Badiiy adabiyotda tipiklashtirish
8000 so'm

Slayd 1
Badiiy adabiyotda tipiklashtirish
Slayd 2
Tipiklashtirishning adabiyotdagi o'rni
Tipiklashtirishning turlari
Tiplarning tasnifi
Reja:
Slayd 3
— bu badiiy asarda haqiqiy hayotdagi umumiylikni, muhim va takrorlanadigan xususiyatlarni tanlab, badiiy obrazlar orqali umumlashtirib tasvirlash usulidir. Ya’ni yozuvchi bir insonning yoki bir hodisaning shaxsiy jihatlarigina emas, balki jamiyatga xos, ko‘pchilikda uchraydigan tipik belgilarni badiiy obrazda mujassamlashtiradi.
Qisqa qilib aytganda:
Tipiklashtirish — hayotdagi umumiylikni san’at orqali umumlashtirib ko‘rsatish.
Adabiyotda tipiklashtirish
Slayd 4
Borliqdagi hamma narsa ko’zga aniq tashlanib turgani bilan hayotning mohiyatini ochmaydi. Hayot haqiqatini ochish, undagi yetakchi tendentsiyalarni paykash uchun san’atkor-katta tadqiqot olib boradi, borlikdagi voqyea-hodisalarni tahlil qilib hayotdagi jarayonlarning mohiyatiga kirib boradi. CHunki alohida narsa va hodisalar hali hayotning qonuniyatlarini ochmaydi. Hayot haqiqatini, uning qonuniyatlarini ochish uchun san’atkor hayot xodisalarini umumlashtirishi, muhimini nomuhimidan ajratish kerak bo’ladi.
Slayd 5
San’at asarida dayot badiiy aks ettiriladi. Ammo yozuvchi dayotdaduch kelgan dar bir narsaxodisani, kishini asarga aynan olib kiravermaydi. Xayotdagi qonuniy, muqarrar, muxim, tabiiy narsa-x, odisalar, ijtimoiy adamiyatga molik bulgan xodisalar adabiy asardan o‘rin olshga haqli. Tasodifiy, o‘tkinchi narsalar esa adabiy asarga kirib qolmasligi lozim. Adabiyotshunoslikda san’at asarida tasvirlanishi mumkin bo‘lgan dayotdagi muxim narsalar “tipik narsalar” va tasvirlanmasligi lozim bo‘lgan narsalar esa “ notipik narsalar” deb yuritiladi.
Xayot benixoya murakkab: unda qonuniy narsalar bilan o‘tkinchi narsalar aralash kuralash holda mavjud bo‘ladi.
Ijodkor yaratilajak asari uchun zarur bo‘lgan narsa-xodisalarni hayotdan tanlabsaralab ola bilishi zarur. Buning uchun esa yozuvchi xayotni qalb ko‘zi bilan ko‘rishi lozim. Yozuvchining xayotda nimalarnidir tipik deb bilishi, o‘z asarlarida danday xususiyatlarni tipik xususiyat sifatida tasvirlashi uning dunyokdrashiga, xalq hayoti bilan nechog’lik yaqinligiga bog‘iq. Umuman, ijodkor voqelikning muxim jixatlarini xam, muxim bulmagan tomonlarini xam tasvirlashi mumkin. Bu o‘rinda xamma ran ijodkor shaxsiyatiga, uning e’tiqodi va madaniy saviyasiga, yozuvchilik madaniyatiga bog‘liq,. Agar yozuvchi uz davrining ko‘zi-qulog‘i, aks sadosi, uz xalqining ilg‘or farzandi bo‘lsa, u, albatta, xayotdagi yetakchi tendensiyalarni topa oladi, muxim xayotiy xodisalarni tipik deb biladi va shularni aks ettiradi.
Slayd 6
Slayd 7
Xo’shi, yozuvchi iste’dodi deganda nimani tushunamiz? Iste’dod — murakkab ijtimoiy-ruxiy xodisa. Iste’dod yozuvchining ijodiy kuchlari kompleksi va uning ijod kilish ishtiyoqi, shunga, layoqati, qobilyati. Iste’dod ijod jarayonida g’oyatda muhim rol o’ynaydi —faqat iste’dod sohibi bo’lgan shaxslargina chinakam san’at asari yaratadilar. Ayrim manbalarda qayd etilganidek, insonda iste’dodg’unchalari tug’ma bo’ladi. Shu iste’dod gunchalarining kelajakda gullab
yashnashi yoxud ruyobga chiqmay qolishi, ko’pincha, muayyan shaxsnitarbiyalab yetishtirgan ijtimoiy va tabiiy shart-sharoitlarga, tarbiyaga, vaziyatga, shu shaxsningmehnatsevarligiga bog’liqdir. Jamiyatimizda iste’dodningkamol topishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Yozuvchi o’z iste’dodi va professional mahorati bilanxalq, taraqqiyotga xizmat qiladi. Chinakam iste’dod kamuchraydigan noyob xodisa. Iste’dod — milliy iftixor, xalq,boyligi. Uni ko’zqorachig’iday saqlamok, zarur. Badiiy iste’dod1, odatda, bir necha xislatlar bilanxarakterlanadi.
Chunonchi: a) Iste’dod, dastavval, hayotnio’tkir kuz va nozik did bilan kuzata olish ^amda ulardanta’sirlanish kobiliyati bilan tavsiflanadi
Slayd 8
M.Gorkiyning fikricha, “yozuvchi hayotni butun oqimiva uning kichik irmoqlarini, hayotning barcha qarama-qarshiliklarini, uning drama va komediyasini, qahramonligi va tubanligini, yolg’oni va chinini bilishi shart” 2. “ Voqealikni yozuvchi xuddi o’zi yasaganday bilishi lozim”
3. Yozuvchi hayotni yuzaki, sirtdangina bilmasligi, balki uning ich-ichiga chukur kirib borishi, uning oddiy kishilar ko’ziga tezda tashlanmaydigan “yashirin” tomonlarini, “sirlari”ni bilib olib, undan behad ta’sirlanishi, shu xodisalarni chukur idrok qila olishi, falsafiy xulosalar chikara bilishi zarur.
Slayd 9
Xayot hodisalarini sinchkovlik bilan kuzatishningo‘zigina ijod uchun yetarli bo’lmaydi — ijod etish uchunyozuvchi hayotda ko’zi bilan ko’rgan yoxud hujjatlardan o’rgangan sodisalardan kuchli ta’sirlana olishi, ularni chukurhis etishi zarur. “ Yozuvchi biron hodisaga o’quvchidamuhabbat yoki nafrat hissi qo’zg’otishi uchun avvalo usha his o’zida bo’lishi kerak, — deydi Abdulla Qahhor. — Yozuvchi o’zi xis qilmagan narsa to’g’risida yozsa, buni o’qigan o’quvchi xam hech narsani his qilolmaydi. Demak, kuydirish uchun kuyish, ardoqash uchun ardoqlanish shart. Xis qilinmasdan yozilgan narsa qog’ozdan qilingan gulga O‘xshaydi.His, ichki dard kishining qalbini yemirib yuboradi.Bunday vaktda kishi o’zini qayerga kuyishni bilmaydi, o’zining dardiga boshqalarni sherik qilish, yuragini bushatish xohishi kishiga azob berish darajasiga yetadi. Shuvaqtda qo’l qalamga boradi” (Abdulla Qahhor. Yeshlar bilan suhbat.)
Slayd 10
A. Qodiriy “O’tgan kunlar” romanida Kumush bibining ulimini yozish jarayonida rosa xunob bulib yig’lagan ekan. Lev Tolstoy “Anna qalbimning bir parchasi” degan ekan. Alisher Navoiy “Layli va Majnun” dostonini yiglay yig’lay tugatganini aytadi. Bu faktlar xam asar kalb kuri bilan yo’g’rilishiii — ijod dard bilan tug’ilishini ko’rsatadi. b) Badiiy iste'dodning yana bir muxim kirrasi-yozuvchining xayolga, xotira kuchiga, ijodiy fantaziyaga benixoya boyligi, ijodiy tasavvur, ijod jarayonida badiiy tUkimalardan moxirona foydalana olish kobiliyati. Negaki san'at asarini badiiy to’qimasiz, ijodiy fantaziyasiz tasavvur kilib bo’lmaydi.
v) San'at ijodkordan fidoyilikni talab qiladi: yozuvchi butun iste'dodini, kuch-kuvvatini, ma'naviy kobiliyatini, uquvini ijodga sarf kiladi. Yozuvchi Uz asari ustida ter tukib mexnat kiladi, unga qayta-qayta saykal beradi.
Slayd 11
Tipiklashtirish krnuniyatlari
Tipiklashtirish tushunish uchun dastlab tip haqidagi tushunchani eslash kerak. Odatda tip ikki xil buladi — ijtimoiy tip va adabiy tip. Ijtimoiy tin-xeyotda, adabiy tip-adabiy asarda buladi. Ma'lum ijtimoiy-siyosiy tabasaning moxiyatini uzida ifodalagan shaxslargina ijtimoiy tiplardir. Demak, Xayotda ijtimoiy qiymatga ega bo’lgan xislatlargina tipik bular ekan. Shu ma'noda hayotdagi yetakchi kuchlar tipik bo’ladi. Ammo tarakkiyotga xal al berayotgan, demakki, ijtimoiy kiymatga ega bulgan kuchlar xam tipik bula oladi. Umuman aytganda, ijtimoiy-siyosiy kuch moxiyatini umumlashtirib berish — ijtimoiy tip uchun xam, adabiy tip uchun xam mushtarak xislatdir. Lekin bunday mushtaraklikdan tashkari, ijtimoiy tip bilan badiiy tipning jiddiy farkpari bor. Masalan, ijtimoiy tipda fak,at ijtimoiy kuchning moxiyati ifodalanadi. Badiiy tipda esa shu moxiyat ifodalanuvchi individual x°latlarga xam katta e'tibor kilinadi.
