Amir Temur markazlashgan davlat asoschisi
8000 so'm

Slayd 1
AMIR TEMUR MARKAZLASHGAN DAVLAT ASOSCHISI.
Slayd 2
«Biz kim — Mulki Turon,
Amiri Turkistonmiz.
Biz kim – millatlarning eng qadimi
va eng ulug’i, turkning bosh bo’ginimiz’».
Slayd 3
TEMUR TUZUKLARI
“Azmi qat’iy, tadbirkor,hushyor,mard, shijoatli bir kishi – mingta tadbirsiz,loqayd kishidan yaxshidir….”
AMIR TEMUR
Slayd 4
Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish:
I. Tashkiliy qism.
O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.
1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.
1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi:
Slayd 5
Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish:
O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.
Darsning oltin qoidasi
«Ong qo’l qoidasi» ga rioya qilish;
Diqqat – e’tiborlilik, tezkorlik va topqirlik
O’zaro hurmat, o’zgalar fikrini tinglay olish;
Vaqtga rioya qilish.
Slayd 6
Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish:
Qoidani unutma, Ma’nodan uzoq ketma. Gapni cho’zma oz gapir, Keng ma’noli soz gapir.
Slayd 7
1-GURUHGA
Loy jangida Amir Temur nima sababdan chekinishga majbur bo‘ladi.
Amir Temur o’zining ilk harbiy faoliyatini qanday ishdan boshlagan. ?
2-GURUHGA
Amir Temurning shuhratini oshirib. uning dong’ini butun Qashqadaryo vohasi, xususan Kesh viloyatiga yoyilganligining sababi nimada edi ?
3-GURUHGA
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
“Guruhlarda ishlash”
Slayd 8
1-GURUHGA
O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z
guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.
1-topshiriq: Guruhlarga o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi savollar beriladi:
O’quvchilar tomonidan yo’l qo’yilgan xatolar birgalikda tuzatiladi. Fikrlar to’planib tahlil va qisqacha xulosa qilinadi.
Slayd 9
Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:
Bu vazifa quyidagi reja asosida amalga oshiriladi:
• Amir Temurning hukmronligining siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi
• Markazlashgan davlatning tashkil etilishi
• Movarounnahr va Xurosonning birlashtirilishi
• Xulosa
Slayd 10
Amir Temurning shaxsiy fazilatlari
Ma’rifatparvarlik, ilmparvarlik
Donishmandlik
Raiyatparvarlik
Adolatparvarlik
Kechirimlilik, rahmdillik
Olijanoblik
Mardlik, bahodirlik
Qattiqqo’llik
Irodalilik, Jasoratlilik
Sobitlik, vazminlik, chidamlilik
Sabr-bardoshlik, insoflilik
Mehribonlik, muruvvatpeshalik
Slayd 11
1358 yilda amir Qozog’on ham o’ldiriladi, ulusda parokandalik jarayoni kuchayadi. O’lkaning turli hududlarida mustaqillik da’vosi bilan ish ko’rayotgan 10 ga yaqin mahalliy bekliklar, chunonchi, Xorazmda so’fiylar, Qashqadaryoda barloslar, Ohangaron vodiysida jaloirlar,
Buxoroda sadrlar, Termiz atrofida sayidlar amirlarining va hokazo kuchlarning ajratuvchilik harakatlari yurt butunligiga jiddiy havf tug’dirayotgandi. Ulus o’ntacha mustaqil bekliklarga bo’lingan
bo’lib, ularning beklari o’rtasida doimo nizo, janjal bo’lardi.
Buning ustiga o’z hukmronligini mustahkamlash maqsadida 1360 yilda
Movarounnahrga katta qo’shin tortib kelgan Mo’g’uliston xoni Tug’luq Temur1 xuruji ham dard ustiga chipqon bo’lgan edi.
Slayd 12
vaziyat taqozasi bilan vaqtdan yutish, ishonchli kuch topish uchun vaqtincha 1361 yilda Tug’luq Temur xizmatiga kiradi. Biroq bir yil muddat o’tar-o’tmay, Balx hokimi, kelib chiqishi Chingiziylar nasabidan bo’lgan Amir Husayn bilan do’stlashib,
u bilan birgalikda yurt birligi va ozodligini tiklashga kirishadi.
U 1362-1364 yillarda mo’g’ul qo’shinlariga bir necha marta zarba beradi.
