
Slayd 1
Takrorlash
Slayd 2
She’rni o‘qing. Savollarga daftaringizda
yozma javob bering.
Ko‘rinmas olovdan erib borar tun,
Burgutlar qoyada potirlashmoqda.
Ona qornidagi go‘dakday beun
Tuman g‘imirlamoqda.
Tong otdi, eng so‘nggi yulduz ko‘zlarin
Qudratli pahlavon – uyqu eltmoqda.
Qo‘radan chiqishgan suruvdek vazmin
Tuman ko‘tarilmoqda.
Kumush cho‘qqilardan ohista oshib,
Quyosh sim-sim qo‘shiq kuylab kelmoqda.
Osmon qozonida sut kabi toshib
Tuman tarqalmoqda.
Slayd 3
SAVOLLAR:
1. She’rda qanday manzara tasvirlangan? Fikringizni asoslang.
2. Bandlarning (har to‘rt qatorning) oxirida ishlatilgan fe’llarni solishtiring. Shoir nima maqsadda bandlarni har xil fe’llar bilan yakunlagan?
3. 3–4. She’rdan o‘xshatishga ikkita misol toping. Bu o‘xshatish- larning nima maqsadda qo‘llanganini izohlang.
Slayd 4
SAVOLLAR:
1. She’rda qanday manzara tasvirlangan? Fikringizni asoslang.
2. Bandlarning (har to‘rt qatorning) oxirida ishlatilgan fe’llarni solishtiring. Shoir nima maqsadda bandlarni har xil fe’llar bilan yakunlagan?
3–4. She’rdan o‘xshatishga ikkita misol toping. Bu o‘xshatish-
larning nima maqsadda qo‘llanganini izohlang.
Slayd 5
SAVOLLAR:
5–6. She’rdan metaforaga ikkita misol toping. Bu metaforalar orqali shoir nimalarni tasvirlagan? Metaforalar qanday o‘xshash- lik asosiga qurilgan?
7–8. She’rdan jonlantirishga ikkita misol toping. Bu jon-
lantirishlarning nima maqsadda qo‘llanganini izohlang.
Slayd 6
Kechagina o‘tqazilgan olicha ko‘chati muncha ham kekkayib tebranadi. Shabi yaldoning bo‘ydoq shabadasi u bilan o‘ynaydi.
Tola-tola yaproqlarini silkitib qochadi, sarv qomatlarini qitiqlaydi. Oy ham bularga sitoyishkor – olicha qiz ko‘rimli ko‘rinsin deb quchoq-quchoq kumush nurlarini uning ko‘ksiga sochadi, … olicha qizning soyasini ikki marta cho‘zibroq ko‘rsatadi.
… Oy tikkadan og‘gan, boyagi sho‘x-shotir shabada qo‘shni bog‘larga devor oshgan. Qo‘rg‘onchani tumanli og‘ir jimjitlik bosgan, xas-cho‘plargacha shitir etmay salmoqli nafas oladilar. Hamma yoq uyquda.
G‘afur G‘ulom, “Soyalar” hikoyasidan
Slayd 7
9. Parchada qanday manzara tasvirlangan? Fikringizni
asoslang.
10. Parchadagi manzara qaysi badiiy tasvir vositasiga
asoslangan?
11–12. Parchadan sifatlashga ikkita misol toping. Bu sifatlashlarning nima maqsadda qo‘llanganini izohlang.
13. Berilgan she’r va nasriy parchaning ikkita farqini ko‘rsating.
Slayd 8
LUG‘AT
Detektiv asar (inglizcha “izquvar” so‘zidan) – sirli jinoyatning turli xil usullar bilan ochilishi haqida hikoya qiluvchi asar.Jahon adabiyotida Edgar Po, Artur Konan Doyl, Agata Kristi,Jorj Simenon singari adiblar yaratgan detektiv asarlar mashhur. O‘zbek adiblaridan O‘lmas Umarbekov, Omon Muxtor,Tohir Malik singari mualliflar detektiv asarlar yozgan.
Slayd 9
LUG‘AT
Fantastika (yunoncha “tasavvur qilish san’ati” so‘zidan) –haqiqatda mavjud bo‘lmagan, muallif tasavvuri mahsuli bo‘lgan narsalar, voqea-hodisalar tasviri. Misol uchun, ingliz yozuvchisi Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” asarida bosh qahramon kema halokatidan keyin mitti odamchalar –liliputlar yashaydigan mamlakatga tushib qoladi va ular tomonidan asir olinadi.
Slayd 10
LUG‘AT
Folklor (inglizcha “xalq donoligi” so‘zidan) – xalq og‘zaki ijodi, muallifi noma’lum bo‘lgan, avloddan avlodga og‘zaki yo‘l bilan o‘tib kelgan asarlar(maqollar, topishmoqlar, qo‘shiqlar, ertaklar, dostonlar va hokazo).
