Adabiyotshunoslik fanining predmeti va tarkibi" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
Badiiy adabiyotning ikkiyoqlama mohiyati
8000 so'm

Slayd 1
Badiiy adabiyotning ikkiyoqlama mohiyati
Slayd 2
Badiiy adabiyot haqida adabiyotshunoslikdagi bahslar to'g'risida.
Badiiy adabiyot ham ijtimoiy ong, ham san'at sohasi sifatida.
Badiiy adabiyotning ijtimoiy tabiati.
Reja:
Slayd 3
XX asr boshlarida ulug' yurtdoshimiz Cho'lpon "Adabiyot nadir?" degan savolni o'rtaga tashlagan va shu nomli maqolasida unga baholi qudrat javob izlagan edi. Asrimizning o'rtalarida ulug' fransuz yozuvchisi va adabiyotshunosi J.P.Sartr ham xuddi shu nomli maqola bilan chiqqan hamda ayni shu savolga o'zicha javob bergan edi. Agar biz diqqat bilan kuzatsak, insoniyat ongini tanigandan beri ushbu savol u yoki bu tarzda muntazam qo'yilib kelishiga guvoh bo'lamiz. Qizig'i shundaki, bu savolga har bir davr o'zicha javob beradi, boz ustiga, bir davrda yashayotgan odamlarning javoblari-da bir-biridan jiddiy farqlanadi. Tugal va uzil-kesil javob berilishi mumkin bo'lmagan "adabiyot nadir?" savolining hozirgi kunda ham kun tartibida turgani tabiiy. Bugungi kunda mazkur savol tegrasidagi bahslar "adabiyot san'atmi yoki ong sohasimi", "adabiyot ijtimoiy bo'lishi kerakmi yoki yo'qmi", "adabiyot ommaviy bo'lishi kerakmi yoki elitarmi" kabi asosiy masalalarni o'z ichiga oladi. Biz o'zimiz bilishni istagan narsa haqida tugal hukm chiqarishga moyilmiz, oxirigacha tugal anglab bo'lmaydigan, oxirigacha muayyan ta'rif-u qoidalar asosida tushuntirib bo'lmaydigan murakkab hodisalar mavjudligini tan olgimiz kelmaydi.
Slayd 4
Slayd 5
Holbuki, mavjud narsahodisalarning aksariyati, jumladan, adabiyot ham, ana shunday murakkab, ziddiyatli tomonlarni o'zida jam etgan hodisa sanalishi kerak. Yuqorida qo'yilgan savollardan birinchisiga — "adabiyot san'atmi yoki ong sohasimi" degan masalaga to'xtalsak, bu narsa ancha ravshan ko'rinadi. Keyingi yillarda sho'ro davrida o'ta yalang'och ijtimoiylashgan adabiyotga, uni ommani kommunistik ruhda tarbiyalash va sh.k. maqsadlarga bo'ysundirish amaliyotiga aks ta'sir tarzida adabiyotni "sof san'at" sifatida tushunish, unda faqat san'at hodisasinigina ko'rish Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish www.ziyouz.com kutubxonasi 26 tamoyili kuzatiladi. Holbuki, adabiyotda faqat vositani ko'rishlik qanchalik xato bo'lsa, unda "sof san'at"nigina ko'rish ham shunchalik xatodir. "Sof san'at" tarafdorlari adabiyotning ijtimoiy ong sohasi ekanligini inkor qiladilar, juda insof qilganlari adabiyotning bu jihatiga e'tiborsizroq, ko'z yumib qaraydilar. Biz aql va hisni bir-biriga ko'pincha zid qo'yamiz, holbuki, bu narsa vujudimizda aql va hisning bir paytda mavjud bo'lishiga, ikkisining birlikda inson ruhiyatini tashkil etishiga xalaqit bermaydi. Bas, nega endi inson ruhiy faoliyatining mahsuli bo'lgan adabiyot ularning ikkisini o'zida jam qilolmas ekan?! Bu masalani badiiy ijod tabiatidan kelib chiqib tushunish va tushuntirish o'ng'ayroq ko'rinadi. Adabiyotning ilk namunalari sanaladigan asotir(mif)larni, afsonalarni esga olaylik.
Slayd 6
Slayd 7
Adabiyotni «sof san'at» sifatida tushunishga moyillikning kuchayish sabablari nimada? Buni misollar yordamida tushuntirib bera olasizmi? «Soxta ijtimoiylik» va badiiy adabiyotning tabiati bilan bog'liq ijtimoiylik orasidagi farq nimada?
Badiiy adabiyotning tabiatan ijtimoiy bo'lmasligi mumkin emasligini qanday izohlaysiz? Agar o'zgacha fikrda bo'lsangiz, buni asoslab bering.
Badiiy adabiyotda ijtimoiylik va shaxsiylikning uyg'un namoyon bo'lishini konkret asar misolida tushuntirib bering. Siz misolga olgan asarda ijtimoiy dard shaxsiylanganmi? Buni izohlashga harakat qiling.
Cho'lponning «Adabiyot nadir?» maqolasini o'qib chiqing. Yosh shoir badiiy adabiyotning qaysi jihatlariga ko'proq e'tibor bermoqda? Buning sababi nimada deb bilasiz?
«Elitar adabiyot» vai «ommaviy adabiyot» tushunchalariga izoh bering.
Savol va topshiriqlar:
Slayd 8
E'tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 9
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.