Tug’luq Temurning o’g’li Ilyosxo’ja 1365 yil bahorida Movarounnahrga yurish qiladi. Chinoz atrofida, Sirdaryo bo’yidagi «Loy jangi»bo’lib o’tadi
Slayd 13
Amir Temur sharqiy hududlarni mo’g’ullar ta’siridan ozod etish uchun 1370 yil oxiri va 1371 yil boshida Sharqiy Turkiston tomon yurish qiladi. Mo’g’ul xoni Kepakxon tomonidan Temurga qaqshatqich zarba berilishi orqasida Farg’ona mulki va boshqa bir qator hududlar egallanadi. Ko’p o’tmay Afg’oniston shimolidagi Shibirg’on viloyati ham uning tasarrufiga olindi.
Tarixiy manbalarda Amir Temurning Mo’g’uliston tomon 7 marta harbiy yurishlar qilgani tilga olinadi. Uning qudratli mo’g’ul hukmdorlaridan sanalgan amir Qamariddin bilan olib
borgan ko’p yillik urushlari mamlakatining sharqiy hududlarini mo’g’ullar asoratidan xalos qilish, yurt tinchligi, osoyishtaligini qaror toptirishga qaratilgan edi.
Slayd 14
Qoshg’ar, Issiqko’l va Ettisuv vohasini birlashtirgan hamda 1369 yili Ilyosxo’jani taxtdan ag’darib, Mo’g’uliston xoni bo’lib ko’tarilgan Qamariddin bilan 1370-1389 yillar davomida Amir Temur hayot-mamot janglari olib bordi. Bu jangu jadallar oqibatida Movarounnahrga qarashli asosiy sharqiy hududlar uning tarkibiga qo’shib olindiki, bu hol yurtimiz hududida markazlashgan davlatning vujudga kelishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi
Slayd 15
Amir Temur tomonidan markazlashgan qudratli davlatga asos solinishi
1361-1365 yillar Mo’g’iliston xoni Tug’luq Temur va uning
o’g’li Ilyosxo’jaga qarshi urush.
1370 yili Amir Husaynga qarshi Balxga yurish va uni bartaraf etish.
1370-1371 yillarda Farg’ona, O’tror, Yassi, Toshkent, Hisor,Badaxshon, Qunduz bo’ysundirildi.
1381 yili Hirot, Seiston, Mozandaron, Saraxs, Sabzavor bo’ysundiriladi.
1371-1389 yillarda jami 7 marta Mo’g’uliston hukmdori Amir Qamariddinga qarshi
jangu jadallar olib borish va sharqiy, shimoliy hududlarning yurtga birlashtirilishi
1371, 1373, 1375, 1379, 1388 yillarda Xorazmdagi so’fiylar sulolasi hukmdorlari:
Slayd 16
Amir Temur tomonidan markazlashgan qudratli davlatga asos solinishi
Husayn, Yusuf va Sulaymon So’fiylarga qarshi olib borilgan urushlar va Xorazmning yurt tarkibiga qo’shib olinishi
Slayd 17
Amir Temur tomonidan markazlashgan qudratli davlatga asos solinishi
Amir Temur kuchli, markazlashgan davlat barpo etish barobarida o’z qudratini jahonga mashhur qilish, hududlarini kengaytirish maqsadida XIV asrning 80 yillaridan e’tiboran xorijiy yurtlar tomon ko’plab harbiy yurishlar uyushtiradi.
Uning 1386-1388 yillardagi «uch yillik», 1392-1396 yillardagi «besh yillik» va nihoyat 1398-1404 yillardagi «yetti yillik» yurishlari xuddi shu maqsadlarga qaratilgandi. Bu harbiy yurishlar davomida Eron, Kavkaz orti hududlari, shimoliy Hindiston, Suriya, Iroq erlari, Kichik Osiyoning talay qismi egallanadi. Shu tariqa, qudratli saltanat vujudga kelib, uning dovrug’i butun olamni tutdi
Slayd 18
Amir Temur qudratli saltanatni vujudga keltirar ekan uni omilkorlik bilan idora qilish, boshqaruv tizimini yanada takomillashtirib borishga ham alohida ahamiyat berdi.
U o’zbek davlatchiligining Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davrida tarkib topib, rivojlanib borgan tizimi, tartib-qoidalari, huquqiy asoslarini yangi tarixiy davrning talab, ehtiyojlariga moslab yanada takomillashtirdi, ularga yangicha ruh, mazmun va sayqal berdi.
Amir Temur o’zigacha shakllangan o’zbek davlatchiligining asoslariga izchil amal qilish bilan birga ularni mazmunan boyitishga jiddiy ulush qo’shdi.
