Axborot haqida tushuncha va uning turlari

5000 so'm


Axborot haqida tushuncha va uning turlari

=== Taqdimot: Axborot haqida tushuncha va uning turlari.pptx ===

=== Slayd 1 ===
AXBOROT HAQIDA TUSHUNCHA VA UNING TURLARI

=== Slayd 2 ===
Axborot
So‘nggi yillarda “axborot”, “invariantlik”, “nomuayyanlik” kabi umum ilmiy tushunchalar falsafiy tahlil predmetiga aylandi. Bilimning u yoki bu tarmoqlarida yuzaga kelgan va ilmiy bilishning mantiqiy-metodologik vositalari darajasiga ko‘tarilgan bu tushunchalar nafaqat obyektlar va jarayonlarni ko‘rishning umumiy usullari, balki rivojlanayotgan bilimni tahlil qilish shakllari hamdir.
Eng umumiy ma’noda axborot narsa va hodisalar haqidagi har qanday ma’lumotni anglatadi, biroq hozirgacha axborotning umum qabul qilingan ta’rifi yo‘q.

=== Slayd 3 ===
R. Eshbi “Axborot – strukturalarning me’yori, yangilik, originallik”, S. Mol esa, “Axborot – tanlash ehtimolligi” deb ta’rif beradi. L.G.Svitich “Axborot tushunchasi ko‘p ma’noga ega, lekin umumiy falsafiy, metolingvistik ma’noda potensial, keng yoritilgan real mohiyatlarning majmui” deb tushunadi.
Axborot – obyektiv reallikning muhim qismini ifodalovchi tushuncha bo‘lib, o‘zini saqlash, qayta ishlash va ta’sir natijalari (izlari)dan foydalanish uchun mo‘ljallangan moddiy tizimlarda namoyon bo‘ladi. Obyektivlik, moddiylashtirish va uzatish imkoniyatining mavjudligi – axborotning muhim xususiyatlari.

=== Slayd 4 ===
Axborot deb inson sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha ma’lumotlarga aytiladi. Axborot lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa, hodisa haqidagi ma’lumot ma’nosini anglatadi. Inson sezish a’zolari, texnikada turli asboblar va hokazolar yordamida qayd etiladigan tashqi dunyo dalillari ma’lumotlar deb ataladi. Aniq vazifalarni hal etishda zarur va topilsa axborotga foydali deb aylanadi.

=== Slayd 5 ===
Og‘iz
Quloq
Burun
Ko‘z
Axborot deganda atrof-muhitdan, (tabiatdan yoki jamiyatdan) sezgi a’zolarimiz (ko‘z, quloq, burun, og‘iz, teri) orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday ma’lumotni tushunamiz.

=== Slayd 6 ===
Teri orqali axborotni qabul qilish

=== Slayd 7 ===
01
04
02
05
Axborotlar turli-tuman ko‘rinishda bo‘lib, ularni quyidagicha ifodalash mumkin:
Matnli axborot
Videolavha axborot
Grafikli axborot
Belgili axborot
03
06
Tovushli (audioli) axborot
Raqamli axborot

=== Slayd 8 ===
Matnli axborot
AXBOROTLAR
Grafikli axborot
Tovushli axborot
Videolavhali axborot

=== Slayd 9 ===
AXBOROTLAR
Belgili axborot
Raqamli axborot

=== Slayd 10 ===
Axborotning o‘lchov birliklаri
Hammamizga maʼlumki hozirgi kunga kelib barcha axborot tizimlari (kompyuterlar, planshetlar, mobil qurilmalar va boshqalar) ikkilik sanoq sistemasida, yaʼni 0 va 1 raqamlar orqali axborotni qabul qiladi va uzatadi. Axborotni o‘lchashda signalning mavjudligi “1” bilan yoki yo‘qligi “0” bilan ifodalanadi. Bitlarning butun deb qaraladigan tutash ketma-ketligi bayt deb ataladi. Bayt 8 bitga teng deb qabul qilingan. Shuningdek, katta hajmdagi maʼlumotlar sig‘imini o‘lchash uchun kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), terabayt (tb) va boshqa oʼlchamlar mavjud.

=== Slayd 11 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.

Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Axborot haqida tushuncha va uning turlari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar