Amir temur va temuriylar imperiyasi davlati va huquqi
8000 so'm

Slayd 1
“Amir temur va temuriylar imperiyasi davlati va huquqi”
Slayd 2
O’QUV MАSHG’ULОTINING TЕXNОLОGIK XАRITАSI
Mаshg’ulоt mаvzusi: “Amir Temur va Temuriylar imperiyasi davlati va huquqi” (2-sоаt)
Mаshg’ulоt turi: ma’ruza
Ishtirоk etuvchilаr: 70 nаfаr tаlаbа
Dаrs jаrаyonidа qo’llаnilаdigаn pеdаgоgik tеxnоlоgiyalаr: prezentasiya, tarqatma materiallar, testlar.
O’quv mаshg’ulоtidаn ko’zlаngаn mаqsаd: Tаlаbаlаrdа Amir Temur va Temuriylar imperiyasi davlati va huquqiga оid ko’nikmаlаrni shаkllаntirish.
Slayd 3
O’QUV MАSHG’ULОTINING TЕXNОLОGIK XАRITАSI
Uygа vаzifа: Mavzuni kengroq o’zlashtirib seminar mashg’ulotiga tayyorlanib kelish.
Slayd 4
REJA:
Amir Temur va temuriylar saltanatining tashkil topishi.
Temuriylar davlatining boshqaruv tizimi.
Temuriylar davlatining sud hokimiyati, harbiy qo’shini va soliq tizimi.
“Temur tuzuklari” – temuriylar saltanatining huquq manbai.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
Slayd 5
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
Rаhbаriy аdаbiyotlаr:
• I.А.Kаrimоv. O’zbеkistоn: milliy istiqlоl, iqtisоd, siyosаt vа mаfkurа. T.1.- T.: “O’zbеkistоn”. 1996 y 364 bеt.
• I.А.Kаrimоv. Bizdаn оzоd vа оbоd Vаtаn qоlsin. T.2. – T.: “O’zbеkistоn”. 1996 y 380 bеt.
• I.А.Kаrimоv. Vаtаn sаjdаgоh kаbi muqаddаsdir. . T.3. – T.:“O’zbеkistоn”. 1996 y 366 bеt.
• I.А.Kаrimоv. “Аmir Tеmur hаqidа so’z” BMT Yunеskо qаrоrgоhidаgi nutqi Pаrij. 1996 yil. 20 bet.
I.А.Kаrimоv. Yuksаk mа’nаviyat yеngilmаs kuch. T.:“O’zbеkistоn”. 2008 y. 176 bеt.
Slayd 6
Normativ – huquqiy xujjatlar
1. BMT Yunеskо tаshkilоti Bоsh Аssаmblеyasining XXVIII-sеssiyasi 1995 yil “Аmir Tеmur tаvаlludining 660 yilligini nishоnlаsh to’g’risidа”gi Qаrоri
Slayd 7
Maxsus adabiyotlar
1. Z.Muqimоv «O’zbеkistоn dаvlаti vа huquqi tаrixi» Sаmаrqаnd, “Zаrаfshоn”. 1998 y.
2. X.Bоbоеv. А.Tеmur vа Tеmuriylаr sаltаnаti. T., «Kаmаlаk», 1996 y. 294 bet
3. Аmir Tеmur o’gitlаri. T., 1992 y.
4. B.Аhmеdоv. Tаrixdаn sаbоqlаr. “O’qituvchi” T., 1994 y.
5. А.Sаgdullаеv vа bоshqаlаr. O’zbеkistоn tаrixi: dаvlаt vа jаmiyat tаrаqqiyoti. 1-qism “Аkаdеmiya”. T., 2000 y.
6. “Tеmur Tuzuklаri” “G’оfur G’ulоm”. T., 1991 y.
