Anketa va Intervyu Metodlari
8000 so'm

Slayd 1
ADABIYOTLAR VA ARXIV MATERIALLARINI
O‘RGANISH
Slayd 2
1. Anketa metodini qollash va uning qulayligi
2. Intervyu metodi va uning qollanilishi
3. Test metodi va uning afzalliklari
Reja
Slayd 3
Anketa metodini qollashda mavjud sharoitda uning qulayligi, imkoniyati hisobga olinadi. Muammoning o'rganilganlik darajasini aniqlash izlanuvchiga o‘z tadqiqot yo‘naIishini belgilashda anketa metodi samarais bo’ladi. Ya’ni, tadqiqot muammosiga doir maqsad, vazifalar bo‘yicha anketalaming aniqligi, muhim qirralami qamrab olgani ilmiy izlanish natijasini kafolatlaydi.
Anketa savollarini tuzishda tadqiqotchidan metodologik madaniyat talab etiladi. Savollarni mantiqan pedagogik qoidalarga, mavjud shart – sharoitga, o‘rganilayotgan muammoga, ilmiy farazga mosligi; savollarda qisqa mantiq qoidalarining hisobga olinganligi; savollarni hamma uchun tushunarli bo‘lishi; savoliarga javoblar ifodalanganligi; ochiq savollarda javob beruvchi fikrini o‘zi ifodalashga yo‘naltirilganlik; yopiq savoliarga alternativ “ha” “yo‘q” javoblarida muammoning asosiy mohiyatini ifodalanishi kabilar.
Slayd 4
O‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziiadigan anketa so‘rovnomada savollar soni 8,10 tadan oshmasligi, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi talabalari uchun mustaqil fikrni ifodalashga yo‘llaydigan savollar bo‘lishi mumkin. O‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan anketa so‘rovnomada avvalo 5,6 nafar o‘quvchida o‘tkazib sinash mumkin. Agar 6-sinf o‘quvchilarida o‘tkazilgan anketa savollariga javoblar qiyinlik qilsa tadqiqotchi o‘z javobi shaklini tavsiya qilishi mumkin. Masalan:
• Sizning fikringizcha haqiqiy do‘stlik nimada? Ikkita eng muhim fazilatning ostiga chizing.
• Do‘stona hamkorlik, og‘ir sharoitda o‘rtog‘ini qo’llash. Bir birini tushunish, hamfikrlilik.
• Ishonch va ochiq ko‘ngillik. Haqiqatni o ‘rtog‘iga ochiq ayta olish, talabchanlik. Sadoqat va olijanoblik.
Slayd 5
Sizning sinfingiz o‘quvchilari o‘rtasida do‘stlikka nima to‘siqlik qildi? Eng muhim illatlar ostiga uch chiziq, ikkinchi darajaliga ikki chiziq, uchinchi darajali illatga bir chiziq qo‘ying.
Slayd 6
Anketa metodi tajriba-sinov ishlarini tashkil etishda yordamchi vosita hisoblanadi. Dastlabki anketa so‘rovnomada muammoni obyektiv holatini aniqlash imkoniyati yaratilsa, eksperimentdan keyin o ‘tkaziladigan anketa so‘rovnomada tajriba natijalarini baholashga sharoit yaratiiadi.
Anketa so‘rovnoama tuzishga qo‘yiladigan talablar:
Avvalo tadqiqot obyekti, predmeti o‘rganayotgan jarayon tarkibini, mezonini aniqlash, kuzatish orqali erishiladigan daraja; maxsus tashkil etiladigan vaziyatda voqelik; anketa so‘rovnomadan kutilgan natija. Anketa so‘rovnomaga jalb etiladiganlar miqdori, soni, ijtimoiy holati jinsi, yoshi, ma’lumoti, moddiy ta’minoti, yashaydigan manzili: shahar, qishloq, ko‘cha va hokozo ko'rsatilishi, anketa o‘tkazishga sarf qilinadigan vaqt belgilanishi lozim. Shuningdek, anketa o‘tkazish vositalari, jihozi, sharoiti, holati, tipik oila, bola, shaxs turmush tarzi hisobga olinishi;
Slayd 7
Anketa tadqiqot mazmuni, tarkibi bilan bog‘liqligi, savollarga obyektiv javob olish, masalan, Seni matematika darsiga munosabating? Masalasi “Sevgan faningni ayt?”, “Sening sevimli o ‘qituvching?”, “Seni sevgan mashg'uloting? savollarida tekshirib ko‘rish mumkin. Ma’iumot olish metodikasini yaratish, qanday sharoitda anketa o‘ikaziladi, ma’lumotlar qanday olinadi kabilar.
Anketa tuzishda javoblarni matematik tahlil qilish, urnmumlashtirish, matematik statistika va sotsiometriyaga mosligiga erishish; obyektiv javob olish uchun so‘rovnomalar o‘tkazilayotganlar shaxsiga hurmat ifodasi “Sizdan iltimos”, “Marhamat javob bering”, “Sizning fikringiz qanday” va hokozo iltifotli, samimiy murojat aks etishi maqsadga muvofiq. Savoliar hammaga tushunarii bo’lishi, savollarda mantiqiy izchillik, savollarni so‘rovnoma o'tkaziluvchilar izzat nafsiga tegmaslik kabilar.