Slayd 11
LUG‘AT
Ilmiy-fantastik asar – ilm-fan va texnikaning qanday taraqqiy etishiga oid tasavvurlar asosida yaratilgan asar. Bunday asarlarda voqealar sehrli yoki g‘ayritabiiy kuchlar yordamida emas,balki fandagi ixtirolar yoki yangi ilmiy tajribalar bilan bog‘liq hodisalar asosida rivojlanadi. Mi-
Slayd 12
LUG‘AT
sol uchun, ingliz yozuvchisi Herbert Uellsning “Ko‘rinmas odam” ilmiy-fantastik asari bosh qahramoni Griffin ilmiy tajribalar orqali “ko‘rinmas odam”ga aylanish yo‘lini topadi. Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” romanida Hoshimjon sehrli qalpoqcha yordamida ko‘rinmasga aylangani uchun uni ilmiy-fantastic asar deya olmaymiz. Bolalar yozuvchisi Sa’dullo Quronovning “Galaktikada bir kun” qissasi zamonaviy o‘zbek bolalar adabiyotidagi ilmiy-fantastik asarga misol bo‘la oladi.
Slayd 13
LUG‘AT
Jonlantirish-badiiy tasvir vositasi, insonlarga xos xususiyatlarni jonsiz narsalar, tabiat hodisalari, hayvonlarga ko‘chirish, ularni “jonli” qilib
tasvirlash. Misol uchun:
Pastak hovli chetida dilxun
Bir bola yig‘laydi –
qo‘lida kitob.
Bahodirning qilichi sindi,
Bahodirning qilichi sindi.
Yovniki butun!
Qayga ketdi yaproqdek bola,
Bo‘ta kabi qayda bo‘zlaydi?
Uchib yurgan varaqlar, ana,
Shamollarga ertak so‘zlaydi.
Slayd 14
LUG‘AT
Bola qani?.. Bilmayman, ammo,
Ishonaman, qaylardadir u
Bahodirga qilich izlaydi…
Azim Suyun
Ushbu parchada kitob varaqlari “jonlantirilgan”: ular inson kabi “shamollarga ertak so‘zlaydi”.
Slayd 15
LUG‘AT
Lirik qahramon – she’rda o‘ylari, his-tuyg‘ulari, kechinmalari tasvirlangan qahramon, she’rdagi “men” ortida turgan obraz. Misol uchun:
• Parchagina bulut,
• Cheksiz osmon,
• Adir ortidagi yolg‘izoyoq yo‘l.
• Barcha tashvishlarni unutib, shodon,
• Qaytgim kelayotir qoshingga butkul.
• Abdulla Oripov
• Ushbu parchada lirik qahramon o‘ziga qadrdon joylarga qaytishni
• istamoqda.
Slayd 16
LUG‘AT
Metafora (yunoncha “ko‘chirish” so‘zidan) – badiiy tasvir vo-
sitasi, bir narsani boshqa nom bilan atash. Metafora ikki narsa
yoki hodisa o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanadi. Misol uchun:
Bulutning orasidan
Quyosh kulib qaraydi.
Majnuntolning yuvilgan
Sochlarini taraydi.
Erkin Vohidov
Ushbu parchada majnuntolning shoxlari “sochlar” deb
atalgan. Majnuntol shoxlari va uzun sochlarning pastga osilib
turishidagi o‘xshashlik metaforani yuzaga keltirgan.
Slayd 17
LUG‘AT
Prototip – badiiy asar qahramoni yaratilishi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan real shaxs. Misol uchun, Tohir Malikning “Qaldirg‘och” (“Savohil”) qissasidagi Asadulla Mira’zam obrazi uchun XX asr o‘zbek ma’rifatparvari Abdulla Avloniy prototip bo‘lib xizmat qilgan. Ayrim tadqiqotchilar Artur Konan Doyl bilan birga kasalxonada ishlagan, noyob aqliy qobiliyatlarga ega bo‘lgan Jozef Bellni Sherlok Xolmsning prototipi deb hisoblashadi.
Slayd 18
LUG‘AT
Qofiya – she’riy asarlarda misralar oxirida ohangdosh so‘z yoki so‘z birikmalarining takrorlanishi. Misol uchun:
• O‘zimni tanidim, ko‘klarda uchdim,
• Momiq bulutlarning havosin ichdim –
• Ko‘zlarim to‘ymadi, ko‘zlardan kechdim.
• Vatan! Ont ichmayman, qasam ichmayman,
• Lekin ikki dunyo sendan kechmayman
• Xurshid Davron
• Ushbu parchada birinchi uch misradagi ohangdosh bo‘lgan “uchdim”,“ichdim” va “kechdim” so‘zlari, oxirgi ikki misrada esa “ichmayman” va “kechmayman” so‘zlari qofiyadosh bo‘lib kelgan.
