Antuan de sent ekzyuperi
8000 so'm

Slayd 1
Antuan de sent ekzyuperi
(1900-1944)
Slayd 2
1900-yil 29-iyunda Fransiyaning yirik shaharlaridan biri Lionda kambag‘allashgan zodagonlar oilasida dunyoga kelgan.
Slayd 3
Antuan juda sho‘x, quvnoq va ziyrak bola edi.
Otasidan erta yetim qolgan Antuanning bolaligi Lion yaqinidagi buvisiga qarashli Sen-Moris maskanida o‘tdi.
Slayd 4
1909-yildan 1914-yilgacha Antuan va uning akasi Fransua Man shahridagi kollejda ta’lim olishdi.
Birinchi jahon urushi boshlangach, ularning onasi o‘g‘illarini Shveysariyadagi xususiy kollejlardan biriga o‘qishga yuboradi.
1917-yili akasi Fransua bevaqt olamdan o‘tgach, Antuanning qalbida chuqur o‘zgarish ro‘y beradi va ilk bora yashashdan maqsad nima, degan savolga javob axtara boshlaydi.
Slayd 5
Sevimli mashg’ulot
1926-yil Sent-Ekzyuperi uchun hal qiluvchi yil bo‘ldi. Shu yili u «Latiko-Eyr» havo kompaniyasiga ishga kirib, o‘zi sevgan mashg‘ulot bilan shug‘ullana boshlaydi.
Slayd 6
Ilk hikoyasi
“UCHUVCHI”
Slayd 7
Ilk mashhurlik
1929-yili u o‘zining ilk yirik asari «Janub chopari» va 1931-yili «Tungi parvoz» romanlarini e’lon qildi.
«Tungi parvoz» romani
1931-yili nufuzli «Femina» mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Slayd 8
Eng mukammal asari
Sent-Ekzyuperi eng mukammal asari «Erkaklar zamini» (1939) romanidir.
Unda zamon va insonlar haqidagi o‘ylari hamda chuqur fikrlarini bayon qilgan va bu asar Fransiya Akademiyasi tomonidan eng yaxshi roman uchun Gran Pri mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Slayd 9
1943-yili esa «Kichkina shahzoda» falsafiy ertagini yozdi.
1942-yili «Harbiy uchuvchi» novellasini yozdi.
Slayd 10
Vatan ozodligi uchun kurash
Fashistlar Germaniyasi Fransiyaga hujum qilgan birinchi kundanoq Sent-Ekzyuperi harbiy havo kuchlariga xizmatga qaytgan va urush frontlarida razvedka uchishlari bilan shug‘ullangan.
Fransiyaning Shimoliy Afrikadagi mustamlaka o‘lkalarida fashistlarga qarshi kurashadi.
Slayd 11
Mash’um kun
1944-yil 31-iyulda u so‘nggi parvozga chiqadi — Antuan de Sent-Ekzyuperining samolyotini fashist qiruvchisi urib tushiradi.
Slayd 12
“kichkina shahzoda” ertagi
Slayd 13
Bosh g’oyasi
Ushbu asarda adibning inson hayotining ma’nosi va mazmuni haqidagi dardlari va falsafiy mushohadalari, insonlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik, hamdardlik va o‘zaro hurmat munosabatlari, Yovuzlik va Yomonlikka qarshi kurash g‘oyalari aks ettirilgan.
Slayd 14
Xavfli baobab
«Kichkina shahzoda» deb nom qo‘ygan bu bolaning aytishicha, uning sayyorasida baobab deb nomlanadigan xavfli bir daraxt urug‘i nihoyatda ko‘p ekan. Shahzoda har tongni endigina urug‘dan chiqqan baobab ko‘chatlarini yulib, o‘z sayyorasini tozalash bilan boshlarkan.
Slayd 15
« — Nima qilyapsan? – deb so‘radi Kichkina shahzoda.
— Ichyapman, — dedi piyonista xo‘mrayib.
— Nega?
— Unutmoqchiman.
— Nimani? — deb so‘radi Kichkina shahzoda piyonistaga rahmi kelib.
— Shu ishimning uyatligini, — dedi piyonista tan olib va boshini quyi soldi.
— Qaysi ishing? — deb so‘radi Kichkina shahzoda, boyoqishga yor-dam berishni jon-dilidan istab.
— Ichishim uyat! – dedi piyonista va qaytib og‘iz ochmadi.
Slayd 16
Kichkina Shahzoda – ezgulik ramzi
Slayd 17
Quyidagi suratlar asarning qaysi voqealarini eslatayapti?
Slayd 18
Slayd 19
Slayd 20
Slayd 21
Ezgulik uchun haykal
Antuan de Sent-Ekzyuperi tug‘ilgan yurt — Lion shahri markazida unga ajoyib bir haykal o‘rnatilgan. Ko‘kka bo‘y cho‘zgan baland oq marmar ustun ustida adib o‘tiribdi, uning yelkasiga qo‘lini qo‘ygancha Kichkina shahzoda turibdi.
Slayd 22
Bilimingizni sinang!
Ekzyuperining birinchi hikoyasi qachon qanday nom bilan nashr qilinadi?
Ekzyuperiyning qaysi asari “Femina” mukofotiga sazovor bo’lgan?
Ekzyuperining “Harbiy uchuvchi” novellasi qachon yozilgan?
Ekzyuperi “Kichkina shahzoda” asari haqida nima degan?
“Kichkina shahzoda” asari g’oyasi?
Kichkina shahzoda sayyorasida o’sadigan xavfli daraxt qaysi?
Yer kichkina shahzoda tashrif buyurgan nechanchi sayyora edi?
Kichkina shahzoda tashrif buyurgan sayyoralarda kimlar yashar edi?
Kichkina shahzodaning guli nimadan qo’rqar va nimadan qo’rqmas edi?
Slayd 23
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 24
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.