Anketa oldindan tayyorlanishi, ko‘p nusxada chop etilishi yoki doskada yozilishi.
Anketa so‘rovnomaga qancha ko‘p jalb qilinsa shuncha ishonchli javob olish mumkin. Faqat tipik sotsial xususiyatlarni hisobga olish maqsadga muvofiq.
Slayd 8
Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta’minlaydi. Intervyu respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o'tkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samaras ini oshiradi.
Ta’lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa va daliliarni tekshirish maqsadida ta’lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma’lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir
Slayd 9
Ushbu metod respondentlar tomonidan muayyan fansohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo‘yicha o‘zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko'nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o‘z mohiyatiga ko‘ra quyidagi savollardan iborat:
1) ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo‘q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniharli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savoliarga javob beradilar).
• 3)to‘g‘ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar o‘z yondashuvlariga ko‘ra to‘g‘ri deb topgan javob variantini belgilaydilar).
Test metodi.
Slayd 10
Test metodini qo‘llashda aniqlanishi zarur bolgan bilim, ko‘nikma va malakalami turkum asosida berilishiga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq mezonlar bo‘yicha tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod ayrim kamchilikdan ham holi emas. Chunonchi, aksariyat holatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent taklif etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois respondent o‘z fikrini batafsil ifoda etish imkoniyaga ega emas.
Test metodi pedagogik tadqiqotda sotsiometrik va kvalametrik metodlar bilan bog’liq biri ikkinchisini to’ldiradi. Sotsiometriya (yunoncha ijtimoiy o‘lchov) ijtimoiy darajaning o'lchovi, mezoni ma’nosida ishlatiladi. Pedagogik tadqiqotda o‘quvchi va o'qituvchi oilada o‘zaro munosabatlarni barkamol shaxsni shakllantirishdagi imkoniyatlarini aniqlashda mavjud holatni, tajriba natijaiarini aniqlashda lest metodidan foydalaniladi
Slayd 11
Sotsiometriya pedagogik ilmiy tadqiqot metodida munosabatlarni baholash orqali pedagogik, psihologik qonuniyatlar yoki qonuniyatlarni buzilishi, ilg‘or tajribalar aniqlanadi. Sotsiometriyada anketa metodi va test metodidan foydalaniladi. Buni o‘ziga xosligi ijtimoiy munosabatlarning mohiyati, mazmuni, mezoni, ijtimoiy, iqtisodiy qonun, qoidalar bilan belgilanadi. Jamiyatni insonparvarlashtirish, demokratlashtirish va pedagogikalashtirish bir-biri bilan bog‘liqdir. Sotsiometriya pedagogik ilmiy tadqiqot metodi avvalo, ijtimoiy qonunlar va “inson, insoniylik, insoniyat” uchlik uyg‘unligi asosida tashkil etiladi.
Test metodi kvalametrik pedagogik ilmiy tadqiqot metodi bilan bog‘liq. Ma’lumki, kasb tarbiyasi, kasbshunoslik, professiogramma pedagogikaning asosiy predmetidir.
Slayd 12
Kvalametriya (kvala – “mutaxassislik” metriya – “o‘lchov”) kasbga layoqat, kasb fazilatlari, mahorat mezonini o‘lchash, baholashdir. Kasbshunoslik muammolarining tadqiqotda kvalametrik testlardan foydalaniladi. Buning uchun tadqiqot muammosi bo‘yicha mezon aniqlanadi, tajriba natijaiarini aniqlashda kvalametrik testlar qo’llanilishi samaradorlik omilidir.
Ta’lim-tar'biya jarayonini testlashtirish, uzluksiz ta’lim, mutaxassislar tayyorlash, ularning kasbiy malakasini baholashda testlardan foydalanish keng ommalashgan. Pedagogik ilmiy tadqiqotda test metodini qo‘llash o‘ziga xos xususiyatga ega.
Slayd 13
Tadqiqotni olib borish jaravonida ushbu metodni qo’llashdan ko‘zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik hamda pedagogik yo‘nalishlarda o‘rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo‘lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g‘oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.
Boialar ijodini o‘rganish metodi. Mazkur metod o‘quvchilarning muayyan yo‘nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma’lum fan sohalari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Uni qo‘llashda o‘quvchilarning ijodiy ishlari – kundaliklari, insholari, yozma ishlari, referatlari, hisobotlari muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Metodning afzailigi shundaki, u ma’lum o‘quvchiga xos bo‘lgan individual imkoniyatni ko‘ra olish, baholâsh va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Pedagogik tahlil metodi.
Slayd 14
Boialar ijodini o‘rganishning quyidagi shakllari mavjud:
Slayd 15
Pedagogik tajriba (eksperiment – lotincha «sinab ko‘rish», «tajriba qilib ko‘rish») metodi. Pedagogik tajriba metodidan muammo echimini topish imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitiaming maqsadga erishishning kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in’ikosiga ega bo‘la olishi hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan muammo echimini topishga yo‘naltirilgan pedagogik tajriba ma’lum doirada, soni aniq belgilangan respondentlar ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur metoddan foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning samaradorligini aniqlay hamda unga baho bera olishi zarur.