Slayd 19
Amir Temur milliy davlatchilik asoslarini rivojlantirishda, jamiyat rivojida barcha ijtimoiy tabaqalar faoliyatini nazarda tutish va ularning manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor berdi. Shundan kelib chiqib Amir Temur dunyo tarixida birinchi bo’lib jamiyat ijtimoiy tarkibini 12 tabaqaga ajratib, ularning har birining alohida mavqei, manfaatlarini, shunga muvofiq keladigan davlat va jamiyatning o’zaro munosabatlarini belgilab bergan.
Uning davrida boshqaruv ikki idoradan, ya’ni dargoh va vazirliklardan iborat bo’lgan. Dargoh tepasida oliy hukmdorning o’zi turgan. Mamlakat va davlat ahamiyatiga molik masalalar uning ko’rsatmasi bilan hal etilgan
Slayd 20
Davlatning siyosiy boshqaruv tizimi
Dargoh,
Harbiy vazir
Mulkchilik va soliq ishlari vaziri,
Moliya vaziri,
Bosh vazir Xolisa, (askarlar maoshi va oziq-ovqat ta’minoti bilan shug’ullanuvchi)
Saroy vaziri, Jibachi, Xazinachi,
Bitikchi, Sozanda, Choparlar
Dorichi Tabiblar Munshilar
Bakovul Qushchi Bosh xojib
Slayd 21
Dargoh faoliyatini boshqarish, uning vazirliklari, mahalliy hokimiyat idoralari va umuman saltanatda kechayotgan jarayonlar bilan bog’liq ishlar oliy devon zimmasida bo’lgan. Oliy devonda har kuni 4 vazir, ya’ni ijroiya idoralari nomidan bosh vazir, harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri hozir bo’lib, o’ziga xos ravishda hukmdorga hisob berib turgan.
Slayd 22
Mamlakatda diniy hokimiyat tizimi quyidagi tarzda boshqarilgan
Shayxulislom
A’lam
Qozikalon
Sadri a’zam
Muhtasib
Qoziyi ahdos
Qozi askar
Mudarris
Mutavalli
Slayd 23
III. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Darsning bu bosqichi quyidagi savol-topshiriqlar yozilgan kartochkalarni o’quvchilarga (guruhlarga) tarqatish orqali bajariladi:
1-topshiriq: O’quvchilarga “Ushbu matnda qanday so’z yetishmayapti?” deb nomlangan kartochkada yetishmayotgan so’zni qo’yib, matnning asosiy mazmuni aytib bering.
Slayd 24
1370-yilning bahorida Amir Temur butun qo’shinlari bilan kuchli raqib — Balx hukmdori ______________ga qarshi yo‘lga chiqadi. Qo’shin Termiz yaqinidagi _________qishlog’iga yetganida uning huzuriga taniqli ulamolardan Sayyid Baraka tashrif buyuradi.
Amir Husayn
Biyo
Slayd 25
Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qo’llab-quvvatlab. Unga oliy hokimiyat ramzi ___________________tortiq qilib, uning buyuk kelajagidan bashorat qiladi. Bu voqea. shubhasiz. siyosiy ahamiyatga ega edi. Chunki u ___________ramzi edi.
Tabl va yalovbayroq
saltanatlik
Slayd 26
1370-yilning 11-aprelida __________ulusining bek va amirlari, viloyat va tumanlaming dorug‘alari, Amir Temurning quroldosh do’stlari, shuningdek, Amir Temurning piri Sayyid Baraka ishtirokida qurultoy о’tkaziladi. Qurultoyda Amir Temurning hukmdorligi rasman tan olinib, u ________________ ning amiri deb e’lon qilinadi.
Chig’atoy
Movarounnahr
Slayd 27
Qanday davlatga markazlashgan davlat deyiladi?
Amir Temur nima uchun Xorazmga besh marta yurish qilgan?
Bu davrda Amir Temurning tarixiy xizmati nimadan iborat bo‘ldi?
2-topshiriq: Guruhlarga o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi savollar beriladi:
Slayd 28
Yo’l qo’yilgan xatolar birgalikda tuzatiladi. Fikrlar to’planib tahlil va qisqacha xulosa qilinadi.
V. Dars yakunlarini chiqarish (3 daqiqa).
O’quvchilarda paydo bo’lgan savollarga javob berish;
2. Baholarni e’lon qilish.
3.O’quvchilar aytib o’tgan fikrlari to’planib tahlil va xulosa qilinadi va darsning eng so’nggi xulosasi chiqariladi
VI. Uyga vazifa (2 daqiqa).
Mavzu yuzasidan darslikda berilgan savollarga javob topish.
Slayd 29
Krossvord tuzib kelish.
Kelgusi darsda o’tiladigan mavzu bilan tanishib kelish, asosiy tushunchalarni eslab qolish, qo‘shimcha manbalarni izlab topish
Slayd 30
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 31
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.