7. H.B.Bоbоеv. O’zbеk dаvlаtchiligi tаrixi.T.: – 2005 y.
8. M.Hаmidоvа. O’zbеkistоn dаvlаti vа huquqi tаrixi».O’quv qo’llаnmаsi.T.TDYuI –2005 y. 183 bet
9. M.Hаmidоvа. O’zbеkiston davlati va huquqi tarixi. O’quv-uslubiy qo’llаnmа.T.TDYuI. 2008 y. 112 bet
Slayd 8
Islom Karimov
Kimki o’zbek nomini, o’zbek millatining kuch-qudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo’shgan hissasini, kelajakka ishonchini anglamoqchi bo’lsa, Amir Temur siymosini eslashi kerak.
Slayd 9
Slayd 10
Biz kim mulki Turon Amiri Turkistonmiz
Biz millatlarning eng qadimi va eng ulug’i
Turkning bosh bo’ginimiz.
Amir Temur
Slayd 11
Amir Temur davlati 1,5 mln. kv.km. hududda – Xitoy chegaralaridan boshlab to Sharqiy Rim va Misr yerlarigacha bo’lgan hududlarda o’z imperiyasini tuzdi. Amir Temur davlati 27 ta podsholikni egalladi.
Slayd 12
Amir Temur davlati bayrog’i
Amir Temur davrida davlat bayrog’i juda katta ijtimoiy siyosiy, ma’naviy ahamiyat kasb etgan. Dushman ustidan mardlik ko’rsatib g’alaba qozongan amirlar va sipohiylar Temur davlatining timsollari – tug’ va nog’ora bilan mukofatlanganlar. Bu ham sohibqiron saltanatida davlat ramzlari nechog’li baland turganligidan dalolatdir.
Slayd 13
Temuriylar nasabnomasi
Ilk marotaba Shohruh Mirzo saroyida tuzilgan.
Halil Sulton buyrug’i bilan
Amir Temur shajarasi to
Odam Atogacha olib borilgan. Go’ri Amir maqbarasida Amir Temurning nasabnomasi nefrit toshga bitilgan.
Slayd 14
Ikki buyuk jahongir
1402 yil 20 iyul Anqara jangi
Sulton Boyazidning Amir Temur huzuriga asir qilib olib kelinishi.
1403 yil 9 mart kuni Sulton Boyazid vafot etdi.
Slayd 15
“YEVROPA HALOSKORIGA”’
1900 yil Parij ko’rgazmasida
Amir Temurning oltin haykali qo’yilgan edi. Bu haykal keyinchalik o’g’irlangan. Fransuz olimi L.Keren
Temuriylar tarixi muzeyiga
bu haykalning rasmini sovg’a qilgan.
Slayd 16
TEMUR TUZUKLARI
“Temur tuzuklari” ikki qismdan iborat. Birinchi qism sohibqiron hayotining
eng e’tiborli voqealari, ikkinchi qism davlatni boshqarish qonun qoidalaridan, y’ani 27 tuzuklardan tashkil topgan.
Slayd 17
Alixonto’ra Sog’uniy
1967 yil Toshkentda “Tuzuki Temuriy”ni eski forsiydan
o’zbek tiliga birinchi bor to’liq
tarjima qilgan zahmatkash
inson Alixonto’ra Sog’uniydir.
Bu kitob 1991 yildagina nashr
qilindi. Ungacha “Qonxo’r Temur”ni oqlab yozish katta
jasoratni talab qilar edi.
Slayd 18
O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni va ro’li” asarida Amir Temur
Akademik Ibrohim Mo’minov (1908-1974) komunistik mafkura hukmronligi davrida Amir Temur shaxsini to’gri
yoritgan yagona olim edi. I. Mo’minov “Amir Temurning
shaxsiga haqqoniy baho berishga harakat qildi.
Slayd 19
Nuritdin Muhitdinov
Sobiq sho’rolar davrida Stalin, Malenkov, Xrushchev, Brejnev, Andropov bilan birgalikda ishlagan, urush, mehnat, partiya fahriysi
N. Muhitdinov 1957 yilda O’zKP MKning birinchi kotibi bo’lib turgan paytida Amir Temur nomini tiklashga harakat qilgan o’zbek xalqining sevimli farzandi edi. U o’z xotiralarini “Kremlda o’tgan yillarim” kitobida bayon etgan.
