A.S.Pushkin hayoti va ijodi. Yevgeniy Onegin she’riy romani
4000 so'm

Slayd 1
A.S.Pushkin hayoti va ijodi. Uning “Yevgeniy Onegin” she’riy romani
Slayd 2
Reja
1. A.S.Pushkin hayoti va ijodi.
2.“Yevgeniy Onegin” she’riy romani to’g’risida.
3. Asar to’g’risida rus tanqidchisi V.G.Belinskiy
ning fikri.
4. Asar tarjimasi o’zbek kitobxonlar nigohida.
5. She’riy roman to’g’risida ma’lumot
Slayd 3
Aleksanr Sergeyevich Pushkin hayot yo’li.
Aleksandr Sergeyevich Pushkin ulug’ rus adibi, yangi rus adabiyotining asoschisi 1799-yil 8-iyunda Moskvada qadimiy dvoryan oilasida tug’ilgan. Otasi iste’fodagi mayor Sergey Lvovich Pushkin fransuzcha she’rlar yozgan. Onasi Nadejda Osipovna Pyotrning tarbiyasida bo’lgan habash Ibrohim Hanibalning nabirasi bol’gan. Ota-onasi yosh Pushkinni buvisi Mariya Alekseyevna va enagasi Arina Rodionovna tarbiyasiga topshirgan. Pushkinning amakisi Vasiliy Lvovich o’sha davrning ko’zga ko’ringan shoirlardan bo’lib, Pushkinlarnikiga taniqli shoirlar tez-tez mehmon bo’lib turishgan. Bu muhit Pushkinda she’riyatga havas uyg’otgan.
Slayd 4
Shoirning ta’limi va ijodi.
Pushkin 1811-1817-yillarda Sarskoye selodagi litseyda ta’lim olgan. Litseyda u bir necha shoirlar bilan yaqaindan tanishgan. Shoirning dastlabki she’ri 1814-yilda litseyda chiqadigan “Ovrupo xabarlari” jurnalida chop etilgan. O’shandayoq Pushkinning tengsiz iste’dod egasi ekanligi ayon bo’lgandi. O’limidan ikki yil oldin litsey imtihonlaridan birida qatnashgan keksa Derjavin Pushkin she’rlarini eshitib, uning buyuk shoir bo’lajagini bashorat qiladi. Litseydan keyingi dastlabki yillaridayoq, Pishkin ijodiy cho’qqilarni birin-ketin zabt eta boshlaydi. 1817-yilda mashhur “Erkinlik” she’ri yozil-di. 1820-yilda “Ruslan va Ludmila”, “Mis chavandoz” doston-lari dunyoga keldi. “Ruslan va Ludmila”ning qo’lyozmasi bilan tanishgan mashhur shoir Jukovskiy Pushkinga:”G’olib shogirdga mag’lub ustozdan”,-degan yozuv bilan o’z portretini sovg’a qildi. Bu Pushkinning ulkan g’alabasi, uning shoir sifatidagi chinakam tan olinishi edi.
Slayd 5
Asarlari
“Chadayevga”(1818),“Qishloq”(1819),“Hanjar”(1821),“19oktabr”,”Qur’onga taqlid”, “Andrey Shane”, “Stepan Razin haqida qo’shiq”, “Sibirga maktub”, “Armon” kabi she’rlari, “Kavkaz asirasi”(1820-1821), “Aka-uka qaroqchilar”(1821/22), “Graf Nilin”, “Boqchasaroy fontani”(1823), “Yevgeniy Onagin”, “Kapitan qizi”(1836), “Belkin qissalari”, “Toppon xonim”, “Dubrovskiy”(1832/33) kabi nasriy asarlari; “Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak”, “Baliqchi va baliq haqida ertak”(1830), “Shoh Saltan haqida ertak”(1831), “Oltin xo’roz haqida ertak”(1834) va boshqalar.
Pushkin asarlari o’zbek tiliga U.Nosir, Cho’lpon, Oybek, A.Qahhor, Mirtemir, G’G’ulom, A.Oripov, M.Ali, A.Suyun, U.Azim, M.Kenjabek, E.Vohidov, H.Xudoyberdiyeva singari ijodkorlar tomonidan o’girilgan.
Slayd 6
Ulug’ shoirni ko’rolmagan bir qancha hasadgo’ylar yosh fransuz zobiti, Gollandiya elchisining tutingan o’g’li Jorj Dantes bilan orasini buzishga intiladilar. Natijada, 1837-yilning 25-yanvarida Pushkin Dantesga haqoratnomuz xat yozib, uni duelga chorlaydi. 27-yanvar kuni duel bo’lib o’tadi va buyuk shoir og’ir jarohatlanadi. Ikki kun azoblanib yotgan A.S.Pushkin 1837-yilning 29 yanvarida olamdan o’tadi.
