Abdulla Oripov hayoti va ijodi (2)
6000 so'm

Slayd 1
ABDULLA ORIPOV (1941-2016)
Slayd 2
Shoir 1941-yilning
21-martida
Qashqadaryo viloyati
Koson tumanining Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan.
Slayd 3
OTA-ONASI
Otasi Orif bobo ko‘pni ko‘rgan, donishmand kishilardan edi. Elda e’tiborli, ko‘p yillar rahbar bo‘lib kelgan, so‘zni topib so‘zlaydiganlardan edi. Mustaqillik kunlariga yetishib, o‘g‘lining shon-shuhratini ko‘rib vafot etdi.
Onasi Turdi Karvon qizi shoirtabiat, xalq adabiyotini nozik his qiluvchi fozila ayollardan edi. Erta vafot etdi. Lekin suyukli o‘g‘lining birinchi kitobini ko‘rib ketdi.
Slayd 4
Bo‘lajak shoir Neko‘zdagi o‘rta maktabda o‘qidi. Ta’lim-tarbiyasida oila muhitining ta’siri katta bo‘ldi.
To‘rt aka-ukaning hammasi adabiyot muxlisi edilar. Kattasi institutni bitirib, maktabda dars berar, ikkitasi oliy o‘quv yurtlarida o‘qishar, uyida yaxshi kitoblar ko‘p bo‘lar edi.
Slayd 5
Abdulla Oripov 1958-yilda o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirib, Toshkentga keladi va SAGU (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetiga o‘qishga kiradi.
Slayd 6
1-kitob
Birinchi kitobi 1965-yilda «MITTI YULDUZ» nomi bilan bosilib chiqadi.
Bu mitti kitobcha adabiyotimizga katta iste’dod kirib kelayotganini ma’lum qiladi.
Slayd 7
ASARLARI
«Ko‘zlarim yo‘lingda» (1967), «Onajon» (1969), «Ruhim» (1971), «O‘zbekiston», «Qasida» (1972), «Xotirot» (1974), «Yurtim shamoli» (1974), «Jannatga yo‘l» (1978), «Hayrat» (1979), «Hakim va ajal» (1980), «Najot qal’asi» (1981), «Yillar armoni» (1983), «Haj daftari» (1992), «Saylanma» (1996), «Sohibqiron» (1996)
Slayd 8
Eslab qoling!
2000-2001-yil
4 tomlik “Tanlangan asarlar”
i chop etildi.
Slayd 9
MADHIYAMIZ MUALLIFI
Xalqaro musobaqalarda sportchimiz g‘olib kelib, bayrog‘imiz ko‘tarilganida, madhiyamiz yangraganini g‘urur va iftixor bilan kuzatgansiz. Faqat tantanalarda emas, u bizga doim hamroh. Radio va televideniye har bir kunini mana shu madhiyamiz bilan boshlaydi va u bilan tugatadi. Chunki u — bizning davlatimiz ramzi, mustaqilligimiz ramzidir. U — dunyodagi qanchadan qancha mamlakatlar orasida tengma-teng yashab kelayotganimiz ramzidir.
Uni atoqli shoirimiz Abdulla Oripov yozgan.
Slayd 10
ABDULLA ORIPOV LIRIKASI
Slayd 11
SAROB
Olti oykim, she’r yozmayman, yuragim zada,
Olti oykim o‘zgalarga tilayman omad.
Olti oykim, do‘stlarim ham pana-panada
Iste’dodim so‘nganidan qilar karomat.
Nimanidir axtaraman — she’rdan ham ulug‘,
Nimanidir axtaraman — nondan azizroq.
Dunyo o‘zi bepoyon-ku, ranglarga to‘lug‘,
Biroq mening ko‘zlarimdan ranglar ham yiroq…
Slayd 12
BAHOR
Yana bahor keldi. Yana olamda
Ajib bir go‘zallik, ajib bir bayot.
Men seni qutlayman shu ulug‘ damda,
Ulug‘ yelkadoshim, muzaffar hayot!
Tashbih axtarmangiz ushbu g‘azaldan,
Naqd joyda nasiya ne kerak asli?
Ayon bir xislating bordir azaldan,
Seni atamishlar uyg‘onish fasli!
Slayd 13
KUZ MANZARALARI
Yana dalalarga boshlaydi havas,
Bog‘larda xazonlar yonadi lov-lov.
Do‘stlarim, bu kuzning barglari emas,
Mening yuragimdan to‘kilgan olov.
Shoxlarda mezonlar yaltirar xira,
Poyida shivirlar mening kuylarim,
Do‘stlarim, bular ham mezonmas sira,
Bu mening chuvalgan, so‘ngsiz o‘ylarim.
Slayd 14
GENETIKA
Men ham yashayapman o‘z zamonimda,
Davrimdan qayga ham tushardim yiroq.
Va lekin bilmadim, mening qonimda
Qaysi bir bobomning xislati ko‘proq.