Slayd 20
Sobiq sho’rolar davrida Amir Temur qiyofasi
1941 yil iyunda Amir Temurning qabri ochilib uning ruhi bezovta qilindi. Antropolog Gerasimov tomonidan tiklangan Amir Temurning qiyofasi sobiq sho’rolar davridagi sohibqironning yagona tasviri edi. Bu tasvir “Fan va turmush” jurnalida Ibrohim Mo’minov tomonidan e’lon qilingan maqolada chop etilgan.
Slayd 21
Dehlidagi “Qizil qal’a”
1973 yil sobiq sovet delegatsiyasi tarkibida O’zbeistondan Naim G’oibov Hindistonda safarda bo’ldi. O’shanda
majmuidagi bir go’zal bog’ni ko’rdi. Bu qa’la va bo’g Amir Temur avlodla-
ri ijodi ekanligini, bu ishlarning bosh tashabbuskori Amir Temur ekanligi bilan birinchi bor mag’rurlangan edi.
Slayd 22
“OQSOQ DARVESH ”
Qariyib bir yarim asr muqaddam vengriyalik Xerman Vamberi Movarounnahrda bo’lib o’zining
“Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi” asarini yaratdi. Vamberi
Amir Temurga shunday haqqoniy baho bergan edi: “Temurni Chingizxon bilan bir qatorga qo’yib uni yovuz, o’zboshimcha, mustabid hokim deb atovchilarning fikrlari ikki tomonlama hatodir.
Slayd 23
U avvalo o’zining g’olibona qurolini zamonasining odatiga ko’ra ishga solgan
Osiyolik hokim edi. Uning dushmanlari ta’kidlagan qabih ishlari va vayronagarchiliklari esa biror jinoyat uchun
olingan o’ch edi holos. Tog’ri, bu o’ch juda qattiq, lekin shu bilan birga adolatli edi.” Vamberi “Oqsoq darvesh”qiyofasida asl
ota yurtlari eski Turkiston bo’lgan mojorlar tarixini o’rganish uchun yurtimizga kelgan edi.
Slayd 24
Go’ri Amir maqbarasi
Slayd 25
Go’ri Amir maqbarasining ichki ko’rinishi
Go’ri Amir maqbarasida Amir Temur, uning o’g’illari Shohruh Mirzo, Mironshoh Mirzo, nabiralari Muhammad Sulton, Mirzo Ulug’bek qabrlari joylashgan. Amir Temurning bosh tomonida uning pirlaridan biri Mir Sayid Baraka osoyish topganlar. Amir Temurning qabr toshlaridagi yozuvlar 1948 yil Semyonov tomonidan o’qib chiqilgan.
Slayd 26
Shohi Zinda maqbaralar majmuasi
Slayd 27
Shohi Zinda majmuasidagi Qusam ibn Abbos dahmasi.
Muhammad Payg’ambarning jiyani Qusam ibn Abbos, xalq orasida esa afsonaviy Shohi Zinda deb ataladi. Butun musulmon sharqida Shohi Zinda majmuasiga teng keladigani yo’qdir.
Slayd 28
Oqsaroy qurilishi 1380 yilda
boshlangan bo’lsa, 1404 yil
Ispaniya elchisi Klavixo kel-
ganida ham pardozlash ishlari davom etar edi. Klavixo o’z kundaliklarida Oqsaroy haqida
shunday yozgan edi:
“Mohir ustalari bo’lgan Parijda ham bu binoni eng go’zal sanashlari turgan gap. ”
Slayd 29
Amir Temur tomonidan
Samarqandga keltirilgan
“Usmon Mushafi” haiqda turli hil manbalar bor. Amir
Temur Iroqni bosib olgach,
Qur’on qo’lyozmasini Kufadan Samarqandga olib
kelgan deyishadi. Hozirgi kunda “Usmon Mushafi” O’zbekiston Musulmonlari idorasining kutubxonasida saqlanmoqda.