Slayd 7
“Yevgeniy Onegin” she’riy romani to’g’risida
“Yevgeniy Onegin” she’riy romanini yozish niyati shoirda 1823-yilning 9-mayida Kishinyovda tug’ilgan. Romanning 1-bobi o’sha yilning 28-mayida yozila boshlangan. So’nggi (yondirib tashlangan) bobga esa 1830-yilning 19-oktabrida niqta qo’yigan. Muallif bu asarni yozishda Bayronning “Don Juan” asaridan ta’sirlangan. Asarda muallif bir qizning (Tatyananing) soddagina dil izhorini, pokiza bir sevgi zorini va keyinchalik bir o’ktam ayolga aylanishi badiiy talqin etgan.
Slayd 8
V.G.Belinskiy Pushkin asarini “rus hayotining qomusi” deb atagan va unda voqelikning haqqoniy aks ettirilganligini alohida ta’kidlagan. Romanning ikki asosiy qahramoni – Onegin va Lenskiy XIX asrning 20-yillaridagi ilg’or dvoryan ziyolilariga mansub bo’lib, krepostnoylik tuzumi hukm surgan voqelikka qarshi bo’ladilar, lekin ular bu kurashda ojizlik qiladilar. Bu qahramonlarning fojiasi shundaki, ular dvoryan madaniyati ruhida tarbiyalanganlari tufayli milliy xalq hayotidan, ona zamindan uzilib qolganlar. Belinskiy fikricha, Pushkinning ushbu romanida inson dunyoda yomonlik qilish uchun emas, ezgulik urug’larini sochish uchun, jinoyat qilish uchun emas, balki hayot lazzatlaridan bahramand bo’lish uchun kelishi ifodalangan.
Slayd 9
Asarning qisqacha mazmuni
“Yevgeniy Onegin” romanining bosh qahramoni kelishgan, aqlli, o’ziga yarasha o’qimishli, farosatli yigit. Lekin u o’z axloqini kibor jamiyat talabiga moslashtirishga bo’lgani uchun hamma-ga begona. Munofiqlik va yolg’onni axloq darajasiga ko’targani uchun ham oliy tabaqa vakillari o’rtasidagi munosabatlarda samimiylik yo’q. Samimiylik bo’lmagan joyda ham muhabbatga o’rin yo’q. Shu bois qizning eng munosib umr yo’ldoshi bo’lishi mumkinligini yaxshi bilgani holda Yevgeniy Tatyananing sevgisi ni rad etadi. U o’zini qizga loyiq emasligini sezadi. Onegin yengil tak ham, xotinboz ham emas. Lekin kiborlar ko’ziga shunday ko’rinish, ular orasida shuhrat orttirish uchun ayollarni yo’ldan urishga urinadi. O’zi istamagan holda sodda shoir yigit Lenskiyni otib o’ldiradi. Romanda kuchi, g’ayrati, aqlni sarflash mumkin bo’lgan ezgu niyatning yo’qligi tufayli qiynalayotgan yigit iztiroblari aks etgan.
Slayd 10
Asar timsollari
Onegin
Lenskiy
Olga
Tatyana
“Yevgeniy Onegin” romani
Slayd 11
Asar tarjimasi o’zbek kitobxonlari nigohida
“Yevgeniy Onegin” asarini birinchi marta o’zbek tiliga 1936-yili Oybek tomonidan tarjima qiligan va 1937-yilda nashr etilgan. XX asrning 80-yillarida Mirzo Kenjabek, Oybekdan farqli ravishda, “Yevgeniy Onegin” asarini 9 hijoli barmoqda tarjima qilingan. O’zbek kitobxoni bu asar bilan tanishganda bevosita insoniylik tuyg’ularni unutmaslik, chin muhabbatning qadriga yetish, eng asosiysi inson hech qachon o’zligini yo’qotmasligi, ezgu amallarni bajarishini bilishi lozimligini anglashi mumkin.
Slayd 12
She’riy roman to’g’risida ma’lumot
Dastlabki she’riy romanlar jamiyat axloqining buzilishi sababli ma’naviyati nuqsonli, baxti kemtik bo’lib qolgan iste’dodli shaxslar taqdirini ko’rsatishga bag’ishlangan. She’riy roman ham odatdagi romanlar kabi tafsilotlarni bayon qilishga asoslangan janr bo’lib, unda epik va lirik xususiyatlar aralash keladi. She’riy romanda epik jihatlar: syujetning keng qamrov-li, bayonning xolis ekanida ko’rinsa, lirik belgilar tasvirga muallifning bemalol aralashuvi, uning o’z tuyg’ularini erkin ifoda etavarishida ko’rinadi.
Keyingi vaqtda o’zbek adabiyotida ham bir necha she’riy roman yartaildi. Birinchi o’zbek she’riy romani “Ziyod va Adiba” Mirmuhsin qalamiga mansub. Keyinchalik, M.Alining “Boqiy dunyo”, H.Sharipovning “Bir savol” kabi asarlar ham yaratildi.
Slayd 13
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 14
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.