Barchaga barobar meros bu bashar,
Otadan qosh-ko‘zni olgan o‘g‘ildek.
Bilmadim, qonimda qay ajdod yashar,
Balki Bobo Kayfiy, balki Ulug‘bek…
Slayd 15
Amir Temur
Beruniy
Jaloliddin Manguberdi
Mirzo Ulug’bek
Alisher Navoiy
Slayd 16
“SOHIBQIRON”DRAMASI
Slayd 17
Temur
…Bolalarim, unutmangki, davlat ishida
Har qanday yumushning ham o‘z o‘rni bordir.
Minglab xufya xizmat qilar bizga, masalan,
Ammo ular tanishmagay bir-birlarini.
Xabarlarni shoshilmasdan tinglab, o‘rganib,
Barchasidan chiqargaymiz zarur xulosa.
Yurish qilish lozim bo‘lsa yiroq ellarga
Tadorigin ko‘rmoq kerak uch to‘rt yil avval.
Siz, chunonchi, sarhadlarda yaylov tayyorlang.
Yilqilarni ko‘paytiring o‘sha joylarda.
Toki sizning horg‘in otlar yetib borgan payt
Tulpor bo‘lib, kishnab tursin minglab toychoqlar.
Slayd 18
Anqara jangi haqida
Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo’shinlari o’rtasidagi hal qiluvchi Jang 1402-yil, 20-iyulda Anqara yaqinida sodir bo’ladi. Bu jang tarixda «Anqara jangi» deb ataladi.
Boyazid Yildirim qo’lga tushirilib, o’rdugohga olib kelinganda, Amir Temur o’z g’animiga shohona hurmat va ehtirom ko’rsatadi.
Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g’alaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1413) hamda Kastiliya va Leon qiroli Genrix III (1390-1407) tabriklab, unga o’z muboraknomalarini yuboradilar.
Slayd 19
«Sohibqiron» dramasida Amir Temur janglarda emas, balki ko‘proq o‘ylar girdobida aks ettiriladi. Asarda Temurning murakkab tabiati uning Amir Husayn, sulton Boyazid, amirlar, o‘g‘illariga munosabatini ko‘rsatish mobaynida yorqin aks etgan. Amir Temur tajribali hukmdor va o‘ychil faylasuf sifatida davlatni ushlab turguvchi tayanchlarni: «Mo‘l xazina, yagona shoh, yengilmas lashkar», — deya belgilaydi. Uning jahongirlik tabiati suruvda bitta cho‘pon bo‘lganiday, xalqni ham bir podshoh boshqarishi kerakligi borasidagi qanoatida namoyon bo‘ladi. Dramada jahongirning fuqarolarga munosabati: «Hukmdorlar seva turib fuqarolarni, Umid hamda qo‘rquv ichra saqlashi darkor», — degan qarashida aks etadi.
Slayd 20
Asarda Amir Temurning o‘z dushmanlari gunohlarini ham kechira oladigan shaxs ekani sulton Boyazid, haddidan oshgan kimsani jazosiz qoldirmasligi Amir Husayn, ezgu amalli kishilarni taqdirlashi Hofiz Sheroziy va Qosimbek timsollari orqali ishonarli aks ettirilgan.
Dostonda Boyazidning Amir Temurga yozgan xatidagi haqoratlar uni urushga kirishishga majbur etishi ishonarli tasvirlangan: «Agarda sen biz tomonga kelmasang, Temur bilib qo‘yki, xotunlaring uch taloq bo‘lgay. Agar seni yenga olmay chekinsam ortga Unda mening xotunlarim bo‘lsin uch taloq». Muallif hech bir musulmon chidashi mumkin bo‘lmagan bunday odobsizlikka Temurning jang bilan javob berishi tabiiyligini tarixiy haqiqatga ham mos holda ko‘rsatadi.
Slayd 21
BILIMINGIZNI SINANG!
1. Abdulla Oripovning birinchi she’rlar to’plami qachon qanday nom bilan nashr etildi?
2. Abdulla Oripov “Asablar tuproqqa cho’kkan edi tiz” – deya nimani ifodalaydi?
3. “Sohibqiron” dramasida A. Temurning o’z dushmanlari gunohgini ham kechira oladigan shaxs ekanligi kimning timsoli orqali ifodalangan?
4. Amir Temurning haddidan oshgan kimsalarni ayovsiz jazolashi qaysi timsol orqali ifodalangan?
5. Amir Temurning ezgu amalli kishilarni taqdirlashi kimlar orqali ochib berilgan?
6. “Sohibqiron” dramasida: “Bizning uchun ulkan zamin shatranj taxtasi”, – degan kim?
“Sohibqiron” dramasidagi Buqalamun kim?
8. “Sohibqiron” dramasida Amir Temur bilan shatranj o’ynaydigan yigit kim edi?
9. Amir Temur Sulton Boyazidni qanday yo’l bilan tahlikaga soladi?
10. Amir Temur davlatni tutib turuvchi tayanchlar deb nimani aytadi?
Slayd 22
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 23
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.