Slayd 19
LUG‘AT
Radif (arabcha “mingashib keluvchi, izma-iz boruvchi” so‘zidan) –
mumtoz she’riyatda baytlar yoki misralar oxirida qofiyadan keyin takrorla-
nadigan bir xil so‘z yoki so‘z birikmasi. Misol uchun:
Ochinglar, millati vayronni obod etgusi maktab,
O‘qusin yoshlarimiz, ko‘nglini shod etgusi maktab.
Avaz O‘tar
Ushbu parchada “obod” va “shod” so‘zlari qofiyadosh bo‘lib, ulardan
keyingi “etgusi maktab” birikmasi esa radif bo‘lib kelmoqda.
Slayd 20
LUG‘AT
Ruboiy (arabcha “to‘rtlik” so‘zidan) – mumtoz adabiyotda keng qo‘llangan lirik janrlardan biri. To‘rt misradan iborat bo‘ladi. Ikki xil (a-a-a-a yoki a-a-b-a shaklida) qofiyalanishi mumkin. Misol uchun:
• G‘urbatqa tushub zaif-u bemor o‘ldum,
• Dard-u g‘am-u mehnat ilgida zor o‘ldum.
• Sartosar ajal toshidin afgor o‘ldum,
• Sensiz ne balolarg‘a giriftor o‘ldum.
• Alisher Navoiy
Slayd 21
LUG‘AT
Sarguzasht asar – qahramonlar boshidan kechirgan qiziqarli sarguzashtlar haqida hikoya qiluvchi asar. Sarguzasht asarda voqealar tez rivojlanadi, qahramonlar tushgan vaziyatlar ham tez o‘zgaradi. Bu voqealar asnosida bosh qahramon xarakteri shakllanadi. O‘zbek adabiyotida Xudoyberdi To‘xtaboyev, jahon adabiyotida esa Aleksandr Dyuma, Jyul Vern, Fenimor Kuper, Mayn Rid singari adiblar sarguzasht asarlarning ajoyib namunalarini yaratganlar.
Slayd 22
LUG‘AT
Sifatlash – badiiy tasvir vositasi, shaxs, narsa yoki voqea-hodisaning biron-bir jihati, xususiyatini ajratib ko‘rsatadigan, uni obrazli tasvirlaydigan aniqlovchi. Misol uchun:
• “Hech esimdan chiqmaydi. Bir kuni o‘sha totli tushlikni yeb bo‘lib, may-
• salar ustiga chalqancha yotib oldim. Tubsiz osmonning bir chekkasida
• ko‘pikday oppoq bulutlar ohista suzib yurar, baland-balandlarda jajjigina
• bir to‘rg‘ay turgan yerida tipirchilab, shodon sayrardi…”
• O‘tkir Hoshimov, “Hurkitilgan tush” hikoyasidan
• Ushbu parchada “tubsiz”, “jajjigina” so‘zlari sifatlash bo‘lib kelgan.
Slayd 23
LUG‘AT
Yumor (inglizcha “kayfiyat” so‘zidan) – badiiy asarda hayotdagi yoki ayrim kishilardagi kamchiliklar, nuqsonlar ustidan yengil kulish, tanqid qilish. Yumor orqali muallif tanqid qilinayotgan illatlarning bartaraf qilinishini istaydi. O‘zbek adabiyotida Muqimiy, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Said Ahmad va boshqa ijodkorlar asarlarida yumorni kuzatishimiz mumkin.
Slayd 24
LUG‘AT
O‘xshatish – badiiy tasvir vositalaridan biri, shaxs, narsa yoki holatning boshqa bir narsaga o‘xshatilishi, qiyoslanishi. O‘xshatish uchun ikki narsa o‘rtasidagi umumiy xususiyat asos qilib olinadi. Misol uchun:
• “Sentyabr oylarining oxiri, ilk kuz oqshomlaridan biri edi. Havo anchagina
Slayd 25
LUG‘AT
salqin. Biz yetimlar bir-birimizning pinjimizga tiqilib, bir-birimizni isitib uyquga ketganmiz. Qatorda eng so‘nggi bo‘lib, ona chumchuqday qora buvim yotardilar, u kishi saksondan oshib ketgan, noskash kampir edilar”.
G‘afur G‘ulom, “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasidan
Ushbu parchada voqeani hikoya qilib berayotgan bola buvisini ona chumchuqqa o‘xshatmoqda: ona chumchuq jo‘jalarini qanoti ostiga olib, himoya qilib yotganday, buvi ham nevaralarini himoya qilib yotmoqda.
Slayd 26
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 27
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.