Slayd 16
Eksperimental tadqiqotlar yangi ilmiy bilimlar olishning asosiy usullaridan biridir. Eksperiment o‘tkazishdan bosh maqsad nazariy qoidalami tekshirish ya’ni ishchi gipotezani tasdiqlash hamda ilmiy tadqiqot mavzusini yanada kengroq va chuqurroq o‘rganishdir.
Eksperimentlar tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Tabiiy eksperimentlar ishlab chiqarish, turmush va h.k.larda ijtimoiy hodisalarni o‘rganish maqsadida o‘tkaziladi. Sun’iy eksperimentlar esa texnika va boshqa fanlarda keng qo‘llaniladi.
O‘rganilayotgan obyekt yoki jarayon modelining xususiyatiga, eksperimentlami tanlash va o‘tkazishga bog'liq holda ular laboratoriya va ishlab chiqarish turiga bo’linadi. Laboratoriya eksperimentlari maxsus modellashtiruvchi qurilma va stendlarda namunaviy asboblar va tegishli apparatlar yordamida o‘tkaziladi. Ular xarajatni kam qilgan holda qimmatli ilmiy axborotni olish imkonini beradi. Ammo, eksperimental tadqiqotlarning bunday turi hamma vaqt ham jarayon yoki obyekt haqidagi ma’lumotlami to‘liq aks ettira olmaydi.
Slayd 17
Ishlab chiqarish eksperimentlari atrof muhitdagi turli tasodifiy omillarni hisobga oigan holda, mavjud sharoitlarda o‘tkaziladi. Ular laboratoriya eksperimentlariga qaraganda murakkab bo‘lib, tajribalar naturalarda (real jarayon yoki obyektlarda) olib borilganligi uchun xajmdor xisoblanadi, shu sababdan o‘tkazishdan avval puxta fikrlash va rejalashtirishni talab etadi.
Ekspluatatsiya qilinadigan obyektning turli dala sinovlari ham ishlab chiqarish eksperimentlariga kiradi.
Tegishli metodika va shakl bo‘yicha tashkilotlar, muassasalar yoki korxonalardan tadqiq etilayotgan u yoki bu masala bo‘yicha materiailar to‘plash ham ishlab chiqarish eksperimentlarining bir turi hisoblanadi.
Eksperirnental tadqiqotlarni samarali o‘tkazish uchun eksperiment metodoiogiyasi ishlab chiqiladi.
Slayd 18
o‘lchamlarni baholash va eksperiment o‘tkazish vositalarini tanlash
eksperimentni o'tkazish;
eksperiment natijasida olingan m a’lumotlarni ishlab chiqish va tah-lil qilish.
U quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
Slayd 19
Eksperimentning reja dasturi. Eksperimentning reja-dasturi-eksperimental tadqiqotlarning metodologik asosidir.
Reja-dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-tadqiqot mavzularining ro'yxati va ishchi gipotezaning mazmuni;
-eksperiment metodikasi va uni bajarish uchun zarur materiailar, asboblar, qurilmalar va h.k.lar ro‘yxati;
-bajaruvchilar ro‘yxati va ularning kalendar ish rejasi;
-eksperimentni bajarish uchun xarajatlar ro‘yxati.
Eksperiment metodikasi deb metodlar, eksperirnental tadqiqotlarni maqsadga muvofiq bajarish usullarining majmuiga aytiladi. Umumiy tarzda u o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
-eksperimentning maqsad va vazifasini;
-omillarni tanlash va ularning o‘zgarish darajasini;
-vositalar va o'lchashlar intervalini asoslashni;
-eksperimentning mohiyati va tartibining bayonini;
-eksperiment natijalarini ishlab chiqish va tahlil qilish usullarini asoslashni.
Slayd 20
Eksperimentning maqsad va vazifasi ishchi gipoteza va tegishli nazariy ishlanmani tahlil qilish asosida aniqlanadi. Vazifa aniq bo’lishi, ularning soni uncha ko‘p bo‘lrnasligi lozim: oddiy eksperiment uchun – 3-4, majmuaviy eksperiment uchun esa – 8-10 ta.
O‘rganilayotgan jarayon yoki obyektga ta’sir etuvchi omillarni tanlash qabul qilingan ishchi gipotezaga muvofiq nazariy ishlanmalarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Barcha omillar mazkur eksperiment uchun avval muhimlik darajasiga ko‘ra saralanadi, so‘ngra ulardan asosiylari va yordamchilari ajratiladi.
Omillar soni uncha ko‘p bo‘lmaganda (3 gacha) ularning muhimlik darajasi bir omilli eksperiment bo‘yicha aniqlanadi (bitta omil qolganlar muhim bo‘lganda o‘zgaradi). Agar omillar soni katta bo‘lsa, yuqorida ko‘rib o‘tilganidek, ko‘p omillik tahlil qo'lianiladi
Slayd 21
E'tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 22
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.