Slayd 30
Ahmad Yassaviy maqbarasi
“Madinada Muhammad Turkistonda qul Ahmad” deb mashhur bo’lgan Ahmad Yassaviyga atab qurilgan maqbara ham Amir Temur nomi bilan bog’liq. Ahmad Yassaviy maqbarasi musulmon sharqidagi me’moriy yodgorliklar orasida eng noyobidir.
Slayd 31
Doshqozon. Ahmad Yassaviy maqbarasi
Ahmad Yassaviy maqbarasining 35 xonasi-
dan biri “qozonli xona” yoki “halim xona” deb ataladi. Chunki bu xonada halim pishirib tarqatiladigan ulkan birinj (bronza) qozon bor. Sho’rolar davrida bu doshqozon ham Peterburg-
ga olib ketilib, keyinchalik
qaytarib olingan.
Slayd 32
Zangiota maqbarasi
Amir Temur Ahmad Yassaviy maqbarasini qurdirayotganda har kuni devor qulab tushaveradi. Shunda Yassaviy ruhlari paydo bo’lib, mendan avval shoshlik Zangiotaga maqbara quringlar degan ekanlar. Shundan so’ng Amir Temur Zangiota maqbarasini qurdirgan ekan.
Slayd 33
Saroymulkxonim
Slayd 34
Bibixonim jome’ masjidi
Amir Temur tomonidan Saroymukxonimga atab 1399-1404 yillarda qurilgan jome’ masjidini zamondosh olim shunday ta’riflagan:
• “Osmon, uning gumbazi nushasi bo’lmaganda u yagona, somon yo’li unga dugona bo’lmaganda arki dunyoda bitta bo’lardi”.
Slayd 35
“Mamlakatimizning marka-
zida, qadimiy va go’zal
poytaxtimiz Toshkentimiz o’rtasida qad ko’targan ulug’ bobomiz siymosi xalqimizga faxr va surur bahsh etmog’i muqarrar. Mustaqil O’zbekistonda Amir Temur shaxsi Vatan
va millat timsoliga aylandi”
Islom Karimov
Slayd 36
Amir Temurning Samarqanddagi haykali. 1996 yil 18 oktyabr
Samarqand millatni –millat, davlatni –davlat qilgan Amir Temur daholik qudratinig ramzi,
beqiyos ifodasidir. Amir Temur davlatining poytaxti Samarqand jahon
Sayqaliga aylangan edi.
Islom Karimov
Slayd 37
Sohibqiron Amir Temurga beshik bo’lgan makon – Shahrisabz – Kesh, uni voyaga yetkazgan ota makon, yurtimizni bosqinchilar-
dan ozod qilish va kuchli davlat tuzish g’oyalari huddi shu yerda vujudga kelgan.
Islom Karimov
Slayd 38
Temuriylar tarixi davlat muzeyi.1996 yil 18 oktaybr
Temuriylar tarixi davlat muzeyi nafaqat tariximizning bebaho xazinasi, balki ulkan tarbiya o’cho’gi hamdir. Zero, buyuklar bosib o’tgan yo’lni zehn va qunt bilan o’rganish har bir insonni kamolot pog’onalari sari eltadi.
Slayd 39
“Oltin davr” yoki Sharq renessansi
Angliyalik Xilda Xukxem hozirgi zamon G’arb temurshunosligida
birnchi bor Amir Temur haiqdagi bor haqiqatni o’zining “Yetti iqlim sultoni” asarida yoritib berdi. Xilda Xukxem o’z umrining butun ongli qismini O’rta Osiyo tarixini, hususan Amir Temur tarixini o’rganishga bag’ishlab bu davrni “Sharq renesansi” deb tan berdi.
Slayd 40
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 41
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.