Slayd 12
Badiiy obraz orkali xayotdagi muxim, mukarrar, konuniy, tabiiy xodisalarni umumlashtirib ifodalash — tipiklashtirishdir. Demak, xayotdagi umumiy, konuniy, tabiiy ijtimoiy narsalar — ijtimoiy tiplar san'atda to’la individuallashtirilgan va konkretlashtirilgan xarakterlar orkali aks ettirilar ekan. Tipiklashtirish konuniyati, asosan, uch jarayondan iborat: xayot, birinchidan, umumlashtiriladi ikkinchidan, sintezlashtiriladi, va, uchinchidan, individuallashtiriladi.
M.Gorkiyning aytishicha, barcha katta asarlar umumlashma natijasidir. Chunonchi, jaxon adabiyotining “Don Kixot”, “Faust”, “Xamlet” kabi shox asarlari badiiy umumlashmaning yorkin namunalaridir. M.Gorkiy umumlashma deganda adabiyotda mazmunni quyuklashtirish, chuqurlashtirish va kiymatini oshirish, asrlar davomida kiymatini yuqotmaydigan qudratga ega qilish usullarini xam nazarda tutadi. Mana shu ma'noda tipiklikni badiiy xakikat bilan bog’laydi: badiiy xakikat tipiklashtirish maxsulidir.
Slayd 13
M.Gorkiyning uqtirishicha, fakat umumlashtirishdangina iborat emas, ayni choqda, vokelik zaminida paydo buluvchi badiiy sintez damdir. Tipiklashtirish konuniyatining yana bir jarayoni individuallashtirishdirki, biz bu haqda “Badiiy obraz” mavzusida tuxtalib utganmiz. Bu o’rinda yukoridagi fikrlarga qo’shimcha tarzida quyidagilarni ta'kidlash mumkin. Tipiklashtirish — xayotdagi muxim xodisalarni umumlashtirish va sintezlashtirishdan tashqari, ularni to’la individuallashtirishni, konkretlashtirishni xam taqozo kiladi. Individuallashtirish — tipiklashtirishning muxim sharti. Demak, individualliksiz badiiy obrazni tasavvur xam kilib bo’lmaydi. Zero, jadon adabiyotidagi Xamlet, Otello, Faust, Don-Kixot, Nurxon, Zebi, Otabek, Anvar, Azizxon, Nizomjon, Sulaymon ota, Qalandarov kabi obrazlar uzlari mansub bo’lgan ijtimoiy kuch — ijtimoiy guruxlarning moxiyatini chukur ifodalaganliklari uchungina emas, balki individual xislatlari bilan xam yorkin adabiy tiplardir.
Slayd 14
San'at asarida xayot fasat obrazlar, xarakterlar, tiplar vositasidagina tipiklashtirilib qolmasdan, ayni chokda, muayyan adabiy kdxramonlar xarakterlari namoyon buladigan sharoit orkdli xam tipiklashtirilib kursatiladi. Ma'lumki, realistik adabiyotda tipik xarakterlar tipik sharoitda xaqqoniy tasvirlanadi. Biz yuqorida “badiiy obraz” munosabati bilan tipik xarakter masalasini kuzdan kechirgan edik. Endi tipik sharoit xasida tuxtalib utaylik. “Tipik sharoit” deganda xar kanday sharoitni emas, aksincha ijtimoiy turmush tendensiyalari namoyon bo’ladigan sharoitni, o’sha sharoitning tipik bulishini nazarda tutamiz. Realistik adabiyotda “tipik xarakter”, “tipik sharoit” va “detallar” xayotni badiiy aks ettirish, uni tipiklashtirib kursatish usulidir.
Slayd 15
Slayd 16
Nazorat savollari:
• Tipiklashtirish nima?
• Badiiy asar yozishda tipiklashtirish shartmi?
• Tipiklashtirish shartlari qaysilar?
• Tipiklashtirish printsiplari qaysilar?
• Tipning qanday turlarini bilasiz?
• Tarixiy tiplar qanday yaratiladi?
• Idyeal tiplar qanday yaratiladi?
• Ob’yektiv ijodiy qahramon dyeganda nimani tushunasiz?
• Sub’yektiv ijobiy qahramon-chi?
• Tipiklashtirish badiiy adabiyotni asosiy masalasi ekanligini misollar asosida tushuntirib byering.
Slayd 17
E'tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 18
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.